Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 Aprel 20, 2022Aprel 20, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 ga fikr bildirilmagan. 7 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 1 / 30 Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng ishlatiladigan tinish belgisi qaysi gapda qo`llangan? A) She’rim! Yana o‘zing yaxshisan! ( U. Nosir ) B) Podshoh o‘sha bolani yoniga o‘tqazib, undan so‘rabdi: Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi? C) Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq. Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon) D) Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim! ( M. Yusuf ) 2 / 30 Qaysi qatordagi gapda 2 ta tovush tushishi va 1 ta tovush ortishi kuzatiladi? A) Bir vaqt qarasam, yig’layapman. Keyin asta uyga kiraman degan edim, haligi itlar yana uvlab yubordi. B) Otaxon, singlimning ko’ngli juda nozik. Qaytgunimcha unga qo’ldan kelgancha qarab, yordam berib turing. C) Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg’itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi. D) Ayriliq ham sinovdir, bolam. Sabr qiling, xalq orasida o’z obro’yingizga egasiz, shunday ekan hozircha faqat kutganingiz ma’qul. 3 / 30 “Go`ro`g`lining tug`ilishi ” dostonida Gajdumbek kimning o`g`li? A) Qovushtixonning B) Odilxonning C) Shohdorxonning D) Jig`alixonning 4 / 30 Iboralarni o`z muqobili bilan moslashtiring. 1) xafa; 2) xursand; 3) hovliqmoq; 4) yuvosh; 5) lallaygan; 6)sho‘x. a)ichiga chiroq yoqsa yorimaydigan; b)og‘zi qulog'ida; c)o‘pkasini qo`ltiqlamoq; d)qo‘y og'zidan cho‘p olmagan;e) og‘zing qani desa qulogini ko‘rsatadigan; f) yerga ursang ko‘kka sapchiydigan; A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-e, 5-d, 6-f B) 1-a, 2-b, 3-f, 4-e, 5-d, 6-c C) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c, 6-f D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f 5 / 30 Qaysi qatorda barcha so`zlarda nuqtalar o`rniga o unlisi yoziladi? A) ashq..l-dashq..l, tan..var, zalv..rli B) z..mon, s..vol, j..vob C) taq..zo, taks..motor, par..voz D) tomosh.., mardonav..r, devonav..r 6 / 30 “…… bu yog’ida to’qson besh, bu yog’ida to’qson besh o’n kam ikki yuz kokili bor, bir yog’ini tilla suviga botirgan, bir yog’ini kumush suviga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o’tirgan”. Ushbu parchada xalq dostonlaridagi qaysi qahramonning husn-u jamoli ta’riflangan? A) Zulxumorning B) Xolbekaning C) Gulanorning D) Barchinoyning 7 / 30 Quyida berilgan gaplarning qaysilarida paronim xatolik jarangsiz undosh o`rniga jarangli undosh qo`llash orqali yuzaga kelgan. 1.Odam tushgan chog`ni uning o‘zi qazigan bo‘ladi. (Nepal xalq maqoli) 2.Ushshoq ham non. (Norveg xalq maqoli) 3.Nokasdan qars olsang, uxlashga qo‘ymaydi. (Ukrain xalq maqoli) 4.Do‘stsiz boshim – tussiz oshim. (O‘zbek xalq maqoli) 5.Mard jonini fido qilsa, qochoq issiz yo‘qolar. (Chuvash xalq maqoli) 6.Bug‘uni uradigan odam uning shohlaridan qochib qutula olmaydi. (Dolgan xalq maqoli) 7.Og‘zini bod ochadigan kishi ko‘p yo‘qotadi. (Shved xalq maqoli) 8.Kichkina teshikdan kirgan nur ham xonani yoriq qiladi. (Yapon xalq maqoli). A) 1, 7 B) 1, 3, 4, 5, 7, 8 C) 2, 6, 8 D) 3, 4, 5, 8 8 / 30 Fuzuliyning “Dahr bir bozordir – har kas mato’in arz edar” baytini aytgan oddiy qorovul tohir aka obrazi qaysi asarda uchraydi? A) “Yulduzli tunlar” B) “Kecha va kunduz” C) “O’tkan kunlar” D) “Mehrobdan chayon” 9 / 30 Naqqoshlik – xalq amaliy sanatining qadimiy soxalaridan biridir. Naqqoshlikda ustalar tayyorlab beradigan andoza, qolip muxim ahamiyatga ega. Odatda, naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib bergan. Bunday naqshlarni memorchilik, gilamchilik, kashtado‘zlik, kandakorlik kabi soxalarda uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, maxoratdan tashqari katta tajriba va malakani talab qiladi. Shu sababli o‘tmishda naqqoshlar xalq hunarmandlarining eng bilimdon, istedodli qismi hisoblangan. (“Qomus” to‘plamidan) Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan? A) 8 B) 6 C) 5 D) 7 10 / 30 Arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonini tarjima qilgan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “So`nggi kun” B) “Singan umid” C) “Astrabod ” D) “Izlaganim” 11 / 30 T.Murodning “Yoshlik” jurnalida chop etilgan asari? A) “Otamdan qolgan dalalar” B) “Ot kishnagan oqshom” C) “Yulduzlar mangu yonadi” D) “Oydinda yurgan odamlar” 12 / 30 O`qituvchilik so`zi haqida to`g`ri hukmni toping. A) narsa oti B) shaxs oti C) tub ot D) faoliyat jarayon oti 13 / 30 Qaysi javobda quyidagi berilgan gapdagi aniqlovchilar haqida noto`g`ri hukm keltirilgan? Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko`z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo`lib qolishdan qo`rq. Qaysi javobda quyidagi berilgan gapdagi aniqlovchilar haqida noto`g`ri hukm keltirilgan? Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko`z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo`lib qolishdan qo`rq. A) barcha aniqlovchilar sodda yasamadir B) gapda qaratqich aniqlovchi ishtirok etmagan C) aniqlovchi ibora bilan ifodalangan D) sifatlovchi aniqlovchi uyushib kelgan 14 / 30 O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang? A) Ijodkorning asarlaridan birida ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan. B) Ijodkorning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash, deb aytish mumkin. C) Ushbu ijodkorning asarlarida ona yurti – O’zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o’zining samimiyligi, ohangdorligi, o’quvchining eng nozik tuyg’ularini qo’zg’ata olishi bilan zamonlar sinovidan o’tib kelmoqda. D) Ushbu ijodkor qalamiga mansub asar o’tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. 15 / 30 Quyida berilgan gap turini aniqlang. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharki, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. A) shaxsi umumlashgan sodda yoyiq gap B) sodda yoyiq gap C) egasi yashiringan sodda yoyiq gap D) ergashgan qo’shma gap 16 / 30 Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang? A) sazavor, mulaqot B) sozovor, muloqot C) sazovar, muloqat D) sazovor, muloqot 17 / 30 Berilgan matndagi fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni toping. A) Beriligan matndagi so’zlarda ko’makchi morfemada ham tovush o’zgarishi kuzatiladi B) Berilgan matnda olmosh tarkibida Tovush tushishi hodisasi ro’y bergan C) Fonetik o’zgarishga uchragan ot tarkibida jarangli undosh jarangsiz undoshga almashgan D) Berilgan matndagi olmosh tarkibida tovush ortishi hodisasi ro’y bergan 18 / 30 Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajarmagan? A) Boyning tashqarisida Yo'lchidan boshqa hech kim yo‘q. B) Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo`shilib yig`lasharmidik. C) Bu – siz uchun katta sinov. D) Seni odobli bo'lganing uchun hamma hurmat qiladi. 19 / 30 Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri emas? A) Sonorlarga mansub undoshlardan ikkitasi sirg’aluvchi undoshlar sanaladi. B) Sonorlar jarangli va jarangsiz undoshlar sanaladi. C) Sonorlarga mansub undoshlardan bittasi lab undoshi sanaladi. D) Sonor undoshlar jarangsiz juftiga ega emas. 20 / 30 Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish ma`nosinida qo`llanadigan so`z qaysi qatorda berilgan? A) strategiya B) diversifikatsiya C) brifing D) modernizatsiya 21 / 30 Ilmiy uslubning xususiyatlari haqida berilgan qaysi hukm(lar) noto`g`ri ? 1) sof ilmiy uslubda fan yutuqlarininkeng ommaga yetkazish maqsad qilinadi; 2) ilmiy-ommabop uslubda ma`lum fan sohasiga doir atamalar qo`llansa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo`lishi uchun izohlanadi; 3) tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq turadi; 4) ilmiy ommabop uslubda eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish orqali ilmiy xulosalarni bayon qilish kuchli bo`ladi. A) 1,3 B) 1 C) 1,4 D) 4 22 / 30 Qaysi ijodkor o’z she’rida Vatanning tinchligini asrash xuddi “mo’rt shisha”ni asrashdek qiyin ekanligini eslatib o’tadi? A) Zulfiya B) A. Obidjon C) A. Avloniy D) E. Vohidov 23 / 30 Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan? A) Siz daraxtning shoxida yursangiz, u bargida yuradigan yigit. B) U otalik mehri jo’sh urib qizchasini bag’riga bosdi. C) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi begona afzal. D) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. 24 / 30 Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan? A) Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. B) Orzu qildim: “ Tutarmen ”, - deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat. C) Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar. D) Mumkin o‘lsa ko‘rmog‘im, ey sarvi ra’no, surating, Aylasa chashmim aro mardum kabi jo surating. 25 / 30 Qaysi asarda Turkistonda Qul Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O’rta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita g’ishtin binolarning borligi, Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirganligi, ammo Sovet hokimiyati ularni qamoqxonaga aylantirib atrofini tikanli sim bilan o’raganligi tasvirlangan? A) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida B) “Muzqaymoq” hikoyasida C) “O’tkan kunlar” romanida D) “Mehrobdan chayon” romanida 26 / 30 Qaysi qatordagi fe`llarda nisbat qo`shimchasi mavjud emas? A) Yomon qo`shni dushmandan yomon – turgan joyingdan ko`chirib yuborganini sezmay qolasan. B) Baxt oila ostonasidan boshlanishini unutmang! C) Ko`ngli vayron bo`lgan qiz yelkalari titrab-titrab yig`lardi. D) Uning vujudida ham mehr, ham vahshiylik yashiringan edi. 27 / 30 Quyidagi qaysi gapda vazifadoshlik asosida ma’nosi ko’chgan so’z ega vazifasida kelgan? A) Stol oyog’i pishiq yog’ochdan qilingan. B) Qozonning qulog’i qiyshayib qolgan ekan. C) Rentgen apparati natijalarini kutyapmiz. D) Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi. 28 / 30 Qaysi javobda keltirilgan so`zlar to`g`ri yozilgan? A) oynayi jahon, tarjimai hol, nuqtai nazar B) oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtayi nazar C) oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtai nazar D) oynai jahon, tarjimai hol, nuqtai nazar 29 / 30 Odil Yoqubov qalamiga mansub “Olma gullaganda” asarining janrini aniqlang. A) roman B) hikoyalar to’plami C) qissa D) pyesa 30 / 30 Eldor akaning uyi o`n yetti tomdan keyin joylashgan, zo`rg`a topib bordik-da. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi? A) metafora B) sinekdoxa C) vazifadoshlik D) metonimiya 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Ona tili va adabiyot abituriyent
Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 Iyun 22, 2021Aprel 5, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 ga fikr bildirilmagan. 1 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №1 1 / 30 “Ayamning hadeganda tiliga chiqavermaydigan allanechuk og`ir pinhoniy bir dardi bor edi. Ko`pincha ishdan qaytib, huzurlariga kirsam, ko`zlari namiqqan, yuzlari tund bo`lar edi. - Yana yig`ladingizmi, aya? - Yo`q, bolam, nega yig`lay? Shunchaki siqildim-da, - derdilar ayam shikasta ovozda”. Ushbu tarjimayi hol qaysi shoir hayotiga aloqador? A) Tohir Malik B) O`tkir Hoshimov C) Shukur Xolmirzayev D) Ozod Sharafiddinov 2 / 30 Bir g`uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar. Gapdagi hid bilduruvchi sifat qaysi bo`lakka tobelangan ? A) egaga B) to`ldiruvchiga C) holga D) kesimga 3 / 30 So`zning yumshog`i g`azabni so`ndiradi, so`zning qattig`i esa odamni o`ldiradi. Ushbu gapda tovush almashinishi hodisasi so`zga qanday qo`shimcha(lar) qo`shilishi natijasida yuz bergan? 1) so`z yasovchi qo`shimcha; 2) Lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha 3) sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha A) 1,3 B) 2 C) 1,2 D) 2,3 4 / 30 qol, qor, qot so`zlarining ma`nolarini farqlashga xizmat qilayotgan tovushlarni aniqlang. A) chuqur til orqa undoshi B) til orqa undoshi C) bo`g`iz undoshi D) til oldi undoshi 5 / 30 Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma`no ko`chgan so`z qatnashgan? A) Alisher Navoiy vafotini eshitib, butun Hirot yig`ladi B) Qalam ushladimmi, demak, o`yin bas… C) Bu darddan qora boshim oqardi D) Yuragini ezib turgan tuyg`ular biroz chekinganday bo`ldi 6 / 30 Qaysi qatorda ismlarni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi qo`shimchalar berilgan. A) -cha, -lar, -man B) -ga, -da, -dan C) -dir, -day, -dek D) -man, -san, -dir 7 / 30 “Olov sochlar” “O`lim yovga” kabi to`plamlar muallifi kim? A) G`afur G`ulom B) Hamid Olimjon C) Maqsud Shayxzoda D) Zulfiya 8 / 30 Navoiy "Xamsa"sining qaysi dostonida "Beshinchi iqlim yo`lidan kelgan musofir hikoyati" keltiriladi? A) "Layli va Majnun" B) "Sab`ayi sayyor" C) "Farhod va Shirin" D) "Hayratul-abror" 9 / 30 "Ravshan" dostoni voqealari haqida berilgan to`g`ri hukmni toping. A) Hasanxonni Yunus pari tarbiyalab voyaga yetkazdi B) Avazxonga Gulqiz degan barno suluvni kelin qilib tushirib berdilar C) Go`ro`g`li Hasanxonni Xunxordan olib kelib o`ziga o`g`il qildi D) Hasanxon Xon Dallini Vayangandan olib qochib kelib, qiriq kun shohona to`ylar berib, o`z rasm-rusmlari bilan oldi 10 / 30 Qaysi ko`makchilar yo`nalish ma`nosini ifodalaydi? A) uchun, sababli B) bo`ylab, sari C) tufayli, uchun D) qadar, tomon 11 / 30 O`zaro sinonim bo`lgan ko`makchilar qatorini ko`rsating. A) so`ng, keyin, nari B) buyon, beri, burun C) faqat, o`zga, boshqa D) boshqa, tashqari, bo`lak 12 / 30 Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe’lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe’llar berilgan qatorni aniqlang. A) quvnamoq, jilmaymoq B) qochmoq, yonmoq C) yuvmoq, yayramoq D) kiymoq, taramoq 13 / 30 Berilgan qaysi gap tarkibida fonetik o`zgarish asosida yozilgan yasama sifat mavjud? A) O`g`lim, unutmaginki, yoqimli do`st suhbati olis yo`lni yaqin qiladi. B) Barcha javoblara fonetik o`zgarish asosida yozilgan yasama sifat mavjud C) Barmog`ida sarg`ish, ko`kimtir bo`yoq izlari bor ediwd D) Uning chaqnoq ko`zlari, siyrak qoshi, o`ychan turishi katta bardoshi, sadoqatini aks ettirib turardi. 14 / 30 Har xil odamlarning fe`l-atvori va ahvoli; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati; turli foydali kuzatishlar va misollar haqida uch qismdan iborat asarni aniqlang. A) "Saddi Iskandariy" B) "Mahbub ul-qulub" C) "Hayrat ul-abror" D) "Mezon ul-avzon" 15 / 30 O`zlik olmoshi predmetni ko`rsatish uchun qo`llangan gapni aniqlang. A) Biz o`z tuprog`imizni ko`z qorachig`iday asraymiz. B) Olma o`zi pishib, o`zi to`kildi. C) O`zlik olmoshi predmetni ko`rsatish uchun ishlatilmaydi. D) Rostini aytsam, o`zim ham unchalik yomon bola emasman. 16 / 30 Qaysi qatorda barcha so`zlarda nuqtalar o`rniga o unlisi yoziladi? A) tomosh.., mardonav..r, devonav..r B) ashq..l-dashq..l, tan..var, zalv..rli C) taq..zo, taks..motor, par..voz D) z..mon, s..vol, j..vob 17 / 30 Qaysi javobda o`zlik olmoshi ta`kid ma`nosini ifodalash uchun xizmat qilgan gap(lar) to`g`ri ko`rsatilgan? Rostini aytsam, men o`zim ham unchalik yomon bola emasman. O`zi dumaloq, qor kabi oq. Ikromjon xotinini qoldirib, o`zi idora tarafga qarab ketdi. 4. O`zingni er bilsang, o`zgani sher bil. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2 C) 1 D) 1, 3, 4 18 / 30 Shaxs-son, zamon, bo`lishi-bo`lishsizlik qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga qo`shiladi A) Shaxs-son, zamon qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, bo`lishsizlik qo`shimchasi har ikki qismiga qo`shila oladi B) Shaxs-son, zamon qo`shimchasi qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, bo`lishsizlik qo`shimchasi birinchi qismiga qo`shiladi C) Shaxs-son, zamon, bo`lishi-bo`lishsizlik qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga qo`shiladi D) Shaxs-son qo`shimchasi qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, zamon, bo`lishsizlik qo`shimchasi birinchi qismiga qo`shiladi 19 / 30 So`zlarning borliqdagi ma`lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning qanday ma`nolari hisoblanadi? A) lug`aviy ma`nolari B) so`zlarning ko`chma ma`nolari C) morfologik ma`nolari D) grammatik ma`nolari 20 / 30 Qaysi javobda vazifadosh zidlov bo`lovchilari keltirilgan? A) –u, -yu, -da, ba’zan B) –u, -yu, -da, balki C) –u, -yu, -da, xoh D) –u, -yu, -da, na….na 21 / 30 Qaysi javobda nomi keltirilgan asar nemis adaboyitining yirik vakili Haynrix Haynening ballada janrida yozilgan asari hisoblanadi? A) “Yo`l lavhalari” B) “Sileziya to`quvchilari” C) “Qullar kemasi” D) “Germaniya, Qish ertagi” 22 / 30 Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama+yasama so`z shaklida tuzilgan? A) U yoshligidan ota-onasiz katta bo`lgan. B) Menga o`xshash esli-hushli yigitga zoriqib o`tirgan ekan. C) Kasbning katta-kichigi bo`lmaydi. D) U paytda qing`ir-qiyshiq ko`chalar ko`p bo`lgan. 23 / 30 Birikma tarkibidagi tobe so`z turlangan javobni toping. A) g`alabaga intilmoq B) birdaniga yopirilmoq C) yoppasiga ommalashmoq D) to`satdan kelmoq 24 / 30 Narsa otlarining tuzilishi haqida berilgan hukmlarning qaysi biri noto`g`ri? A) Barcha hukmlar to`g`ri B) Narsa otlari tuzilishiga ko`ra sodda tub yoki yasama bo`lishi mumkin. C) Narsa otlari tuzilishiga ko`ra juft yoki takroriy bo`lishi mumkin. D) Narsa otlari tuzilishiga ko`ra qo`shma bo`lishi mumkin. 25 / 30 "Uch og`ayni botirlar" ertagida "Podshohlik - qonxo`rlik demak" degan fikrni kim aytgan? A) Vazir B) Podshoh C) to`ng`ich botir D) kenja botir 26 / 30 Shaxs yoki narsalarni bir- biri bilan qiyoslash ma`nosini qaysi kelishik shakli ifodalashi mumkin? A) tushum kelishigi B) chiqish kelishigi C) jo`nalish kelishigi D) qaratqich kelishigi 27 / 30 Qaysi javobda Cho`lponning “Kecha va kunduz” romani qahramonlari to`g`ri ko`rsatilgan? A) Zebi, Miryoqub, Hasanali B) Ostonaqul, Anvarbek, Xadicha C) Akbarali mingboshi, Miryoqub, Ra’no D) Enaxon, Xolmat, Sultonxon 28 / 30 Jinoyatchilar to`dasiga qo`shilib qolgan erka o`g`il Hamidulla O`lmas Umarbekovning qaysi asari qahramoni? A) "Odam bo`lish qiyin" B) "Urush farzandi" C) "Sevgim sevgilim" D) "Fotima va Zuhra" 29 / 30 Qaysi javobda keltirilgan so`zlar to`g`ri yozilgan? A) oynayi jahon, tarjimai hol, nuqtai nazar B) oynai jahon, tarjimai hol, nuqtai nazar C) oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtai nazar D) oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtayi nazar 30 / 30 Qo`shma gapning ikkinchi qismida qo`llanadigan bo`g`lovchilar qatorini aniqlang. A) ammo, lekin, agar, chunki, negaki B) chunki, negaki, balki, ammo, lekin, biroq, ya`ni C) chunki, negaki, goh...goh, balki, mabodo D) toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Ona tili va adabiyot abituriyent