Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №7 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №7 InfoMaster Mart 31, 2022 398 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №7 KO’MAKCHI FE’LLAR KO’MAKCHI FE’LNING MA’NOLARI FE’LLARNING YASALISHI QO’SHMA FE’LLAR JUFT FE’LLAR FE’LNING MA’NOVIY GURUHLARI FE’LLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Olimlar kompyuterni inson miyasidan andaza olib yaratgan . O’ylaydi Hisob –kitob qiladi .Muammolar yechadi .Xulosa chiqaradi .Eslab qoladi …Faqat kompyuterning insondan bitta ustunligi bor :keraksiz axborotni xohlagan paytda xotirasidan o’chirib tashlash mumkin ... Odam esa yomon xotiralarni miyasidan o’chirib tashlolmay aziyat chekadi …( O’ Hoshimov ) Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) muhokama matn B) hikoya matn C) tasviriy matn D) rivoyat matn 2 / 50 Suvoqchilarni so’zida nechta ko’makchi morfema bor ? A) 4 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 3 ta 3 / 50 Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo’lishini bildiruvchi shakllar ... deyiladi. A) mayl shakllari B) B, C C) zamon shakllari D) shaxs-son shakllari 4 / 50 Sof fe'l shakli gapda qanday gap bo'Iagi vazifasida keladi ? 1 ega 2 aniqlovchi 3 to'Idiruvchi 4 kesim 5 hol A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5 C) 4 D) 1,2 5 / 50 O’tgan zamon sifatdoshi berilgan so’zlar qatorini aniqlang . A) gapirmoq ,bormoq ,aytmoq B) qizil ,pushti ,oq C) soqqan ,kechikkan ,qo’rqqan D) bilimli ,siniq ,torgina 6 / 50 Bo’lishlilik shakli orqali bo’lishsizlik ifodalangan gapni toping A) Tez orada uncha - muncha mexanikka gap bermay qo’yadi . B) Bu hol qishloqda sezilmay qolmaydi C) Men xalqni aldamoqchi emasman ! D) Yordam bersangiz ,kolxozni ko’tarish uchun kuch –quvvatimni ayarmidim ?! 7 / 50 Qo'shma fe'lni aniqlang. A) o'qib chiqdi B) quvonib ketdi C) olib chiqdi D) chiza oldi 8 / 50 Qaysi qatordagi so'zlarda fe'l yasovchi qo'shimchalar qo’shilsa, o'zakda o’zgarish ro'y beradi ? A) bosh, ish, osh, bo’sh B) o’t, so'z:, oq. tun. C) chiq. bor, suv. uyqu. D) yosh, ot, son, ong. 9 / 50 Quyidagi fe'llarning qay biri otdan yasalgan? 1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq; 6) varaqlamoq; 7) to'g'rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho'plamoq; 10) qishlamoq. A) 4. 8, 9 B) 1, 6, 10. C) 5, 7. 8 D) 3,5,7 10 / 50 Quyidagilardan qaysilar fe’lning munosabat shakllari hisoblanadi ? 1 shaxs son ; 2 o’timli,o’timsizlik 3 zamon 4 bo’lishli ,bo’lishsizlik 5 vazifa shakli 6 mayl A) 2,3,4,5 B) 1,2,6 C) 1,3,6 D) 2,4,5,6 11 / 50 Quyidagi fe’llardan qay biri nutqiy faoliyat fe'llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3)yozmoq; 4) o'qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) yurmoq ; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq . A) I, 2. 8. B) 3, 4, 5. 11. C) 1. 4. 5 D) 8, 11,12. 12 / 50 1 Zarur topshiriqlarni yozib oling 2 Ukam rasm chiza oladi Har ikkala gapdagi olmoq fe'Ii qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l B) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l C) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l D) ikkala gapda ham mustaqil fe’l 13 / 50 Qaysi juft fe'l ot so'z turkumiga ko'chmagan ? 1 oldi-berdi 2 urindi-turtindi 3 qochdi-ketdi 4 bordi-keldi 5 ur-yiqit 6 aytdi -qo'ydi A) 1,2,3,4 B) 3,4,5,6,7 C) 1,2 D) 2,3,6 14 / 50 Qaysi juft fe'llar ot so'z turkumiga ko'chishi mumkin ? 1 oldi-berdi 2 urindi-turtindi 3 qochdi-ketdi 4 bordi-keldi 5 ur-yiqit 6 so'radi —qo'ydi A) 3,4,5,6,7 B) 1,2,3,4 C) l ,4,5 D) 1,2 15 / 50 Qaysi qatorda fe’llar ma’noviy guruhlariga ko’ra to’g’ri izohlangan ? A) gapirmoq-nutqiy faoliyat fe’li ; ijod qilmoq –aqliy faoliyat fe’li ; ekmoq– jismoniy faoliyat fe’li; muzlamoq –holat fe’li B) gapirmoq–holat fe’li , ijod qilmoq- nutqiy faoliyat fe’li; ekmoq va muzlamoq- jismoniy faoliyat fe’li; C) gapirmoq – jismoniy faoliyat fe’li ; ijod qilmoq –aqliy faoliyat fe’li ; ekmoq –holat fe’li ; muzlamoq –holat fe’li D) gapirmoq,ekmoq,muzlamoq- jismoniy faoliyat fe’li; ijod qilmoq -nutqiy faoliyat fe’li ; 16 / 50 1 Zarur topshiriqlarni yozib oling 2 Bu kitobni kecha oldim. Har ikkala gapdagi olmoq fe'li qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l B) ikkala gapda ham mustaqil fe’l C) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l D) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l 17 / 50 Quyidagi fe'llardan qay biri aqliy faoliyat fe'llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3)yozmoq; 4) o'qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) yurmoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq . A) 3, 4, 5, 11. B) 1, 4. 5 C) 5, 6. 11 D) 1, 2, 12. 18 / 50 Qaysi qo'shimchalar ot va sifatlardan fe'l yasaydi ? 1-(a)-y 2 –sira 3 -i 4 -sa A) 2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 3,4,5 19 / 50 Qaysi gapda bo ‘lmoq so‘zi qo‘shma fe’l hosil qilgan? A) Bu yurishda men kasal bo‘laman. B) Meni xavotirga solgan voqea, nihoyat, bo‘ldi. C) Ha, men o‘sha kasal bo’laman. D) Men, albatta, siz aytgan joyda bo’laman. 20 / 50 Qaysi gapda juft fe'llar mavjud? A) Sengaergashib bor -yo'g'imdan ayrildim B) Qo'ydi-chiqdini eshitsam ,yuragim orqaga tortib ketadi. C) Onasiga u haqda bilganlarini aytdi-qo'ydi,o'ylab o'tirmadi. D) To'y o'tib, keldi-ketdi ancha kamaygan edl 21 / 50 Ikki fe’l juftligidan tashkil topgan qaysi birliklar fe’l turkumiga oid so’zlar hisoblanadi? A) bordi-keldi B) ur-yiqit C) aytdi-qo’ydi D) keldi-ketdi 22 / 50 aqlid so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) -la, -a B) -sa, -(a)r C) illa, -ira D) -(a)y, -i, 23 / 50 Qaysi qatordagi fe'llar tarkibida munosabat shakllari qo'llangan? A) ko'paydi, kelayotgan, kiyinmoq B) aytgani, kuylashadi, qarasa C) o'ylandim, ketguncha, kiribsan D) ko'rding, chiqsin, qichqirmoqda 24 / 50 Otdan, sifatdan, ravishdan va undov so’zdan yasalgan fe’llarni tartib bilan belgilang . A) shodlan, chirsilla,gulla, ho’pla B) gapir, to’g’rila, tezla, dodla C) tuzla, sekinla, boshla, ohla D) ishla, yaxshilan, tezla, yarqira 25 / 50 Fe’lning munosabat shakllariga qaysilar kiradi? 1.zamon shakli 2.mayl shakli 3.shaxs-son shakli A) 1, 2, 3 B) 2 C) 2, 3 D) 1, 2 26 / 50 Davlat o’zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi ,shu jumladan ,unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy -siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi .( O’bekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 7-moddasi) Ushbu gapda nechta yasama fe’l ishtirok etgan? A) 6 B) 3 C) 4 D) 5 27 / 50 Qaysi qatordagi gapda nutqiy faoliyat fe’li mavjud? A) Murtazo sherigiga engashib, uning qulog’iga sekin pichirladi . B) Oppoq paxtalarni hasharchilar birpasda terib tashladilar C) Shonazar o’tirganlarning gapidan xursand bo’ldi D) Men uning gapidan ko’p narsalarni fahmladim . 28 / 50 Qaysi qatorda qo’shma fe’lning ta’rifi to’g’ri va to’liqroq berilgan? A) Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo’shimchalarni qo’shib bo’lmaydigan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi fe’llar . B) Ikki yoki undan ortiq so’zdan tashkil topib, nima qildi? nima qilyapti? so’rog’iga javob bo’luvchi fe’llar C) Birdan ortiq so’zlarning birikuvidan yangi ma’noli boshqa bir fe’l hosil bo’lgan so’zlar D) Etakchi va ko’makchi fe’llardan tashkil topib, nima qildi?, nima qiladi ? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi fe’llar . 29 / 50 1 Anchadan heri .shu joyda o'tiribman 2 Men sodda shuning gapiga ishonib o'tiribman Har ikkala gapdagi o'tirmoq fe'l qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham mustaqil fe’l B) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l C) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l D) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l 30 / 50 Qaysi so’z turkumlaridan fe’l yasaladi ? 1.otdan 2.sifatdan 3.sondan 4.olmoshdan 5.ravishdan 6.taqlid so’zdan A) 1,2,5,6 B) 1,2,4,5,6 C) 1,2 D) 1,2,3,4,5,6 31 / 50 Ot, sifat, undov so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) -la, -a B) illa, -ira C) -sa, -(a)r. D) -(a)y. -i, 32 / 50 Qaysi qatordagi gapda qo’shma fe’l berilgan? A) Dadasining qo’lidan ushlab, dikir — dikir sakrab, o’ynoqlab ketaberdi. B) Mashinada u — bularni yuborasiz. C) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. D) Bugun havo juda isib ketdi. 33 / 50 Fe’lning qanday ma’noviy guruhlari mavjud? 1 nutqiy faoliyat fe’llari 2 aqliy faoliyat fe’llari 3 jismoniy faoliyat fe’llari 4 holat fe’llari A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 1,4 D) 1,2,3,4 34 / 50 1 Hikoyani bizga o'qib berdi 2 Bu kitobni sizga bcrdini Har ikkala gapdagi bermoq fe'Ii qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l B) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l C) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l D) ikkala gapda ham mustaqil fe’l 35 / 50 –ay qo’shimchasi qaysi so’z turkumlaridan fe’l yasaydi? A) sifat va ravishdan B) ot, sifat va ravishdan C) ravishdan D) sifatdan 36 / 50 Ot, sifatlardan fe'l yasamaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) illa, -ira B) AvaB. C) -sa, sira D) - (a)y, -i, 37 / 50 Ot turkumiga o'tmagan juft fe'llarni toping. A) aytdi-qo'ydi B) bordi-keldi C) qo’ydi-chiqdi D) oldi-berdi 38 / 50 Harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydigan ko'makchi fe'l berilgan javobni toping. A) yurmoq B) chiqmoq C) yotmoq D) qo'ymoq 39 / 50 Harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma'nosini bildiradigan ko'makchi fe'l berilgan javobni toping. A) yurmoq B) tashlamoq C) qo'ymoq D) olmoq 40 / 50 Sifatdan fe’l yasovchi qo’shimchani toping. A) -ar B) -illa C) -ira D) -sa 41 / 50 Fe'llarning munosabat shakllari noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) ntsbat qo 'shimchalari B) shaxs-son qo 'shimchalari C) mayl qo 'shimchalarl D) zambn qo 'shimchalari 42 / 50 Qaysi qatorda aqliy faoliyat fe’llari berilgan? A) o’ylamoq, ikkilanmoq B) yig’ilmoq, qaytarmoq C) ishlamoq, to’xtamoq D) haydamoq, parchalamoq 43 / 50 Qo'shma fe'llar berilgan javobni toping. A) olib keldi B) yig 'ishtirib oldi C) charaqlab ketdi D) oshib qolgan 44 / 50 Titramoq so’zi fe’lning qaysi ma’noviy guruhiga mansub? A) nutqiy faoliyat fe’li B) jismoniy faoliyat fe’li C) holat fe’li D) aqliy faoliyat fe’li 45 / 50 1 Mohir qo'llar to'garagiga qatnab turibman . 2 Ikki soatdan beri shu yerda turibman. Har ikkala gapdagi turmoq fe'Ii qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l B) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l C) ikkala gapda ham mustaqil fe’l D) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l 46 / 50 U bu gapni bilmasdan aytib yubordi. Ushbu gapda ko’makchi fe’lning ma’nosi ... A) davomiylik B) to’la yakunlanish C) bajarishga imkoniyat D) tez va oson 47 / 50 Fe'l yasovchi qaysi qo'shimcha qo'shilganda ikkinchi bo'g'indagi tovushi tushib qoladi? A) -a B) -illa C) -sa D) barchasi to'g'ri 48 / 50 Fe’l+fe’l shaklidagi qo’shma fe’llarni toping. A) olib qochmoq,ishlab chiqarmoq B) isib ketdi,yozib bordi C) sotib yubormoq,o’ylab qolmoq D) quvonib keldi,shoshilib qo’ydi 49 / 50 Men “ Kecha va kunduz ” romanini zo’r hafsala bilan o’qib chiqdim. Ushbu gapdagi ko’makchi fe’lning ma’nosi .... A) tez va oson B) bajarishga imkoniyat C) to’la yakunlanish D) harakatning boshlanishi 50 / 50 Quyidagi fe'llarning qay biri sifatdan yasalgan? 1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq; 6) varaqlamoq; 7) to'g'rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho'plamoq; 10) qishlamoq.. A) 5. 7. 8 B) 3. 5. 7 C) 4. 8, 9 D) 4, 5.10. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz