11-sinf Ona tili olimpiada №5 Yanvar 13, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Ona tili olimpiada №5 ga fikr bildirilmagan. 34 123456789101112131415161718192021222324252627282930 11-sinf Ona tili olimpiada №5 2023-yil 21-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. Katta qishloq ekan Parij, London, Rim, Dalamni sog‘inib ezildi ko‘nglim. Ushbu misralar muallifi kim? A) Xurshid Davron B) Sirojiddin Sayyid C) Oydin Hojiyeva D) Iqbol Mirzo 2 / 30 2. Ushbu gapda nutqning qaysi kommunikativ sifatiga putur yetgan? Loqaydlik tufayli ko‘rsak ham, indamaymiz. A) mantiqiylik B) jo‘yalilik C) aniqlik D) to‘g‘rilik 3 / 30 3. Ertalab bargsiz daraxtlarda va tomlarda qalingina qirov yaltiraydi. Kech…ib kirgan qish endi kun sayin sovug‘ini kuchaytira boshlagan edi. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha qaysi gapdagi so‘z tarkibida mavjud? A) Doim do‘stlaring bilan birikib ish qil, o‘rtoq. B) Qo‘shni, bu chirik olmalaringiz kimga ham kerak. C) Endi sen ham sekin-asta hayot qiyichiliklariga ko‘nik, bolam. D) Ko‘rik-tanlovda bilimdonlar g‘alaba qozonishdi. 4 / 30 4. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qaysi qo‘shimchani qo‘yib bo‘lmaydi? Mavlono Rumiy hazratlaridan so‘rashdi: – Sin… ko‘ngil yana seva oladimi? Mavlono javob berdi: –Ha, seva oladi. –Unda ayting-chi, singan payola… suv ichasizmi? Mavlono esa nimtabassum bilan: –Siz piyola sindi deya, suv ich…ni tark qildingizmi? – dedi. A) fe’l yasovchi qo‘shimcha B) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha C) fe’lning vazifa shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha D) ismlarning sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchasi 5 / 30 5. Sherzod o‘ychan, sersavlat, shijoatli hamda har bir gapini o‘ylab gapiradigan yigit edi. Ushbu gapdagi sifatlar haqida XATO ma’lumotni toping. A) Gapdagi yasama sifatlar faqat bir xil so’z turkumidan yasalgan. B) Sifatlar gapda sifatlovchi aniqlovchi bo‘lib kelgan. C) Sifatlarning barchasi ot kesimga tobelangan. D) Orttirma darajadagi sifat qatnashgan. 6 / 30 6. Sayyor ismli ko‘r arablar orasida eng mashhur ekan. Bir kuni ko‘chada unga tegishib: –Hoy Sayyor, Xudodan tila, ko‘zing evaziga biror nima bersin, – debdi. –So‘radim, berdi, – debdi ko‘r. – Nima berdi? –Senga o‘xshagan ahmoq va nodonlarning basharasini ko‘rmaslikni! Ushbu gap... ? 1)undalmali gap; 2)kiritmali gap; 3)uyushiq bo‘lakli gap; 4)ajratilgan bo‘lakli gap. A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1.3 D) 1.2 7 / 30 7. Ushbu ruboiy haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping. Asru ko‘p emish jur’at-u himmat sizga, Ro‘zi qilg‘ay Xudoy nusrat sizga. Mardonalig‘ingizni bori el bildi, Rahmat sizga, hazor rahmat sizga. A) Undosh tovush raviy bo‘lib kelgan. B) a, a, a, a tarzda qofiyalangan. C) Radif qo‘llanmagan. D) Mutlaq qofiya qo‘llangan. 8 / 30 8. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) xayolot, suiste’mol, e’tiqod B) saranjom, hijolat, ma’shum C) mas’ud, hasharot, tamagir D) istehzomuz, obyekt, jimjimador 9 / 30 9. Shabob o‘tti-yu quvvati qolmadi, Dedi: «Toat aylay», qila olmadi. Ushbu baytda ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nosini toping. A) yosh, yoshlik. B) baxt, shodlik C) keksalik, donolik D) tiriklik, hayotlik; 10 / 30 10. Qaysi gapda uchun ko‘makchisi maqsad ma’nosini ifodalab kelgan? A) Yoshlarimiz chet elga o‘qish uchun ketdi. B) Saida maktabga bilim olgani keldi. C) Do‘stim uchun kitob sotib oldim. D) Bokschilarimiz yutgani uchun taqdirlandi. 11 / 30 11. Qadimda bir podshoh katta hovuz qurdiribdi. Xalqni jamlab, e'lon beribdi: – Men bu hovuzni sut bilan to‘ldirilishini xohlayman. Hamma kechasi bir kosadan sut olib kelib hovuzga quysin. Ertalab hovuz bo‘yida yig‘ilamiz. Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) Vositali hamda vositasiz to‘ldiruvchilar fe’l kesimga bevosita tobelangan; B) Aniqlovchi kesimga bevosita tobelangan; C) payt va o‘rin hollari ishtirok etgan. D) Fe’lning fe’lga tobelanishi yuz bermagan; 12 / 30 12. «Har o‘lkani urushib olmoq siyosat emas.Urush choralarning eng so‘nggisi. Bir o‘lkani olmoq uchun eng yaxshi chora – shul o‘lkaning o‘zida do‘stlar topmoq, shularni ishlatmakdir» Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) “Sohibqiron” B) “Qutadg‘u bilig” C) “Abulfayzxon” D) “Devonu lug‘ot at-turk” 13 / 30 13. Har ikkala gapda ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang. I)“So‘rasak ham, bermadi”, – dema. So‘rashni bilmading, hech bo‘lmasa yolg‘on gapirma. II)Aqling tuyachiga o‘xshaydi, sen esa tuyasan. Aqling seni rom qiladi, xohlagan joyiga tortib ketadi. 1)buyruq maylidagi fe’l 2)ko‘makchi fe’l 3)bo‘lishsizlik shakli 4)sof fe’l 5)harakat nomi 6)o‘timli fe’l A) 1 va 4 B) 3 va 5 C) 4 va 6 D) 1 va 2 14 / 30 14. Qaysi qatorda ergash gap nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan? A) Yovlar yakson bo‘lsin deb, Yigitlar jang boshladi, Yovlar qocha boshladi. B) Yomon bo‘lar, agar ko‘z yoshing tugab qolsa, kelgunicha baxt. C) Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi. D) Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta, past bo‘ladi. 15 / 30 15. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandarning huzuriga qaysi yurt hukmdori elchi qiyofasida keladi? A) Hind royi B) Chin xoqoni C) Eron podshohi D) Kashmir shohi 16 / 30 16. Qaysi qatorda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida yozilgan? 1)Abdulla Qodiriy – o‘zbek romanchiligining asoschisi. 2)Bulbul chamanni sevar, Odam – Vatanni. 3)Bu o‘zbek yigiti – tanti, mehribon. 4)Kitob, daftar, qalam – hammasini so‘mkamga soldim. 5)Mening o‘z muhabbatim bor – toza va musaffo. 6)Quyosh chiqdi – kunlar hali ham isimadi. A) 3 va 4 B) 2 va 6 C) 3 va 5 D) 1 va 3 17 / 30 17. “Go‘ro‘g‘li” dostoni haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. A) Shohdorxon Odilxonning elchilaridan podsholarining unga fuqaro bo‘lishini, boj-xiroj berishini talab qiladi. B) Shohdorxon xosiyatsiz tush ko‘rganligi uchun Ravshan va Gajdumbekni o‘limga mahkum etadi. C) Go‘ro‘g‘li Zaydinoyga oshiq bo‘lib qoladi, ammo Xoljuvonga va’da berganligi uchun tog‘asiga olib boradi. D) Go‘ro‘g‘li va Ahmadbek til biriktirib Xumoroyni o‘g‘irlaydi. 18 / 30 18. “Garov” hikoyasi haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. A) Qamoq jazosi vaqtida huquqshunos biror kunini ham kitob o‘qimay o‘tkazmadi. B) Huquqshunos o‘lim jazosidan qamoq jazosining afzal ekanligini isbotladi. C) Bankirning huquqshunos bilan garov o‘ynashiga asosiy sabab unda xusumati borligi edi. D) Huquqshunosning asl maqsadi banker beradigan ikki million pulga erishish edi. 19 / 30 19. Tovush o‘zgarishining uchala turi ham ishtirok etgan gapni toping. A) Mo‘minjon uzoq o‘ylanib, nafasini rostlab deydi: ”Halol nsonning ko‘ngli ezgulikka tashna bo‘ladi”. B) Bolaligi qishloqdagi boshqa tеngdoshlariniki qatori o‘tdi: qo‘y boqdi, suv tashidi, pichan o‘rdi, yantoq chopdi, somon to‘pladi. C) Shunda shahzodaning so‘nik yuzi go‘yo ganchdan yasalgan niqobday sovuq edi. D) Sario‘zak dashtlarini egallab olgan jungjanglar tomonidan aholini qullikka solish holatlari yuz bеrgandi. 20 / 30 20. Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Inson dengiz kabidir usti bilinadi ostida nimalar borligi qanday g‘alayonlar bo‘layotganini bilib bo‘lmaydi deydi Jaloliddin Rumiy A) “ , , , “ , − . B) “ : , , “ , − . C) “ : − , “ , − . D) “ , − , “ , − . 21 / 30 21. Qaysi qatorda iboraning izohi to‘g‘ri ? A) Yetti uxlab tushida ko‘rmaslik – Mutlaqo o‘ylamaslik; B) Qo‘yi mingga yetdi – Xursand bo‘di; C) Yuragi tars yorilib keta yozdi - Sevinib, juda kuchli hayajonlanmoq D) Yuragi qoq yorila yozdi - Sabr-chidami tugab, xunob bo‘lib ketmoq; 22 / 30 22. Berilgan so‘zlarning qaysi biri “xushka” so‘zining ochiq ma’nosi? A) terlama B) saraton C) temiratki D) bezgak 23 / 30 23. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan? Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh. A) husni ta’lil B) istiora C) tamsil D) tarse 24 / 30 24. Ushbu tuyuqdagi shakldosh so’zlarga berilgan XATO hukmni toping. Qadimni firoq mehnati yo qildi. Ko‘nglum g‘am-u anduh o‘tig‘a yoqildi. Holimni sabog‘a aytib erdim, ey gul, Bilmon, senga sharh qilmadi yo qildi. A) yo qildi – yoki (sharh) qildi; B) yo qildi – yoy, ya’ni kamonga o‘xshatib qo‘ydi; C) yoqildi – yoyildi, tarqaldi, ovoza bo‘ldi; D) yoqildi – yondi, kuydi, o‘rtandi. 25 / 30 25. Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo‘ying. Ota-onangga cheksiz xizmatda bo‘l, … bu ish senga armon bo‘lmasin. A) chunki B) ya’ni C) balki D) toki 26 / 30 26. Qaysi qatorda zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi. B) To‘satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi. C) Hammasini tinglardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo. D) Biz yoshlarni nafaqat tarbiyalashimiz, balki yangi hayotga ham tayorlashimiz darkor. 27 / 30 27. Gaplarni so‘z tanlashdagi xatolar bo‘yicha joylashtiring. A)Bizning kutubxonamizning elektron tizimi dunyo kutubxonalari kompyuter tarmog‘iga ulangan kutubxonalardan biri hisoblanadi; B)Men esa, ehtimol, obro‘talab odamlar ixtiyoriga tariximizning shonli sahifalari bitilgan asarlarni tuhfa etmoqchiman; C)Nashriyotlarimizda bolalarga xos keladigan badiiy kitoblar ham nashr qilinyapti; D)Avlodlarimizga bobolar ruhi etgan qimmatli kitoblar meros qolsin. 1)so‘zni noto‘g‘ri qo‘llash; 4)so‘zni tushirib qoldirish; 3)so‘zni o‘rinsiz takrorlash; 5)so‘zni ortiqcha qo‘llash. A) 1-C, 2-D, 3-B, 4-A B) 1-D, 2-C, 3-B, 4-A C) 1-B, 2-D, 3-A, 4-C D) 1-C, 2-D, 3-A, 4-B 28 / 30 28. O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so‘zlarni belgilang. A) sabr, chidash, bardosh B) qiyin, mushkul, mahol C) oldin, avval, dastlabki D) burch, majburiyat, mas’uliyat 29 / 30 29. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan qatorni belgilang. A) o‘z-o‘zidan, yangidan-yangi, qiychuvlashmoq B) baxt-saodatli, arzon-garov, kilovatt-soat C) to‘ppa-to‘g‘ri, kechayu-kunduz, qip-qizil D) aql-zakovat, dar-badar, bir-biridan 30 / 30 30. Yaxshisi, chopqillab chiqqin-da, kesak otib, boyqushni uchirtirib yubor. Berilgan gapda nutqning qaysi kommunikativ sifati buzilganligini aniqlang. A) aniqlik B) mantiqiylik C) to‘g‘rilik D) soflik 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot olimpiada