Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 16, 2022 498 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz olimpiada savollari! 1 / 25 1. Yozgan asarlari uchun kelajak avlod tomonidan “gullardan haykal” qurilishini orzulagan ijodkor kim va bu qaysi asarda aytib o`tiladi? A) Usmon Nosir / “Bog`im” B) Antuan de Sent Ekzyuperi / “Kichkina Shahzoda” C) Alisher Navoiy / “Sab’ai sayyor” D) Abay / “Nasiha so`zlar” 2 / 25 2. “Ulug’bek fojiasi” asarida Ulug’bek kimga nisbatan “Sadoqatli mard sardorim” deb murojaat etadi? A) Ota Murodga B) Berdiyorga C) Bek Arslonga D) Ali Qushchiga 3 / 25 3. Ot-kesim harakat nomi bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Chin so`zni yolg`on demak xo`b emas, dog`i chin degulik emas. B) O’zim har joydaman, ko’nglim sandadur C) Yaxshi ro’zg’or — jannat, yomon ro’zg’or — do’zax. D) Yo’qoling, siz bilan adi-badi aytishishga vaqtim yo’q! 4 / 25 4. Insholar didaktik maqsadlarga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? A) turga bo’linmaydi B) 2 C) 3 D) 4 5 / 25 5. Qaysi xususiyatiga ko‘ra insholar ikki turga bo‘linadi? A) inshoda qanday mavzu ifodalanishiga ko‘ra B) didaktik maqsadlara ko‘ra C) ma’nosiga ko‘ra D) ta’limiy maqsadlarga ko‘ra 6 / 25 6. Navoiyning qaysi fardida shoirning hasbi holi ifodalangan? A) “Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past…” B) “Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi…” C) “Yuqar yamonlig‘ angakim, kirar yamon el aro…” D) “Ulki, sanga eldin erur aybgo‘…” 7 / 25 7. Yuz jafo qilsa manga, bir qatla faryod aylamon, Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram. A. Navoiy qalamiga mansub ushbu mashhur bayt g‘oyasini aniqlang. A) farovon hayotni ulug‘lash B) xalqparvarlik C) vafodorlik D) zolimlik va jafokorlikni qoralash 8 / 25 8. Hammamizning onamizdir shu Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming tikan, Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan, Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun. Ushbu she’riy parchada qaysi so‘z turkumlari kesim vazifasida kelgan? 1) ot; 2) sifat; 3) ravish; 4) olmosh; 5) fe’l; 6) son. A) 2, 3, 5, 6 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 4, 5, 6 9 / 25 9. Qaysi gapda ega va ot kesim o‘rtasiga tire to‘g‘ri qo‘yilgan? A) Bizning sinfimiz – sakkizinchi. B) Bugun mening darslarim – ko‘p. C) Maqsadimiz – a’lo o‘qish. D) Atrof – juda go‘zal. 10 / 25 10. Badiiy asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud afsonaviy qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilib o‘tish qaysi badiiy san’atni vujudga keltiradi? A) irsoli masal B) tajnis C) tanosub D) talmeh 11 / 25 11. Qaysi dostonda ishlatilgan “G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob”, “Qilichdan seskanmas botirning tani”, “Gavharni ne bilsin ushalgan sopol” kabi baytlar hikmatli so‘zlar darajasiga ko‘tarilgan? A) “Ravshan” B) “Kuntug‘mish” C) “Rustamxon” D) “Alpomish” 12 / 25 12. Yer qish uyqusidan uyg‘ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi. Ariqlarning bo‘yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, ifor isli naparmon gullar bilan bezandi. Loyshuvoq tomlarda lolaqizg‘aldoqlar yal-yal yondi. Dalalardan yengil hovur ko‘tarilib, qirlarda anvoyi chechaklar ochildi. Qishloq va shaharlarning tor ko‘chalarida, maydonlarida bola-baqra ko‘paydi. Kichkintoylar akalari yasab bergan «laylak»larni uchiraman deb jonlari halak. Ahyon-ahyonda turnalar arg‘imchoq solib uchib o‘tishadi. Ularning dilni entiktiruvchi “qurey-qurey”lari osmonni tutadi... Ushbu matn qaysi nutq uslubiga tegishli? A) ilmiy B) badiiy C) publitsistik D) rasmiy 13 / 25 13. Qaysi qatorda egasi noma’lum gap berilgan? A) Dam olish kuni sayohatga borish kerak. B) Bugun teatrga borishimiz lozim edi. C) Eshik ochiq bo‘lsa ham so‘rab kir. D) Kechki ovqat pishirildi. 14 / 25 14. Sodda gap berilmagan javobni aniqlang. A) Mamlakatimizning bayramlari ko‘p, lekin Navro‘zning shukuhi va tarovati o‘zgacha. B) Kampir ba’zan mudrab, ba’zan o‘g‘li bilan nimalarnidir gaplashib o‘tirardi, C) Mening fikrimcha, bizlarni jaholat qorong‘iligidan qutqarmoqchi bo‘lgan bu odamning maslahatlariga amal qilasiz. D) Bu she’rni nafaqat menga bag‘ishlangani uchun, balki unda ulug‘ shoirning buloq suvlaridek musaffo qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman. 15 / 25 15. Qaysi gapda kesim vazifasini bajargan sifatlanmish qatnashgan? A) Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi. B) O‘zbekiston – Vatanim manim. C) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni yiqar D) Insonni sog‘lom qiladigan jismoniy mashqlardir, uning ma’naviyatini boyitadigan esa badiiy adabiyotdir. 16 / 25 16. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi firoqing dog‘i bor. (Lutfiy) Ushbu tuyuqda keltirilgan dog‘i bor tajnisli qofiyasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) otashi bor, yarasi bor, yana bor B) dog‘ bor, yara bor, yana bor C) yara bor, yana bor, bor ket D) yarasi bor, yana bor, otashi bor 17 / 25 17. Ona tilini e’zozlashni, qadrlashni va asrashni ma’rifatli millatlardan o‘rganing. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifa bajargan? A) kesim, to‘ldiruvchi B) aniqlovchi, hol C) kesim, hol D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi 18 / 25 18. Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi. A) “O‘zbekiston” B) “Qoraxat” C) “Na’matak” D) “O‘rik gullaganda” 19 / 25 19. ““Sen yetim emassan” she’ridan olgan taassurotlarim” nomli insho inshoning qaysi turiga kiradi? A) ilmiy insho B) adabiy insho C) rasmiy insho D) erkin insho 20 / 25 20. Xalq dostonlariga xos qaysi xususiyat yirik dostonchilik maktablarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi? A) ijrochidan ham badihada, ham ijroda katta ijodiy mahorat talab qilishi B) og‘izdan og‘izga o‘tib avloddan avlodgacha yetib kelgani C) xalq og‘zaki ijodida qadimiy epik an’ana hisoblangani D) asosan, do‘mbira jo‘rligida aytilishi 21 / 25 21. Qaysi gapda otlashgan sifat bilan ifodalangan uyushiq ega mavjud? A) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. B) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. C) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi D) Hayotda yaxshi ta’lim olgan va uni amalda qo‘llay bilganlar hech qachon qoqilmaydilar. 22 / 25 22. Bu gapning butun dahshati shu tobda bilindi. Ushbu gapdagi olmoshlarning vazifasini toping. A) aniqlovchi, aniqlovchi, hol B) aniqlovchi, aniqlovchi, aniqlovchi C) aniqlovchi, ega, hol D) aniqlovchi, aniqlovchi 23 / 25 23. Undov so‘zlar berilgan javobni aniqlang. A) eh, g‘ir-g‘ir, ofarin B) hoy, duv-duv, qars-qurs C) evoh, beh-beh, uf D) ehtimol, shubhasiz, albatta 24 / 25 24. So‘zlarning tobe bog‘lanishini aniqlang. A) taklif, mulohazalar B) gul bilan bulbul C) quvonib gapirmoq D) dam o‘qiydi, dam yozadi 25 / 25 25. Aruzdagi qaysi vaznlar o‘zbek she’riyatida eng ko‘p qo‘llanadi? A) ramal, hazaj, mutaqorib B) ramal, hazaj, rajaz C) ramal, rajaz, mutaqorib D) mutaqorib, hazaj, rajaz 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 10 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6