11-sinf Tarix olimpiada №2 Sentabr 28, 2022Avgust 19, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Tarix olimpiada №2 ga 1 fikr bildirilgan 1 123456789101112131415161718192021222324 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Tarix olimpiada №2 2021-2022 o'quv yili viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 24 Quyidagi mulohazalardan qaysi biri to‘g‘ri? A) Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyida Turkiston musulmonlarining Milliy Markazi - Turkiston o‘lka musulmonlar kengashi (Kraymussovet) tashkil qilindi. B) “Sho‘roi Islomiya” jamiyati dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qat’iy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlami yuksaltirishga da’vat etilgan va madrasalami iqtisodiy qo‘llab- quvvatlash aytilgan. C) Taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo‘lgan ayrim ulamolar (qadimchilar) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti safida bo‘linish yuz berishiga olib keldi. D) Buxoroda “Sho‘roi islom” nomli gazeta chiqarilgan. 2 / 24 Kushon davlatida qaysi sohalar yuksak darajada taraqqiy etgan edi ? 1.me’morchilik 2.xattotlik 3.kulolchilik 4.binokorlik 5.musiqa san’ati A) 1,3,4 B) 2.5 C) 1.2 D) 1.4 3 / 24 1842-yilda Buxoro amiri tomonidan qatl etilgan Ch. Stoddart va A. Konnolilar Buxoroga qanday taklif bilan kelgan edi? A) Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ingliz harbiy mutaxassislarini Buxoroga yuborish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish B) O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ular bilan Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish C) Sirdaryo sohillarida harbiy istehkomlar qurish, ularning qurilishida ingliz muxandislarini taklif qilish D) o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohillarida ingliz harbiy istehkomlarini qurish 4 / 24 Quyidagilardan qaysi biri Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumot beruvchi asarlar sirasiga kirmaydi? A) “Al-Komil fit-tarix” B) “Tarixi jahonkusho” C) “Habib us-siyar” D) “Ravzat us-safo” 5 / 24 BRIKS tashkilotiga a’zo bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatini aniqlang. A) Braziliya B) Argentina C) Peru D) Meksika 6 / 24 Quyidagilardan Qarluqlar (a) va O‘g‘uzlar (b) tarixiga oid ma’lumotlar mos ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 2) Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashaganlar; 3) Yettisuv o‘lkasida o‘z davlatlariga asos solganlar; 4) davlat poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri bo‘lgan; 5) Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim yashaganlar va shu hududda o‘z davlatlariga asos solganlar; 6) X asrning birinchi choragida shimoli-sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar zarbasiga uchrab bo‘linib ketgan; 7) o‘zbek va tojiklarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 8) davlat poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan A) a-2, 3, 4, 7; b-1, 5, 6, 8 B) a-1, 3, 6, 8; b-2, 4, 5, 7 C) a-1, 3, 7, 8; b-2, 4, 5, 6 D) a-2, 3, 4, 6; b-1, 5, 7, 8 7 / 24 Qaysi davlat sut va sut mahsulotlari yetkazib beruvchi dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kiradi? A) Estoniya B) Belorussiya C) Moldaviya D) Ukraina 8 / 24 Amir Temur quyidagi qaysi ilmlardan ham yaxshigina xabardor bo‘lgan. A) Kartografiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix B) Fiqh, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix C) Astranomiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix D) Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix 9 / 24 1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq, Misrni birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari qayerda mag‘lubiyatga uchraydi? A) Arzinjon B) Basra C) Garni D) Marog‘a 10 / 24 Xorazm qaysi hududlar bilan diplomatik aloqa olib borgan? A) Kushon podsholigi va qang‘lar bilan B) Vizantiya va turklar bilan C) Rim imperiyasi va saljuqiylar bilan D) Arablar va yahudiylar bilan 11 / 24 To‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Doro I Qizil dengizi bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. B) Doro I butun mamlakat uchun “numisma” deb nomlangan mis tangani muomalaga kiritdi. C) Doro I saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o‘lkalarga taqsimladi. D) Doro I Suza shahridan Qora dengiziga qadar “shoh yo‘li” degan savdo yo‘lini qurdirgan. 12 / 24 Toshkentda yuz bergan “Vabo isyoni”dan so‘ng “Favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan joylarda hokimiyat kimning qo‘liga o‘tdi? A) general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib B) Rossiya imperiyasi ichki ishlar vaziri va Duma C) viloyat harbiy gubernatori va volostnoy D) shu hududdagi politsiya mahkamasi boshlig‘i yoki uyezd qo‘mondoni 13 / 24 IV аsrdа Vizаntiya tаrkibigа qaysi hududlar kirgаn? A) Bоlqоn yarim оrоli, Apinnin yarim oroli, Galliya, Suriya, Fаlаstin, Misr va Kiрr оrоllаri B) Pireney yarim оrоli, Old Оsiyo, Germaniya, Liviya, Misr, shuningdek, Krit, Korsika va Kiрr оrоllаri C) Sitsiliya oroli, Kichik Оsiyo, Apinnin yarim oroli, Sardiniya, Fаlаstin, Malta va Kiрr оrоllаri D) Bоlqоn yarim оrоli, Kichik Оsiyo, Kаvkаz, Suriya, Fаlаstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiрr оrоllаri 14 / 24 Qoraqalpoqlarda dastlabki sanoat korxonalari qaysi sohalarda paydo bo‘ldi? A) teriga ishlov berish va tog‘-kon sanoati B) yog‘-moy va paxtachilik sanoati C) paxta tozalash va baliqchilik sanoati D) baliq va go‘sht sanoati 15 / 24 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya qanday ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi? A) chetga kapital chiqarish B) yalpi ichki mahsulot hajmi C) neft mahsulotlari importi D) yengil avtomabil eksporti 16 / 24 Dehli sultonligiga shimoldan mo‘g‘ullar hujumlarini qaytarish imkonini bergan omil qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) Harbiylar, qo‘shin boshliqlari noiblikka tayinlanishi B) Kuchli va intizomli qo‘shin bo‘lishi C) Mamlakatning markazlashuvi D) Butun mamlakat hududida musulmonlar hokimiyati o‘rnatilishi 17 / 24 Ilk o‘rta asrlarda Arab xalifaligida boshlangan qaysi jarayon mamlakatda hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib keladi? A) Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilishi B) aniq fanlar – matematika, astronomiya, geografiyaning taraqqiyoti C) Mulkiy tengisizlikning kuchayishi D) Islom dining qabul qilinishi 18 / 24 Quyida berilganlardan to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni belgilang. 1) Yosimune Tokugava 1716-1745-yillarda hukmronlik qilgan; 2) 1864-yilda Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi “Muqaddas Liga” tuzdilar; 3) Argentinada 1810-yilda mustaqillik uchun qurolli kurash boshlandi; 4) 1816-yilda Paragvay mustaqillikka erishdi; 5) 1325-yilda Dehli sultonligi taxtiga Muhammad Tug‘luq keldi. A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4 19 / 24 O‘rta asrlarda Fransiyada qanday ehtiyoj viloyatlar orasidagi feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi? A) kuchli qirol hokimiyatiga bo‘lgan ehtiyoj B) iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish C) mehnat taqsimoti D) yangi tabaqalar shakllanishi 20 / 24 Turkiston ASSRda ocharchilikka qarshi kurash Markaziy komissiyasi qachon tuzildi? A) 1919-yil 27-mart B) 1918-yil 22-noyabr C) 1918-yil 20-noyabr D) 1918-yil 25-iyun 21 / 24 Eron tarixida nasab (familiya) joriy qilingan yili yuz bergan voqeani aniqlang. A) Chan Kayshi boshchiligidagi armiya Shimolga yurish boshladi; B) Italiyada Mussalini tomonidan irqiy qonunlar chiqarildi; C) Aleksandr Flem tomonidan Penicillium ixtiro qilindi; D) Millatlar Ligasi tomonidan “Qullik haqida” konvensiya qabul qilindi; 22 / 24 Berilgan variantlardan qaysi biri voqea xronologik jihatdan keyinroq sodir bo‘lgan ? A) Istanbulda Suvaysh kanali bo‘yicha konvensiya imzolandi B) Efiopiya hukmdori Menelik sudanliklar foydasiga bitim imzoladi C) Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi D) Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi 23 / 24 Quyidagi atamalarning ma’nolari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) moliya; 2) trest; 3) kapital; 4) ssuda; a)moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to‘lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik; b) sarmoya, o‘z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar, ya’ni qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat; c) ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi; d) maqsadli pul jamg‘armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar A) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a 24 / 24 Kimlar Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan? A) xorazmlik jangchilar B) sak va baqtriya suvoriylari C) sak va massaget piyodalari D) so‘g‘d va massaget suvoriylari 0% Testni qayta ishga tushiring tomonidan Wordpress Quiz plugin Tarix olimpiada, Viloyat 2021-2022 o'quv yili