Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 2383 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 3 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Boqi Muhammad qanday tadbirlarni amalga oshiradi? A) qo‘shin tarkibini yangilash va muntazam qo‘shin tashkil etdi; B) agrar islohot o‘tkazildi, yer egalarining soliq tolamaslik tartibi bekor qilindi; C) mamlakatdan jungorlarni haydab chiqarish, Toshkentda qozoqlar hukmronligiga chek qo‘ydi; D) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko‘p urindi. Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi; 2 / 25 Ko‘rsatib o‘tilgan belgilardan qaysi biri kapitalizmga xos emas edi? A) xususiy mulk B) bozor munosabatlari C) demokratiya D) tadbirkorlik faoliyatining cheklab qo‘yilishi 3 / 25 O‘rta asr Yevropasida qanday universitetlar to‘la mustaqil bo‘lganligini aniqlang? A) qiroldan maxsus yorliq olgan B) xususiy universitetlar C) grafliklarda tashkil qilingan universitetlar D) qirol tomonidan tashkil qilingan universitetlar 4 / 25 “Sening ortingda islomning dushmani turgani sir emas. Sen butun musulmonlarning sultonisan. Men bunday paytda senga qarshi bo‘lishni istamayman. Taqdir qo‘lida senga qarshi qurol bo‘lishni xohlamayman. Men kabi odam seningdek insonga qarshi qilich ko‘tarishi kechirilmas holdir!” deb yozilgan maktubni Jaloliddin Manguberdiga kim yo‘llaydi? A) Bag‘dod xalifasi Nosir B) Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish C) Mo‘g‘ul xoni Chingizxon D) Misr sultoni Barquq 5 / 25 1775-yil Amerikaning Filadelfiya shahrida II Kontinental Kongress chaqirilgan bo‘lib, Kongress qatnashchilari … A) “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni parlamentga topshirdilar va prezidentlik lavozimiga ovoz berdilar. B) mustamlaka shtatlarni Angliya hukumati bilan kelishtirishga, tinch yo‘l bilan mustaqillikni qo‘lga kiritishga harakat qildilar. C) urushni to‘xtatishga ovoz berdilar va “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qizg‘in muhokama qildilar. D) urush boshlashga ovoz berdilar va Amerika qurolli kuchlarining bosh qo‘mondonini tayinladilar. 6 / 25 V asrda barpo etilgan Zog‘ariq va Bo‘zsuv kanallari suv bilan ta’minlab turgan hududlarda qadimda qaysi xalqlar yashagan? A) saka-xaumovarka B) massagetlar C) saka-tigraxauda D) saka-tiay-taradarayya 7 / 25 “Amir Temur Rusning Oltin O‘rda zulmidan xalos bo‘lishini hamda bu davlatning yuksalishini tezlashtirdi”. Ushbu fikr qaysi kitobdan keltirilgan? A) “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” B) “Buyuk Temur” C) “Temur tuzuklari” D) “Ikki buyuk sarkarda” 8 / 25 Yevropalik olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqoti qaysi asarda aks etgan? A) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” B) “Buyuk Temur tarixi” C) “Amir Temur hikmatlari” D) “Ikki buyuk sarkarda” 9 / 25 Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati ancha rivojlangan edi. Birgina Buxoro shahrining o‘zida usta hunarmandlar tomonidan necha turdagi cholg‘u asboblari yasalgan? A) yigirma turdagi B) o‘n besh turdagi C) o‘ttiz turdagi D) o‘n turdagi 10 / 25 Abruy qo‘zg‘olonidan jabrlangan boy mulkdorlar va savdogarlar qayerga qochishadi? A) G‘arbiy Sibr va Yettisuvga B) Eron hududiga C) Turkiston va Taroz atroflariga D) Sharqiy Turkiston va Yettisuvga 11 / 25 XIV asr oxiriga kelib qaysi omillar Malining zaiflashishiga sabab bo‘ladi? A) Feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar B) Tinimsiz urushlar, sulolaviy nizolar C) Feodal tarqoqlik, tinimsiz urushlar D) O‘zaro urushlar, iqtisodiy inqiroz 12 / 25 O‘rta Osiyoda temir davriga kelib aholi orasida qaysi tabaqaning ta’siri tobora kuchayib borgan? A) Harbiy sardorlar B) Kohinlar C) Qabila-urug‘ oqsoqollari D) Jangchilar 13 / 25 Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Kapova g‘ori, Selung‘ur, Teshiktosh paleolit davri manzilgohlari hisoblanadi; B) Neolit davri oxirida odamlar misdan foydalanishga o‘tishdi; C) Chorvachilik va dehqonchilik neolit davrining eng katta ixtirosidir; D) Neolit davrida idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi; 14 / 25 Ma’lumki, Yaponiya 1592-yil Koreyaga qarshi hujum boshlagan edi. Lekin bu hujum samarasiz yakunlandi. Bunga sabab nima edi? A) Yevropa davlatlarining Koreyani harbiy qurollar bilan ta’minlashi B) Dengizda dovul turib, Yapon kemalarining halokatga uchrashi C) Yaponiyada boshlangan ichki g‘alayonlar D) Xitoyning Koreyaga ko‘rsatgan harbiy yordami 15 / 25 Shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega emasdi. Bunga ... A) dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi; B) ma’muriy tuzum yaxshi tashkil etilmaganligi bo‘ldi; C) dargohdagi mansablar faqat xonga yaqin kishilardan tayinlangani sabab bo‘ldi; D) boshqaruv sohasida muammolar borligi sabab bo‘ldi; 16 / 25 XIX asrda Buxoro amirligi hududi shimolda qayergacha borgan? A) Pomir tog‘lari B) Xiva xonligi C) Sirdaryo D) Amudaryoning chap qirg‘ogi 17 / 25 Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida ta’limga oid to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1)XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktablar faoliyat yuritgan; 2)o‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o‘qitilgan; 3)o‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo‘jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan; 4)qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan; 5)bolalar maktabga 5-6 yoshdan berilgan; 6)bolalar maktabda 5-8 yil davomida boshlang‘ich ta’lim olganlar; A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 4, 6 18 / 25 Buyuk Britaniya uchun Gibraltar bo‘g‘ozi Fransiyaning emas, balki boshqa qaysi davlat tasarrufida bo‘lishi ma’qul edi? A) AQSh B) Italiya C) Ispaniya D) Rossiya 19 / 25 Buxoro xonligida eng muhim tabiiy fanlar o‘qitilmasligi sababini aniqlang. 1)diniy mutaassiblikning kuchayganligi; 2)darsliklar yetishmasligi; 3)tashqi aloqasi o‘zi kabi kam taraqqiy etgan davlatlar bilan cheklanib qolganligi; 4)ilg‘or Yevropa davlatlari bilan aloqani yo‘lga qo‘ya olmaganligi; A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 4 20 / 25 “Temur tuzuklari”ga ko‘ra, Amir Temur vazirlarda qanday sifatlar bo‘lishi kerakligi haqida to‘xtalib o‘tgan? A) Xalqni sevuvchi, ardoqlovchi, xushmomila bo‘lishi B) Sabr matonatlilik, chidamlilik, aqil farosatlilik, aholi orasida e’tiborga sazovor bo‘lgan shaxslar C) Aqlli, farosatli, raiyat ahvolidan xabardor bo‘lishi D) Asillik, toza nasllilik, aql-farosatlilik, sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lishlik, sabr chidamlilik va tinchliksevarlik 21 / 25 Qaysi tarixchi o‘z qaydnomalarida Amir Temur qo‘shinlarida ayollardan iborat bo‘linmalar bo‘lganligini yozib qoldirgan? A) Ibn Arabshoh B) Ibn Battuta C) Ibn Xaldun D) Abu Bakr Kalaviy 22 / 25 Ilk o‘rta asrlarda qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda kimlar sarkor ishboshi sifatida faol qatnashganlar? A) Mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari B) Kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar C) Qishloq jamoalarining azolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari D) Kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar 23 / 25 XV asr o‘rtalarida yuz bergan qaysi omil Xitoyning ichki taraqqiyoti va tashqi siyosatiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi? A) Shimoldan manjurlar hujumining boshlanishi B) Qishloq xo‘jaligi inqirozga yuz tutishi C) Iqtisodiy inqirozning boshlanishi D) Hokimiyat uchun sulolaviy nizolarning avj olib ketganligi 24 / 25 Quyidagilardan Kiyev Rusidagi vaziyatni yanada murakkablashtirgan omilni aniqlang? A) qonli urushlar B) iqtisodiy inqiroz C) qipchoqlar hujumlari D) nemislar hujumi 25 / 25 Fransiyada ikkinchi respublika vujudga kelgan yilda .... A) Afrika qit’asida Liberiya davlati tuzilganligi e’lon qilindi; B) Ikkinchi afyun urushi nihoyasiga yetdi; C) Rossiya-Turkiya o‘rtasida “Qrim urushi” kelib chiqdi; D) Eronda bobiylar qo‘zg‘oloni boshlandi; 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6