Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 606 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 1234567891011121314151617181920 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 20 Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanmasa, … A) ega ifodalanmaydi B) kesim bilan birga kerak, lozim, darkor so’zlari qo’llanadi C) egadan keyin tire qo’yiladi D) ega va kesim shaxs-sonda moslashmaydi 2 / 20 Yaxshilikka yomonlik sog`insa, albatta, jazolanadi, degan xulosa qaysi masalga tegishli? A) ”Kiyik bilan tokzor” B) ”Bo`ri bilan Laylak” C) ”Yovvoyi echkilar bilan cho`pon” D) ”Eshak bilan baqalar 3 / 20 Oybekning avtobiografik asari qaysi? A) “Bolalik” B) “Nur qidirib” C) “Turmush yo`lida” D) “Ulug` yo`l” 4 / 20 Yurtim, senga she`r bitdim bugun. Ushbu gap qanday bo`laklardantuzilgan? A) undalma, ega, hol, kesim, hol B) undalma,hol kesim, hol C) undalma, to`ldiruvchi, to`ldiruvchi kesim, hol D) undalma, olmosh, ot, fe`l 5 / 20 O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to`g`risida”gi qonuni necha moddadan iborat? A) 24 B) 25 C) 29 D) 26 6 / 20 Mustaqillik ordeniga birinchi bo’lib sazovor bo’lgan adib kim? A) G’. G’ulom B) A. Qodiriy C) Oybek D) Shukrullo 7 / 20 Alisher Hirotda, Mashhadda ko’p yil tahsil oldi. Gapda qaysi gap bo’lagi uyishib kelgan? A) kesim B) to’ldiruvchi C) hol D) ega 8 / 20 Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o’rnini bildirgan bo’laklar ostiga tahlilda qanay chiziq chiziladi? A) to’lqinli chiziq B) bir to’g’ri chiziq C) nuqtalardan iborat chiziq D) uzuq chiziq 9 / 20 Ko’makchi orqali hokim bo’lakka birikkan to’ldiruvchi qaysi qatorda mavjud? A) Ular yong’oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib chiqishdi. B) Ayiq mehmonni yong’oq bilan siylamoqchi bo’lib, katta o’g’liga yong’oqqa chiqishini buyuribdi. C) Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni. D) Bahor kelishi bilan qaldirg’ochlar uya qura boshladilar. 10 / 20 Egalik qo`shimchasi qo`shilganda tovush o`zgarishi sodir bo`ladigan so`zlar berilgan qatorni toping? A) baxt, o`qish B) ona, uka C) yurak, qishloq D) kitob, daftar 11 / 20 Ushbu qatоrdan to`ldiruvchili gapni tоping A) Vatan sajdagоh kabi muqaddasdir B) «Ukam оldi»- dedi Sоbir C) Xalqimiz uyatning o’limdan qattiqligini uqtiradi D) Yoqimli kuy yangradi. 12 / 20 1925-1930 yillarda O’rta Osiyo Davlat dorulfuninida ijtimoiy fakultetda o’qigan adib A) Abdulla Qahhor B) Hamid Olimjon C) G’afur G’ulom D) Oybek 13 / 20 Maktab binosi yangi qurilgan. Gapda qaratqich aniqlovchini aniqlang? A) Binosi B) Yangi C) Maktab D) Qurilgan 14 / 20 Qaysi vositalar orqali hosil qilingan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi? A) so’roq olmoshlari va ohang B) so’roq olmoshlari C) ohang D) so’roq yuklamalari 15 / 20 Ot kesim ishtirok etmagan gapni ko’rsating. A) Izlaganga tole yor. B) Ko’pdan quyon qochib qutilmas. C) Ko’z qo’rqoq, qo’l botir. D) Do’stlik – barcha boylikdan ustun. 16 / 20 Qaysi turdagi gaplarda kesim ko’pincha gapning oldida keladi? A) istak gap B) so’roq gap C) his-hayajon gap D) buyruq gap 17 / 20 M.Shayxzodaning 30-yillarda yaratilgan to`plamlari? A) ”O`n she`r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob” B) ”Zamon torlari”,”Chorak asr devoni”,Toshkentnoma” C) ”Jang va qo`shiq”,”Kapitan Gastello”,”Shu`la”. D) ”Jumhuriyat”,”Kurash nechun”,”Ko`ngil deydiki” 18 / 20 Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga shaxs so’rog’i qo’yilishi lozim? A) Bobo, … odobli? B) Ketsang, yana … kelasan? C) Mustaqil yurt deganda … tushunasiz? D) … xalq ertaklarini o’qigansiz? 19 / 20 Ham undalma, ham ega ishlatilgan gapni belgilang. A) Ona tabiatni asraylik B) Qushlar – bizning do’stimiz C) Orol! Sening qurib ketishingga yo’l qo’ymaymiz D) Samarqand! Sen bizning faxrimizsan 20 / 20 Qaysi gap bo’lagi hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi? A) aniqlovchi, ega B) vositasiz to’ldiruvchi C) ega D) qaratqich aniqlovchi 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6