Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 906 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Qaysi qatordagi qo‘shimchlar kelishik qo‘shimchalari hisoblanadi? A) -da, -ni, -ning B) -ona, -siz, -lab C) -li, ba-, -bo D) -gi, -chi, -kor 2 / 25 2. Quyidagilardan hol qatnashgan gap qatorni aniqlang. A) Tog‘am chiroyli kiyim olib keldilar. B) Qiziqchi o‘zining kulguli so‘zi bilan hammani o‘ziga qaratdi. C) Ukam menga qaradi, men ukamga qaradim. D) Balandlikka chiqishda avtomobillar taqa-taq to‘xtab qoldi. 3 / 25 3. Vazifadosh ko‘makchi qatnashgan gapni toping. A) Biz yurtimiz uchun hamma narsaga tayyormiz. B) Men do‘stim bilan kutubxonaga bordim. C) Bola kun sayin, soat sayin o‘sib borardi. D) U tomon bir to‘da bollalar yugurib ketishdi. 4 / 25 4. Kim? Nima? so‘rog‘iga qaysi gap bo‘lagi javob bo‘ladi? A) Hol B) Ega C) To‘ldiruvchi D) Aniqlovchi 5 / 25 5. Quyidagi berilgan javoblardan mosini tanlab nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. ……… – tinglovchiga qaratilib, biror ish-harakatni bajarishga undaydigan gaplar: ma, mang, qani, marhamat, xo‘sh kabi so‘zlar. A) Inkor so‘z-gaplar B) Modal so‘z-gaplar C) Taklif so‘z-gaplar D) Tasdiq so‘z-gaplar 6 / 25 6. Ish-harakat va uning bajaruvchisi oʻrtasidagi munosabat nima deyiladi? A) vazifadosh shakli B) fe’l deyiladi C) nisbat zamon shakli D) bo‘lishsizlik shakli 7 / 25 7. otmoq, bezatmoq- ushbu so‘zlar fe’lning qaysi nisbatiga kiradi? A) majhul nisbat B) aniq nisbat C) ortirma nisbat D) o‘zlik nisbat 8 / 25 8. Noto‘g‘ri berilgan ma’lumotni belgilang. A) -da chiziqcha bilan yoziladigan yuklama hisoblanadi B) Ham yuklamasi alohida ajratib yoziladi C) Faqat yuklamasi ajratib yozilmaydi D) Qo‘shib yoziladigan yuklamalarga -mi, -gina kiradi 9 / 25 9. Qaysi qatorda yordamchi fe’llar berilgan? A) qilmoq, olmoq B) harakat, bo‘lmoq C) zarur, kerak D) kerak, bo‘ladi 10 / 25 10. Hozirgi zamon sifatdoshi berilgan gap qatorini aniqlang. A) Kelajakda o‘zbek tilida o‘qiydigan maxsus dasturlar yaratiladi. B) O‘zbekistonda uzoq vaqt davomida yartilgan me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. C) Jahonda elektron texnika ixtiro qilgan konpaniyalar juda ko‘p. D) Asrlar mobaynida rangini yo‘qotmay kelayotgan bo‘yoqlar siri kashf etilmadi. 11 / 25 11. Tasdiq ma’nosini bildiruvchi vositalar to‘g‘ri berilgan qatorni ko‘rsating? A) noto‘g‘ri, aksinchа. B) ha, to‘g‘ri. C) shunday, shekilli. D) yo‘q, bilmayman. 12 / 25 12. Matni o‘qing. Quyidagi berilgan sarlavhalardan qaysi biri matn uchun mos emas? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti.Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) Mehnat fasli B) Yoz tarovati C) Yozdagi mevalar D) Fasllar go‘zalligi 13 / 25 13. Quyidagi berilgan ma’lumotlardan qaysi biri noto‘g‘ri? A) Zero bog‘lovchisi tartib ma’nosini ifodalab keladi. B) Ya’ni bog‘lovchisi aniqlov ma’nosini ifodlab keladi. C) Chunki bog‘lovchisi sabab ma’nosini ifodalab keladi. D) Agar bo‘g‘lovchisi shart ma’nosini ifodalab keladi. 14 / 25 14. Sifatdosh nechta zamon shakliga ega? A) uchta B) to‘rtta C) bitta D) ikkita 15 / 25 15. Ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida yasaladi? A) -gan,-kan,-qan B) -sh, -ish, -moq C) -gach, -guncha, -gani D) -li, -siz, be 16 / 25 16. Bayon qilingan fikrning tartibini bildiruvchi modal so‘zlar qatnashgan gapni belgilang. A) Xususan, o‘zaro kelishuvga erishganliklari foyda keltirdi. B) Demak, xulosa qilsak ham bo‘ladi. C) Avvalo, ularning bu ishlari qayerdan boshlanganini bilish zarur. D) Aksincha, o‘quvchilar bir-biridan qolmaslik uchun harakat qildilar. 17 / 25 17. Berilgan gapdagi kesim qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? Ushbu joy bolaning g‘amini ham, hursandchiligini ham, sevgisini ham ko‘rgan. A) ravishdosh B) fe’l C) sifatdosh D) harakat nomi 18 / 25 18. Quyidagi berilgan gaplarda nechta yuklama qatnashgan? 1)Yig‘ilishga faqat Murod kelmadi. 2)Keksalarga yordam berish hammamizning burchimiz-ku! A) to‘rtta B) ikkita C) bitta D) uchta 19 / 25 19. Quyidagi berilganlardan sodda sifat qatnashgan qatorni toping. A) tinchliksevar, jonkuyar; B) havorang, qimmatbaho; C) harakatchan, shifobaxsh; D) katta, go‘zal 20 / 25 20. Aniq nisbatda berilgan gapni aniqlang. A) Jinoyatchilar ishi qayta ko‘rildi. B) U o‘zining kuchini shaxmatda ko‘rsatdi. C) Respublikamizda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. D) Davron bilan Maqsud musobaqada ko‘rishdi. 21 / 25 21. Quyidagilardan o‘tgan zamon sifatdoshi berilgan qatorni toping. A) Ketayotgan B) Barchasi o‘tgan zamon sifatdoshi C) Ketgan D) Ketadigan 22 / 25 22. Gapda olmoshning qaysi ma’no turi qatnashgan? Birovlarning fikri bilan kelajagingni qurma. A) gumon B) kishilik C) o‘zlik D) bo‘lishsizlik 23 / 25 23. Berilgan gaplardan shaxsi umumlashgan gaplarni toping. A) Bilmagan kasbga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. B) O‘ylab ko‘rsam u haq ekan. C) Keksalarni e’zozlaylik D) Nahorga oshga chiqing 24 / 25 24. Bog‘lovchi bilan yasalgan gapda qanday ma’no ifodalab kelinmoqda? Chunki qorong‘u tushib qolgan edi. A) Aniqlov ma’nosi ifodalanmoqda. B) Inkor ma’nosi ifodalab kelinmoqda. C) Shart ma’nosi ifodalab kelinmoqda. D) Sabab ma’nosi ifodalab kelinmoqda. 25 / 25 25. Quyidagi so‘zlardan ijobiy fazilatni ko‘rsatilgan so‘zlarni belgilang. A) oq ko‘ngil B) ishyoqmas C) dangasa D) ochiko‘z 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1