Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 828 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 3 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Quyidagi sinonimlar qatorida noto‘g‘ri so‘z qo‘llangan javobni belgilang. A) xirpa, tullak, ayyor B) ko‘p, talay, bisyor C) xunuk, badbashara, aft D) hur, ozod, erkin 2 / 25 2. Kelishik qoʻshimchalarini qoʻllash bilan bogʻliq xatolik uchraydigan javobni aniqlang. A) Salohiyatimizni yurtimizning xalqaro maydondagi obroʻ-e’tibori oshishi uchun safarbar etamiz. B) Maqsadlarimizga erishish uchun oldimizda turgan toʻsiq va gʻovlarni yengib oʻtishimiz kerak. C) Xalqimizning eng noyob fazilatlaridan biri – uning bir tan, bir jon boʻlib yashashidir. D) Nasimning otasi Qoʻqonnigina emas, butun xonlikning tanilgan kishilaridan edi. 3 / 25 3. Quyidagi berilgan gapning turini aniqlang. Sayohatga juda erta kelibsan. A) Inkor gap B) Yig‘iq gap C) Buyruq gap D) Tasdiq gap 4 / 25 4. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan? Bu hududning tabiati, havosi, sharoiti juda yaxshi. A) aniqlovchi B) hol C) ega D) kesim 5 / 25 5. Quyidagi berilgan gaplarning nechtasida tire to‘g‘ri qo‘yilgan? 1) Ikki karra to‘rt – sakkiz; 2) Vatan – muqaddas; 3)Mening iqrorim – shu; 4) Niyatim – o‘qish; 5) Odob – insonning boyligi. A) To‘rtta o‘rinda to‘g‘ri; uchta o‘rinda noto‘g‘ri. B) Uchta o‘rinda to‘g‘ri; ikkita o‘rinda noto‘g‘ri. C) Berilgan barcha holatlarda tire to‘g‘ri qo‘llangan. D) Ikkita o‘rinda to‘g‘ri; uchta o‘rinda noto‘g‘ri. 6 / 25 6. Ushbu gapda holining qaysi turi ishtirok etgan? Gapiravermagach o‘zim so‘roqqa tutdim. A) sabab holi B) o‘rin holi C) holat holi D) payt holi 7 / 25 7. Berilgan gapdagi sifatdoshni aniqlang. Olimpiadaga qatnashuvchi talabalar jurnali yozildi. A) qatnashuvchi B) talabalar C) yozildi D) olimpiadaga 8 / 25 8. Berilgan namunlardan qaysi birida faol kirish so‘zlar ishtirok etgan? A) O‘rta asrlarda Xitoy va Hindiston paxtaning vatani hisoblangan. B) Usmon Nosir juda qisqa umr ko‘rdi. C) Anvar va men musobaqaga ertaga soat sakkizda boramiz. D) Afsus, futbol jamoamiz musobaqada yutqizib qo‘ydi. 9 / 25 9. Sabab holi ishtirok etgan gapni belgilang. A) Dushman chorasizlikdan taslim bo‘ldi. B) Kecha majlis bo‘ldi. C) Olimjon orqada qoldi. D) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur. 10 / 25 10. Qaysi gapda yasama so‘zlar soni nisbatan ko‘proq? A) Istarali kishining kiyimidagi yamoqlar ham yarashib turadi. B) Kimki berahmdir — rahm qilinmas, Kechirmaganlarni kechirmas Olloh. C) Ota-onaning roziligi umrni ziyoda qiladi. D) Biror yangilik eshitib qolsangiz, bizni xabardor qiling. 11 / 25 11. Vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan gapni toping. A) Bu olmani ukam uchun oldim. B) Birni kessang, o‘nni ek. C) Til qilichdan o‘tkir. D) Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘. 12 / 25 12. Berilgan gaplardan ot-kesimga misol bo‘la oladigan gaplarni belgilang. 1) Osmonimiz musaffo; 2) Qushlar uchib keldi; 3) Gullar ochildi; 4) Mehmon aziz. A) 1; 4 B) 2; 4 C) 3; 4 D) 1; 3 13 / 25 13. Ot-kesim qatnashgan gapni belgilang. A) Qushlar chiroyli sayrayapti. B) Bizning yurtda har doim mehmon aziz. C) Dronlar bugungi kunda harbiy kuch sifatida foydalanilmoqda. D) Nodira uyga vazifalarini qilib bo‘lmadi. 14 / 25 14. Qaysi javoblarda gap bo‘laklariga to‘g‘ri ajratilgan? Aziza ertalab she’r yozadi. A) hol, ega, to‘ldiruvchi, kesim B) ega, hol, to‘ldiruvchi, kesim C) kesim, to‘ldiruvchi, hol, kesim D) ega, kesim, to‘ldiruvchi, hol 15 / 25 15. Berilgan gapda nechta to‘ldiruvchi qatnashgan va to‘ldiruvchining nechtasi otlashgan sifat bilan ifodalangan? Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. A) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Ikkalasi ham otlashgan sifat bilan ifodalangan. B) Gapda bitta to‘ldiruvchi bor. To‘ldiruvchi otlashgan sifat bilan ifodalanmagan. C) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Bittasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. D) Gapda uchta to‘ldiruvchi bor. Ikkatasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. 16 / 25 16. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni qaysi so‘z turkumlariga mosligini aniqlang? Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) ot, hol, sifat B) sifat, ravish, sifat C) ot, sifat, sifat D) ot, ravish, hol 17 / 25 17. Berilgan gapda necha oʻrinda vergul tushib qolgan? Darhaqiqat bolalarning xulqi odobi yurish-turishi koʻcha-koʻyda mahallada oʻzini tutishi doʻstlari orasidagi obroʻ-e’tibori oila yumushlariga qoʻshayotgan hissasi bilan doimo qiziqib turish lozim. A) 7 oʻrinda B) 8 oʻrinda C) 5 oʻrinda D) 6 oʻrinda 18 / 25 18. Bosh harf bilan yozish qoidasi amal qilib yozilgan birlikni aniqlang. A) Oliy Xoʻchalik Sudi B) Adliya Vazirligi C) Davlat Soliq Qumitasi D) Vazirlar Mahkamasi 19 / 25 19. Berilgan gapda nechta payt holi ishtirok etgan? Kecha maktab tomonidan ikki marta majlis o‘kazildi va kelasi o‘quv yili uchun rejalar belgilandi. A) bitta B) ikkita C) to‘rtta D) uchta 20 / 25 20. Berilgan namunalardan qaysi birida bog‘lovchi vositasida qo‘llanuvchi so‘zlar berilgan? A) goho, ba’zan, goh B) shuning uchun, agar C) biroq, ammo, lekin D) deb, bo‘lsa, esa 21 / 25 21. Gapdagi // o‘rnida qanday tinish belgisi bo‘lishi kerak? Pul bo‘lsa // changalda sho‘rva. A) nuqtali vergul B) ikki nuqta C) tire D) vergul 22 / 25 22. Qavs ichidagi ma’nolar ifodalanishi uchun nuqtalar o‘rniga qaysi so‘z qo‘yilishi lozim? Ovqatni … (“ulashmoq”), qamchi … (“urmoq”), qo‘yni … (“o‘lchamoq”). A) tortmoq B) bermoq C) uzmoq D) urmoq 23 / 25 23. Matnni o‘qing. Unga mos nomni aniqlang. Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) Insoniyat tamadduni B) Sharq olimlari C) Olimlarning ilmiy tadqiqotlar D) Kashfiyot va ixtirolar 24 / 25 24. O‘zlashtirma gapning kesimi qanday fe’llar bilan ifodalanadi? A) so‘ramoq, buyurmoq, aytmoq B) gapirmoq, so‘zlamoq, demoq C) aytmoq, gapirmoq D) demoq, aytmoq, gapirmoq 25 / 25 25. Bo‘sh qoldirilgan joylarni kerakli qo‘shimchalar bilan to‘ldiring. Men ko‘p kitob o‘qiy…. Kerak... joylarini eslab qolish uchun kitob… varaqlarini buklab, ma’lumotlarning tagi… chizib qo‘yaman. A) -man; -li; -ning; -ga. B) -man; -lik; -ning; -ga; C) -man; -lik, -ni; -dan. D) -man; -li; -ni; -ga. 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1