Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №4 Tarix olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 250 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarix olimpiada №4 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. O‘rta asrlarda mardikor bozorlari bo‘lgan shaharlarni toping. A) Xanyan, Pekin, Tehron B) Sevilya, Bag‘dod, Damashq C) Neapol, Pekin, Venetsiya D) Bag‘dod, Ishbiliya, G‘arnota 2 / 30 2. Mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to’plagan vatandoshimiz nomi ko’rsatigan to’g’ri javobni toping? A) Abu Rayhon Beruniy B) Abu Nasr Farobiy C) Ahmad al Farg’oniy D) Mahmud az-Zamaxshariy 3 / 30 3. Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi muhim savdo yo‘llarining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shaharlarning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ushbu shaharlar berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Parij va London B) Lissabon va Seviliya C) Venetsiya va Anqara D) Antverpen va Venetsiya 4 / 30 4. Buyuk Britaniya imperiyasi qachon tashkil etilgan? A) 1756-yil B) 1855-yil C) 1876-yil D) 1901-yil 5 / 30 5. Dunyoda birinchi harfli yozuvni qaysi xalq tomonidan yaratilgan? A) finikiyaliklar B) misrliklar C) yunonlar D) mesopatamiyaliklar 6 / 30 6. Qaysi tadbir Fransiyaning yangi mustamlakalar bosib olish yo‘lidagi dastlabki qadami bo‘ldi? A) 1891-yil Senegalni bosib olishi B) 1883-yil Vyetnamga hujum boshlashi C) 1879-yil harbiy-siyosiy koalitsiyaga kirishi D) 1881-yil Tunisni bosib olishi 7 / 30 7. Muhammad Rahimxon I tomonidan qachon tilla tangalarni zarb etish yo‘lga qo‘yiladi? A) 1816-yil B) 1807-yil C) 1811-yil D) 1809-yil 8 / 30 8. XVI asrning ikkinchi yarmi - XVII asrning boshlarida ispan dengizchilarining Tinch okeani havzasiga ekspeditsiya uyushtirishi natijasida kashf etilgan orollarni aniqlang. 1. Solomon; 2. Janubiy Polineziya; 3. Melaneziya; 4. Madeyra; 5. Kanar; 6. Azor. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 4, 5, 6 D) 1, 2, 3 9 / 30 9. Qo‘qon xonligi hududini Rossiya hududi bilan qaysi cho‘l ajratib turgan? A) Qizilqum B) Ko‘kdala C) Bedpakdala D) Qoraqum 10 / 30 10. Angliyada inqilob yuz berishining asosiy sababini aniqlang. A) Fransiya bilan urushda kelishuvchilik siyosati olib borgani uchun B) Qirol parlament va puritanlarga qarshi kurash boshlagani C) Savdogarlar uchun patentning narxi ko‘tarilgani uchun D) Qirolning asosiy raqibi Ispaniya bilan murosasozlik olib borayotgani 11 / 30 11. Jaloliddin Manguberdi Sind darayosidan kechib o‘tganidan so‘ng qaysi viloyatning hukmdori uning og‘ir ahvolidan foydalanib, unga qarshi hujum qiladi? A) Bixar B) Dehli C) Bengaliya D) Shatra 12 / 30 12. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida qancha eksponat saqlanadi? A) 200 mingga yaqin B) 310 mingda ortiq C) 146 mingga yaqin D) 250 mingdan ortiq 13 / 30 13. Kiyev Rusi davlatida qaysi hukmdor istilolar emas, balki mohirona diplomatiya orqali mamlakatni yuksaltirishga erishgan? A) Olga B) Igor C) Yaroslav D) Vladimir 14 / 30 14. Kishilar bir-biridan kapitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan jamiyat … deb ataladi. A) sinfiy jamiyat B) industrial jamiyat C) prolteriat jamiyat D) demokratik jamiyat 15 / 30 15. Kimning davrida Buxoro xonligi tasarrufida bo‘lgan Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlari qo‘shib olindi? A) Shohruxbiy B) Abdulkarimbiy C) Erdonabiy D) Abdurahimbiy 16 / 30 16. Politsiya tuzilmalariga qo‘shimcha tarzda kimlarga ispravniklar huquqini ham berdi? A) volost boshliqlariga B) viloyat boshliqlariga C) guberniya boshliqlariga D) uyezd boshliqlariga 17 / 30 17. Dastlabki kalendarning paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lgan? A) Nil daryosi bo‘ylab sayohatlarni amalga oshirishi B) misrliklarning Nil daryosining suvisiz yashay olmasligi C) misrliklarning qo‘shni davlatlar bilan savdogarlikni amalga oshirishi D) misrliklar tomonidan hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olishi 18 / 30 18. Qachon qadimgi yunon olimi Eratosfen birinchi bo‘lib Yer shari yuzasining xaritasini tuzgan? A) mil. avv. I asrda B) mil. avv. III asrda C) milodiy I asrda D) mil. avv. VI asrda 19 / 30 19. Qadimgi Rim konsullari vazifasiga quyidagilardan qaysi biri kirmas edi? A) yil davomida Rim respublikasini boshqarish B) rimliklar ustidan sud o‘tkazish C) xalq majlisida senat a’zolarini nomzodlarini taqdim etishi D) urush davrida qo‘shinga qo‘mondonlik qilish 20 / 30 20. Neolit davrida hunarmandchilik rivojiga zamin yaratgan omilni aniqlang? A) yog‘och va toshga ishlov berishning paydo bo‘lishi B) kulolchilik charxining paydo bo‘lishi C) o‘troq turmush tarziga o‘tilishi D) metall qurollarning kashf etilishi 21 / 30 21. Qanday omillar Turk xoqonligining markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermadi? A) Katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqining markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka intilishi, hududlardagi hokimliklarning mustaqil bo‘lishga intilishi B) O‘zaro olib borilgan urushlar natijasida C) Eftaliylar avlodlarining hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga intilishi D) Janubdan doimiy sosoniylar tazyiqi 22 / 30 22. X asrda Germaniya aholisi ko‘proq kimlarning gapiga quloq solgan? A) gersoglarga B) graflarga C) feodallarga D) imperatorlarga 23 / 30 23. Rivoyatga kо‘rа, Bobur Mirzo shayboniylardan yengilib, Movarounnahrdan qaysi hudud orqali chiqib ketadi? A) Balx B) Kobul C) Farg‘ona D) Qarshi 24 / 30 24. AQSHda qaysi prezident tomonidan bojxona tariflari to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinadi? A) Uilyam MsKinley B) Vudro Vilson C) Uilyam Taft D) Teodor Ruzvelt 25 / 30 25. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati to‘liq amalga oshirilishi va hukmronligining mustahkam bo‘lishi uchun ... A) istilochi amaldorlarga keng vakolatlar berildi B) mahalliy aholiga ayrim yengilliklar va imtiyozlar berildi C) mahalliy xalq vakillaridan ishonchli odamlar ajratib olina boshlandi D) harbiy zobitlarning xizmat muddati uzaytirildi 26 / 30 26. Rus milliy teatri shakllanishida katta hissa qo‘shgan F. G. Volkovning asl kasbi nima edi? A) quruvchi B) savdogar C) shoir D) aktyor 27 / 30 27. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hokimliklarida boshqaruv ma’muriyatining asosiy vazifasi nimadan iborat bo‘lgan? A) Mahalliy hokimlikda tinchlikni saqlash va yig‘ilgan soliqni xoqon saroyiga yetkazish B) Xoqonga belgilangan soliq va qo‘shinni to‘plab berish C) Fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish va ularni vaqtida xoqon saroyiga yetkazish D) Fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan 28 / 30 28. Slavyan yozuvi qaysi alifbo asosida yaratilgan? A) rim alifbosi B) vizantiya alifbosi C) finikiya alifbosi D) yunon alifbosi 29 / 30 29. “Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom”ga muvofiq viloyat bo‘limlarining harbiy asosda tashkil etilishidan maqsad nima edi? A) Rossiya imperiyasining boshqa viloyatlaridan farqli ravishda bu o‘lkalarda mustaqil siyosiy va ijtimoiy siyosat olib borish B) rus harbiy zobitlarni boshqaruvdagi mansablar bilan ta’minlash orqali rag‘batlantirish C) O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlariga harbiy qal’alar qurish va u yerda harbiy holat joriy qilish D) Rossiya hukumatining kelgusidagi harbiy rejalarini amalga oshirilishida tayanch hudud vazifasini o‘tashi ko‘zda tutilgan 30 / 30 30. XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyodagi ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan omilni aniqlang. A) 3 ta davlat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va notinchliklar B) ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qo‘l mehnatida qilinganligi, soddaligi C) hunarmandchilikning boshqa sohalarga qaraganda sust rivojlanishi D) O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6