11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Oktabr 15, 2022Oktabr 15, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 ga 1 fikr bildirilgan 0 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Qaysi gapda yasama so‘zlar soni nisbatan ko‘proq? A) Ota-onaning roziligi umrni ziyoda qiladi. B) Kimki berahmdir — rahm qilinmas, Kechirmaganlarni kechirmas Olloh. C) Istarali kishining kiyimidagi yamoqlar ham yarashib turadi. D) Biror yangilik eshitib qolsangiz, bizni xabardor qiling. 2 / 25 2. Berilgan namunalardan qaysi birida bog‘lovchi vositasida qo‘llanuvchi so‘zlar berilgan? A) shuning uchun, agar B) goho, ba’zan, goh C) deb, bo‘lsa, esa D) biroq, ammo, lekin 3 / 25 3. Berilgan gapda nechta to‘ldiruvchi qatnashgan va to‘ldiruvchining nechtasi otlashgan sifat bilan ifodalangan? Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. A) Gapda bitta to‘ldiruvchi bor. To‘ldiruvchi otlashgan sifat bilan ifodalanmagan. B) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Bittasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. C) Gapda uchta to‘ldiruvchi bor. Ikkatasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. D) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Ikkalasi ham otlashgan sifat bilan ifodalangan. 4 / 25 4. Berilgan namunlardan qaysi birida faol kirish so‘zlar ishtirok etgan? A) Anvar va men musobaqaga ertaga soat sakkizda boramiz. B) Usmon Nosir juda qisqa umr ko‘rdi. C) O‘rta asrlarda Xitoy va Hindiston paxtaning vatani hisoblangan. D) Afsus, futbol jamoamiz musobaqada yutqizib qo‘ydi. 5 / 25 5. Quyidagi sinonimlar qatorida noto‘g‘ri so‘z qo‘llangan javobni belgilang. A) xirpa, tullak, ayyor B) xunuk, badbashara, aft C) hur, ozod, erkin D) ko‘p, talay, bisyor 6 / 25 6. Bosh harf bilan yozish qoidasi amal qilib yozilgan birlikni aniqlang. A) Adliya Vazirligi B) Davlat Soliq Qumitasi C) Vazirlar Mahkamasi D) Oliy Xoʻchalik Sudi 7 / 25 7. Ushbu gapda holining qaysi turi ishtirok etgan? Gapiravermagach o‘zim so‘roqqa tutdim. A) sabab holi B) holat holi C) o‘rin holi D) payt holi 8 / 25 8. Gapdagi // o‘rnida qanday tinish belgisi bo‘lishi kerak? Pul bo‘lsa // changalda sho‘rva. A) tire B) vergul C) ikki nuqta D) nuqtali vergul 9 / 25 9. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan? Bu hududning tabiati, havosi, sharoiti juda yaxshi. A) aniqlovchi B) kesim C) ega D) hol 10 / 25 10. To‘ldiruvchi quyidagi so‘z turkumlaridan qaysi biri bilan gapda ifodalanib kelmaydi? A) otlashgan sifat bilan B) ot bilan C) sifatdosh bilan D) yuqoridagi ifodalangan so‘z turkumlarining barchasi bilan ifodalanadi 11 / 25 11. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni qaysi so‘z turkumlariga mosligini aniqlang? Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) ot, sifat, sifat B) ot, ravish, hol C) sifat, ravish, sifat D) ot, hol, sifat 12 / 25 12. Sabab holi ishtirok etgan gapni belgilang. A) Olimjon orqada qoldi. B) Dushman chorasizlikdan taslim bo‘ldi. C) Kecha majlis bo‘ldi. D) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur. 13 / 25 13. Qavs ichidagi ma’nolar ifodalanishi uchun nuqtalar o‘rniga qaysi so‘z qo‘yilishi lozim? Ovqatni … (“ulashmoq”), qamchi … (“urmoq”), qo‘yni … (“o‘lchamoq”). A) bermoq B) uzmoq C) urmoq D) tortmoq 14 / 25 14. Ikkinchi darajali bo‘laklarga nimalar kiradi? A) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol B) faqat kesim. C) hol, kesim, ega D) ega, kesim 15 / 25 15. Berilgan gapda necha oʻrinda vergul tushib qolgan? Darhaqiqat bolalarning xulqi odobi yurish-turishi koʻcha-koʻyda mahallada oʻzini tutishi doʻstlari orasidagi obroʻ-e’tibori oila yumushlariga qoʻshayotgan hissasi bilan doimo qiziqib turish lozim. A) 5 oʻrinda B) 6 oʻrinda C) 8 oʻrinda D) 7 oʻrinda 16 / 25 16. Berilgan gaplardan ot-kesimga misol bo‘la oladigan gaplarni belgilang. 1) Osmonimiz musaffo; 2) Qushlar uchib keldi; 3) Gullar ochildi; 4) Mehmon aziz. A) 3; 4 B) 2; 4 C) 1; 3 D) 1; 4 17 / 25 17. Qaysi javoblarda gap bo‘laklariga to‘g‘ri ajratilgan? Aziza ertalab she’r yozadi. A) ega, hol, to‘ldiruvchi, kesim B) hol, ega, to‘ldiruvchi, kesim C) ega, kesim, to‘ldiruvchi, hol D) kesim, to‘ldiruvchi, hol, kesim 18 / 25 18. Kelishik qoʻshimchalarini qoʻllash bilan bogʻliq xatolik uchraydigan javobni aniqlang. A) Xalqimizning eng noyob fazilatlaridan biri – uning bir tan, bir jon boʻlib yashashidir. B) Salohiyatimizni yurtimizning xalqaro maydondagi obroʻ-e’tibori oshishi uchun safarbar etamiz. C) Nasimning otasi Qoʻqonnigina emas, butun xonlikning tanilgan kishilaridan edi. D) Maqsadlarimizga erishish uchun oldimizda turgan toʻsiq va gʻovlarni yengib oʻtishimiz kerak. 19 / 25 19. Vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan gapni toping. A) Til qilichdan o‘tkir. B) Birni kessang, o‘nni ek. C) Bu olmani ukam uchun oldim. D) Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘. 20 / 25 20. Quyidagi berilgan gapning turini aniqlang. Sayohatga juda erta kelibsan. A) Buyruq gap B) Tasdiq gap C) Yig‘iq gap D) Inkor gap 21 / 25 21. Quyidagi berilgan gaplarning nechtasida tire to‘g‘ri qo‘yilgan? 1) Ikki karra to‘rt – sakkiz; 2) Vatan – muqaddas; 3)Mening iqrorim – shu; 4) Niyatim – o‘qish; 5) Odob – insonning boyligi. A) Uchta o‘rinda to‘g‘ri; ikkita o‘rinda noto‘g‘ri. B) Berilgan barcha holatlarda tire to‘g‘ri qo‘llangan. C) Ikkita o‘rinda to‘g‘ri; uchta o‘rinda noto‘g‘ri. D) To‘rtta o‘rinda to‘g‘ri; uchta o‘rinda noto‘g‘ri. 22 / 25 22. Berilgan gapdagi sifatdoshni aniqlang. Olimpiadaga qatnashuvchi talabalar jurnali yozildi. A) yozildi B) qatnashuvchi C) talabalar D) olimpiadaga 23 / 25 23. Matnni o‘qing. “Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish” ilmiy nazariyasi kim tomonidan takror isbotlanganligini belgilang? Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. -Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. -Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) Karol Yov B) Kopernik C) Nyuton D) Beruniy 24 / 25 24. O‘zlashtirma gapning kesimi qanday fe’llar bilan ifodalanadi? A) gapirmoq, so‘zlamoq, demoq B) so‘ramoq, buyurmoq, aytmoq C) demoq, aytmoq, gapirmoq D) aytmoq, gapirmoq 25 / 25 25. Matnni o‘qing. Unga mos nomni aniqlang. Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) Sharq olimlari B) Olimlarning ilmiy tadqiqotlar C) Kashfiyot va ixtirolar D) Insoniyat tamadduni 0% tomonidan Wordpress Quiz plugin Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada
10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Oktabr 15, 2022Oktabr 15, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 ga 1 fikr bildirilgan 1 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Quyidagi gaplar qaysi yozuvchi haqida? Ish kunlari ertalab soat 8 dan boshlanardi. Nonushtadan so‘ng soat 12 gacha ishlar, bu vaqt ichida hech kim ularni bezota qilmas edi. Bir yarim- ikki sahifa ijod qilish uchun 4-5 soat o‘tirar, biror so‘zni o‘zgartirish kerak bo‘lsa,o‘sha sahifani yana qayta ko‘chirib chiqar edilar. A) G‘afur G‘ulom B) Oybek C) Usmon Nosir D) Abdulla Qahhor 2 / 25 2. Nuqtalar o‘rniga mos ravishda qanday undoshlar qo‘yilishi kerak? Hamma yo...da to‘kin-sochinlik. Shunday yurt...a yashayot...animizdan fa...rlansak arziydi. A) g‘, d, k, x B) q, d, t, x C) g‘, t, k, h D) q, d, g, x 3 / 25 3. Ey, baxt ulashganlar, bizga qo‘shiling! Yuqoridagi gapda undalma qaysi so‘z turkumi bilan ifodalab keltirilgan? A) Sifat bilan B) Olmosh bilan C) Ot bilan D) Sifatdosh bilan 4 / 25 4. va, ham, hamda bog‘lovchilarning qaysi turiga kiradi. A) biriktiruv bog‘lovchisi B) inkor bog‘lovchisi C) zidlov bog‘lovchisi D) ayiruv bog‘lovchisi 5 / 25 5. Quyidagi jonzot nomlaridan nechtasi o‘z shakldoshiga ega? 1)ot; 2) bit; 3) sug‘ur; 4) sher; 5) qurt; 6) qarg‘a. A) 3 tasi B) 4 tasi C) 6 tasi D) 5 tasi 6 / 25 6. Matni o‘qing. Quyidagi berilgan javoblardagi qaysi ma’lumot mantda keltirilgan ma’lumotlarga mos emas? Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) Masjidning ichki qismini bezashda gulli bezaklar, ganch naqshlaridan foydalanilgan. B) Tillashayx masjidida arklar soni uchtani tashkil etadi. C) Masjidning tashqi tomonida bezaklar yo‘q. D) Yodgorlik Shirin Murodov tomonidan bunyod etilgan. 7 / 25 7. Ravish holi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) qancha?, nechalab? B) qachongacha?, nega? C) qachon?, qayerga? D) qanday qilib?, qay tarzda? 8 / 25 8. Qaysi javobda undov, taqlid va modal so‘zlarning har biriga misol berilgan? A) yoxud, qars, hay B) voy, pisht, shekilli C) yal-yal, miyov, darvoqe D) xullas, shildir-shildir, eh 9 / 25 9. Qanday birlik vergul yoki undov belgisi bilan ajratilishi mumkin? A) Undalma B) Ajratilgan bo‘lak C) Umumlashtiruvchi bo‘lak D) Kiritma 10 / 25 10. Matni o‘qing va mos keladigan nomni aniqlang. Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) Usta Shirin Murodov yodgorligi B) Hastimom majmuasi C) Tillashayx masjidi D) Temuriylar maqbarasi 11 / 25 11. Egali gapni toping. A) Bugungi ishing hech kimga yoqmadi. B) Laylo, sening oldingda bir dam ko‘rmoqchiydim o‘zimni. C) Shirin xayollaring oldimmu? D) Balki, o‘chgan edim yodingdan. 12 / 25 12. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan kirish so‘zni qo‘ying. …ishimizni oxirigacha yetkaza olmadik. A) albatta B) qisqasi C) afsus D) birinchidan 13 / 25 13. Berilgan ma’lumotlardan to‘g‘risini toping. A) Shaxsi topilmas gaplar egasini topib ham, gap tarkibiga kiritib bo‘lmaydigan gaplarga aytiladi. B) Modal so‘z-gaplar his-tuyg‘uni ifodalab keladi. C) Ikki so‘zdan iborat bo‘lib, boshqa so‘zlar bilan kengaya olish imkoniga ega gaplar so‘z-gaplar deyiladi. D) Mazmunan faqat I va II shaxsga talluqli gaplar shaxsi umumlashgan gaplar deyiladi. 14 / 25 14. Qaysi qatordagi qo‘shimchlarni so‘zga qo‘shganda yangi so‘z yasab bo‘lmaydi? A) -li, ba-, -bo B) -da, -ni, -ning C) -gi, -chi, -kor D) -ona, -siz, -lab 15 / 25 15. Berilgan gapdagi nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying? “Amakimning qizi Sevara … Samarqandga bormagan.” A) hech qachon B) har qachon C) allaqachon D) har doim 16 / 25 16. Ayiruv bo‘g‘lovchisi ishtirok etgan gapni toping. A) Kechki payt yo Sobir, yoki Hasan ukasini bog‘chadan olib keladi. B) U na do‘stini na ukasini topa olamdi. C) Ikkovi ham onasiga uy-ro‘zg‘or ishlariga yordam berishdi. D) A’zamjon va Azizjon maktabdan uyga kelishdi. 17 / 25 17. Matnda ostiga chizilgan so‘zlarni qaysi so‘z turkumidaligini aniqlang. Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) sifat, ot, ot B) sifat, sifat, ot C) son, ot, ot D) son, sifat, ot 18 / 25 18. His-hayajon undovlari ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Yosh bo‘lsa-da, barchaga bosh bolam. B) Keksalarga yordam berish hammamizning burchimiz/ C) Televizorni faqat kechqurunlarigina ko‘radi. D) Hoy, kim bor, yordam bering! 19 / 25 19. Berilgan namunlardan qaysi birida faol kirish so‘zlar ishtirok etmagan? A) Ehtimol, men uni ertaga ko‘raman. B) Afsus, futbol jamoamiz musobaqada yutqizib qo‘ydi. C) Abdulla Avloniy, o‘z davri boshlang‘ich maktablari uchun bir nechta o‘quv qo‘llanmalar yaratgan. D) Birinchidan, matnni diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, ikkinchidan uning mazmunini so‘zlab berish kerak. 20 / 25 20. Quyidagi berilgan gaplarga mos keluvchi nisbat qo‘shimchalarni toping. 1)Nurga to‘ldi dara, to‘ldi soy, Nur yog‘…di qorong‘u jarga. 2)Yaltiraydi, doim tovla…ar, Oy nuriga cho‘miluvchu tosh. 3)Dalalarda boshla…adi ish, Boshla…adi ijod va tashvish. A) -in, -n, -l, -in. B) -il, -n, -n, -in. C) -il, -n, -n, -n. D) -il, -in, -n, -in. 21 / 25 21. “Men faqat a’lo baholarga o‘qiyman” gapidagi qaysi so‘z tushirilsa, ma’no kuchsizlanadi? A) o‘qiyman B) baholarga C) faqat D) men 22 / 25 22. Gapda nechta sifatdosh qatnashagan? O‘zbekistonda 40 asrdan ko‘proq vaqt davomida yaratilgan me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ushbu me’moriy obidalarni har yili minglab sayyohlar keladilar. A) To‘rtta B) Ikkita C) Uchta D) Beshta 23 / 25 23. Qaysi so‘zlar talaffuzida so‘z oxiridagi jarangli undosh tushib qoladi? 1) gramm; 2) poyezd; 3) go‘sht; 4) kilovatt. A) 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 2, 3, 4 24 / 25 24. Sifatdan yasalgan so‘zni aniqlang. A) beaql B) qiynamoq C) do‘stlik D) qaynoq 25 / 25 25. Fe’l nisbatini aniqlang. Buyumlarga qo‘l tegizilmasin! A) orttirma B) majhul C) birgalik D) o‘zlik 0% tomonidan Wordpress Quiz plugin Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada
9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Oktabr 15, 2022Oktabr 15, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 ga 1 fikr bildirilgan 0 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Quyidagi so‘zlardan ijobiy fazilatni ko‘rsatilgan so‘zlarni belgilang. A) ochiko‘z B) dangasa C) oq ko‘ngil D) ishyoqmas 2 / 25 2. Matni o‘qing. Quyidagi berilgan sarlavhalardan qaysi biri matn uchun mos emas? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti.Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) Yoz tarovati B) Fasllar go‘zalligi C) Yozdagi mevalar D) Mehnat fasli 3 / 25 3. Bayon qilingan fikrning tartibini bildiruvchi modal so‘zlar qatnashgan gapni belgilang. A) Xususan, o‘zaro kelishuvga erishganliklari foyda keltirdi. B) Avvalo, ularning bu ishlari qayerdan boshlanganini bilish zarur. C) Aksincha, o‘quvchilar bir-biridan qolmaslik uchun harakat qildilar. D) Demak, xulosa qilsak ham bo‘ladi. 4 / 25 4. Undalmalar gapda qanday tinish belgilari bilan ajratiladi? A) ikki nuqta B) qavs, qo‘shtirnoq C) vergul, nuqta D) undov, vergul 5 / 25 5. Bog‘lovchi bilan yasalgan gapda qanday ma’no ifodalab kelinmoqda? Chunki qorong‘u tushib qolgan edi. A) Inkor ma’nosi ifodalab kelinmoqda. B) Aniqlov ma’nosi ifodalanmoqda. C) Shart ma’nosi ifodalab kelinmoqda. D) Sabab ma’nosi ifodalab kelinmoqda. 6 / 25 6. Quyidagi berilgan javoblardan mosini tanlab nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. ……… – tinglovchiga qaratilib, biror ish-harakatni bajarishga undaydigan gaplar: ma, mang, qani, marhamat, xo‘sh kabi so‘zlar. A) Tasdiq so‘z-gaplar B) Modal so‘z-gaplar C) Inkor so‘z-gaplar D) Taklif so‘z-gaplar 7 / 25 7. Quyidagilardan o‘tgan zamon sifatdoshi berilgan qatorni toping. A) Barchasi o‘tgan zamon sifatdoshi B) Ketgan C) Ketayotgan D) Ketadigan 8 / 25 8. Ko‘rsatilgan misollardan mavhum otlar berilgan qatorni toping. A) vijdon, go‘zallik, sevgi B) ezgulik, kiyik, avtobus C) chopmoq, o‘qish, yurak D) havorang, tirma, yovuzlik 9 / 25 9. Vazifadosh ko‘makchi qatnashgan gapni toping. A) U tomon bir to‘da bollalar yugurib ketishdi. B) Bola kun sayin, soat sayin o‘sib borardi. C) Biz yurtimiz uchun hamma narsaga tayyormiz. D) Men do‘stim bilan kutubxonaga bordim. 10 / 25 10. Qaysi qatorda yordamchi fe’llar berilgan? A) harakat, bo‘lmoq B) zarur, kerak C) kerak, bo‘ladi D) qilmoq, olmoq 11 / 25 11. Nuqtalar o‘rniga mos yuklamalarni qo‘ying. 1)Nok shirin bo‘ladi… , ammo hosilga kech kiradi… .2)Bu ishni sen… uddalarsan, biroq ukang eplarmikin? A) -ku; -da; -ku. B) ham; -da; -ku. C) -yu; -da; - ku. D) -u; -da; -ku. 12 / 25 12. Matni o‘qing. Qaysi meva yozda birinchi pishadigan meva deb tariflangan? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti. Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) Gilos, olma, o‘rik B) Uzum C) Handalak D) Qulupnay 13 / 25 13. Quyidagi berilganlardan sodda sifat qatnashgan qatorni toping. A) tinchliksevar, jonkuyar; B) harakatchan, shifobaxsh; C) katta, go‘zal D) havorang, qimmatbaho; 14 / 25 14. Quyidagi berilgan gaplarda nechta yuklama qatnashgan? 1)Yig‘ilishga faqat Murod kelmadi. 2)Keksalarga yordam berish hammamizning burchimiz-ku! A) bitta B) uchta C) to‘rtta D) ikkita 15 / 25 15. Hozirgi zamon sifatdoshi berilgan gap qatorini aniqlang. A) Asrlar mobaynida rangini yo‘qotmay kelayotgan bo‘yoqlar siri kashf etilmadi. B) Kelajakda o‘zbek tilida o‘qiydigan maxsus dasturlar yaratiladi. C) Jahonda elektron texnika ixtiro qilgan konpaniyalar juda ko‘p. D) O‘zbekistonda uzoq vaqt davomida yartilgan me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. 16 / 25 16. Quyidagi berilgan ma’lumotlardan qaysi biri noto‘g‘ri? A) Zero bog‘lovchisi tartib ma’nosini ifodalab keladi. B) Chunki bog‘lovchisi sabab ma’nosini ifodalab keladi. C) Ya’ni bog‘lovchisi aniqlov ma’nosini ifodlab keladi. D) Agar bo‘g‘lovchisi shart ma’nosini ifodalab keladi. 17 / 25 17. Kim? Nima? so‘rog‘iga qaysi gap bo‘lagi javob bo‘ladi? A) To‘ldiruvchi B) Hol C) Ega D) Aniqlovchi 18 / 25 18. Gapda olmoshning qaysi ma’no turi qatnashgan? Birovlarning fikri bilan kelajagingni qurma. A) kishilik B) bo‘lishsizlik C) gumon D) o‘zlik 19 / 25 19. Berilgan gaplardan shaxsi umumlashgan gaplarni toping. A) Bilmagan kasbga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. B) Nahorga oshga chiqing C) Keksalarni e’zozlaylik D) O‘ylab ko‘rsam u haq ekan. 20 / 25 20. Tasdiq ma’nosini bildiruvchi vositalar to‘g‘ri berilgan qatorni ko‘rsating? A) ha, to‘g‘ri. B) shunday, shekilli. C) yo‘q, bilmayman. D) noto‘g‘ri, aksinchа. 21 / 25 21. Matni o‘qing. Ostiga chizilgan so‘zlar qaysi so‘z turkumidaligini aniqlang? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti. Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) sifat, ot, ravish B) ot, sifat, fe’l C) olmosh, sifat, fe’l D) ot, ravish, fe’l 22 / 25 22. otmoq, bezatmoq- ushbu so‘zlar fe’lning qaysi nisbatiga kiradi? A) ortirma nisbat B) o‘zlik nisbat C) majhul nisbat D) aniq nisbat 23 / 25 23. Qaysi qatordagi qo‘shimchlar kelishik qo‘shimchalari hisoblanadi? A) -gi, -chi, -kor B) -ona, -siz, -lab C) -da, -ni, -ning D) -li, ba-, -bo 24 / 25 24. Ish-harakat va uning bajaruvchisi oʻrtasidagi munosabat nima deyiladi? A) nisbat zamon shakli B) bo‘lishsizlik shakli C) vazifadosh shakli D) fe’l deyiladi 25 / 25 25. Berilgan gapdagi kesim qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? Ushbu joy bolaning g‘amini ham, hursandchiligini ham, sevgisini ham ko‘rgan. A) ravishdosh B) sifatdosh C) harakat nomi D) fe’l 0% tomonidan Wordpress Quiz plugin Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada
9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 May 17, 2022May 17, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 ga 1 fikr bildirilgan 0 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2019- yilida tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari to‘g‘ri berilgan qatorni ko‘rsating? A) sodda gap, qo‘shma gap. B) yig‘iq gap, yoyiq gap. C) darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, istak gap D) tasdiq gap, inkor gap. 2 / 25 2. “Sariq devni minib” qissasining muallifi kim? A) Abdulla Qodiriy B) Po‘lat Mo‘min C) Xudoyberdi To‘xtaboev D) Abdulla Oripov 3 / 25 3. Quyidagi til haqida aytilgan hikmat kimga tegishli: Insonni til ayladi judo hayvondinBilki, guhari sharifroq yo‘q ondin. A) Al-Farg‘oniy B) Alisher Navoiy C) Al-Beruniy D) Hamid Odimjon 4 / 25 4. Наследство, многогранный so‘zlarining tarjimasi to‘g‘ri berilgan javobni toping. A) qadimgi, faoliyat B) meros, serqirra C) hajviy, in’om D) millat, gumbaz 5 / 25 5. Qaysi qatorda yasama otlar berilmagan? A) Tarjimon, muhandis. B) Paxtakor, bog‘bon. C) JY D) Zargar, dorboz. 6 / 25 6. “Tib qonunlari” asarining muallifi kim? A) Gippokrat B) Al-Forobiy C) Al-Farg‘oniy D) Abu Ali ibn Sino 7 / 25 7. Karim kitob olish maqsadida kelgan ekan. – gapida holning qaysi turi qo`llangan? A) o`rinholi B) maqsadholi C) paytholi D) sababholi 8 / 25 8. To`ldiruvchi otlashgan sifat bilan ifodalangan gapni toping. A) Mashina tez va ravon yurmoqda. B) Birni kessang, o‘nni ek. C) Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘. D) Til qilichdan o‘tkir. 9 / 25 9. Hikmatni o‘qing va davomini toping. “Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, .......” A) Orlanib so‘ragan o‘ziga zolim. B) Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim. C) Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. D) Yomonlik ham qilma. 10 / 25 10. O‘zbek adabiy tilining asoschisi kim? A) Alisher Navoiy B) Abdulla Oripov C) Abdulla Qodiriy D) Nizomiy Ganjaviy 11 / 25 11. Kasb-hunar otlarini yasovchi qo‘shimchalar berilgan javobni toping. A) –bon, -chi, -paz B) –lik, -chilik C) –gi, -chilik D) –ma, -gich, g‘ich 12 / 25 12. Nuqtalar o`rniga mos so`zlarni qo`ying: Xiva - … Xorazmning noyob qadimiy shahridir A) go`zal B) naqshinkor C) hashamatli D) ko`hna 13 / 25 13. Orttirma nisbat qo‘shimchalari berilgan qatorni ko‘rsating. A) -sh, (-ish), B) –t, -tir, -sat, kaz C) -n (-in), -l (-il), D) -moq. 14 / 25 14. Sen..chi?, meni..ya? kelasan..a?, berasan..a? so‘zlarida nuqtalar o‘rniga qanday belgi qo‘yiladi? To‘g‘ri javobni belgilang. A) qo‘shib yoziladi. B) hech narsa qo‘yilmaydi. C) chiziqcha D) vergul 15 / 25 15. Tasdiq so‘z-gaplar berilgan javobni toping A) Ha, mayli, xo‘sh, xo‘p B) Oh, qani, marhamat C) Mang, albatta, xo‘p D) Yo‘q, mutlaqo, aslo 16 / 25 16. Qaratqichaniqlovchi qo‘llangan gapni toping. A) Bolalar o‘ynab kelgani ko‘chaga chiqib ketishdi. B) Dam olish kuni musobaqa o‘tkaziladi. C) Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘ D) Bizning oilamiz Toshkentda yashaydi. 17 / 25 17. Qaysi gapdagi to`ldiruvchi sifatdosh bilan ifodalangan? A) Qo`rqqanga qo`sha ko`rinar. B) Mening bobom tarixchi olim bo`lgan. C) Kim birovga choh qazisa, o`zi yiqiladi. D) Hamma majlisgaqatnashishishart. 18 / 25 18. Qaysi qatorda egasifatdoshbilanifodalangangap berilgan? A) Ularto`garakmashg`ulotlarigamuntazamqatnasharedilar. B) Ikkovimizbirozaylandik. C) ko`rganni eshitgan yengibdi. D) Shamolgulhidlariniatrofgataratadi. 19 / 25 19. Fe’lning harakat nomi shakli qatnashgan gapni belgilang. A) Kamtar kishi odobli, yaxshi xulqli bo‘ladi B) Gullarga vaqtida suv quyishni unutma. C) Dilshodxatnixolasigaberdi. D) Tog‘ etaklariga tutashgan bepayon qir-adirlar ko‘zni qamashtiradi. 20 / 25 20. Shaxsi topilmas gap deb nimaga aytiladi? To‘g‘ri javobni belgilang. A) Mazmunan har uchala shaxsga taalluqli gap B) Shaxsi noma’lum gaplar C) Egasini gap tarkibiga kiritib bo‘lmaydigan gap D) Egasini topib bo‘lmaydigan gap 21 / 25 21. Quyidagi maqol nima haqida?O`zuying- o`lanto`shaging A) Inson haqida B) Muhabbat haqida C) Vatan haqida D) Do`stlik haqida 22 / 25 22. Kesim boshqa so`zlar bilan ifodalanganda, asosan, qaysi qo`shimchani oladi. A) –dan B) - gan C) -mi D) - dir 23 / 25 23. Mavhum otlar berilgan javobni toping. A) shifokor, do‘stlik, shahar B) Saxiylik, go‘zallik, vijdon C) mehr, bino, maktab D) Ishonch, musiqa, qishloq 24 / 25 24. Vositasiz to‘ldiruvchi berilgan javobni toping. A) Til qilichdan o‘tkir. B) Birni kessang, o‘nni ek. C) Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘. D) Mashina tez va ravon yurmoqda. 25 / 25 25. Quyidagi ta’rif kimga tegishli: … 20-yillarning o`rtalarida ham she’riy, ham nasriy, ham dramatic ijodbilanshig`ullandi. “Buloqlar”, “Uyg`onish”, “Tong sirlari” she’riy to`plamlari, “Oydin kechalarda”, “Novvoyqiz” hikoyalari shular jumlasidandir. A) AbdulhamidCho`lpon B) AbdullaAvloniy C) ShukurBurhonov D) AbduraufFitrat 0% Testni qayta ishga tushiring tomonidan Wordpress Quiz plugin Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada