Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №12 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №12 InfoMaster Mart 31, 2022 424 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №12 SIFATLARNING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI JUFT SIFATLAR VA ULARNING IMLOSI TAKRORIY SIFATLAR VA ULARNING IMLOSI ASLIY VA NISBIY SIFATLAR SIFAT DARAJALARI SIFATLARNING ODDIY DARAJA SHAKLLARI SIFATLARNING ORTTIRMA DARAJA SHAKLI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 51 Portlovchi undoshlar yonma-yon kelgan so'zni toping A) soxtalik B) qing'ir C) hamfikr D) iqtisod 2 / 51 Tarkibida ikkita qo’shimcha mavjud bo’lgan so’zni toping. A) odatlandi B) ishlashdi C) pullashdi D) barcha so’zda uchta qo’shimcha mavjud 3 / 51 Qaysi qatorda asos+ so’z yasovchi+ so’z yasovchi qolipida yasalgan so’zlar berilgan? A) bo’yoqchi,tilakdosh, epchillik B) e’tiborlilik, ekinni, qaynatma C) bosqinchilik ,bog’dorchilik, bostirma D) gandiraklamoq, dodlamoq, davolovchi 4 / 51 .Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang . A) Rota yana bir qator bo’lib yo’lida davom etmoqda . B) Sarimsoqboy bolalarga rosa maqtandi C) U to’yga borish uchun kiyindi, yaxshilab tarandi . D) Yangi do’ppi va liboslar kiyildi . 5 / 51 Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi qanday belgilanadi ? A) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab B) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar bo’lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo’ladi C) o’zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab D) nisbat hosil qiluvchi birinchi qo’shimchaga qarab 6 / 51 Fe’ldan anglashilgan ish harakatning bajarilgan yoki bajarilmaganligini bildiruvchi grammatik xususiyat qanday nomlanadi ? A) bo’lishli ,bo’lishsizlik B) mayl C) nisbat D) zamon 7 / 51 Ot, sifat, undov so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) -la, -a B) -sa, -(a)r. C) illa, -ira D) -(a)y. -i, 8 / 51 Kelasi zamon fe’li shakllari qanday ma’nolarni ifodalaydi? A) Harakat yoki holatning aytilayotgan paytdan oldin yuz berishini bildiradi . B) A va С C) Harakat yoki holatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi . D) Harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan so’ng yuz berishini bildiradi . 9 / 51 Qaysi qatordagi gapda III shaxs buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesim II shaxs ma’nosida qoilangan? A) Bu yerda chekilmasin. B) Nega topshiriq bajarilmadi? C) Oling qo‘lingizni. D) Hamma paxta terimiga! 10 / 51 Lavozimga ko’ra ilova qilingan so’zlar bilan berilgan so’zlar qatorni ko’rsating A) tabib Salimov , o’qituvchi Jo’rayeva B) direktor Shamsiyeva ,vazir Nabiyev C) pillakor,shifokor ,duradgor D) uchuvchi,paxtakor ,tikuvchi 11 / 51 Qaysi qatordagi ko’plik ma'nosi leksik morfologik usul bilan hosil bo’lgan. A) Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir. B) Dasta-dasta gul tutay. C) Majlisga ko’p ota-onalar kelishdi. D) Ig’vo-yu , nizolar umr yo’lini qisqartiradi. 12 / 51 Oddiy darajadagi sifatni aniqlang. A) kattaroq, shirinroq, go’zalroq. B) xushfe'1, go’zal, oppoq. C) ko’m-ko’k, yam-yashil, sap-sariq. D) ko’rkam, suluv, barno, ochiq. 13 / 51 Sifatlar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) sodda, juft B) sodda va qo’shma C) sodda, qo’shma, juft va takror D) sodda, qo’shma, juft 14 / 51 Biram yoqimli havo. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) orttirma, fonetik. B) orttirma, morfologik. C) ozaytirma, morfologik. D) orttirma, leksik. 15 / 51 Takroriy sifat qanday vazifani bajaradi? A) gapda hol bo’lib keladi B) A, B, C C) yangi so’z yasaydi D) belgini ta’kidlab, kuchaytirib ifodalaydi 16 / 51 Qaysi gapdagi sifat darajasi leksik usulda hosil qilingan? A) Hulkaming och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. B) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum- yumaloq, baqaloq boisa, bu xushqad, xushsurat. C) Ona Yeming xushbo‘y tafti mast qiladi kishini. D) Ko‘z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar ketmasdi. 17 / 51 Biroz yoqimsizroq havo. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) orttirma, leksik. B) ozaytirma, leksik. C) orttirma, fonetik. D) ozaytirma, morfologik, leksik. 18 / 51 Qaysi gapda orttirma daraja shaklidagi sifat mavjud? A) Shamning qizg’ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. B) Chakalakzor qorong’ilikda vahimali va sirli ko’rinardi. C) Xolbek xatni juda sekin yozadi, ammo tez o’qiydi. D) Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko’ngilchan, zahmatkash ayol. 19 / 51 Nodonga pand aytsang, qafasga shamol yuborgan bilan teng bo'ladi. Mazkur gapda sifatlarning tuzilishiga ko‘ra qanday turi qatnashgan? A) takror B) juft C) qo‘shma D) sodda 20 / 51 Qaysi qatorda takroriy sifat qatnashmagan ? A) Yirik—yirik tomchilar yer-u ko'kni savalay ketdi B) To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi C) Alg'ov -dalg'ov shamol esib turar edi D) Ko'chani sho'x-ho'x bolalar to'ldirib o'tishdi 21 / 51 Oddiy darajadagi sifat qaysi qatordagi gapda ifodalangan. A) Oppoq gullar boxy taratdi. B) Usti yaltiroq ichi qaltiroq C) Juda mayin shamol esmoqda. D) Gilos olchadan yirikroq. 22 / 51 Qaysi gapda orttirma darajadagi sifat qo’llangan? A) Uning nazarida bundan ham suyumliroq, bundan ham zavqliroq va shavqliroq ish yo’q edi. B) Mevasi yetilib pishganda sershira bo’ladi. C) Nomus jondan ham qimmatliroq D) Hovli ham, uy ham bo’m-bo’sh, hammayoq suv quygandek jimjit edi 23 / 51 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar B) Menga o'xshash esli- hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan C) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi D) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi 24 / 51 Orttirma darajadagi sifat qaysi qatorda berilgan. A) yap-yangi, oppoq, ko’kimtir. B) bebaho, so’lg’in, eng ko’rkam. C) eng go’zal, g’oyatda chiroyli. D) sarglmtir, ko’kish, yam-yashil. 25 / 51 Takroriy sifat qatnashmagan gapni toping A) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko'kni avalay ketdi B) To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi C) Ko'chani sho'x-sho'x bolalar to'ldirib o'tishdi D) Sarvinozxon gul-gul ochilib bog'chaga ketdi 26 / 51 Asliy sifatlar ta’rifi qaysi qatorda to’g’ri izohlanagan? A) Predmet belgisini boshqa oredmetlarga muosabati asosida ko’rsatuvchi sifatlar B) Predmet belgisini to’g’ridan to’g’ri ko’rsatuvchi sifatlar C) Belgining me’yordan ortiqligini ko’rsatuvchi sifatlar D) Belgining haddan tashqari kamligini ko’rsatuvchi sifatlar 27 / 51 Predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi huddi shunday belgidan ortiq ekanligini ko’rsatuvchi vositaning nomini toping. A) A, B. B) oddiy daraja. C) orttirma daraja. D) qiyosiy daraja. 28 / 51 Qaysi javobda quyidagi gapdagi sifat soni va ularning tuzilishiga ko'ra turi to'g - ko'rsatilgan? O'z onamni elas-elas xotirlayman. Kipriklari qop-qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. A) 3 ta; takroriy va sodda B) 1 ta; takroriy C) 3 ta; takroriy va juft D) 2ta ; takroriy 29 / 51 U uzundan uzoq ma'ruza qildi. Ushbu gapdagi sifat darajasini belgilang. A) sifat qo’llanmagan. B) orttirma. C) ozaytirma. D) oddiy. 30 / 51 Oddiy darajadagi sifatlarning birinchi bo‘g‘inidagi oxirgi undoshni m yoki p undoshiga almashtirish orqali orttirma daraja hosil qilingan so'zlarni aniqlang. 1) ko‘m-ko‘k; 2) sap-sariq; 3) but-butun; 4) yum-yumaloq A) 1,2 B) 1,2,3,4 C) 1,2,4 D) 1 31 / 51 Orttirma darajadagi sifatlar berilgan qatorni toping. A) g’irt yolg’on, hammasidan kichik, biram yoqimli. B) sarg’ish, ko’kimtir, qoramtir. C) yumshoqqina, och yashil, to’q ko’k. D) yam-yashil, chiroyliroq, nim pushti. 32 / 51 Orttirma darajadagi sifat qatnashgan gapni aniqlang. A) Butun jonzotga kerakli quyosh tongda ko'tarildi-yu, qoq tushga kelib hamma joyni qizdirdi. B) Eng oldinda chopayotgan qora ayg'ir barcha otlarga boshchilik qilib ularni tog' tomon boshlab borardi. C) Qizlar ichida barchasidan nozigi Muhayyo ekanligi Sarvarning e'tiborini jalb etdi. D) Juda ko'p o'yladik va oxiri seni bosh direktorlik lavozimiga munosib deb topdik. 33 / 51 Qaysi qatorda nisbiy sifat qo’llangan ? A) Mevazorda shirin ,nordon ,qizil va oq olmalar ko’p B) Maktabimiz yonida katta bog’ bor C) Kimki tanlagan hunarni bilib olishga qunt bilan kirishmasa ,u hunarni yaxshi egallay olmaydi D) Davlatimiz butun tarbiyaviy ishlarda yosh avlodning o’sib kamolotga yetishiga alohida ahamiyat berib keladi 34 / 51 Sifat darajalari qaysi qatorda to’g’ri sanalgan. A) oddiy, qiyosiy, ozaytirma. B) oddiy, qiyosiy, orttirma. C) sodda, qiyosiy, orttirma. D) oddiy, qiyosiy, ozaytirma, orttirma. 35 / 51 Oddiy darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Onamning ismi Enaxon jii hoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol B) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi C) Lola qizil ,oq ,sariq ranglarda tovlanib ochiladi D) Tilimiz dag'alroq ,lekin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan. 36 / 51 Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat qo’llangan? A) Hovlimizda kucha eshikdan kiraverishda kichkina, gishtin uycha bor. B) Inson tabiatning eng ongli farzandi. C) Giyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi. D) Cho’ponlar sezgir, itlar ham ziyrak, bo’riday ayyor. 37 / 51 Sifatning orttirma darajasi qanday yo’llar bilan hosil bo’ladi? A) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng, g’oyat, juda kabi so’zlar keltirish orqali B) A, B C) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan takrorlanish orqali D) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan sal, biroz, xiyla so’zlarini keltirish orqali. 38 / 51 Qaysi gapda nisbiy sifat qo’llangan ? A) Tushki ovqatni yedik B) Kengroq yerni tanladi C) Yangi kitob o’qidim D) Bola shirin uyquda edi 39 / 51 Qoshi sal qoraroq yigit edi. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) qiyyosiy, leksik. B) ozaytirma, leksik. C) orttirma, leksik. D) ozaytirma, leksik, morfologik 40 / 51 Qaysi qatorda sifat+ot shaklidagi qo’shma sifatlar berilgan ? A) toshbag’ir,sofdil,uzunquloq B) bodomqovoq, qirqoyoq,kunbotar C) erksevar,sheryurak,devqomat D) ochko’z,sho’rtumshuq, balandparvoz 41 / 51 Nisbiy sifatlar berilgan qatorni aniqlang A) Toshkentlik yigit , baland devor B) kattaroq bino , sarg’imtir barg C) Yozgi ta’til , devoriy soat D) Shirin olma , go’zal qiz 42 / 51 Oddiy darajadagi sifat berilmagan gapni aniqlang. A) Tikansiz gul, mashaqqatsiz pul bo’lmaydi. B) Odobli bola elga manzur. C) Yer yuzi ko’m-ko’k o’tlar bilan qoplangan. D) Intizomli lashkar yengilmas. 43 / 51 uft sifatlar qanday yasaladi? A) qarama-qarshi so’zlardan B) shakldosh so’zlardan C) o’zaro yaqin ma’noli so’zlardan D) A, C 44 / 51 Takroriy sifat qatnashgan gapni aniqlang. A) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko’kni savalay ketdi. B) Menga o’xshash esli-hushli yigitga zoriqib o’tirgan ekan. C) Bozordan qovun-povun, bug’doy-mug’doylar sotib oldik-da. D) Yap-yangi binoga ko’chib kirdik. 45 / 51 Qaysi qatorda asliy sifat bor ? A) Chaqqon terimchilar oppoq paxtalarni terayotirlar B) Rejali ish buzilmas C) Hunarli kihi xor bo’lmas D) Bilimli va hunarli kishi hamma joyda azizdir 46 / 51 Asliy sifatni nisbiy sifatdan qanday farqlash mumkin ? A) –roq qo’shimchasini erkin qabul qila olishi va qila olmasligiga ko’ra B) gap bo’lagi vazifasida kela olishi va kela olmasligiga ko’ra C) otga bog’lana olishi va bog’lana olmasligiga ko’ra D) tub va yasamaligiga ko’ra 47 / 51 Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir.Ushbu gapdagi sifatlar miqdori va turini aniqlang. A) 3 ta: 2 ta qo’shma, 1 ta sodda tub B) 4 ga: 2 ta qo’shma, 2 ta sodda tub C) 3 ta: 2 ta qo’shma, 1 ta sodda yasama D) 4 ta: 2 ta qo’shma, 2 ta sodda. yasama 48 / 51 Shunda ulg‘aydi bo‘yi, Ko‘ring bo’ldi yigitcha. Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko‘z, Sarg‘ish soch-u oppoq yuz.(Po‘lat Mo'min Berilgan she’riyjumladagi sifatlar qanday daraja shakir i- ekanini aniqlang. l)oddiy; 2)orttirma; 3)qiyosiy; 4) ozaytirma. A) 1,2,3,4 B) l, 2 C) 1, 3,4 D) 1,2, 4 49 / 51 Quyida berilgan parchadagi takroriy sifatlar sonini aniqlang. 0‘z onamni elas-elas xotirlayman. Ko'zlari tim qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. A) ikkita B) bitta C) uchta D) to'rtta 50 / 51 Orttirma daraja yasovchi vositalar qaysi qatorda to’g’ri berilgan. A) eng, nihoyatda, g’oyat. B) ser, hush, no. C) -(i)sh, -(i)mtr, -ish. D) juda, -roq, -m. 51 / 51 Asliy sifatlar qatorini belgilang A) sho’x , pok , mukammal B) iliq , noto’g’ri , beg’ubor C) oppoq , o’tkir , insonparvar D) tarixiy , pishiq , sersuv 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz