Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 1021 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Buxoro xoni Nodir Muhammad davrida davlatchilik asoslari zaiflashuviga olib kelgan omilni aniqlang. A) qalmoqlar va jung‘orlar bilan kelishuvchilik siyosati B) mamlakatning asosiy viloyatlarini o‘g‘illari va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab berilishi C) soliqlarning haddan ziyod oshirilishi D) Hindiston bilan diplomatik munosabatlarning uzilishi 2 / 25 Qachon BMT rahnamoligida Orol bo‘yi mintaqasi uchun maxsus jamg‘arma tuzildi? A) 2001-yil B) 2000-yil C) 2018-yil D) 2021-yil 3 / 25 “Temur tuzuklari” ikki qismdan iborat bo‘lib aynan ikkinchi qismida nimalar bayon etilgan? A) Feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish B) Jahongirning nomidan aytilgan va uning toju taxt vorislariga atalgan o‘ziga xos vasiyat va pand nasihatlaridan iborat C) Amir Temurning yetti yoshi (1342-yil) dan to vafotiga (1405-yil, 18-fevral) qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati D) Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo‘lga kiritishi 4 / 25 Qaysi davlatda parlament Kortes deb atalgan? A) Gruziyada B) Irlandiyada C) Italiyada D) Ispaniyada 5 / 25 Buxoro amirlaridan kim Qur’oni Karimni yoddan bilgan va o‘zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o‘qib turgan? A) Amir Haydar B) Doniyolbiy C) Amir Muzaffar D) Abdulahad 6 / 25 “Temur tuzuklari”ga muvofiq, qaysi bir amir biron qo‘shinni yengsa yoki mamlakatni olsa unga nimalar hadya etilgan? A) davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi B) biron sarhadning noibligi C) barcha javob to‘g‘ri D) Tug‘, nog‘ora va bahodirlik martabasi 7 / 25 Quyidagi mulohazalardan qaysi biri to‘g‘ri? A) Taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo‘lgan ayrim ulamolar (qadimchilar) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti safida bo‘linish yuz berishiga olib keldi. B) Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyida Turkiston musulmonlarining Milliy Markazi - Turkiston o‘lka musulmonlar kengashi (Kraymussovet) tashkil qilindi. C) Buxoroda “Sho‘roi islom” nomli gazeta chiqarilgan. D) “Sho‘roi Islomiya” jamiyati dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qat’iy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlami yuksaltirishga da’vat etilgan va madrasalami iqtisodiy qo‘llab- quvvatlash aytilgan. 8 / 25 Quyidagilardan qaysi biri Rimdagi Xalq majlisi vakolatlariga kirmaydi? A) Yangi qonunlarni tasdiqlash B) Sulh tuzish C) Barcha muhim mansabdor shaxslarni tayinlash D) Armiyaga, inshootlarga mablag‘ ajratish 9 / 25 Bir davrda bo‘lgan voqealarni toping. A) Zama jangi bo‘lib o‘tdi, Buyuk ipak yo‘li vujudga keldi B) Xan imperiyasi quladi, Rim imperiyasining kuch qudrati zaiflasha boshladi C) salavkiylar davlatiga asos solindi, Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng D) Plateya jangi, Buyuk Xitoy devorining qurilish ishlari boshlandi. 10 / 25 “Temur tuzuklari”da qilich chopishda o‘zini ko‘rsatgan bahodirlarni, birinchi marotaba bo‘lsa qanday lavozimga tayinlaganlar? A) Mingboshi B) O‘nboshi C) Amir D) Yuzboshi 11 / 25 O‘rta asrlarda inkvizitsiya faoliyati, ayniqsa, qaysi o‘lkada keng tus olgan? A) Polsha B) Ispaniya C) Italiya D) Fransiya 12 / 25 Turkistonda chorvachilik va chorva mahsulotlarining kamayishiga olib kelgan sababni aniqlang. A) paxta maydonlarining kengaytirilishi B) Turkistonda tarqalgan vabo kasalligi C) chorva mollariga bo’lgan ehtiyojning pastligi D) chorvachilikdan kelgan foydaning kamligi 13 / 25 XIII-XIV asrlarda Fransiyaning shimolidagi yirik savdo-hunarmandchilik shaharlarini birlashtirgan hudud qaysi edi? A) Parij B) Tuluza C) Normandiya D) Flandriya 14 / 25 Amir Temur davlatidagi qaysi lavozim harbiy lavozim hisoblanmagan? A) aylboshi B) xonsolar C) bakovul D) qo‘shunboshi 15 / 25 XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida sudlov, notarial ishlari, ta’lim muassasalarini kimlar boshqargan edi? A) Qozilar B) Ruhoniylar C) Muftiylar D) Raislar 16 / 25 Erkin kishilarga qirol amaldorlari o‘zboshimchaliklari va ortiqcha jarimalardan himoya qilish va’da qilingan hujjatni aniqlang. A) «Dahshatli sud kitobi» B) «Sali haqiqati» C) «Rus haqiqati» D) «Buyuk ozodlik xartiyasi» 17 / 25 Islom olamida “musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan allomani aniqlang. A) Imom al-Buxoriy B) Mahmud az-Zamaxshariy C) Abu Mansur al-Moturidiy D) Burhoniddin al-Marg‘inoniy 18 / 25 d’E qal’asi joylashgan hudud uchun kimlar kurashgan edi? A) Filipp IV va Ioann B) Filipp II va Ioann C) Filipp IV va Bonifatsiy VII D) Vilgelm I va Ioann Sahiy 19 / 25 Toshkent shahrida Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o‘g‘li, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab bunyod etilgan muhtasham haykalga qanday nom berilgan? A) “Matonat madhiyasi” B) “Qahramon ona” C) “Motamsaro ona” D) “Hazrati inson” 20 / 25 “G‘alabadan xabar beruvchi shohnoma” asarining muallifini toping. A) Mulla Ali qori Qunduziy B) Hakimxon To‘ra ibn Sayid Ma’sumxon C) Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy D) Mulla Niyoz Muhammad Ho‘qandiy 21 / 25 Turk xoqonligining Sosoniylar va Vizantiya bilan yaqinlashuviga sabab bo‘lgan siyosiy vaziyatni aniqlang. A) Bu davlatlar o‘rtasida diniy yaqinlikning mavjudligi B) Turk xoqonligining ikkiga bo‘linib ketishi C) Eftallar bilan to‘qnashuvning muqarrarligi D) Sosoniylar va Vizantiya bilan savdo-sotiq aloqalarining manfaatliligi 22 / 25 Turkistonda Rossiya imperiyasi o‘tkazgan mustamlakachilik siyosatining oqibatlarini xolisona yoritish vazifasini ilgari surib, shunday savolni ko‘ndalang qo‘ygan edi: “… har tamonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo‘q bo‘lib ketishi kerak bo‘lgan sharoitda baribir, qator yo‘qotishlar bilan bo‘lsa ham, millatimiz o‘zligini saqlab qoldimi yo yo‘qmi?” Ushbu jumlalar qayerdan olingan? A) Birinchi prezidentimizning 1998-yil bir guruh ziyolilar bilan uchrashuvida aytilgan gaplaridan B) Birinchi prezidentimizning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asaridan C) Birinchi prezidentimizning “Yuksak manaviyat – yengilmas kuch” asaridan D) “O‘tkan kunlar” asaridan 23 / 25 1889-yilda qabul qilingan Yaponiya konstitutsiyasiga ko‘ra imperator qanday huquqlarni o‘ziga saqlab qoldi? 1) parlament chaqirish, ochish, tarqatib yuborish; 2) vazirlarni lavozimiga tayinlash va chetlatish; 3) qonunlar o‘rniga oliy farmonlar chiqarish; 4) qo‘shinlarning oliy bosh qo‘mondoni bo‘lish; 5) soliqlar joriy etish; 6) urush e’lon qilish va sulh tuzish; 7) viloyat hokimlarini tayinlash A) 1, 2, 5, 6 B) 2, 4, 6, 7 C) 1, 3, 4, 6 D) 3, 5, 6, 7 24 / 25 1831-1832-yillarda yozilgan asarni aniqlang? A) “Risola dar muaddili qamar” B) “Ajoyib ut-tabaqot” C) “Dili g‘aroyib” D) “Tarixi Rashidiy” 25 / 25 O‘rta Yunonistoning qismida tog‘lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi. Mil.avv. 2-ming yillikda Attikaning qismida yunonlar «Akropol», ya’ni «Yuqori shahar» deb atalgan qal’a quradilar. A) janubi-sharqiy, g‘arbiy B) janubi-g‘arbiy, sharqiy C) janubi-sharqiy, shimoliy D) shimoli-sharqiy, g‘arbiy 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6