Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 694 Ko'rishlar 283 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 R.Hamzatovning «Ona tilim» she'rini o`zbek tiliga qaysi ijodkor tarjima qilgan? A) Shavkat Rahmon B) Erkin Vohidov C) Muhammad Ali D) Cho'lpon 2 / 25 Quyidagi parchada she'riy san'atlardan qaysi biri qo'llanilgan? Bu labi jonbaxshu bu husni malohat sendadur, Yo seni Yusuf desunlar, yo Masixo, yo Habib. A) Tazmin. B) Tajnis. C) Tashbeh D) Talmeh. 3 / 25 Yorning quli emas, balki guli keladi. Ushbu gapda balki so’zi qanday vazifada kelgan? A) bog’lovchi vazifasida B) yuklama C) Modal so’z D) undov so’z 4 / 25 Qaysi qatordagi ko'makchili birikma atalganlik ma'nosini ifodalayapti? A) . Imkon qadar bajarmoq, soy bo'yidan yurmoq. B) Bajarish uchun mas'ul, kuyga solmoq. C) Sahna uchun asar, usta uchun ganch. D) Kelajak uchun poydevor, sog'lom avlod uchun sharoit. 5 / 25 Shuhrat qalamiga mansub dostonlar qaysi qatorda berilgan? A) “Raymonda” , “Shinelli yillar” B) “Farzand”, “So`lmas chechaklar” C) “Ona va farzand”, “Jamila” D) “Uch qiz afsonasi”, “Guldurdun” 6 / 25 Qaysi qatorda sof bog’lovchilar berilgan? A) ammo, balki B) Bilan, balki C) biroq, lekin D) bilan, lekin 7 / 25 Mirmuhsinning qaysi asarlarida bolalar hayoti va ruhiy dunyosi tasvirlangan? A) “Ovchi bolalar”, “Jamila B) “Sheralining mardligi”, “Ovchi bolalar” C) “Jamila”, “Tungi chaqmoqlar” D) “Luqmon va O‘roqboy”, “Degrez o‘g‘li” 8 / 25 Avaz O'tar devonining nomi? A) ,,Saodat ul- iqbol’’ B) ,, Maktab’’ C) ,,Fidoiy xalqim,, D) ,,Til’’ 9 / 25 Ilmiy atamalar berilgan qatorni toping? A) paranji, qumg’on B) arra, randa, qo’shish C) gavra beshik, belanchak D) Olmosh, sifat, son, atoqli gap 10 / 25 Teng bog’lovchilar uyushiq bo’lak va gaplarni bog’lash bilan birga, ular o’rtasidagi … A) shakliy munosabatni ham ro’yobga chiqaradi. B) mazmuniy munosabatni ham ro’yobga chiqaradi. C) tasdiq munosabatni ham ro’yobga chiqaradi. D) grammatik munosabatni ham ro’yobga chiqaradi. 11 / 25 Uvaysiyning kecha-yu kunduz o'g'lining nomini takrorlab, uni o'ylab yurishi qaysi ifodada aks etgan? A) Tilimning zikri-yu ko'nglimning fikri... B) Qorong'u bo'ldi olam ko'zima... C) Uyimning ziynati, ko'z ravshani... D) Vujudim dardga to'ldi... 12 / 25 Hamzaning «Dardiga darmon istamas» she'rida qanday dard haqida so'z yuritmoqda? A) o’sha kezlarda yurtda keng tarqalgan yuqumli kasallik B) ma'rifatsizlik, jaholat C) ichkilikbozlik va qimor D) mustamlakachilik va istilo 13 / 25 Qaysi olmoshlar kamtarlik, bajargan ishida o`zini ta`kidlamaslik ma’nosini ham bildiradi? A) barchasi ifodalaydi. B) ular C) biz D) siz 14 / 25 Quyidagi misralar kimning she’ridan olingan?”Aziz tuprog’ingni ko’zimga surtib, Bahorda barglarga yuzimni surtib Insonlik hurmati ichaman qasam.” A) S.Zunnunova “Mening vatanim” B) Mirtemir “Bu men tug’ilgan tuproq…” C) A.Muxtor “Tug’ilish” D) Shuhrat “Mardlik afsonasi”balladasi” 15 / 25 Sizlarga baxt yor bo’lsin. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi ishtirok etgan? A) Belgilash olmoshi B) kishilik olmoshi C) Ko’rsatish olmoshi D) so’roq olmoshi 16 / 25 «Ko'ksimda qo'rg'oshin, quyosh tog'ida, Tog`lar orasida yotibman bejon» misralaridagi «tog'lar» so'zi qaysi tushunchaga ishora qilmoqda? A) yer sayyorasi B) mavhum bir makon C) ilohiy maskan D) shoirning vatani Dog'istonga 17 / 25 Olmoshlarga xos bo’lmagan xususiyat ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) Boshqa so’z, so’z birikmasi va gap o’rnida o’rnida almashinib qo’llanadi B) Atash ma’nosiga ega bo’ladi C) So’z yoki so’z birikmalariga ishora qiladi D) So’roq ma’nolarini ifodalaydi 18 / 25 Qaysi ko‘makchilar bosh kelishikdagi ismlarga qo‘shiladi? A) kabi, uchun, singari, sari B) muvofiq, singari, bilan, bo‘ylab C) -dek, yanglig‘, tomon, doir D) bilan, singari, yarasha 19 / 25 Inkor bog’lovchi shaklini olgan gapning kesimi qaysi shaklda bo’ladi? A) tasdiq shaklida B) so’roq shaklida C) Inkor shaklida D) buyruq 20 / 25 Qaysi qatordagi gapni quyidagi gap bilan almashtirish mumkin? Hech bir yangilik to’siqlarsiz amalga oshmaydi. A) Har bir yangilikni amalga oshirishda to’siqlar bo’ladi. B) Yassaviy barcha yovuzliklar ildizini xudo bexabarlik, ma’rifatsizlik deb bilgan. C) Musiqa har qanday kishi diliga orom beradi. D) Anor har qanday kasallikka davo. 21 / 25 Zavqiy qaysi she’rida 46 rasta boyini hajv qilgan? A) « Ajab ermas » B) « Ajab zamona » C) « Ahli rasta hajvi » D) «Qahatchilik » 22 / 25 “Ravshan” dostonining nasriy qismida ko`proq qaysi she’riy san’atdan foydalanilgan? A) Tashbeh B) Saj C) Ko`chim D) Mubolag`a 23 / 25 Nuqtalar o'rniga qaysi ko'makchilarni qo'yish mumkin? To'maris ... rivoyat Xorodotning «Tarix kitobi» ... yetib kelgan. A) Haqida, orqali. B) To'g'risida, kabi C) Uchun, bilan D) Qadar, singari. 24 / 25 Mirtemirning ijodiy qiyofasini belgilaydigan, uni o`zbek kitobxoni uchun ardoqli qilgan narsa nima? A) uning she’riyati. B) uning hikoyalari C) uning dostonlari D) uning tarjima asarlari 25 / 25 Uylarning mo`rilaridan pag`a-pag`a tutunlar chiqa boshladi. -Gapdagi sifat haqidagi izoh qaysi javobda to`g`ri berilgan? A) oddiy sifat B) takroriy sifat C) juft sifat D) yasama sifat 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6