Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №16 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №16 InfoMaster Mart 31, 2022 169 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №16 RAVISHLARNING YASALISHI .TUB VA YASAMA RAVISHLAR RAVISH YASOVCHI QO’SHIMCHALAR RAVISHLARNING MA’NO TURLARI HOLAT RAVISHLARI PAYT RAVISHLARI O’RIN RAVISHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 54 Qaysi qatordagi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmagan? A) kitobxon, darsxona, ziyo B) doston, piyoda, marjon C) vaholanki, fizika, ba’zan D) qishloq, ertalab, bugun 2 / 54 Quyidagi so’zlarning qaysilarida so’z yasovchi qo’shimcha mavjud? 1.so’lim 2. qo’lim 3. bo’lim 4. kesim 5. elim 6. bo’rim 7. bosim 8. bitim 9.tunim A) 3,7,8 B) 2,3,8,9 C) 3,4,7,8 D) 3,4,5,7.9 3 / 54 Qaysi qatorda holat fe’llari berilgan? A) sarg’aymoq, tekislamok, bermoq B) yiqilmoq, bo’yalmoq, uxlamoq C) porlamoq, ketmoq, tegmoq D) unmoq, jimirlamoq, ikkilanmoq 4 / 54 Qaysi nisbat fe’l nisbat bajaruvchisining noaniqligini ifodalaydi? A) orttirma B) majhul C) aniq D) birgalik 5 / 54 Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi qanday belgilanadi ? A) o’zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab B) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab C) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar bo’lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo’ladi D) nisbat hosil qiluvchi birinchi qo’shimchaga qarab 6 / 54 Qaysi qatorda maqsad ravishdoshli birikmalar berilgan ? A) qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, qo'rqib kirmadi B) suvga tikilganpha o'ylanib qoldi, yig'lay-yig'lay uxlamoq C) musiqa tingach, qorong'u tushguncha D) ko'rgani bormoq ,gaplashgani to'planganmiz 7 / 54 Quyidagi fe'llarning qay biri sifatdan yasalgan? 1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq; 6) varaqlamoq; 7) to'g'rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho'plamoq; 10) qishlamoq.. A) 4. 8, 9 B) 4, 5.10. C) 3. 5. 7 D) 5. 7. 8 8 / 54 Fe’l asosiga zamon va shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan shakllanadigan maylni belgilang. A) xabar B) Barcha fe’l mayallarya zamon va shaxs-son qo’himchalarini qo`shish bilan shakllanadi. C) shart D) buyruq-istak 9 / 54 Nimadeysan, eyg'ayurinson? G'iybatlaring qildi meni qon. Sen ham bir kun o‘tarsan, inon, Mehr qolur, muhabbat qolur. Ushbu she’riy bandda kelasi zamon xabar maylidgi nechta fe’l mavjud? A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta 10 / 54 Qaysi qo'himcha o'rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otga qo'shilib ,shxsning shu hududga mansubligini bildiradi ? A) A,B,C B) -iston C) –lik D) -zor 11 / 54 Quyidagi gapda -lar qo’shimchasi qanday ma'noni anglatgan. O’rikning ertapishar navi may oylarining oxirlarida pishadi. A) tur ma'nosini. B) taxmin, chama ma'nosini. C) kuchaytirish, takid ma'nosini. D) sof ko’plik ma'nosini. 12 / 54 Orttirma daraja shaklidagi sifatlarni aniqlang. A) yam-yashil, chiroyliroq, nim pushti. B) yumshoqqina, och yashil, to’q ko’k. C) but-butun, tim qora, g’irt yolg’on. D) tim qora, qip-qizil, oqish. 13 / 54 .Hajm-o’lchov sifatlari berilgan qatorni toping. A) sirtqi, ichki, qishki B) xursand, ma’yus, keksa C) odobli, kamtarin, sodda D) katta, behisob, og’ir 14 / 54 Donalab sanaladigan narsalarning turini ta’kidlash uchun qo’llanuvchi nafar suzi asosan qanday holatda ishlatiladi? A) shaxslarga nisbatan miqdorni ko’rsatishda B) har qanday donalab sanaladigan narsalarning miqdorini ko’rsatishda C) jonli narsalarni donalab sanashda D) nima? so’rog’iga javob bo’luvchi barcha otlardan oldin kelib, uning miqdorini ko’rsatadi 15 / 54 .Ravishlarning ma’no turlarini belgilang. 1.holat 2.payt 3.o’rin 4.daraja-miqdor 5.maqsad-sabab A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,5 D) 2,3,4,5 16 / 54 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Qo’qqisdan shovqin suron ko’tarildi B) Asta sekin ufq oqara kela boshladi C) Fidokorona mehnat samaralari yaqqol ko’rinib turibdi D) Oldinda ketayotib ,orqangdagi odamlarni unutma 17 / 54 Holat ravishi qatnashgan gapni belgilang A) Bahorda paxtakor uchun vaqt oz mehnat esa cheksiz mo’l B) Sayohatchilar yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar C) Qodirjon otasi yonida turib atrofga qaradi D) Kunduzlari quyosh saratondagiday qizdirib turdi 18 / 54 Qaysi qatorda qo’shma ravish ishtirok etgan? A) Bog’imizda chiroyli gulkaramlar pishib yetildi. B) Suvonqul nabirasiga qimmatbaho uzuk hadya qildi. C) Qayvaqt uyga kirmang, kitob ustida o’tirgan bo’ladi D) Men bir ming to’qqiz yuz yetmish sakkizinchi yilda tug’ilganman. 19 / 54 Sharofat bibi ro’molini salgina tuzatib ,so’ri tomon asta yurib bordi Ushbu gapda qo’llangan ravishning ma’no turlarini aniqlang A) holat,o’rin B) o’rin ,holat,daraja miqdor C) daraja miqdor ,holat D) daraja miqdor 20 / 54 Qaysi javobdagi ravish morfologik usuli bilan yasalgan? A) Етta-indin mehmonlar kelisharkan. B) Birdan jala quyib yubordi. C) Yo’lchi qahramonlarcha halok bo’ldi D) Ular bir partada o'n yonma -yon o'tirib o'qishdi. 21 / 54 Payt ravishi ishtirok etgan gapni toping A) Kun kech bo'ldi .Ertaga erta bilan yo'Iga chiqamiz B) Oldinda Sirinbuloq qihlog'i butun bo'y basti bilan yastanib yotardi C) Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqiriiib katta ziyofat berilibdi D) Ko'p yaxhi o'ylabsiz ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak 22 / 54 1.Ajdodlar yodi hamisha qalbimizda. 2.Jo’raboyev ham jimgina o’tirib, hammaga quloq solardi. 3.U naridan beri, yuvindi-yu, ishga ketdi. 4.Normatjon dastlab tog’asini ko’rgani bordi. Yuqoridagi gaplarda ishtirok etgan ravishlarning ma’no turini tartibi bilan aniqlang. A) miqdor-daraja, miqdor-daraja, holat, payt B) payt, holat, holat, payt C) miqdor-daraja, holat, payt, payt D) payt, miqdor-daraja, holat, payt 23 / 54 Qaysi qatorda tub ravishlar berilgan ? A) mardlarcha, noiloj B) bolarcha ,sekin C) jo 'rttaga ,to’satdan D) qishin-yozin, majburan 24 / 54 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Ular hech ikkilanmay olg’a yurishdi B) Yo’lchi boshini quyi solib ,birpas jimo’tirdi C) Kechasi bilan yog’ib chiqqan qor tongotar paytida tinib qoldi D) Bular yaqinda Toshkentga ko’chib kelishdi 25 / 54 Ravish yasovchi qo’shimchalarni aniqlang . A) -larcha,-gi ,-ib B) -chi,-kor,-kash C) -cha,-lab,-an D) -ona,-aki,-zor 26 / 54 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Oyqiz uning qo’qqisdan g’oyib bo’lgani to’g’risida o’ylab vahimaga tushdi B) Kechagi topshiriq o’z vaqtida bajarildi C) Sayohatchilar yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar D) Qodirjon otasi yonida turib atrofga qaradi 27 / 54 Qaysi qatorda payt ravishlari berilmagan? A) avval, ertaga, ilgari B) yaqinda, kunda, hamon C) yozda, qishda, bahorda D) tez orada, bu orada 28 / 54 U har tomondan tushayotgan savollarga peshma pesh javob berdi Ushbu gapda qo’llangan ravishning ma’no turlarini aniqlang A) o’rin va payt B) o’rin va holat C) o’rin va daraja miqdor D) o’rin 29 / 54 Ravish gapda asosan qanday gap bo’lagi vazifasida keladi? A) hol B) aniqlovchi C) ega D) kesim 30 / 54 1 Ertalab 2 yillab 3 do 'stlarcha 4 so’ngra 5 qahramonona 6 xushta’m 7 taxminan 8 yana 9 majburan. 10 bafurja Berilganlardan yasama ravishlarni aniqlang A) 3,5,6,7,9 B) 1,2,4,5,6,7,9 C) 2.3, 5, 7, 9 D) 1,4,5,9,10 31 / 54 Qaysi qatordagi gapda yasama ravish qo’llangan? A) Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi B) U o’z vazifasini vijdonan bajarar edi . C) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo’rtib ketishdi. D) Yig’ilishga faollardan vakillar kirib kelishdi. 32 / 54 O’rin ravishi qatnashgan gapni belgilang A) Siddiqjon beixtiyor o’rnidan turdi B) Birdan telefon jiringladi C) Chumchuqdan qo’rqqan tariq ekmaydi D) Uzoqdan qadam tovushlari eshitilganday bo’ldi 33 / 54 Holat ravishlarini aniqlang? A) xiyol,oz B) arang, qasddan C) dastlab, hanuz D) tez, darhol 34 / 54 O’rin ravishi qo’llangan gapni toping A) Qudrat bilan G’ulomjon ham bir necha odim ilgari yurdi B) Yo’lchi boshini quyi solib jim o’tirdi C) Bular yaqinda ko’chib kelishdi D) B,C 35 / 54 Berilgan so’zlardan o’rin ravishlarini aniqlang A) pastga ,Toshkentdan,oldinga B) quyi,chetda ,oldinga C) aniq,mardlarcha ,o’rtada D) majburan,tez ,uyda 36 / 54 Payt ravishi qo’llangan gapni aniqlang A) Qishloqdan stansiyaga o’tayotganimda ,yuragimda chiroyli hislar g’alayon qiladi B) Balxdan qaytgach ,Navoiy yangi qazilgan ariqlarni ko’zdan kechirdi C) Ertagayoq Abduhalilni Quvasoyga jo’nataman D) Pastda toshqin Amu pishqirib ,shag’illab ,ko’hna Orol tomon shoshilmoqda 37 / 54 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Qari bilganni pari bilmas B) Bekatda juda ko’p odam to’plangan edi C) Ertaga ishxonada uchrashamiz D) Adolat sekingina atrofga razm soldi 38 / 54 Ravishlar qaysi so’z turkumlaridan yasalishi mumkin? 1.ot 2.sifat 3.olmosh 4.fe’l 5.ravish A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4 C) 1,3 D) 1,2,3,5 39 / 54 Chang va tutundan mashina va odamlar zo’rg’a ko’rinar edi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) payt B) sabab C) holat D) daraja miqdor 40 / 54 Holat ravishi qatnashgan gapni belgilang A) Nihoyat ,Ahmadjon askariy hizmatga chaqirildi B) Oldinda juda jiddiy murakkab hayot borligini qayoqdan bilaman C) U jo’shib gapirdi D) U bilan jiddiy suhbatlashdik 41 / 54 Qizning ko’kimtir rang olgan lablari zo’rg’a qimirlardi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) daraja miqdor B) o’rin C) payt D) holat 42 / 54 0‘rin ravishi qoilangan gap qaysi qatorda keltirilgan? A) Bizning litsey chet tillami o‘qitishga ixtisoslashgan boiib, yaqinda ta’mirdan chiqarildi. B) Ariq chetida o‘tirib, momaqaymoqlami tomosha qilardi. C) Chet ellami ko‘rib kelgan odamsiz-u, fikrlashingiz juda jo‘n. D) 0‘zingiz harakat qilmasangiz, sizga chetdan birov yordam bermaydi. 43 / 54 Intizomsiz kishi hech qayerda muvaffaqiyatga erishmaydi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) holat B) payt C) ravish qo’llanmagan D) daraja miqdor 44 / 54 Yasama ravishlar qanday usul bilan hosil qilinadi? A) so’zga qo’shimchalar qo’shib B) asos qismini takror qo’llash orqali C) asos qismini juft qo’llash orqali D) A, B, C 45 / 54 Ertasiga ertalab Nayman ona yana yo’lga tushdi .Uyur bu yerdan xiyla uzoqlashib ketgan edi .Izlab ,aylanma yo’llardan ehtiyotkorona o’tib ,uzoq yo’l bosdi. Ushbu gaplardagi ravishlarning miqdorini aniqlang A) 5 B) 6 C) 8 D) 7 46 / 54 Ba’zi ravishlar tarkibida qaysi kelishik qo’shimchalari yaxlitlanib qolgan? A) Jo’nalish, o’rin-payt kelishigi qo’shimchalari B) Tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalari C) Jo’nalish, chiqish, o’rin –payt kelishigi qo’shimchalari D) Qaratqich, tushum, jo’nalish, chiqish kelishigi qo’shimchalari 47 / 54 Payt ravishlarini aniqlang? A) tez,darhol B) arang,qasddan C) xiyol,oz D) dastlab,avval 48 / 54 O’rin ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . B) Men kecha akam bilan Samarqanddan keldim . C) Sherqo’ziga ko’zi oldidan nari ketishi uchun ruxsat bermay qo’ydi . D) O’rtancha botir qo’rqmadi, jim turdi . 49 / 54 Qaysi gap tarkibida kelishik bilan turlangan so’z mavjud? A) Bir yomg’ir yog’ib, hamma tarqalib ketdi. B) Nodir harbiychasiga qadam tashlab olg’a yurdi C) U goh orqada qolardi, goh oldinga o’tib ketar edi. D) Laziz tezlikka e’tibor berdi. 50 / 54 Ravishning asosiy morfologik belgisi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan ? A) Ravish gapda hol vazifasini bajaradi B) Ravish o’ziga xos yasovchi affikslarga ega C) Ravish biror so’z bilan bog’lanib ,birikma hosil qilganda ,o’z shaklini o’zgartirmaydi, hech qanday so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha qabul qilmaydi D) A,B 51 / 54 -cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo‘shimchalari qaysi turkumdagi so‘zlarga qo‘shilib ravish yasaydi? A) ot, sifat B) ot, sifat, son C) fe’l, ot, sifat D) fe’l, ot, sifat, son 52 / 54 Har yerni qilma orzu ,har yerda bordir tosh-u tarozi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) daraja miqdor B) holat C) o’rin D) payt 53 / 54 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. B) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . C) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . D) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . 54 / 54 Kishi о 'z fazilatlari haqida qancha kam bilsa, bizga shuncha yoqadi. Ushbu gapdagi ravishlar miqdorini aniqlang. A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 1 ta 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz