Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №4 Tarix olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 454 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №4 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Eftallar yozuviga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.1) Baqtriya yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 2) Baqtriya yozuvi asosida shakllangan; 3) o‘ngdan chapga, tepadan pastga qarab yozilgan; 4) 25 harfdan iborat bo‘lgan; 5) Sug‘d yozuvi asosida vujudga kelgan; 6) chapdan o‘ngga tomon ko‘ndalangiga yozilgan; 7) 22 harfdan iborat bo‘lgan; 8) Toxariston yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 9) Oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan. A) 5, 6 B) 2, 3, 7, 8 C) 1, 3, 5, 7 D) 2, 4, 6 2 / 30 2. Buxoro xonligida 1556-1585-yillar oralig`ida Nurota tog`ida qaysi suv ombori qurilgan? A) Sangzor B) Xoja Ka`ab C) Hovuzixon D) Oqchob 3 / 30 3. Amir Temur qaysi xalqlar tarixini chuqur o‘rgangan? A) yapon, xitoy, koreys B) rus, arab, tojik C) turk, arab, fors D) fransuz, ingliz, nemis 4 / 30 4. “Ulug‘bek jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan tirikligidayoq o‘ziga haykal o‘rnatib ketgan buyuk alloma edi.” degan fikrlar kimga tegishli? A) Bo‘riboy Ahmedov B) Volter C) Qozizoda Rumiy D) Maqsud Shayxzoda 5 / 30 5. Sulton Husayn Xurosonning hokimi sifatida Hirotga kirib borishi natijasida ... A) Movarounnahr va Turkistonni kuchayishiga olib keladi B) mahalliy kuchlarning mustaqilikka intilishini kuchaytiradi C) Temuriylar saltanati yana yagona davlatga birlashadi D) Temuriylar saltanati yana ikki mustaqil qismga bo‘linib ketadi 6 / 30 6. VIII asrda yozilgan “Ziroatchilik qonunlari” to‘plami kimlarga tegishli? A) vizantiyaliklarga B) slavyanlarga C) germanlarga D) franklarga 7 / 30 7. Xitoy imperatorlari saroyida qachon olimlarning oliy yig‘inlari tashkil etilgan? A) X asr B) VII asr C) XI asr D) VIII asr 8 / 30 8. Ubaydullaxon safaviylarga qarshi kurashda o‘zining ma’naviy ilhomchisi deb bilgan Mir Arab taxallusi bilan mashhur bo‘lgan din peshvosi berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Abdulla Sabroniy B) Ahmad Ma’sudiy C) Nasr Samarqandiy D) Sayid ibn Javhariy 9 / 30 9. Qo‘qon xonligi va Rossiya savdo yo‘li qaysi hukmdor davrida ochilgan? A) Olimxon B) Erdona C) Abdulkarimbiy D) Norbo‘tabiy 10 / 30 10. Rim legionlari Yevropaga keta boshlagach kelt qabila boshliqlari nimalarga e’tibor bera boshladi? A) o‘zaro urushlarga B) o‘zaro aloqalarga C) hamkorlikka D) pul ishlab chiqarishga 11 / 30 11. Dastlabki globusni mil. avv. II asrda qaysi olim yaratgan? A) Poliyen B) Aristotel C) Krates D) Sitrabon 12 / 30 12. 1409-yil bahorida Amir Xudoydot qayerda sodir bo‘lgan jangda Xalil Sulton qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi? A) Damashq yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida B) Bag‘dod yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida C) Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida D) Qohira yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida 13 / 30 13. O‘rta asarlarda qaysi shahar charm mollari bilan mashhur bo‘lgan? A) Shosh B) Eloq C) Samarqand D) Buxoro 14 / 30 14. Tohiriylar davlati tugatilgan yilda qaysi alloma dunyoga kelgan? A) Ahmad Farg‘oniy B) Abu Rayhon Beruniy C) Abu Nasr Farobiy D) Al-Xorazmiy 15 / 30 15. Temza daryosi ustiga qurilgan Tauer ko‘prigining muhandisini toping. A) P. Marten B) G. Jons C) J. Uatt D) J. Tomas 16 / 30 16. XIX asr boshlarida Samarqand baland devor bilan o‘ralgan bo‘lib, shaharga nechta darvozadan kirilgan? A) 12 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 10 ta 17 / 30 17. Angliya burjua inqilobi davri (1640-1688-yillar) bilan bog‘liq bo‘lmagan atamalarni (tushunchalarni) toping. 1) “Uzoq muddatli parlament”; 2) protektor; 3) “Sharafli inqilob”; 4) Respublika; 5) “chartistlar harakati”; 6) “Buyuk ozodlik xartiyasi”; 7) imperiya A) 4, 5, 6 B) 5, 6, 7 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 7 18 / 30 18. Venetsiya viloyati Italiya qirolligiga qo‘shib olingunicha qaysi davlat tarkibida bo‘lgan? A) Fransiya B) Avstriya C) Turkiya D) Angliya 19 / 30 19. Temuriylar davrida qaysi shaharda 36 ta madrasa faoliyat yuritgan? A) Buxoro B) Toshkent C) Hirot D) Samarqand 20 / 30 20. Quyidagi qaysi fan ilk o‘rta asrlarda Yevropa maktablarida o‘rgatilgan “yetti erkin san’at”ning kvadrium bosqichida o‘qitilmagan? A) astronomiya B) grammatika C) musiqa D) arifmetika 21 / 30 21. Yunonlar forslarga qarshi qayerda pistirma qo‘yishgan? A) Plateya shahri yaqinida B) Gelespont bo‘g‘ozida C) Attika sohilida D) Fermopil darasida 22 / 30 22. Dastlabki muzeylar qayerlarda tashkil etilgan? A) zodagonlar uylarida B) qirol qasrlarida C) bozorlarda D) ibodatxonalarda 23 / 30 23. “Yosh Italiya” jamiyatiga kim rahbarlik qilgan? A) K. Kavur B) J. Madzini C) V. Emmanuel D) J. Garribaldi 24 / 30 24. Qadimda qaysi xalq xudolar odamlar orasida yashaydilar deb hisoblashgan? A) misrliklar B) rimliklar C) hindlar D) yunonlar 25 / 30 25. Qo‘qon xonligida “yovar” qanday harbiy mansab bo‘lgan? A) bunday harbiy mansab bo‘lmagan B) artilleriya qo‘mondoni C) amiri lashkar maxsus bo‘linmasi boshlig‘i D) 500 nafardan iborat harbiy qo‘shin qo‘mondoni 26 / 30 26. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) respublika tuzumini o‘rnatish B) ishchilarga saylov huquqi berish C) imperiyani qayta tiklash D) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish 27 / 30 27. Angl-saks qirolliklaridagi qaysi sabab daniyalik istilochilarni qaytarish imkonini bermagan? A) qo‘shinning kuchsizligi B) o‘zaro boshboshdoqlik C) ichki nizolar D) tashqi qo‘shinning inqirozi 28 / 30 28. Turkiy xalqlarning tili, madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisini toping. A) Mahmud Qoshg‘ariy B) Yusuf Xos Hojib C) Ahmad Yugnakiy D) Abu Rayhon Beruniy 29 / 30 29. 12. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan? 1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi. A) 1, 4 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 3 30 / 30 30. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligidagi qaysi shaharda porox tayyorlangan? A) Qarshi shahrida B) ushbu davrda qurol- yarog‘ Rossiyadan olib kelingan C) Buxoro shahrida D) Samarqand shahrida 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6