Uy » Abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 Ona tili va adabiyot abituriyent Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 245 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №1 1 / 30 O`qituvchilik so`zi haqida to`g`ri hukmni toping. A) faoliyat jarayon oti B) shaxs oti C) tub ot D) narsa oti 2 / 30 Navoiy "Xamsa"sining qaysi dostonida "Beshinchi iqlim yo`lidan kelgan musofir hikoyati" keltiriladi? A) "Layli va Majnun" B) "Hayratul-abror" C) "Sab`ayi sayyor" D) "Farhod va Shirin" 3 / 30 Har xil odamlarning fe`l-atvori va ahvoli; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati; turli foydali kuzatishlar va misollar haqida uch qismdan iborat asarni aniqlang. A) "Mahbub ul-qulub" B) "Saddi Iskandariy" C) "Hayrat ul-abror" D) "Mezon ul-avzon" 4 / 30 Maqsad ravishi qo`llangan gapni aniqlang. A) Umringga yuz bahor zamondosh bo`lsin. B) Ovozingizni eshitish umidi bilan ataylab kelgan edim. C) Men sizni olib ketgani keldim. D) Feruza bilan Shahnoza Azizani o`ynatmoqchi bo`lib kelishgan ekan. 5 / 30 Quyida berilgan gapda qaysi so`zdan oldin tire qo`yiladi? Endi senlar o`qib, oq-qorani taniglar, deydi Xolyor amaki. Hozir dunyo ilmli odamlarniki. A) deydi, hozir B) deydi, dunyo C) taniglar, hozir D) deydi Xolyor amaki 6 / 30 Narsa otlarining tuzilishi haqida berilgan hukmlarning qaysi biri noto`g`ri? A) Barcha hukmlar to`g`ri B) Narsa otlari tuzilishiga ko`ra juft yoki takroriy bo`lishi mumkin. C) Narsa otlari tuzilishiga ko`ra qo`shma bo`lishi mumkin. D) Narsa otlari tuzilishiga ko`ra sodda tub yoki yasama bo`lishi mumkin. 7 / 30 “Ayamning hadeganda tiliga chiqavermaydigan allanechuk og`ir pinhoniy bir dardi bor edi. Ko`pincha ishdan qaytib, huzurlariga kirsam, ko`zlari namiqqan, yuzlari tund bo`lar edi. - Yana yig`ladingizmi, aya? - Yo`q, bolam, nega yig`lay? Shunchaki siqildim-da, - derdilar ayam shikasta ovozda”. Ushbu tarjimayi hol qaysi shoir hayotiga aloqador? A) O`tkir Hoshimov B) Shukur Xolmirzayev C) Ozod Sharafiddinov D) Tohir Malik 8 / 30 Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama+yasama so`z shaklida tuzilgan? A) Menga o`xshash esli-hushli yigitga zoriqib o`tirgan ekan. B) Kasbning katta-kichigi bo`lmaydi. C) U yoshligidan ota-onasiz katta bo`lgan. D) U paytda qing`ir-qiyshiq ko`chalar ko`p bo`lgan. 9 / 30 Qo`shma gapning ikkinchi qismida qo`llanadigan bo`g`lovchilar qatorini aniqlang. A) chunki, negaki, balki, ammo, lekin, biroq, ya`ni B) ammo, lekin, agar, chunki, negaki C) chunki, negaki, goh...goh, balki, mabodo D) toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti 10 / 30 Haqiqat tikanli gulaga o`xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. Berilgan qo`shma gapning bosh gap qismidagi yasama so`zning lug`aviy shakl yasovchisi quyidagi qaysi shakil bilan omonimlik hosil qiladi? A) III shaxs ko`plikni ifodalovchi shaxs-son B) fe’l yasovchi qo`shimcha bilan C) fe’lning ortirma daraja shaklini hosil qiluvchi qo`shimcha bilan D) Birlik nisbat shakli bilanq 11 / 30 Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe`llar berilgan? A) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, qadamini sekinlatdi. B) Shokarim uxladimi, yo`qmi, bilolmadi. C) Izg`irindan ko`zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g`irchillaydi. D) Peshonangiz devorga qarsillab urilganidan keyin esingiz kiradi. 12 / 30 Bir g`uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar. Gapdagi hid bilduruvchi sifat qaysi bo`lakka tobelangan ? A) to`ldiruvchiga B) holga C) kesimga D) egaga 13 / 30 Quyida keltirilgan she`riy parchadagi yasama fe`llar sonini aniqlang. Jahon ichra tole izlab, Xalq nomidan dadil so‘zlab, Obod yurtning taxtin ko‘zlab Asragaymiz biz VATANni, Fido aylab jon-u tanni. A) 4 B) 3 C) 2 D) 5 14 / 30 Navoiy "Xamsa"ning qaysi qahramonini "bir yilda Qur`oni karimni yod oldi", deydi? A) Qaysni B) Farhodni C) Shayx San`onni D) Shayx Roziyni 15 / 30 Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe`llar berilgan? A) Izg`irindan ko`zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g`irchillaydi. B) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, qadamini sekinlatdi. C) Shokarim uxladimi, yo`qmi, bilolmadi. D) Peshonangiz devorga qarsillab urilganidan keyin esingiz kiradi. 16 / 30 Qaysi javobda keltirilgan so`zlar to`g`ri yozilgan? A) oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtayi nazar B) oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtai nazar C) oynayi jahon, tarjimai hol, nuqtai nazar D) oynai jahon, tarjimai hol, nuqtai nazar 17 / 30 Qaysi javobda quyidagi berilgan gapdagi aniqlovchilar haqida noto`g`ri hukm keltirilgan? Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko`z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo`lib qolishdan qo`rq. Qaysi javobda quyidagi berilgan gapdagi aniqlovchilar haqida noto`g`ri hukm keltirilgan? Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko`z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo`lib qolishdan qo`rq. A) sifatlovchi aniqlovchi uyushib kelgan B) aniqlovchi ibora bilan ifodalangan C) gapda qaratqich aniqlovchi ishtirok etmagan D) barcha aniqlovchilar sodda yasamadir 18 / 30 Tarkibida o‘zaro shakldosh so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gapni aniqlang. A) Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo‘lsin, farzandlarimiz o‘kinch nimaligini bilmasin. B) Sen nimani istasang, nimani so‘rasang, o‘shani muhayyo qilamiz. C) Suv ko‘p bo‘lsa, ekinlar yaxshi o‘sadi, dasturxon to‘kin bo‘ladi. D) Istagimiz shuki, hayot farovon bo‘lsin, hech kim yomonlik ko‘rmasin. 19 / 30 Jinoyatchilar to`dasiga qo`shilib qolgan erka o`g`il Hamidulla O`lmas Umarbekovning qaysi asari qahramoni? A) "Fotima va Zuhra" B) "Odam bo`lish qiyin" C) "Sevgim sevgilim" D) "Urush farzandi" 20 / 30 O`kin pushaymon bo`l, ko`rgiliging, taqdiring uchun, tarbiyat qilgan dono xoqoningga yemirilgan, qo`ldan ketgan yaxshi davlatingga. O`zing adashding, oraga yomonni kirgizding. Qurolli qaydan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib surib ketdi… Borgan yerda yaxshilik shu bo`ldi: qonning suvday oqdi, suyaging tog`day uyulib yotdi, bek bo`ladigan o`g`il bolang qul bo`ldi, suluv qiz bolang cho`ri bo`ldi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) “Qutadg`u bilig” dostonidan B) Tunyuquq bitiktoshidan C) Kul Tigin bitiktoshidan D) “Devonu lug`atit-turk” asaridan 21 / 30 Qaysi javobda omonim asosga omonim qo`shimcha qo`shilishidan hosil bo`lgan shakldoshlik xususiyatiga ega bo`la oladigan so`z(lar) berilgan? 1) tilim; 2) bo`g`ma; 3) kechik; 4) oqar A) 1, 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 4 22 / 30 O`zaro sinonim bo`lgan ko`makchilar qatorini ko`rsating. A) so`ng, keyin, nari B) faqat, o`zga, boshqa C) buyon, beri, burun D) boshqa, tashqari, bo`lak 23 / 30 Bag`rim yoniq, yuzim qora, ko`nglim siniq, bo`yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. Gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zlar soni nechta? A) 5 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta 24 / 30 Shaxs-son, zamon, bo`lishi-bo`lishsizlik qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga qo`shiladi A) Shaxs-son, zamon, bo`lishi-bo`lishsizlik qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga qo`shiladi B) Shaxs-son qo`shimchasi qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, zamon, bo`lishsizlik qo`shimchasi birinchi qismiga qo`shiladi C) Shaxs-son, zamon qo`shimchasi qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, bo`lishsizlik qo`shimchasi birinchi qismiga qo`shiladi D) Shaxs-son, zamon qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, bo`lishsizlik qo`shimchasi har ikki qismiga qo`shila oladi 25 / 30 “Olov sochlar” “O`lim yovga” kabi to`plamlar muallifi kim? A) Maqsud Shayxzoda B) G`afur G`ulom C) Hamid Olimjon D) Zulfiya 26 / 30 Otamday rozi bo`l, onamday sevgin, Men ham senikiman, o`ksik qizginam. Bag`ringda ming yillik toshlar to`sig`in, Yorib chiqayotgan bir ildizingman! She`riy parchada fonetik o`zgarishga uchragan nechta yasama so`z ishtirok etgan? A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 27 / 30 O`quv darsliklarida berilgan qaysi xalq dostonlari Ergash Jumanbulbul o`g`lidan yozib olingan. A) “Alpomish”, “Rustamxon” B) “Rustamxon”, “Kuntug`mish”, “Ravshan” C) “Kuntug`mish”, ”Ravshan” D) “Alpomish”, “Rustamxon”, “Kuntug`mish” 28 / 30 Qaysi ko`makchilar yo`nalish ma`nosini ifodalaydi? A) uchun, sababli B) bo`ylab, sari C) qadar, tomon D) tufayli, uchun 29 / 30 Qayidagi misrada qo`llanilgan san`at turini aniqlang G`uncha sevunub to`niga sig`mas, O`xshatsam o`qung boshoqi birla. A) tajnis B) tazod C) talmeh D) tashxis 30 / 30 "Ravshan" dostoni voqealari haqida berilgan to`g`ri hukmni toping. A) Go`ro`g`li Hasanxonni Xunxordan olib kelib o`ziga o`g`il qildi B) Hasanxonni Yunus pari tarbiyalab voyaga yetkazdi C) Avazxonga Gulqiz degan barno suluvni kelin qilib tushirib berdilar D) Hasanxon Xon Dallini Vayangandan olib qochib kelib, qiriq kun shohona to`ylar berib, o`z rasm-rusmlari bilan oldi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2