Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 742 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Avaz O`tar devoni nomi berilgan qatorni toping. A) “Oltin qirg`oq” B) ”Saodat ul-iqbol C) “Firdavs ul-iqbol ” D) “Quyoshli qalam” 2 / 25 Hajviy pyesa berilgan qatorni belgilang. A) ”Dodhohim” B) ”Oltin buzoqcha” C) ”Revizor” D) ”Chiqdi” 3 / 25 Gaplashildi fe`lida qanday nisbat qo`shimchalari mavjud? A) majhul nisbat B) birgalik va o`zlik nisbat C) birgalik va majhul nisbat D) orttirma va majhul nisbat 4 / 25 Tarkibida birgina qo`shimcha bo`lgan so`zni toping. A) atamoq B) boradigan C) taroqqa D) ko`rsatkich 5 / 25 X.To`xtaboyevning “Sariq devni minib” romanidagi “Baxtim kulib boqqan edi” bobida Hojimjonnnig qaysi sarguzashtlari to`g`risida hikoya qilinadi? A) Hoshimjonning tashlandiq uydan sehrli qalpoqchani topib olishi va a`lo baholar olishi B) Hoshimjonning qalpoqcha tufayli diplomli bo`lgani, Krupskaya maktab-internatidagi sarguzashtlari C) Hoshimjonning Soraxon folbin va uning o`g`lining nayranglarini fosh etishi D) Hoshimjonning 1200 gektar paxta maydoni-yu, 12 ta brigadaga agronom bo`lib tayinlanganligi 6 / 25 Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi, Hamma yoq bo`lib ravshan uylar yaraqlab ketdi. Parchadagi qo`shma fe’llar soni nechta? A) 3 ta B) Qo`shma fe’l qatnashmagan C) 2 ta D) 1 ta 7 / 25 Ko`ksingda savoling bo`lmasa, dunyoga nega kelding, inson? Ushbu gapda fe`lning munosabat shakli necha o`rinda qo`llangan? A) 4 B) 2 C) 5 D) 3 8 / 25 Otdan yasalgan yasama sifat otlashgan qatorni toping. A) Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil B) Hunarli o`lmas, hunarsiz kun ko`rmas C) Achchiqni achchiq kesar D) Aqlli va dono kishilar yo`lda adashmaydi 9 / 25 ”Qayda qolding bolaligim” asarining muallifi kim? A) X.To`xtaboyev B) I.Yusupov C) P.Qodirov D) T.Murod 10 / 25 Pushkinning ”Yevgeniy Onegin”, Lermontovning ”Maskarad” asarini o`zbek tiliga kim tarjima qilgan? A) U.Nosir B) Mirtemir C) Oybek D) A.Muxtor 11 / 25 Shart mayli shakli kerak so`zni olib kelganda qanday ma’no bildiradi? A) taxmin-gumon B) piching C) o`xshatish D) istak 12 / 25 Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe`lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe`llar berilgan qatorni toping. A) quvonmoq,jilmaymoq B) qochmoq, yonmoq C) yuvmoq, yayramoq D) kiymoq, taramoq 13 / 25 Qaysi qatordagi gapda ikkinchi darajali bo`laklarning barcha turi qatnashgan? A) Mo`tabar eshikni sekin ochib chiqib ketdi B) Sen meni gapdan chalg`itma C) A`zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi D) Dadash mehribon odamlar bilan suhbatlashishdan zavqlanar edi 14 / 25 ”Qutbdagi gunafsh” ertagida gunafshaning xushbo`y hididan hayratga tushgan shimolliklarga uning gul ekanligini, bunday gullar janubda millionlab o`sishini kim tushuntiradi? A) tyulen B) morj C) ayiq D) chayka 15 / 25 Qaysi qatorda faqat jarangli tovushlarni ifodalaydigan harflar joylashgan? A) n, r, s, t, p, h B) a, o, u, n,l,f C) b, v, g, d, j, z D) y, g’, l, m, k, x 16 / 25 Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”asari necha qismga bo`linadi va ularning tartibi qaysi qatorda berilgan? A) 3 qismga - har xil odamlarning fe`l-atvori haqida; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar B) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; safar fazilatlari to`g`risida C) 2 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida. D) 3 qismga - yaxshi fe`l xosiyati; yomon xislat kasofati haqida; turli foydali kuzatishlar va misollar 17 / 25 Faqat ko`makchi fe`l tarkibida qo`llanuvchi shakllarni aniqlang. A) fe`lning vazifa shakllari, nisbat B) nisbat, bo`lishsizlik, shaxs-son C) shaxs-son, zamon D) bo`lishsizlik, shaxs-son 18 / 25 Qaysi qatorda –siz qo`shimchasi sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasida qo`llangan? A) Suvsiz hayot bo`lmaydi B) Odobni odobsizdan o`rgan C) U bu gapdan xabarsiz edi D) Siz bebaho insonsiz 19 / 25 “Birlari mo`ltinamo, hiylagar , Birlaridir kunda pix-u gavda xar” ushbu satrlarda qaysi tasvir vositasidan foydalanilgan? A) Sifatlash B) Mubolag`a C) O`xshatish D) Tazod 20 / 25 Bir kuni chol qo`li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe`llar berilgan? A) O`zlik, majhul, orttirma nisbatlar B) Aniq, majhul, orttirma nisbatlar C) Majhul, o`zlik, orttirma nisbatlar D) Orttirma, birgali, majhul nisbatlar 21 / 25 Gulxaniyning “Toshbaqa bilan chayon” masalida toshbaqa qayerdan qayerga borayotgan edi? A) Iroqdan Hijozga B) Shomdan Iroqqa C) Iroqdan Shomga D) Hijozdan Iroqqa 22 / 25 Qaysi ijodkor o`ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o`zbekchaga tarjima qilgan va o`zi ham uchta pyesa yozgan? A) O.Yoqubov B) T.Murod C) A.Avloniy D) A.Oripov 23 / 25 Qaysi javobda Ibroyim Yusupovning librettosi nomi to`g`ri ko`rsatilgan? A) “Aktrisaning iqboli” B) “Ajiniyoz” C) “Qirq qiz” D) “Umirbek laqqi” 24 / 25 Qoplonbek va Oymomo qaysi asar qahramonlari sanaladi? A) “Yulduzlar mangu yonadi” B) “Ot kishnagan oqshom” C) “Otamdan qolgan dalalar” D) “Oydinda yurgan odamlar” 25 / 25 Qaysi qatorda S.Ahmadning “Qadrdon dalalar” asari bilan bir xil janrdagi asar nomi berilgan? A) “Jannati odamlar” B) “Adolat manzili” C) “Dala armonlari” D) “Ot kishnagan oqshom” 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 10 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6