Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №17 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №17 InfoMaster Mart 31, 2022 228 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №17 MIQDOR –DARAJA RAVISHLARI MUSTAHKAMLASH FE’L BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH OT BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 55 Lablanmagan unlilar qatiorini aniqlang A) e,o',a B) a,i C) i, e,a D) o,u,o' 2 / 55 Asosdosh so'zlar berilgan qatorni aniqlang. A) ) so'z, so'zim, so'zlar B) yig'im, yig'iq, yig'indi C) tinch, tintuv, tingan D) sig'gan, sig'inish, sig'im 3 / 55 Harakat fe'llarini aniqlang 1 qizardi 2 yashardi 3 chopdi 4 sug'ordi 5 qichqirdi 6 qimirladi 7 yugurdi A) 2,4,5 B) 1,3,4 C) 3,4,5,6,7 D) 1,2 4 / 55 Fe’lning otga xoslangan shakli ...... deyiladi? A) shart mayli B) harakat nomi C) sifatdosh D) ravishdosh 5 / 55 Otlashgan sifatdosh ishtirok etgan qatorni aniqlang . A) Ayrilganni ayiq yer ,bo’linganni bo’ri yer . B) Hamma xonalar nihoyatda did bilan bezatilgan . C) O’zaro kurashayotgan tomonlar tinchlik yo’lidagi sog’lom tashabbuslarni tushunishni istamayaptilar D) Arzimas narsa uchun xafa bo’laveradigan kishining do’stlari dushmanga aylanaveradi 6 / 55 Fe'lni hol vazifasiga ixtisoslashtiradigan maqsus shakl qaysi qatorda berilgan? A) bunday shakl mavjud emas.. B) sifatdosh shayli. C) ravishdosh shakli. D) harakat nomi shaili. 7 / 55 Quyidagi fe'llarning qay biri sifatdan yasalgan? 1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq; 6) varaqlamoq; 7) to'g'rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho'plamoq; 10) qishlamoq.. A) 4. 8, 9 B) 5. 7. 8 C) 3. 5. 7 D) 4, 5.10. 8 / 55 So’zlovchining gapirayotgan onidan avval bajarilgan ish harakat.... oid bo’ladi. A) payt ravishdoshi B) o’tgan zamon C) kelasi zamon. D) hozirgi zamon. 9 / 55 Ichkari tarafdan keksa bir xodima — eshikochar xola ko'rinib, Gulshanga salom berdi va "Xush keldilar!" - dedi. Ushbu gapda ostiga ehizilgan birlikning shaxs-soni haqida ifodalangan to'g'ri hukmni aniqlang. A) III shaxs ko'plik shakli II shaxs birlik ma'nosida B) III shaxs ko'plik shakli II shaxs ko'plik ma'nosida C) III shaxs ko'plik shakli III shaxs birlik ma'nosida D) III shaxs birlik shakli III shaxs ko'plik ma'nosida 10 / 55 Mavhum ot yasovchi qo’shimchalar berilgan qatorni ko'rsating. A) -g'ich, -kich, -zor. B) -ch, -lik, inch. C) -loq, -m, -ing. D) -liq, -bon, -gar. 11 / 55 Sifat yasovchi -li qo'shimchasi quyidagi qaysi qo'shimchalar bilan ma'nodoshlik munosabatidabo'ladi ? 1 -dor 2 -mand 3 -zor 4 -ba 5-siz A) 1,2,4,5 B) 1.2.3.4 C) 1,2,4 D) 1,3,5 12 / 55 Biroz yoqimsizroq havo. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) orttirma, fonetik. B) ozaytirma, leksik. C) ozaytirma, morfologik, leksik. D) orttirma, leksik. 13 / 55 Quyidagi sifatlardan qaysilari xususiyat sifatlari guruhiga kiradi? 1) uzun ; 2) keng; 3) baland; 4) yangi : 5) xursand; 6) kamtar; 7) bulturgi; 8) bahabat, 9) no'noq; 10) notanish; 11) kechki; A) 4,7, 11 B) 1. 2, 3, 8 C) 1,2,3,4 D) 5. 6, 9, 10. 14 / 55 Qaysi sonlardan jamlovchi sonlar yasalganda tovush tushishi hosil bo’ladi. A) ikki ,olti, yetti. B) ikki, uch, olti. C) ikki, besh, olti, yetti. D) ikki, to’rt, yetti. 15 / 55 Ma’lum bir miqdordagi narsa-buyumlarni bir butunlik sifatida jamlab keladigan sonlar ......... deyiladi. A) kasr son B) jamlovchi son C) sanoq son D) chama son 16 / 55 Qaysi qatordagi gapda ravish qatnashgan ? A) Bitta emas qo’ling qizim ,ikkita-ku sanab boq,Sanab ko’rar yana jim B) Bozorda qari cholni o’g’ri deya tutdilar Ura-sura sho’rlikni podsho sari eltdilar C) Agar Oftobxon ko’rib qolmasa ,onangdan ajrala yozgan ekansan D) Surishtirib qarasa ,Jonfig’on faqat o’n yeti kun ishlabdi xolos 17 / 55 Qaysi qatorda ko’makchi fe’llar berilgan? A) borib kelmoq, oshib tushmoq B) o’qiy boshlamoq, o’qib chiqmoq C) tarbiya qilmoq, chirs etmoq D) sotib olmoq, bunyod qilmoq 18 / 55 Gul ochildi. 2. Yig’ilish ochildi. Ushbu gaplardagi fe’llarning nisbatini aniqlang. A) Har ikkala gapda, majhul nisbat B) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat C) 1-gapda o’zlik nisbat, 2-gapda. majhul nisbat D) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o’zlik nisbat 19 / 55 aqindan musiqa ovozi eshitildi Ushbu gapda qatnashgan ravishni aniqlang A) musiqa B) yaqindan C) eshitildi D) ovozi 20 / 55 Ravish qaysi qatordagi gapda harakat belgisini darajalab ko’rsatgan ? A) Bahodir darsdan ertaroq qaytdi B) Majlisga ko’proq ota-ona kelsa ,yaxshi bo’ladi C) Majlis kech tugadi D) U ancha jo’yaklarni oralab chiqdi 21 / 55 Sobiq dengizchi Rinaldo Seldstrem gazetalarda “dengiz kasalligi” dan qutulishning bezarar ,oson ,arzon ,yuz foiz kafolatlangan usulini bilishini yozgan va bor-yo’g’I uch kronaning bahridan kechishga rozi bo’lganlarning barchasiga yuborishni va’da qilgan Berilgan matnda fe’lning vazifa shakllari miqdorini toping A) 7 ta B) 8 ta C) 6ta D) 9 ta 22 / 55 Yig’lasa, yig’lablar ketmaydimi?! gapidagi -lar qo’shimchasining vazifasini aniqlang. A) ko’plikni anglatish. B) hurmatni ifodalash. C) tahmin chamani bildirish. D) ma'noni kuchaytirish. 23 / 55 Musobaqa g’olibi minbararga ko’tariladi (qarsaklar) Mustaqil (O’zbekiston madhiyasi yangraydi. Ushbu gapdagi fe'l zarnonini aniqlang. A) hozirgi kelasi zamon fe'li. B) hozirgi zamon fe'li. C) o’tgan zamon fe'Ii. D) kelasi zamon fe’li. 24 / 55 -lar qo’shimchasi taxmin ma'nosini anglatgan gapni aniqlang. A) Qishloqqaham o’n chaqirimlar bor. B) Oyoqlarim zirqirab og’riyapti. C) Karimlar uylariga endi ketishdi. D) Oyimlar ancha kech qaytdilar. 25 / 55 Ravish turkumiga oid so’z qatnashgan gapni toping A) Bu xatlarga samimiy ,insoniy ,tuyg’ular bitilgan edi B) …teraklarning bo’ylari balandroq ,adlroq ko’rinadi C) Qudrat unga xatni o’qitdi ,so’ng tortinibgina so’radi D) Saida bo’lib o’tgan hangomalarni kula –kula gapirib berdi 26 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Domla Sirojiddinning ilmiy ishiga chindan jon kuydirmasa ham ,o’ziga yordam berdi B) Odam o’ziga yaqin kishining qilcha o’zgarishini ham darrov sezadi C) Mashinaning ustini yuvish mayli –yu ,ichini tozalash odamni toliqtirib yuboradi D) Bu yoqda domla otalik qildi-yu ,uni aspiranturada olib qoldi 27 / 55 Birpasgina bo’lsa ham ko’rinish berib, notavon ko’nglimni tinchitib ketsang bo’lgani. Ushbu gapdagi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasini toping. A) tinchitib ketsang B) ketsang bo’lgani C) ko’nglimni tinchitib D) tinchitib ketsang bo’lgani 28 / 55 Otga bog’lanib kelgan ravish qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Yigitning ko’ngli tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi B) U ovoz kelayotgan tomonga borarkan kuy to’satdan o’zgardi C) Men qo’lim bilan shiringina taom qilib beraman D) Toshpo’latning yordamchilari birin-sirin kelishdi 29 / 55 Qaysi gapda qiyosiy darajadagi ravish ishtirok etgan? A) U dalada ishlab, juda-juda charchadi . B) Munira Akramning kelayotganini ko’rib, qadamini tezlatdi . C) Majlisga Karimning otasi oldinroq keldi . D) Bu yil O’zbekiston mexanizatorlari juda ko’p paxta terdilar. 30 / 55 Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nima deb ataladi? A) fe’lning harakat tarsi shakllari B) fe’lning nisbat shakllari C) fe’lning ma’noviy shakllari D) fe’l mayli shakllari 31 / 55 Qaysi qatorda holat ravishdoshli birikmalar berilgan ? A) musiqa -tingach. qorong'u tuhmmcha B) ko rgani bormoq gaplashgani to'planganmiz. C) qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, qo'rqib kirmadi D) suvga tikilgancha o'ylanib qoldi, yig'lay-yig'lay uxlamoq 32 / 55 Yuzma –yuz uchrashuvda bo’lib o’tgan voqealarni kotiba to’g’ridan –to’g’ri ,naridan beri ,so’zma –so’z yozib berdi Mazkur gapdagi ravishlarni ko’rsating A) yuzma –yuz B) A,B ,C C) naridan –beri D) to’g’ridan to’g’ri , so’zma –so’z 33 / 55 Miqdor-daraja ravishlari berilgan qatorni aniqlang . A) ancha, ko’p, xiyol B) qatorasiga, yonlamasiga, tikkasiga C) hamon, hanuz, hamisha D) ataylab, jo’rttaga, qasddan 34 / 55 Qaysi gapda –lar qo’shimchasi grammatik ma’no ifodalagan ? A) Bu ishlarning boshida G’ulomjon ,Qudrat ,Olim buvalar turishdi B) Sening xotirangni unutmas aslo ,mening yuraklarim O’rta Osiyo C) Avazlarning bir cheti chorbog’ga tutashgan kattagina hovlisi bor D) Oradan besh kunlar o’tdi 35 / 55 Qaysi gapda -lar qo‘shimchasining umumlashtirish ma’nosini anglatishiga misol keltirilgan? A) Barcha hayvonlar o‘z ov qilish usuliga ega. B) Ey farzandlar- g'unchalar! Sizga mehrim shunchalar. C) Ko'zlarim hali harf tanimas edi, qalam ushlolmasdi hali qo'Ilarim. D) Nigora Saidlamlkiga kirganda uyning chiroqlari yoqilgan edi. 36 / 55 1.Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak. 2.Choy ichib olgach, biroz yuribdi. 3.Chol-u kampir behad sevindilar. 4.Otamizning o'lganiga anchayil bo 'lib ketdi. Qaysi gaplarda miqdor-daraja ravishlari ishtirok etgan? A) 2, 3, 4 B) 1,2,3 C) 1,2, 3,4 D) 2, 3 37 / 55 Daraja -miqdor ravishi qatnashgan gap berilgan qatorni toping A) Bo'ying sal cho'zilsin bironta duradgor usta topilsa shogirdlikka boramiz. B) Tahqariga chiqib G'ofurjon boydan ketishga izm so'radi C) O'rtancha botir qo'rqmadi.jim turdi D) Yarim kechadan keyin olmon otaning uyqusi butunlay qochdi 38 / 55 Belgining belgisini bildirgan ravish keltirilgan qatorni toping A) Oqshom paytida shamol birdan to’xtadi B) Uzoqdan nayning mayin ovozi eshitila boshladi C) Uning so’zlari bolalarcha sodda ,samimiy ,lekin aniq va ravshan edi D) Mashina tezroq yura boshladi 39 / 55 Daraja-miqdor ravishi ishtirok etgan gapni toping A) Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqiriiib katta ziyofat berilibdi? B) Kun kech bo'ldi .Ertaga erta bilan yo'lga chiqamiz C) Ko'p yaxhi o'ylabsiz ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak D) Oldinda Sirinbuloq qihlog'i butun bo'y basti bilan yastanib yotardi 40 / 55 “Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari etaklaydi”,-deydi bobo sevinchdan ko’zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so’z turkumidan yasalgan? A) olmosh, son, sifat, fe’l B) ot, sifat C) olmosh, ot, sifat. D) sifat, son, ot, fe’l 41 / 55 Sifadosh qatnashgan gapni toping A) Rashanlik tilning asosiy fazilati hisoblanadi B) Oyqiz keksa bog’bonning yelkasidan ushlab ,mehribonlik bilan o’tkazdi C) Sabr qiling ,hurmatli kitobxon ,oldin qishloq bilan tanishaylik D) Men o’ylaymanki,bugungi kun sizning hayotingizda o’chmas iz qoldiradi 42 / 55 Ko’z va lab so'zlariga qo'shilgan -lar qo'shimchasi qanday ma'noni ifodalaydi? A) hurmat B) ko'plik C) umumlashtirish D) kuchaytirish 43 / 55 Miqdor-daraja ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Chol va kampir behad sevinishibdi . B) Uzoqdan – kunbotish tomondan, g’ira-shira uchqun ko’rinib qoldi . C) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho’kiz uni to’xtovsiz chaqirib kelyapti. D) Oldinda Shirinbuloq qishlog’i butun bo’y basti bilan yastanib yotardi . 44 / 55 Orttirma nisbat shaklidagi fe’llarni hosil qiluvchi qo’shimchalarni belgilang A) –l ,il B) –n ,-in C) –dir,-giz,-t D) –sh ,-ish 45 / 55 Qaysi qatorda qo'shma fe'l ishtirok etmagan ? A) Azob chekmaguneha ,mehnat qilmaguncha ,rohat ko'rmaysan B) Saidaxon maqolani o'qiy boshladi C) Rahimjon savol berdi ,Durdona javob berdi D) Pul ,mol -dunyoga ruju qo'ymang ,ilm va ma'rifatni egallashga harakat qiling 46 / 55 Dam o’tmay o’quvchilarni nom-banom chaqirishib, xonalarga taklif qilishadi. Ushbu gapdagi ravishga oid so’zni belgilang. A) nom-banom B) xonalarga C) dam o’tmay, nom-banom D) dam o’tmay 47 / 55 Mavhum otlarni toping. A) yupanch, ustachilik, qabohat B) ishonch, dehqonchilik, haqiqat C) qo’rqinch, odamiylik, tarovat D) suyanch, duradgorlik, samimiyat 48 / 55 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) tiklab, pag’alab , mo’ylab B) uyalab , boshlab , matlab C) haftalab ,kilolab ,saharlab D) o’nlab ,yuzlab ,minglab 49 / 55 Mana shunday sharoitda har jihatdan bilimdon va til biladigan kishini ko'rsangiz, og‘zingiz ochilib qolishi turgan gap edi.Berilgan gapda fe’lning qanday vazifa shakllari qo'llangan? A) 1 ta harakat nomi, 1 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh B) 1 ta harakat nomi, 2 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh, 1 ta sof fe’l C) 1 ta harakat nomi, 1 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh, 1 ta sof fe’l D) 1 ta harakat nomi, 2 ta sifatdosh, 1 ta sof fe’l 50 / 55 Har lahza zamonlar umridek uzun. Asrlar taqdiri lahzalarda hal. Umrdan o‘tajak har lahza uchun Qudratli qo’l bilan qo‘yaylik haykal. Ravishlar miqdorini aniqlang. A) 2 ta B) Ravish qo‘llanmagan. C) 3 ta D) 1 ta 51 / 55 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Eshik sal ochildi B) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish C) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi D) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz 52 / 55 –lar qo’shimchasi qaysi qatorda ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan A) ….”o’rta “ baho oldilar ,shekilli B) O’rtangan shirinlarning fojialari ,yor vaslini biyobonlardan izlagan majnunlarning sarguzashtlari xayolimda C) Do’konlarda unlar va yog’lar sotilmoqda D) Sizga qarab ,zavqlarim toshib ketdi 53 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q B) Birniki mingga ,mingniki tumanga C) Sayohatchilar yana yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar D) Kecha havo bulut bo’lib ,kun bo’yi yomg’ir yog’di 54 / 55 Agar ahil bo’lib yashasangiz , sizni hech qanday kuch yenga olmaydi Misolda berilgan shart maylidagi fe’l qaysi ma’noni ifodalash uchun qo’llangan ? A) sabab B) shart C) iltimos ,maslahat D) faraz ,gumon 55 / 55 Qaysi bandda berilgan gapda miqdor-daraja ravishi ishtirok etmagan? A) Ikkita tuxum topib olibdi. B) Dehqon: «Hay, mayli, ustki qismi oz boisa ham bizga qola qolsin», — dedi. C) Suyunib cho‘ntagiga solib, biroz yuribdi. D) Mehmondorchilik tugagach, u uzundan-uzun duo qilib o‘rnidan turibdi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz