Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №3 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 351 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. … da nashr qilingan antik davr mualliflari va gumanistlar asarlari butun Yevropada keng tarqalgan(a), va mashhur rassomlar, haykaltaroshlar, me’morlarni barakali ijodi uchun shahar-respublika hokimlari yaxshi sharoit yaratib berganlar(b). A) a-Sevilya, b-Venetsiya B) a-Neapol, b-Venetsiya C) a-Venetsiya, b-Florensiya D) a- Florensiya, b-Venetsiya 2 / 25 2. Qaysi atama italyancha so`z bo`lib qog`oz, hujjat degan ma`noni anglatadi? A) ekspansiya B) trest C) industriya D) kartel 3 / 25 3. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping (o‘rta asrlar). A) imperator Yustinian I - ostgotlar - Ravenna B) qirol Filipp IV – “Yuz yillik urush” - Tyudorlar sulolasining tugashi C) qirol Karl Martell - Puate janggi - Muqaddas Rim imperiyasi D) knyaz Vatslav - Piastlar sulolasi - xristian dini 4 / 25 4. Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi muhim savdo yo‘llarining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shaharlarning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ushbu shaharlar berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Antverpen va Venetsiya B) Lissabon va Seviliya C) Parij va London D) Venetsiya va Anqara 5 / 25 5. Lotin Amerikasiga AQSH kapitali kirib kela boshlagan davrni aniqlang. A) XX asr boshlari B) XIX asr oxiri C) XIX asr boshlari D) XIX asr o‘rtalari 6 / 25 6. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shaharlarni ketma-ketligida joylashtiring? 1. Sian 2. Yorkent 3. Samarqand 4. Dunxuan 5. Buxoro 6. Marv 7. Termiz A) 4, 1, 2, 3, 5, 7, 6 B) 1, 4, 3, 2, 5, 6, 7 C) 4, 1, 2, 3, 6, 5, 7 D) 1, 4, 2, 3, 5, 7, 6 7 / 25 7. Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqozo etgan omil qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) odamlarning o‘zini qurshab turgan tevarak-atrofni tushunishga intilishi; B) yuqumli kasalliklar, ochlik va qurg‘oqchilikni tez-tez takrorlanib turishi; C) davlatning iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari; D) mahalliy aholining kundalik hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik, binokorlik bilan bog‘liqligi; 8 / 25 8. Quyidagilardan asr boshida yuz bergan voqeani aniqlang. A) Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni nihoyasiga yetdi B) gollandiyaliklar Avstraliya qirg‘oqlarini tadqiq eta boshladilar C) okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella yaratildi D) Yevropa savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chdi 9 / 25 9. Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishining qaysi bosqichi uzoqroq davom etgan? A) birinchi bosqichi B) ikkinchi bosqichi C) to‘rtinchi bosqichi D) uchinchi bosqichi 10 / 25 10. Franklar davlatida qirolning qaysi ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ularning hokimiyatini kuchaytirdi? A) iqtisodiyot B) moliya C) soliq D) sud 11 / 25 11. Ma’lumki, O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi qaysi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar? 1) o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; 2) Davlat dumasida savdo-sotiq egalariga imtiyoz berish; 3) qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; 4) rus burjuaziyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; 5) turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish; 6) soliqlar masalasida radikal islohotlar o‘tkazish A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 6 D) 2, 4, 5 12 / 25 12. Noto‘g‘ri javobni toping. A) Aleksandr so‘g‘d zodagonlari – Xoriyen va Oksiartning Hisor tog‘larida joylashgan qal’alarini qo‘lga kiritib, Oksiartning qizi Ravshanakka uylanadi. B) Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchlik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi. C) Bess Baqtriyaning satrapi bo‘lgan. U Baqtra shahrini dushmanga qoldirib, Amudaryoning narigi tarafiga qochib ketadi D) Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamanning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tadi. Kuchlar teng bo‘lmaganidan Spitaman yengilib, toqqa chekinadi. 13 / 25 13. Farg‘onada istiqlolchilik harakati qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi? A) 1920-yil yozi va kuzida B) 1919-yil qishining oxiri va bahorida C) 1919-yil yozining oxiri va kuzida D) 1918-yil bahorining oxiri va yozida 14 / 25 14. Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan sharqiy Turkistonning Ili o‘lkasidagi qo‘zg‘olon bostirilgan yilda qoraqalpoqlarning qaysi volostida mustamlakachilarga qarshi xalq qo‘zg‘oloni boshlangan? A) Mo‘ynoq va Nukus volostida B) Chimboy va Biybozor volostida C) Qo‘ng‘irot va Nukus volostida D) Biybozor va Nukus volostida 15 / 25 15. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) ishchilarga saylov huquqi berish B) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish C) imperiyani qayta tiklash D) respublika tuzumi o‘rnatish 16 / 25 16. O‘rta Osiyoning quyidagi shaharlari Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan egallangan yillariga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda ko‘rsatilgan javobni belgilang.1) Kattaqo‘rg‘on; 2) Namangan; 3) Jizzax A) 1, 3, 2 B) 1, 2, 3 C) 3, 1, 2 D) 3, 2, 1 17 / 25 17. IX asr oxiri − X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi? A) Oleg B) Yaroslav C) Ryurik D) Vladimir 18 / 25 18. XVIII asr boshlarida vujudga kelgan Qo‘qon xonligi g‘arbda qaysi hudud bilan chegaralanar edi? A) Vaxsh, Kofirkon, Panj bo‘yi B) Sharqiy Turkiston va Yettisuv C) Qorategin, Darboz, Ko‘lob, Sho‘g‘non D) Buxoro va Xiva xonligi 19 / 25 19. XIX asr oxiri − XX asr boshlarida quyidagi qaysi hududda Italiyaning mustamlaka rejalari amalga oshmadi va bu hudud o‘z mustaqilligini saqlab qoldi? A) Efiopiya B) Liviya C) Eritreya D) Somali 20 / 25 20. Simon Bolivar Buyuk Kolumbiya Prezidenti lavozimini egallagach amalga oshirmoqchi bo‘lgan qaysi tadbir pomeshchiklarning qarshiligiga duch kelib amalga oshmay qolgan? A) Yirik pomeshchiklarning yerlarini musodara qilish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqishi B) Yirik pomeshchiklarga soliq solish C) Chet el kapitali kirib kelishiga to‘sqinlik qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishi D) Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika respublikalarining konfederatsiyasini tuzish loyihasini ishlab chiqishi 21 / 25 21. Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari to‘g‘ri berilgan javoblarni belgilang. 1. Urush Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga katta siyosiy g‘alaba va obro‘ olib keldi. 2. Mustamlaka imperiyasi yanada kengaydi. Katta reparatsiya olindi. 3. Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z dominionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi. 4. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi. A) 2, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 3 22 / 25 22. 1885-yilda Kaspiyorti temiryo‘lining qurilishi va 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasining ta’sis etilishi Xiva xonligiga qanday ta’sir ko‘rsatgan? A) Buxoro bilan savdo-sotiqni rivojlantirgan B) Buyuk Britaniya ta’siri ortishiga olib kelgan C) xonlik iqtisodiy ahvolini ko‘tarilishiga olib kelgan D) Rossiyaga qaramlikni yanada kuchaytirgan 23 / 25 23. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealar berilgan javobni aniqlang. 1) Inglizlarning Markaziy Osiyoga A.Byorns boshchiligida yuborgan elchilari Buxoroga kirib keldi; 2) Pekinda Xitoy-Qo‘qon shartnomasi imzolandi; 3) Inqilob natijasida Iyul monarxiyasi quladi, Fransiya Respublika deb e’lon qilindi; 4) Buyuk Britaniyada parlament islohoti o‘tkazilib, unga ko‘ra yirik sanoat markazlariga 144 ta o‘rin ajratib berildi; 5) Urugvay to‘la mustaqillikka erishdi; 6) Braziliya Portugaliyadan mustaqil deb e’lon qilindi. A) 2, 4, 6 B) 3, 5, 6 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 4 24 / 25 24. Simoneseki sulhiga ko‘ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo‘lga kiritgan edi? A) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini B) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini C) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini D) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini 25 / 25 25. Kimning esdaliklari fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan? A) Blankennagel B) N. Ignatyev C) F. Beneveni D) N. Muravyov 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6