Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №6 Tarix olimpiadaTuman 2024-2025 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №6 InfoMaster Oktabr 22, 2024 466 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o’quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 20 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Tarix olimpiada №6 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 Londondagi Tauer ko‘prigining qurilishi tugallangan yilda sodir bo‘lgan voqeani toping. A) R. Dizel tomonidan yonilg‘i siqilganida o‘z- o‘zidan alangalanib ketadigan yangi dvigatel yaratiladi B) Rossiya imperiyasi tomonidan Kushka shahri egallandi C) Avstriyada hukumat tomonidan ishchilar harakatiga qarshi “Favqulodda qonun” joriy etildi 1 2 / 30 “Yilnomalar to‘plami” asari muallifini aniqlang A) Mir Olim Buxoriy B) Muhammad Hakimxon C) Muhammad Ya’qub ibn Doniyolbiy Buxoriy 2 3 / 30 Quyidagilardan Franklar davlatida Buyuk Karl hukmronlik qilgan yillar oralig‘ida sodir bo‘lgan voqeani toping. A) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi B) Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tdi C) O‘g‘uzlar davlati qipchoqlar zarbasiga uchrab bo‘linib ketdi 3 4 / 30 Andijon qaysi davrdan boshlab Farg‘ona vodiysining markaziga aylangan? A) XVII asrdan boshlab B) XVI asrdan boshlab C) XV asrdan boshlab 3 5 / 30 “Jorulloh” nomi bilan mashhur alloma yurtida davlat chegarasi janubi g‘arbda qayergacha borgan? A) Iroq B) Badaxshon C) Marv 3 6 / 30 Afrikadagi Mali davlati nima uchun kuchsizlana borgan va qachon butunlay inqirozga uchragan? A) tashqi dushmanlar hujumi, ularning taxt uchun kurashining avj olganligi va XIV asrda B) feodallarning bir-biriga hujumi, taxt uchun kurashning avj olganligi va XIV asrda C) feodallarning mustaqillikka intilishlari, taxt uchun kurashning avj olganligi va XVII asrda 1 7 / 30 Temir davri bilan bog‘liq nomuvofiq javoblarni aniqlang. 1) temir buyumlarning ommalashuvi asta-sekinlik bilan davom etgan; 2) temir davri boshlarida Old Osiyo aholisi bir necha guruhlarga bo‘lingan edi; 3) temirdan birinchi bo‘lib foydalangan xalq Kichik Osiyolik xalqlar edi; 4) O‘rta Osiyoda temir buyumlarning tarqalishi mil. avv. XIV-XIII asrlarga to‘g‘ri keladi; 5) temir davrida ijtimoiy tizim taraqqiyotida hududiy qo‘shnichilik jamoasi shakllandi; 6) temir davrida ona urug‘i davridan ota urug‘i davrida o‘tildi; A) 2, 4, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 4 3 8 / 30 Qadimgi Italiya hududida yashagan etrusklar nima maqsadda yunon koloniyalari bilan kurash boshladi? A) Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun B) Appenin yarimoroliga egalik qilish uchun C) Keng ko‘lamda qurilish ishlarini olib borish uchun 2 9 / 30 Quyidagilardan noto‘g‘ri javobni toping. A) “Husn-u dil” dostonida Raqib, Fasod, Nafs obrazlari salbiy sifatlar sifatida turli yovuzliklar timsoli qilib tasvirlanadi B) “Qushlar munozarasi” asarida 12 ta qush o‘rtasidagi bahs tasvirlanadi C) “Husn-u dil” asarida yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi qarashlarda xayrli intilishlar, aql va oliyjanob niyatlar ustun keladi 3 10 / 30 Yurtimizda F. Xo‘jayev tavalludining 100 yilligi qachon nishonlangan? A) 1996-yil B) 2002-yil C) 1994-yil 3 11 / 30 1992-yildagi referendum natijasiga ko‘ra, qaysi mamlakat aholisi bo‘linishga qaror qildi? A) Chexoslovakiya B) Serbiya-Chernogoriya C) Bosniya va Gersogovina 4 12 / 30 Amerikada birinchi manufakturalar qachon paydo bo‘ldi? A) XVIII asrning ikkinchi yarmida B) XVIII asrning birinchi yarmida C) XVII asrning birinchi yarmida 1 13 / 30 Quyidagi qaysi javob Livan davlati tarixi bilan bog‘liq? A) 1975-yil falastinlik jangarilar bilan xristianlar otryadlari oʻrtasidagi toʻqnashuv fuqarolar urushini boshlab berdi B) Jahonda aniqlangan neft zaxiralarining 1/4 qismi shu yerda joylashgan edi C) Feysalning obroʻsi ortib borib, Eron bilan munosabatlarni yaxshilay boshladi 3 14 / 30 1556-yilda Sirdaryonining quyi etagiga ko‘chib kelgan qoraqalpoqlar qaysi xonlik tarkibiga kirgan? A) qozoqlarning Kichik Juz xonligi B) No‘g‘ay xonligi C) qozoqlarning O‘rta Juz xonligi 3 15 / 30 Quyidagi ma’lumotlardan noto‘g‘ri javobni aniqlang. A) Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori bo‘lgan. Boyazid qoraqo‘yunlar, muzaffariylar, jaloyiriylarning Amir Temurga qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada 1402-yilda ikki davlat o‘rtasida urush boshlanadi. Bu jangdagi Amir Temurning g‘alabasi Rus knyazliklarining birlashishlari uchun buyuk ahamiyat kasb etadi B) Amir Temur o‘z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Fors, Ozarbayjon, Iroq, Suriya hududlariga uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlarni amalga oshiradi C) Amir Temurning har bir harbiy yurishiga turtki bo‘ladigan sabablar bo‘lgan. Bu sabablar – o‘z davlati chegaralarini mustahkamlash, tashqi dushmanlardan himoyalanish, karvon yo‘llarini turli yo‘lto‘sarlardan tozalash, xiyonatchi, sotqin, aldamchilarni jazolash, bo‘ysunmaganlarni itoat ettirish, o‘zining siyosiy ta’sirini kengaytirish edi 3 16 / 30 Eronda qaysi shoh davrida demokratik harakatlar ta’siri ostida zamindor zodogonlarning nafaqasi qisqartirilgan va feodal zamonga xos unvonlari bekor qilingan? A) Shoh Muzaffariddin B) Muhammad Alishoh C) Abdulhamid II 3 17 / 30 O‘rta asrlar tarixi bilan bog‘liq noto‘g‘ri berilgan ma’lumotni aniqlang. A) Konstantinopol shahri o‘rnidagi yunonlarning Megara shahri koloniyasi Vizantiy nomidan ko‘pincha Vizantiya deb ham atashgan B) Xalqlarning buyuk ko‘chishlari davrida Itil (Volga) daryosi havzasida yashagan turkiy bulg‘or qabilasi janubga ko‘chib, hozirgi Bolqon yarimorolidagi Bolgariyaga borib joylashgan C) Xristian katolik cherkovi homiyligida bo‘lgani uchun Muqaddas Rim imperiyasiga “muqaddas” nomi berilgan 4 18 / 30 9. Yunon olimi Ptolemey Yer olam markazidir, degan qoidasini xato ekanligini birinchi bo‘lib kim isbotlagan? A) Nikolay Kopernik B) Jordano Bruno C) hali fanda isbotlanmagan 2 19 / 30 Rossiyada qaysi hukmdor davrida davlat lavozimlarini faqat zodagon naslidan bo‘lgan kishilar egallashi tartibiga chek qo‘yilgan? A) Pyotr I B) Ivan IV C) Yekaterina II 3 20 / 30 O‘rta asrlarda Fransiya yaxlit markaziy hokimiyatga bo‘ysundirilgan davrda yuz bergan voqeani toping. A) Maderiya, Azor, Kanar orollari kashf etildi B) Germaniya Shimoliy dengizda raqobatchisi Daniya qiroliga zarba berdi C) Oltin O‘rda ulus nomi bilan to‘rtta yirik viloyatga bo‘linib ketdi 1 21 / 30 O‘rta asrlarda chetga dori-darmon, rangli shisha buyumlar, bo‘yoq chiqargan hudud Mirzo Ulug‘bek tomonidan qachon egallangan? A) 1413-yil B) 1425-yil C) 1414-yil 4 22 / 30 Qaysi javobda Afg‘oniston hukmdori Abdurahmon boshqaruvi davrida o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘ri berilgan? 1) mamlakatda yagona pul birligi joriy etildi; 2) yagona soliq joriy etildi; 3) mamlakat uchun bir xil tosh-tarozi joriy qilindi; 4) chet el savdosi uchun boj to‘lovlarini oshirdi; 5) mamlakat uchun yagona uzunlik o‘lchovlari joriy etildi; 6) mamlakatni yangi konstitutsiyasini qabul qildi. A) 1, 3, 5 B) 1, 4, 6 C) 2, 4, 5 3 23 / 30 Amir Temur davlatining tarkibiy tuzilishi harbiy- siyosiy tartiblarga asoslangan bo‘lsa-da ... A) jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini ta’minlash nazarda tutilgan edi B) boshqaruv faqat qarindoshchilik udumlariga asoslangan edi C) mamlakatdagi barcha boshqaruv mahalliy boshqaruvga asoslanib, yerli aholiga qoldirilgan 2 24 / 30 Samarqand shahrida qancha yirik tarixiy me’moriy yodgorliklar mavjud? A) 70 dan ortiq B) 40 dan ortiq C) 10 dan ortiq 4 25 / 30 XX asr boshlarida Fransiya temir rudasi qazib chiqarish bo‘yicha qaysi davlatlarni ortda qoldirdi? A) AQSH va Germaniya B) AQSH va Buyuk Britaniya C) Rossiya va AQSH 4 26 / 30 Ikkinchi jahon urushi davrida jang maydonlaridan qaytmagan o‘zbek yozuvchi va shoirlarini aniqlang. A) Mirtemir, Turob To‘la, Mirmuhsin B) Obidjon Abdurahmonov, Sulton Jo‘ra, Burhon Tursunov C) Usmon Nosir, Oybek, G‘afur G‘ulom 3 27 / 30 Fermopil jangining Ahamoniylar davlati uchun muhim bo‘lgan jihatini aniqlang. A) makedoniyaliklarni o‘zlariga qaram qilishadi B) jangdan keyin forslar O‘rta Yunonistonga yetib borishadi va Afinani egallashadi C) bu jangdan so‘ng forslar O‘rtayer dengiziga chiqishadi va Finikiyani egallashadi 3 28 / 30 Kim Jaloliddin Manguberdi qudratini zaiflashtirish, uning ittifoqchilari o‘rtasiga raxna solish siyosatini tutdi? A) Malika Xotun B) O‘zbek C) G‘iyosiddin 1 29 / 30 Buxoro xonligida harbiy qo‘shin qismlari (bo‘linmalari) va ularning harbiy yurishlar vaqtidagi vazifalari o‘zaro to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang.1)chanoh; 2) katta va kichik g‘ullar; 3) manglay; 4) tug‘chi. a)dushman tomonidan asir olib kelish; b) davlat bayrog‘ini qo‘riqlash; c) qo‘shinning qalb qismini dushmanning bexosdan qilinadigan hujumidan saqlash; d) qo‘shinning o‘ng va chap qanotlarini qo‘riqlash; e) Oliy bosh qo‘mondon (xon) va sarkardalarni himoya qilish. A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-e B) 1-d, 2-e, 3-c, 4-b C) 1-e, 2-d, 3-a, 4-b 4 30 / 30 Ma’lumki, Xiva xonligi tashkil topgan davrda uning hududi katta bo‘lmagan. Xonlik hududi ... o‘z ichiga olgan. 1) g‘arbda; 2) shimolda; 3) janubda. Orol dengizi havzasini; b) Kaspiy dengizini; c) Atrek daryosi hamda Saraxs atrofigacha bo‘lgan hududini. A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-b, 2-c, 3-a C) В) 1-a, 2-b, 3-c 3 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6