Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf O'zbekiston tarix » 7-sinf O’zbekiston tarix №3 7-sinf O'zbekiston tarix 7-sinf O’zbekiston tarix №3 InfoMaster Aprel 20, 2023 245 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf O'zbekiston tarix №3 8-11-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Eftaliylar davrida qaysi davlat hukmdorlar o’z saroylarini O’rta Osiyodan keltirilgan rangli shishlalar bilan beztilgan? A) Vizantiya imperatori B) Xitoy imperatori C) Eron shaxanshohlari D) Hindiston Rojalari 2 / 40 2. Milodiy III asr o’rtalarida Xorazm davlatining poytaxti dastlab hozirgi qaysi hududda joylashganbo’lgan? A) Qoraqolpog’istonning Qo’ng’irot tumanida B) Xorazmning Xiva shahri o’rnida C) Qoraqolpog’istonning Ellikqal’atumanida D) Xorazmning Xozarasp tumanida 3 / 40 3. Ilk o‘rta asrlarda shaharning hokim qasri joylashgan qismi nima deb nomlangan? A) Kuhandiz B) Yabg‘ukat C) Shahriston D) Rabot 4 / 40 4. Farg`ona vodiysida qaysi tog`lar yonbag`irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug`ullanishgan ? A) Xerirud va Pomir B) Tyanshan va Oloy C) Qurama va Qoramozor D) Hisor va Hindikush 5 / 40 5. Arablar tomonidan qaysi soliqlar joriy etiladi ? A) xiroj, kalon, ushr, jiz’ya B) boj, xiroj, zakot, jiz’ya C) xiroj, ushr, zakot, jiz’ya D) yasoq, ushr, zakot, jiz’ya 6 / 40 6. ”Oq kiyimlilar” qo‘zg‘olonining boshlig‘i Muqanna qayerda tug‘ilgan? A) Buxoro yaqinidagi Narshax qishlog‘ida B) Kesh yaqinidagi Som qishlog‘ida C) Marv yaqinidagi Shavval qishlog‘ida D) Marv yaqinidagi Koza qishlog‘ida 7 / 40 7. 750-yil … arablarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. A) Marvda B) Buxoroda C) So‘g‘dda D) Keshda 8 / 40 8. Xalifa davlatni boshqarishda ..ga tayangan. A) Devon ad-dar B) Vazir ul-vuzaro C) Amir ul-umaro D) Devon al-mashriq 9 / 40 9. Bir lak bu… A) o`n ming B) yuz ming C) ikki yuz ming D) ming 10 / 40 10. Qutayba qo‘shinlarining bir qismi Choch vohasiga yurish boshlaganidan 70 yil o‘tib ... A) Abu Muslim xalifa askarlari tomonidan o‘ldirildi B) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni boshlandi C) arab askarlari tomonidan Som qal’asi egallandi D) Mansur “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloniga qarshi qo‘shin jo‘natildi 11 / 40 11. Qutayba ibn Muslimning harbiy yurishlari qayerni zabt etishdan boshlangan? A) 704-yil Poykandni B) 651-yil Marvni C) 705-yil Balx viloyati atroflarini D) 707-yil Buxoro atrofini 12 / 40 12. 720-yildagi sug‘liklar qo‘zg‘oloniga yordam berish uchun qayerdan turk lashkarlari keladi? A) Yettisuv B) Urxun havzasi C) Oltoy D) Sharqiy Turkiston 13 / 40 13. Qachon Arabistonda yagona e‘tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlandi ? A) VI asrning ikkinchi yarmida B) VII asr boshlarida C) VII asr o’rtalarida D) VII asr oxirida 14 / 40 14. Muqana Movarounnahrga yo’l oladi va o’z yaqinlari bian Amudaryoning o’ng qirg’og’iga o’tib, shahriga yetib boradi. A) Naxshab va Kesh B) Buxoro va Poykand C) Samarqand va Buxoro D) Sharqiy Turkiston va Yettisuv 15 / 40 15. VIII asrning 40-yillarida xalifalikda … A) islom madaniyati yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi B) umaviylar taxtga mustahkamlanib oldi C) butun hududda islom dini va arab tili yoyildi D) toj-u taxt uchun kurash kuchaydi 16 / 40 16. Arablarga qarshi ko‘tarilgan Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirgan Xuroson noibini aniqlang. A) Said Xaroshiy B) Jabroil ibn Yahyo C) Abu Muslim D) Ma’mun 17 / 40 17. O‘rta asrlardagi Eloq vodiysi hozirgi qaysi hududga to‘g‘ri keladi? A) Zarafshon B) Ohangaron C) Chirchiq D) Toshkent 18 / 40 18. Qutayba qo‘shini Poykandni egallagach qaysi tomonga yo‘l olgan? A) Xorazmga B) Buxoroga C) Samarqandga D) Keshga 19 / 40 19. Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olon dastlab qayerda boshlandi? A) Naxshabda B) Shoshda C) Samarqandda D) Buxoroda 20 / 40 20. Qutayba qaysi xalifaga qarshi isyon ko‘taradi ? A) Muoviya I B) Abu Bakr C) Sulaymon D) Umar ibn Abdulaziz 21 / 40 21. Qachon Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi qamalga olinadi ? A) 775-yil B) 776-yil C) 806-yil D) 783-yil 22 / 40 22. Ushr solig‘i nima maqsadlarda olingan. A) Sug‘orma inshootlarini ta’minlash va yangilarini qurish maqsadida B) idora ishlari uchun C) Maqbara, masjidlarni ta’minlash D) doimiy qo‘shinni ushlab turish uchun 23 / 40 23. Farg`ona vodiysini egallagan arablar qayergacha kirib boradi? A) Oltoy B) Qoshg`ar C) Mo`lton D) Yettisuv 24 / 40 24. Quyidagi voqealarning qaysi birilarining orasida 10 yil farq bor? 1)Qutayba Buxoroga yurish qildi, Umar ibn Abdulaziz xalifalik yillari tugadi; 2)Xalifa Muoviya hukmronligi boshlandi, Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoro muzofotiga bostirib kirdi; 3)Qutayba ibn Muslim Baxlni zabt etdi, Arablar Farg‘ona vodiysini uzil-kesil egalladilar; 4)Marvon II xalifalik taxtiga chiqdi, Xalifa buyrug‘i bilan Abu Muslim o‘ldirildi; 5)Marvon II taxtga o‘tirdi, Abul Abbos Saffoh hukmronligi tugadi; 6)Hurzod qo‘zg‘oloni bostirildi, So’g’da qo’zg’alon ko’tarildi; A) 1, 5, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 5, 6 D) 1, 3, 4, 6 25 / 40 25. VIII asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Turkistonga bostirib kirgan davlatni aniqlang. A) Hindiston B) Xitoy C) Vizantiya D) Eron 26 / 40 26. Arablar tomonidan qayerdagi budda ibodatxonasiga o‘rnatilgan haykallar parchalanib tashlangan ? A) Bolaliktepa B) Quva C) Dalvarzintepa D) Afrosiyob 27 / 40 27. Qaysi shaharlarda shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan kelgan ajamlar(eronliklar) ga bo’shatib beriladi? 1.Marv 2.Buxoro 3.Poykand 4.Samarqand 5.Sug’d 6.Naxshab A) 3,4,5,6 B) 1,2,3,4 C) 1,2,5,6 D) 2,4,6 28 / 40 28. VIII asrning o‘rtalarida Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi ... A) mehnatkash aholi turmush tarzini tubdan o‘zgartirib yubordi. B) mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmadi. C) Movarounnahrdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatni anchagina yaxshilab, dehqonlarga yengillik berdi. D) Movarounnahr va Xurosonni mulk sifatida tugatib yubordi. 29 / 40 29. Arablarga qarshi ko‘tarilgan qaysi qo‘zg‘olon natijasida shahar va qal’alar ichida qurshovda qolgan arab istilochilari katta o‘lpon va e’tiborli vakillarini qo‘zg‘olonchilarga garovga berish orqali jon saqlaydilar? A) 720-yilgi G‘urak va Divashtich qo‘g‘oloni B) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni C) Muqanna qo‘zg‘oloni D) 750-yilgi Buxoro vohasi qo‘zg‘oloni 30 / 40 30. “Oq kiyimlilar”ning Narshax qal’asidagi kurashi qancha davom etadi? A) 50 kun B) ikki yil C) yetti oy D) to‘rt oy 31 / 40 31. Qaysi Xuroson noibi davrida arablar va mahalliy zodagonlar o’rtasida ma’lum darajada ittifoq yuzaga kela boshladi? A) Ashros B) Nasr ibn Sayyor C) Qutayba D) Said Xaroshiy 32 / 40 32. Muqanna qo’zg’aloni ayniqsa Movarounnahrning markazi Sug’dda avj olib, ham o’zining ta’sirini o’tkazadi. A) Eloq vodiysi va Shoshga B) Sharqiy Turkiston va Yettisuvga C) Naxshab va Xorazm D) Poykand va Romiton 33 / 40 33. Muqanna qarоrgоhi qaysi qal`ada jоylashgan? A) Shavval B) Kоza C) Mохuvоn D) Sоm 34 / 40 34. Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashda qanday tadbirga alohida ahamiyat berdilar? A) aholi o‘rtasida islom dinini yoyishga B) mamlakatdagi doimiy qo‘zg‘olonlarni ayovsiz bostirishga C) o‘zlari joriy qilgan bir necha turdagi soliqlarni vaqtida yig‘ib olishga D) tarqoq mahalliy hokimliklarni markaziy hokimiyatga birlashtirishga 35 / 40 35. Birinchi marta mahalliy aholini islom diniga kiritish maqsadida masjidga kelib ibodat qiluvchular uchun 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy qilgan xalifalik noibini aniqlang. A) Nasr ibn Sayyor B) Said Xaroshiy C) Ubaydulloh ibn Ziyod D) Qutayba ibn Muslim 36 / 40 36. Qutayba bosqini davrida qaysi hudud egallanib, har yili xalifalikka boj to`lashga, uylarining yarmini arablarga bo`shatib berishga majbur etiladi? A) Xorazm B) Farg’ona C) Buxoro D) Chag`oniyon 37 / 40 37. Hоsilning 1/3 qismi miqdоrida оlinadigan yеr sоlig`i nima dеb ataladi? A) «jizya» B) «zakоt» C) «xirоj» D) «ushr» 38 / 40 38. Xuroson noibi Ashros davrida amalga oshirilgan tadbirni aniqlang. A) islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jiz’ya soliqlarini olish bekor qilindi B) islomni yangi qabul qilgan kishilar faqat jiz’yadan ozod qilindi C) aholidan qo‘shimcha ushr solig‘ini yig‘ib olish joriy etildi D) kumush tangalar zarb qilish va muomalaga kiritish joriy etildi 39 / 40 39. 55. Rofe ibn Lays qo’zg’aloni qaysi hududlarga tarqalgan? 1.Shosh 2.Farg’ona 3.Kesh 4.Sharqiy Turkiston 5.Yettisuv 6.Buxoro 7.Naxshab 8.Xorazm 9.Termiz A) 2,4,5,6,9 B) 1,2,6,7,8 C) 1,2,3,5,6,8,9 D) 4,6,7,8,9 40 / 40 40. Arablar tomonidan Xuroson deb nomlangan hudud to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) shimoliy Eron, janubiy Tojikiston, shimoliy Turkmaniston, Afg‘oniston B) Afg‘oniston shimoli, Eronning shimoliy sharqi, Turkmaniston janubi C) Afg‘oniston, shimoliy Hindiston, janubiy va g‘arbiy Eron, janubiy O‘zbekiston D) Surxondaryo vohasi, shimoliy Afg‘oniston, janubiy Tojikiston Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz