Fizika abituriyent testi №1

1
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

Fizika abituriyentlar uchun №1

1 / 30

4 g vodorod tarkibidagi molekulalar sonini toping. NA=6.1023 mol-1 Vodorodning molyar massasi μ=2.10-3 kg/mol

2 / 30

Kichik yog’och bo’lagi havoda 125 m balandlikdan tashlab yuborildi. U yerga qancha voqtda tushadi. Havoning qarshiligini hisobga oling.

3 / 30

Gorizontal tekislikda 5 kg massali jismga kuch tasir qilib, tezlanish bilan harakatlanmoqda. Kuchning gorizontal va vertikal tashkil etuvchilari mos holda, Fx=20 N va Fy=30 N bo’lsa, jismning tezlanishini toping.

4 / 30

Rasmdagi sistema tinch va prujina cho’zilmagan holda, yuk tutib turilgan edi. Yuk qo’yib yuborilsa, yukning tebranish amplitudasini toping (sm).

5 / 30

Vertikal o’rnatilgan naysimon idishcha ustunining balandligi 2 sm bo’lgan yog’ (ρ=800 kg/m3) balandligi 8 sm bo’lgan suv ustiga quyilgan. Suyuqliklarning idish tubiga beradigan umumiy bosimini hisoblang.

6 / 30

Rasmda ko’rsatilgan hol uchun o’tkazgichga ta’sir qiluvchi Amper kuchi yo’nalishini aniqlang.

7 / 30

8 / 30

Rasmdagi plastinkalar orasidagi bir jinsli elektr maydonda elektron P nuqtadan qo’yib yuborilsa, A plastinkaga qanday tezlik bilan yetib boradi (m/s).

9 / 30

Uchta o’tkazgich rasmdagidek joylashgan va ulardan ko’rsatilgan yo’nalishlarda tok oqmoqda. C o’tkazgichning uzunligi 25 sm bo’lsa, unga boshqa o’tkazgichlar tomonidan tasir etuvchi natijaviy kuchni toping (mN).

10 / 30

Ichki yonuv dvegatelining ishlash jarayonida qaysi taktda klapanlar yopiq bo’ladi?

11 / 30

Rasmda ko’rsatilgan A va C disklar tasmali B uzatma yordamida tekis aylanmoqda. rA=10 sm, rc=20 sm. Agar birinchi disk burchak tezligi wA=3 rad/s bo’lsa, C diskning aylanish davrini toping (s).π=3.

12 / 30

2 m3 hаjmli gаzning 300 К tеmperaturadаgi bosimi 150 kPa ga tеng. Agar shu gаzning 320 kPa bosimdagi hajmi 2,7 m3 bo'lsa, uning tеmperaturasi necha kеlvingа о'zgаrgаn?

13 / 30

Geliy gazi yerning tortish kuchini yengib, atmosferadan chiqib ketishi uchun uni qanday haroratgacha qizdirish kerak? Geliy gazining molyar massasi 4 g/mol, Yerning radiusi R=6370 km.

14 / 30

Bikrliklari teng bo’lgan 3 ta prujinalarga rasmda ko’rsatilganidek ikki xil holatda 1 kg va 9 kg massali yuklar osilgan. Yuklarning tebranish davrlari nisbati T1/T2 ni hisoblang.

15 / 30

Jism 4 soat 25 m/s tezlik bilan harakatlanib, keyin 100 km masofani 1 soatda bosib o’tdi. Uning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping (km/h).

16 / 30

Bikrligi 100 N/m, yukining massasi 10 g bo‘lgan prujinali mayatnikning tebranishlar chastotasi qanday (Hz)?

17 / 30

“Turtki” degan ma’noni bildiradigan fizik kattalikni ko’rsating.

18 / 30

Doimiy kuchlanish manbaiga 1 Ω qarshilikka ega bo‘lgan rezistor ulangan. Agar manbaga ikkita shunday resistor ketma-ket ulansa, tok kuchi 1,5 marta o‘zgaradi. Manbaning ichki qarshiligi (Ω) nimaga teng?

19 / 30

Rasmda ko’rsatilgan elastik metal sim yuqori uchidagi sharchaning massasi 2 kg. Sharcha 8 N kuch yordamida muvozanat vaziyatidan 20 sm og’dirib garmonik tebratilganda sistemaning tebranish davrini toping.

20 / 30

Jism r=20 sm radiusli aylana bo’ylab 4 rad/s2 burchak tezlanish bilan harakatlanmoqda. Jismning tangensial tezlanishini toping (m/s2).

21 / 30

Rasmda keltirilgan zanjirning umumiy qarshiligini (Ω) toping. R=4 Ω.

22 / 30

Neon lampa ballonidagi neonning bosimi 5000 Pa, zichligi 50 g/m3 bo‘lsa, uning haroratini (K) toping. Neonning molyar massasi 20 g/mol.

23 / 30

Rasmda ko’rsatilgan m=20 kg massali L uzunlikdagi stergen va uning ustiga qo’yilgan M=40 kg massali brusok ikkita tayanchlarda muvozanatda turgan bo’lsa, chap tayanchning reaksiya kuchi F1 ni toping(N).

24 / 30

Agar linzаning optik kuchi 0,5 dptr bo'lsa, Shu linzаning fokus masofasi necha metr bo'ladi?

25 / 30

Quyida keltirilgan grafiklardan qaysi biri elektrolitlar solishtirma elektr qarshiligining temperaturaga bog’liqligini to’g’ri ifodalaydi?

26 / 30

Balandligi 80 sm bo’lgan silliq gorizontal stol ustida v=5 m/s tezlik bilan dumalab ketayotgan sharcha stol chetiga borib, sirtidan uzulganidan qancha vaqt o’tib yerga tushadi?

27 / 30

Bikrliklari k1=1 kN/m va  k1=3 kN/m  bo’lgan ikki prujina parallel biriktirilgan. Shu tizimning absolyut deformatsiyasi x=5 sm bo’lgan holdagi potensial energiyasini (J) aniqlang.

28 / 30

Jism yorug’lik tezligida harakatlansa, Quyosh sistemasi o’rin olgan bizning gallaktikamizning bir chetidan ikkinchi chetiga borish uchun qancha vaqt ketadi?

29 / 30

Jism yo’lning birinchi yarmini t1=2 s, ikkinchi yarmini esa t2=8 s da bosib o’tdi. Agar bosib o’tilgan yo’lning hammasi S = 20 m bo’lsa, harakatning o’rtacha tezligi topilsin (m/s).

30 / 30

F1 kuchning moduli 3 N. To‘rtta F1, F2, F3 va F4 kuchlar teng ta’sir etuvchisining moduli nimaga (N) teng?

0%

Baholash mezoni

To'g'ri javob uchun 3,1 ball.

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0