Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 12, 2022 213 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz olimpiada savollari! 1 / 25 1. Bilan ko'makchisi vosita ma'nosini anglatgan birikmalar qatorini aniqlang. A) Pochta bilan jo'natmoq, poezd bilan bormoq B) Shaxd bilan kirmoq, qunt bilan o'rganmoq. C) G'ayrat bilan ishlamoq, mas'uliyat bilan yondashmoq. D) Shoirlar bilan uchrashuv, kitob bilan muloqot. 2 / 25 2. “Ravshan” dostonining nasriy qismida ko`proq qaysi she’riy san’atdan foydalanilgan? A) Tashbeh B) Ko`chim C) Saj D) Mubolag`a 3 / 25 3. Qaysi ko‘makchilar bosh kelishikdagi ismlarga qo‘shiladi? A) -dek, yanglig‘, tomon, doir B) bilan, singari, yarasha C) kabi, uchun, singari, sari D) muvofiq, singari, bilan, bo‘ylab 4 / 25 4. Quyidagi misralar kimning she’ridan olingan?”Aziz tuprog’ingni ko’zimga surtib, Bahorda barglarga yuzimni surtib Insonlik hurmati ichaman qasam.” A) Mirtemir “Bu men tug’ilgan tuproq…” B) Shuhrat “Mardlik afsonasi”balladasi” C) S.Zunnunova “Mening vatanim” D) A.Muxtor “Tug’ilish” 5 / 25 5. Nima sababdan “birov” so’zi gumon olmoshi hisoblanadi? A) –ov qo’shimchasi mavjudligi uchun B) “Kimdir” so’zi bilan erkin almashina olgani uchun C) “birov” so’zi gumon olmoshi emas D) “Nimadir” so’zi bilan erkin almasha olgani uchun 6 / 25 6. She’riy misradagi bo‘g‘inlarning muayyan guruhlarga bo‘linishi nima deyiladi? A) hijo B) turoq C) vazn D) qofiya 7 / 25 7. Quyidagi asarlardan qaysi biri roman-tetralogiyaga misol bo‘la oladi? A) H. Nu’mon va A. Shorahmedov “Ota” B) M. Ismoiliy “Farg‘ona tong otguncha” C) Muhammad Ali “Ulug‘ saltanat” D) Said Ahmad “Ufq” 8 / 25 8. U rostini gapirib bergani uchun onasi urishmadi, balki yolg‘on gapirish odobli bolaning ishi emasligini aytdi. Ushbu gapdagi teng bog‘lovchi qanday mazmuniy munosabatni ro‘yobga chiqarmoqda? A) chama, taxmin B) inkor C) zidlov D) ayiruv 9 / 25 9. Hamid Olimjon o‘z she’riyatida shunday kamolot darajasiga erishadiki, u so‘zdan tanbur torlaridek turli pardalarda foydalanar, uni o‘ynata, jaranglata bilardi. Ushbu gapda olmoshlar nimaga ishora qilgan? A) so‘z birikmasiga B) shaxsga C) gapga D) shaxs va narsaga 10 / 25 10. Tong otmoqda. Tong o‘qlar otar, Tong otmoqda, Quyosh – zambarak. Yaralangan Yer shari yotar Boshlarida yashil chambarak. (Rauf Parfi) Ushbu she’riy parcha haqida to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Ushbu she’riy parchada Quyosh va tong birgalikda Yerni halok qilish tasviri uchraydi. B) Ushbu she’riy parchada Yerning Quyoshga isyoni tasvirlangan. C) Ushbu she’riy parchada Quyoshning Yer sharini yaralash orqali unga o‘lim keltirishi tasvirlangan. D) Ushbu she’riy parchada Quyoshning Yerda hayot paydo qilishi tasvirlangan. 11 / 25 11. Qaysi gapda ravish turkumiga oid so‘z boshqa javoblarga qaraganda kam? A) Birdan koridorning narigi chetida kimningdir tez yurib kelayotgani eshitildi. B) Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham ochiqchasiga va mardlarcha fikr bildiring. C) Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda tezroq yugurar ekan. D) Dardim jim ichimga yutaymi endi? 12 / 25 12. Xalq dostonlari haqidagi qaysi fikr xato? A) doston qahramoni yorini tushda ko‘radi B) doston qahramoni yorini oyda ko‘radi C) doston qahramoni yorini oynada ko‘radi D) doston qahramoni yorini uzukda ko‘radi 13 / 25 13. Quyida berilgan qaysi gapda yordamchi so‘z turkumlarining har bir turiga oid birliklar qatnashgan? A) Siz ham bu ishga qadam qo‘yishdan ilgari bir karra o‘ylab ko‘rsangiz bo‘larmidi? B) U nihoyatda ziyrak, idrokli, keng mushohadali, o‘ta qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq, mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turardi. C) Bu zanjir ila zamonga daxldorsan, sen ham ahli olam qatori uchinchi ming yillikda yashamoqdasan. D) Bu maqsad sari qo‘yilgan birinchi qadamgina emas, balki kelajakka ishonch belgisidir. 14 / 25 14. Qaysi asarda “Bo‘g‘zimda qolmasin erk to‘la kuyim”, “Oyoqosti bo‘lmasin ajdodim go‘ri”, “O‘tirmasin yov chiqib uyim to‘riga” kabi badiiy tasvirlar uchraydi? A) “Turkman binosi” B) “Buzilgan o‘lkaga” C) “Bu – men tug‘ilgan tuproq” D) “Mardlik afsonasi” 15 / 25 15. Qaysi gapda vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etmagan? A) Choy qaynatib ichishni-da unutdi. B) Bulut bo‘ldi-da, yomg‘ir yog‘madi. C) . . . chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab ketdi. D) Birrov kirdi-da, chiqib ketdi. 16 / 25 16. Iqbolxonning ish stolidagi mitti guldonda sovuqdan ochilmay qolgan atirgulning ikki dona g‘unchasi turar edi. Ushbu gapda qaysi so‘z turkumiga oid so‘z mavjud emas? A) fe’l B) sifat C) son D) ravish 17 / 25 17. Qaysi gapdagi belgilash olmoshi to‘pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgi kabilarni bildiradi? A) Kelganlarning hech birini tanimas ekanman. B) O‘g‘limning har bir holidan xabar olib turish sening vazifangdir. C) Hamma nopok, hamma egri, yolg‘iz siz to‘g‘ri. D) Bu gapning butun dahshati shu topda bilindi. 18 / 25 18. Qaysi qatorda o‘zlik olmoshi ikki marta qo‘llangan gap berilgan? A) O‘zga yurtda shoh bo‘lgandan, o‘z yurtingda gado bo‘lgan afzal. B) O‘zimga o‘zim gapira boshladim. C) O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil. D) Barcha gaplarda o‘zlik olmoshi ikki marta qo‘llangan 19 / 25 19. Murodxonga: - Jon o‘rtoq, bedanalarni qo‘yib yubor…., onalarining oldiga bor…sin, bizni duo qilishadi, - degandim, darrov rozi bo‘l…, uylaridan katta qaychi olib chiq... Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga quyidagi qo‘shimchalardan qaysi biri qo‘yilmaydi? A) fe’lga xos bo‘lgan mayl qo‘shimchasi B) fe’lga xos bo‘lgan harakat nomi qo‘shimchasi C) fe’lga xos bo‘lgan zamon qo‘shimchasi D) fe’lga xos bo‘lgan nisbat qo‘shimchasi 20 / 25 20. Muhammad al-Xorazmiyning handasa ilmiga oid yozgan asarlari hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zning hozirgi kundagi ko‘rinishini toping. A) astronomiya B) geometriya C) matematika D) fizika 21 / 25 21. Har kishikim birovga qozg‘oy choh, Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh. Baytida qanday she’riy san’at qo‘llangan va bu bayt kim haqida? A) irsoli masal, Navdar B) tashbih, Jobir C) irsoli masal, Jobir D) tashbih, Suhayl 22 / 25 22. Idish nuqsonlidir, gar bo‘lsa qadoq, (1) Aslo ayb bo‘lmas qo‘ldagi qadoq. (2) Ilmga bag‘ishlab o‘tkaz har onni, Aqling botmon bo‘lsin, vazning bir qadoq. (3) (A. Shukurov) Ushbu she’rda raqamlab ko‘rsatilgan shakldosh so‘zlardan qaysi biri hisob so‘z bo‘lib kelmoqda? A) 3 B) 1 C) hisob so‘z mavjud emas D) 2 23 / 25 23. Berilgan she'riy baytlarning qaysi birida mutlaq qofiya ishlatilgan? A) Ul nadurkim sabz to‘nlik, yoz yog‘ochning boshida, Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida. B) Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman, Qayda dard eli bo‘lsa, oshno Uvaysiyman. C) Ul na gumbazdur eshigi, tuynugidin yo‘q nishon Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makon. D) Ki bulbul nola, afg‘on aylamakni mendin o‘rgandi Vuv judin sham’i so‘zon aylamakni mendin o‘rgandi. 24 / 25 24. Qaysi gapda ko‘chma ma’noli so‘z ishtirok etmagan? A) Eski buloqning ko‘zi ochildi. B) Soqchi ota-onam borligiga ishonmadi, shekilli, gapni aylantiraverdi. C) Bu olamda men kezmagan yurt kam edi, - deb davom etdi Bobur o‘ychan ohangda. D) Kemtik oy cho‘qqilar orasidan mo‘ralaydi. 25 / 25 25. O‘lmas Umarbekovning qaysi qissasida yoshgina ayolning sirli o‘limi sabablarini ochish, fojia manbalarini o‘rganish, qotillarni aniqlash barobarida asar qahramonlarining ma’naviy qiyofalari oydinlasha boradi? A) “Yoz yomg‘iri” B) “Odam bo‘lish qiyin” C) “Fotima va Zuhra” D) “Oq qaldirg‘och” 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6