Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 1171 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Berilgan namunlardan qaysi birida faol kirish so‘zlar ishtirok etmagan? A) Afsus, futbol jamoamiz musobaqada yutqizib qo‘ydi. B) Birinchidan, matnni diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, ikkinchidan uning mazmunini so‘zlab berish kerak. C) Abdulla Avloniy, o‘z davri boshlang‘ich maktablari uchun bir nechta o‘quv qo‘llanmalar yaratgan. D) Ehtimol, men uni ertaga ko‘raman. 2 / 25 2. Sifatdan yasalgan so‘zni aniqlang. A) do‘stlik B) beaql C) qiynamoq D) qaynoq 3 / 25 3. va, ham, hamda bog‘lovchilarning qaysi turiga kiradi. A) inkor bog‘lovchisi B) zidlov bog‘lovchisi C) ayiruv bog‘lovchisi D) biriktiruv bog‘lovchisi 4 / 25 4. Kesim tuzilishiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? A) 2 ta turga bo‘linadi. B) 4 ta turga bo‘linadi. C) 3 turga bo‘linadi. D) 5 ta turga bo‘linadi. 5 / 25 5. Qaysi javobda undov, taqlid va modal so‘zlarning har biriga misol berilgan? A) voy, pisht, shekilli B) yoxud, qars, hay C) xullas, shildir-shildir, eh D) yal-yal, miyov, darvoqe 6 / 25 6. Quyidagi berilgan gaplardan qaysi birida ravishdosh bilan ifodalangan kesim berilgan? A) Botir xatni kecha yuborgan B) Motor gurullab, mashina oldinga intildi. C) Men maktabga boraman. D) 8- “B” sinf o‘quvchilari musobaqadan qaytishdi. 7 / 25 7. Egali gapni toping. A) Bugungi ishing hech kimga yoqmadi. B) Balki, o‘chgan edim yodingdan. C) Shirin xayollaring oldimmu? D) Laylo, sening oldingda bir dam ko‘rmoqchiydim o‘zimni. 8 / 25 8. Qanday birlik vergul yoki undov belgisi bilan ajratilishi mumkin? A) Undalma B) Kiritma C) Ajratilgan bo‘lak D) Umumlashtiruvchi bo‘lak 9 / 25 9. “Men faqat a’lo baholarga o‘qiyman” gapidagi qaysi so‘z tushirilsa, ma’no kuchsizlanadi? A) baholarga B) faqat C) o‘qiyman D) men 10 / 25 10. Qaysi qatordagi qo‘shimchlarni so‘zga qo‘shganda yangi so‘z yasab bo‘lmaydi? A) -ona, -siz, -lab B) -li, ba-, -bo C) -da, -ni, -ning D) -gi, -chi, -kor 11 / 25 11. His-hayajon undovlari ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Keksalarga yordam berish hammamizning burchimiz/ B) Televizorni faqat kechqurunlarigina ko‘radi. C) Yosh bo‘lsa-da, barchaga bosh bolam. D) Hoy, kim bor, yordam bering! 12 / 25 12. Gapda nechta sifatdosh qatnashagan? O‘zbekistonda 40 asrdan ko‘proq vaqt davomida yaratilgan me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ushbu me’moriy obidalarni har yili minglab sayyohlar keladilar. A) Ikkita B) Beshta C) Uchta D) To‘rtta 13 / 25 13. Matni o‘qing va mos keladigan nomni aniqlang. Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) Tillashayx masjidi B) Hastimom majmuasi C) Usta Shirin Murodov yodgorligi D) Temuriylar maqbarasi 14 / 25 14. Qaysi so‘zlar talaffuzida so‘z oxiridagi jarangli undosh tushib qoladi? 1) gramm; 2) poyezd; 3) go‘sht; 4) kilovatt. A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 1, 2, 3, 4 15 / 25 15. Quyidagi berilgan gaplarga mos keluvchi nisbat qo‘shimchalarni toping. 1)Nurga to‘ldi dara, to‘ldi soy, Nur yog‘…di qorong‘u jarga. 2)Yaltiraydi, doim tovla…ar, Oy nuriga cho‘miluvchu tosh. 3)Dalalarda boshla…adi ish, Boshla…adi ijod va tashvish. A) -il, -in, -n, -in. B) -il, -n, -n, -in. C) -in, -n, -l, -in. D) -il, -n, -n, -n. 16 / 25 16. Quyidagi berilgan gaplardan aniqlovchi ravish so‘z turkumi bilan ifodalangan gapni toping. A) Ariqlarda billurday suv oqadi. B) Besh-olti xil meva olib kelishdi. C) Bobom kechagi voqeani gapirib berdilar. D) Tillakori madrasasidagi naqshlarga oltin suvi yurgizilgan. 17 / 25 17. Ayiruv bo‘g‘lovchisi ishtirok etgan gapni toping. A) U na do‘stini na ukasini topa olamdi. B) Ikkovi ham onasiga uy-ro‘zg‘or ishlariga yordam berishdi. C) A’zamjon va Azizjon maktabdan uyga kelishdi. D) Kechki payt yo Sobir, yoki Hasan ukasini bog‘chadan olib keladi. 18 / 25 18. Berilgan gapdagi nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying? “Amakimning qizi Sevara … Samarqandga bormagan.” A) har doim B) allaqachon C) hech qachon D) har qachon 19 / 25 19. Ushbu parchadagi olmoshlar sonini aniqlang. Sen niholsan, zavoling – o‘zim, Sen – tiriklik, men esa o‘lim. Kunduz bo‘lsang, men tun bo‘laman, Sen bor bo‘lsang, butun bo‘laman. (E. Vohidov) A) 6 ta B) 4 ta C) 7 ta D) 5 ta 20 / 25 20. Fe’l nisbatini aniqlang. Buyumlarga qo‘l tegizilmasin! A) o‘zlik B) birgalik C) majhul D) orttirma 21 / 25 21. Matni o‘qing. Quyidagi berilgan javoblardagi qaysi ma’lumot mantda keltirilgan ma’lumotlarga mos emas? Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) Masjidning ichki qismini bezashda gulli bezaklar, ganch naqshlaridan foydalanilgan. B) Tillashayx masjidida arklar soni uchtani tashkil etadi. C) Masjidning tashqi tomonida bezaklar yo‘q. D) Yodgorlik Shirin Murodov tomonidan bunyod etilgan. 22 / 25 22. Ey, baxt ulashganlar, bizga qo‘shiling! Yuqoridagi gapda undalma qaysi so‘z turkumi bilan ifodalab keltirilgan? A) Ot bilan B) Sifatdosh bilan C) Sifat bilan D) Olmosh bilan 23 / 25 23. Ravish holi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) qanday qilib?, qay tarzda? B) qancha?, nechalab? C) qachongacha?, nega? D) qachon?, qayerga? 24 / 25 24. Quyidagi gaplar qaysi yozuvchi haqida? Ish kunlari ertalab soat 8 dan boshlanardi. Nonushtadan so‘ng soat 12 gacha ishlar, bu vaqt ichida hech kim ularni bezota qilmas edi. Bir yarim- ikki sahifa ijod qilish uchun 4-5 soat o‘tirar, biror so‘zni o‘zgartirish kerak bo‘lsa,o‘sha sahifani yana qayta ko‘chirib chiqar edilar. A) Usmon Nosir B) G‘afur G‘ulom C) Abdulla Qahhor D) Oybek 25 / 25 25. Nuqtalar o‘rniga mos ravishda qanday undoshlar qo‘yilishi kerak? Hamma yo...da to‘kin-sochinlik. Shunday yurt...a yashayot...animizdan fa...rlansak arziydi. A) q, d, t, x B) q, d, g, x C) g‘, d, k, x D) g‘, t, k, h 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1