Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 139 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Tarix olimpiada №2 2021-2022 o'quv yili viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 24 O‘rta asrlarda inkvizitsiya faoliyati, ayniqsa, qaysi o‘lkada keng tus olgan? A) Polsha B) Fransiya C) Italiya D) Ispaniya 2 / 24 Mamalakatimizda qaysi yil “Ijtimoiy himoya yili” deb e`lon qilingan edi? A) 2007-yil B) 2005-yil C) 1999-yil D) 2010-yil 3 / 24 Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi qaratilgan qo‘zg‘olon nomini aniqlang? A) Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni B) Abruy qo‘zg‘oloni C) Sipohiylar qo‘zg‘oloni D) Bobiylar qo‘zg‘oloni 4 / 24 XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligining janubiy chegaralari qaysi tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga olgan? A) Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non B) Vaxsh, Hisor, Darvoz, Qorategin C) Sho‘g‘non, Darvoz, Vaxsh, O‘sh D) Panj, Ko‘lob, O‘zgan, Sho‘g‘non 5 / 24 Quyidagi atamalarning ma’nolari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) moliya; 2) trest; 3) kapital; 4) ssuda; a)moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to‘lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik; b) sarmoya, o‘z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar, ya’ni qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat; c) ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi; d) maqsadli pul jamg‘armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar A) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c 6 / 24 1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq, Misrni birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari qayerda mag‘lubiyatga uchraydi? A) Marog‘a B) Basra C) Garni D) Arzinjon 7 / 24 BRIKS tashkilotiga a’zo bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatini aniqlang. A) Meksika B) Peru C) Argentina D) Braziliya 8 / 24 Berilgan variantlardan qaysi biri voqea xronologik jihatdan keyinroq sodir bo‘lgan ? A) Efiopiya hukmdori Menelik sudanliklar foydasiga bitim imzoladi B) Istanbulda Suvaysh kanali bo‘yicha konvensiya imzolandi C) Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi D) Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi 9 / 24 To‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Doro I butun mamlakat uchun “numisma” deb nomlangan mis tangani muomalaga kiritdi. B) Doro I Suza shahridan Qora dengiziga qadar “shoh yo‘li” degan savdo yo‘lini qurdirgan. C) Doro I saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o‘lkalarga taqsimladi. D) Doro I Qizil dengizi bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. 10 / 24 Eron tarixida nasab (familiya) joriy qilingan yili yuz bergan voqeani aniqlang. A) Italiyada Mussalini tomonidan irqiy qonunlar chiqarildi; B) Millatlar Ligasi tomonidan “Qullik haqida” konvensiya qabul qilindi; C) Aleksandr Flem tomonidan Penicillium ixtiro qilindi; D) Chan Kayshi boshchiligidagi armiya Shimolga yurish boshladi; 11 / 24 Xorazm qaysi hududlar bilan diplomatik aloqa olib borgan? A) Arablar va yahudiylar bilan B) Vizantiya va turklar bilan C) Kushon podsholigi va qang‘lar bilan D) Rim imperiyasi va saljuqiylar bilan 12 / 24 Kimlar Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan? A) sak va massaget piyodalari B) xorazmlik jangchilar C) sak va baqtriya suvoriylari D) so‘g‘d va massaget suvoriylari 13 / 24 Turkiston ASSRda ocharchilikka qarshi kurash Markaziy komissiyasi qachon tuzildi? A) 1918-yil 20-noyabr B) 1918-yil 22-noyabr C) 1918-yil 25-iyun D) 1919-yil 27-mart 14 / 24 Quyidagilardan qaysi biri Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumot beruvchi asarlar sirasiga kirmaydi? A) “Habib us-siyar” B) “Ravzat us-safo” C) “Al-Komil fit-tarix” D) “Tarixi jahonkusho” 15 / 24 Qoraqalpoqlarda dastlabki sanoat korxonalari qaysi sohalarda paydo bo‘ldi? A) teriga ishlov berish va tog‘-kon sanoati B) paxta tozalash va baliqchilik sanoati C) baliq va go‘sht sanoati D) yog‘-moy va paxtachilik sanoati 16 / 24 IV аsrdа Vizаntiya tаrkibigа qaysi hududlar kirgаn? A) Pireney yarim оrоli, Old Оsiyo, Germaniya, Liviya, Misr, shuningdek, Krit, Korsika va Kiрr оrоllаri B) Sitsiliya oroli, Kichik Оsiyo, Apinnin yarim oroli, Sardiniya, Fаlаstin, Malta va Kiрr оrоllаri C) Bоlqоn yarim оrоli, Apinnin yarim oroli, Galliya, Suriya, Fаlаstin, Misr va Kiрr оrоllаri D) Bоlqоn yarim оrоli, Kichik Оsiyo, Kаvkаz, Suriya, Fаlаstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiрr оrоllаri 17 / 24 XIX asr boshlarida quyidagi qaysi davlatda yagona fuqarolik ham bo‘lmagan? A) Shvetsiya B) Angliya C) Fransiya D) Germaniya 18 / 24 Dehli sultonligiga shimoldan mo‘g‘ullar hujumlarini qaytarish imkonini bergan omil qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) Butun mamlakat hududida musulmonlar hokimiyati o‘rnatilishi B) Harbiylar, qo‘shin boshliqlari noiblikka tayinlanishi C) Mamlakatning markazlashuvi D) Kuchli va intizomli qo‘shin bo‘lishi 19 / 24 1842-yilda Buxoro amiri tomonidan qatl etilgan Ch. Stoddart va A. Konnolilar Buxoroga qanday taklif bilan kelgan edi? A) O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ular bilan Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish B) Sirdaryo sohillarida harbiy istehkomlar qurish, ularning qurilishida ingliz muxandislarini taklif qilish C) o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohillarida ingliz harbiy istehkomlarini qurish D) Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ingliz harbiy mutaxassislarini Buxoroga yuborish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish 20 / 24 Quyida berilganlardan to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni belgilang. 1) Yosimune Tokugava 1716-1745-yillarda hukmronlik qilgan; 2) 1864-yilda Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi “Muqaddas Liga” tuzdilar; 3) Argentinada 1810-yilda mustaqillik uchun qurolli kurash boshlandi; 4) 1816-yilda Paragvay mustaqillikka erishdi; 5) 1325-yilda Dehli sultonligi taxtiga Muhammad Tug‘luq keldi. A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 5 21 / 24 Toshkentda yuz bergan “Vabo isyoni”dan so‘ng “Favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan joylarda hokimiyat kimning qo‘liga o‘tdi? A) Rossiya imperiyasi ichki ishlar vaziri va Duma B) viloyat harbiy gubernatori va volostnoy C) general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib D) shu hududdagi politsiya mahkamasi boshlig‘i yoki uyezd qo‘mondoni 22 / 24 Quyidagilardan Qarluqlar (a) va O‘g‘uzlar (b) tarixiga oid ma’lumotlar mos ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 2) Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashaganlar; 3) Yettisuv o‘lkasida o‘z davlatlariga asos solganlar; 4) davlat poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri bo‘lgan; 5) Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim yashaganlar va shu hududda o‘z davlatlariga asos solganlar; 6) X asrning birinchi choragida shimoli-sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar zarbasiga uchrab bo‘linib ketgan; 7) o‘zbek va tojiklarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 8) davlat poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan A) a-2, 3, 4, 7; b-1, 5, 6, 8 B) a-1, 3, 7, 8; b-2, 4, 5, 6 C) a-1, 3, 6, 8; b-2, 4, 5, 7 D) a-2, 3, 4, 6; b-1, 5, 7, 8 23 / 24 Ilk o‘rta asrlarda Arab xalifaligida boshlangan qaysi jarayon mamlakatda hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib keladi? A) aniq fanlar – matematika, astronomiya, geografiyaning taraqqiyoti B) Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilishi C) Islom dining qabul qilinishi D) Mulkiy tengisizlikning kuchayishi 24 / 24 O‘rta asrlarda Fransiyada qanday ehtiyoj viloyatlar orasidagi feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi? A) kuchli qirol hokimiyatiga bo‘lgan ehtiyoj B) iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish C) mehnat taqsimoti D) yangi tabaqalar shakllanishi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6