Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 1469 Ko'rishlar 4 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Quyidagi shaxslar faoliyat ko‘rsatish vaqtini to‘g‘ri ketma-ketlik tartibida belgilang. 1) Oliver Kromvel; 2) Jorj Vashington; 3) Napaleon Bonapart; 4) Martin Lyuter. A) 1, 4, 3, 2 B) 1, 4, 2, 3 C) 4, 1, 2, 3 D) 4, 1, 3, 2 2 / 25 Quyidagi kashfiyotlar qaysi davrda kashf etilganini toping. o‘q-yoy; sun’iy olov; 1) neolit davrida; 2) mezolit davrida; 3) bronza davrida; 4) so‘nggi paleolit davrida. A) a – 2; b – 3. B) a – 1; b – 3. C) a – 1; b – 4. D) a – 2; b – 4. 3 / 25 Hindistonda Boburiylar davrida qaysi fanlar Yevropa fanidan ancha oldinlab ketdi? A) astronomiya, matematika B) tibbiyot, astronomiya C) matematika, tibbiyot D) matematika, geografiya 4 / 25 Noto‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Imperator U-Di elchi Chjan Syanni mamlakatning shimoliy tumanlarini talon taroj qilayotgan ko‘chmanchi qabilalarga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo‘natadi; B) Kanishka hukmronligi davrida davlat poytaxti hozirgi Pokiston hududiga ko‘chiriladi; C) Xitoyda qog‘oz ixtiro qilingan davrda Rimda muntazam yollanma qo‘shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar. D) Mil. avv. 71-yilning kuzida ro‘y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor-mor etildi, uning o‘zi esa asir olindi; 5 / 25 Kamoliddin Behzod o‘z davrida qanday nom bilan ulug‘langan? A) “Moniyi Soniy” B) “Aflotuni zamon” C) “Qiblat ul-kuttob” D) “val-milla” 6 / 25 Quyidagi javob variantlarida keltirib o‘tilgan qo‘zg‘olonlardan qaysi biri podsho hukumatining jabr- zulmiga qarshi bo‘lib o‘tgan? (XIX asr oxirida) A) Bobo Go‘klan qo‘zg‘olon B) Ernazarbiy qo‘zg‘oloni C) Matyoqub pishiq qo‘zg‘oloni D) Dinnosirbek qo‘zg‘oloni 7 / 25 Quyida berilgan qabilalar va ular yashagan hududlar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni toping. 1) massagetlar; 2) saka-tigraxauda; 3) saka-xaumovarka 4) saka-tiay taradarayya; a)Orol dengizi bo‘ylari va Sirdaryoning quyi oqimi; b)hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida; c)Pomir tog‘li tumanlari va Farg‘onada; d)Cho‘llar va Amudaryo bo‘ylarida. A) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a; B) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b; C) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c; D) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d; 8 / 25 Qang‘ davlatining asosiy shaharlari ... A) Chirchiq daryosi sohillar bo‘ylab joylashgan edi B) Toshkent shahri hududida joylashgan edi C) Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan edi D) Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan edi 9 / 25 Nechanchi asrda paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligi egallagan? A) X-XI B) XI-XII C) IX-X D) XII-XIII 10 / 25 Qadimgi Rim forumidan nimalar o‘rin olgan edi? A) bozor maydoni, yig‘ilish joyi va ibodatxona B) konsullarning uylari, bozor maydoni va kolizey teatri C) senat binosi, senatorlar uylari, ibodatxonalar D) senat binosi, altar va ibodatxona 11 / 25 To‘g‘ri hukmlarni aniqlang. 1) Panteon ibodatxonasining shiftlari gumbaz shaklida ustunlarsiz qurilgan; 2) Panteon so‘zi lotinchadan “barcha xudolar ibodatxonasi” degan ma’noni anglatadi; 3) Panteon ibodatxonasi yorug‘lik tushishiga qarab u o‘z rangini oltin rangidan havorang yoki kulranggacha o‘zgartirib, tuslanib turgan; 4) Qadimgi Rimning eng katta amfiteatri Kolizey bo‘lgan. A) 2, 4 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 4 12 / 25 Quyidagi inshootlardan qaysi birining bo‘yi balandroq? A) Trayan ustuni B) Ajinatepa buddasi haykali C) Sfinks haykali D) Ulug‘bek rasadxonasi 13 / 25 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nechinchi yilda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida yaqin o‘tmish tariximizga baho berib o‘tgan? A) 2016-yil 29-dekabr B) 20l6-yil 14-dekabrda C) 2016-vil 10-dekabrda D) 2017-yil 4-yanvar 14 / 25 XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Bolgariyada qaysi davlat nomzodlari hokimiyatni boshqargan? 1)Buyuk Britaniya; 2)Fransiya; 3)Avstriya-Vengriya; 4)Rossiya. A) 2 va 3 B) 3 va 4 C) 1 va 2 D) 1 va 4 15 / 25 Misr sultoni Barquq huzuriga quyidagi qaysi mamlakatlardan aynan bir yilda elchilar tashrif buyurgan? 1) Amir Temur davlati; 2) Turkiya; 3) Oltin O‘rda; 4) Xitoy; 5) Iroq; 6) Sivas. A) 1,4,6 B) 2,3,6 C) 2,3,5 D) 1,2,3,6 16 / 25 O‘rta asrlarda mardikor bozorlari bo‘lgan shaharlarni toping. A) Neapol, Pekin, Venetsiya B) Sevilya, Bag‘dod, Damashq C) Bag‘dod, Ishbiliya, G‘arnota D) Xanyan, Pekin, Tehron 17 / 25 Dehli sultonligida kim kuchli qo‘shin tuzib o‘zboshimcha feodallarni bo‘ysundiradi? A) Alouddin Xiljiy B) Feruzshox Tug‘luq C) Shamsiddin Eltutmish D) Muhammad Tug‘luq 18 / 25 Qaysi xalqaro tashkilot g‘olib davlatlarning dunyoni o‘zaro bo‘lib olishiga qonuniy tus berdi? A) Versal-Vashington tizimi B) BMT C) Millatlar Ligasi D) Versal tinchlik shartnomasi 19 / 25 Millatlar Ligasi Nizomiga kiritilgan mandat tushunchasi nimani bildiradi? A) to‘g‘ri javob yo‘q B) iqtisodiy tomondan boshqa davlatni birgalikda qaram qilish tushunchasi C) bir-biriga hujum qilmaslik tushunchasi D) ma’lum bir hududni boshqarish uchun vakolat tushunchasi 20 / 25 Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida O‘rta Osiyoda quyidagi qaysi yer egaligi bo‘lmagan? A) Mulki xolis B) Mulk C) Mulki Devon D) Mulki inju 21 / 25 Ikkinchi Puni urushlarining boshlanib ketishiga nima sabab bo‘lgan? A) Gannibal qo‘shinlarining Ispaniyadan Italiyaga qarshi yurushi B) Karfagenliklarning Ispaniyani bosib olishi C) Ssipion boshchiligidagi legionerlarning Shimoliy Shimoliy Afrikani talon-taroj qilishi D) Karfagen fuqarolarining Rimga o‘lpon to‘lashdan bosh tortishi 22 / 25 … da nashr qilingan antik davr mualliflari va gumanistlar asarlari butun Yevropada keng tarqalgan(a), va mashhur rassomlar, haykaltaroshlar, me’morlarni barakali ijodi uchun shahar-respublika hokimlari yaxshi sharoit yaratib berganlar(b). A) a-Neapol, b-Venetsiya B) a-Venetsiya, b-Florensiya C) a- Florensiya, b-Venetsiya D) a-Sevilya, b-Venetsiya 23 / 25 Noto‘g‘ri hukmni toping. A) Kir II ning Bobilni bosib olishi bilan Kambiz II ning taxtga chiqishi oralig‘idagi yillar soni Gerakl jang qilgan ajdar boshining soniga teng. B) Kambiz II ning taxtga chiqishi bilan Alarix boshchiligidagi gotlarning Rimga yurish qilishi oralig‘idagi yillar soni Xioniylar davlatining faoliyat yuritgan muddatiga teng. C) Doro I ning saklar ustiga yurish qilishi bilan Fors harbiy floti Egey dengizini kesib o‘tib, Attikaga langar tashlashi oralig‘idagi yillar Oktavian Rimning yakka hukmdori bo‘lib qolishidagi yilning soniga teng. D) Antioxning Salavkiya davlati hukmdori bo‘lgan yili bilan Yunon-Baqtriya tarixi boshlangan davr oralig‘idagi yillar soni Janna d’Arkni gulxanda yondirilgan kunning sa’nasiga teng. 24 / 25 Qadimgi dunyo tarixida qaysi davlat san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san’ati uslublari muvofiqlashgan edi? A) Rim imperiyasi B) Dovon C) Kushon D) Qadimgi Xorazm 25 / 25 Mo‘ynoqdagi eski maktabda, keyin Xivadagi Sherg‘oziyxon madrasasida o‘qigan shaxsni yashagan yillarini aniqlang. A) 1788-1875 B) 1824-1878 C) 1799-1880 D) 1827-1900 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6