Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf O'zbekiston tarix » 7-sinf O’zbekiston tarix №7 7-sinf O'zbekiston tarix 7-sinf O’zbekiston tarix №7 InfoMaster Aprel 20, 2023 535 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf O'zbekiston tarix №7 26-29-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. O’rta Osiyolik shishasozlik rivojlangan davrni aniqlang. A) VII asrda B) VI asrda C) VIII asrda D) V asrda 2 / 40 2. Quyidagi rasmda berilgan devoriy tasvir qaysi yodgorlikdan topilgan? A) Varaxsha B) Afrosiyob C) Quva D) Panjikent 3 / 40 3. 55. Rofe ibn Lays qo’zg’aloni qaysi hududlarga tarqalgan? 1.Shosh 2.Farg’ona 3.Kesh 4.Sharqiy Turkiston 5.Yettisuv 6.Buxoro 7.Naxshab 8.Xorazm 9.Termiz A) 4,6,7,8,9 B) 1,2,3,5,6,8,9 C) 1,2,6,7,8 D) 2,4,5,6,9 4 / 40 4. O‘rta Osiyoda qachondan boshlab “iqto” va “muqto” atamasi paydo bo‘ldi? A) VIII asr B) XII asr C) IX asr D) X asr 5 / 40 5. Qachon Gurganch miri M'amun ibn Muhammad Kat shahrini ishg'ol qilib, Xorazmning ikkala qismini ham birlashtirgan edi? A) 995 yilda B) 997 yilda C) 999 yilda D) 992 yilda 6 / 40 6. Jaloliddin Sind daryosidan kechib o`tgandan so`ng qaysi viloyatning hukmdori uning og`ir ahvolidan foydalanib unga qarshi hujum qiladi? A) Koshala B) Shatra C) Xuttalon D) Kalkutta 7 / 40 7. Qaysi voqealardan keyin "Dorul hikma va maorif" faoliyati tugatilgan edi? A) Xorazmning Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olinishi B) Movarounnahrda somoniylar hokimiyati tugatilganidan keyin C) Xorazmning saljuqiylar tomonidan bosib olinishi D) Xorazmning qoraxitoylar tomonidan bosib olinishi 8 / 40 8. Quyidagi inshoatga oid ma’lumotni aniqlang. A) qurishda suvning vertikal va gorizontal bosim kuchi va bu hududlarda tez-tez sodir bo‘ladigan zilzilalarning silkinish kuchlarini ham hisobga olingan. B) uni ravoqlarini to’g’on tepasida turib ochish yoki berkitish mumkin bo’lgan. C) Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida barpo etilgan. D) 1 mln 200 ming kub metr suv to’plangan. 9 / 40 9. Ma’mun Akademiyasida faoliyat ko‘rsatgan Abu Sahl Masihiy yashagan yillarni aniqlang. A) 989-1034-yillar B) 987-1065-yillar C) 970-1011-yillar D) 991-1048-yillar 10 / 40 10. XVII asrda suvning bosim kuchini aniqlagan fransuz olimini aniqlang. A) Rene Dekart B) Monten Fler C) Blez Paskal D) Rojer Bakon 11 / 40 11. “Shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat bo‘la olmaydi”, ushbu fikrlar kimga tegishli? A) Marg‘inoniy B) Najmiddin Kubro C) Naqshbandiy D) Ahmad Yasaviy 12 / 40 12. Qaysi tasavvuf yo’nalishida « Qo’ling ishda, ko’ngling Ollohda bo’lsin» dеgan aqidaga amal qilinadi? A) Kubroviya B) Yassaviya C) Mashrabiya D) Naqshbandiya 13 / 40 13. Quyidagi allomalardan qay biri Xorazmning qadimgi Urganch shahrida ta’lim olgan edi? A) Abu Nasr Farobiy B) Abu Rayhon Beruniy C) Abu Sahl Masihiy D) Abu Ali ibn Sino 14 / 40 14. Alloma Abu Nasr Farobiy Arastuning qaysi asariga sharhlar yozgan? A) "Logika" B) "Metafizika" C) "Tabiatdan tashqari narsalar" D) "Davlat" 15 / 40 15. 870 yilda atoqli hadisshunos Imom al- Buxoriy vafot etdi.Ammo shu yili yana bir buyuk islomshunos olim dunyoga keldi.Mazkur allomani aniqlang. A) Abu Iso Muhammad at-Termiziy B) Abu Mansur al-Moturudiy C) Abu Sahl Masihiy D) Abu Nasr Forobiy 16 / 40 16. Yuqoridagi rasmda berilgan allomaga oid ma’lumotni toping. A) o‘rta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. B) Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o‘rta asrlarda birinchi bo‘lib ilgari surdi. C) arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik hisoblash tizimining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. D) rahbarligida “Miqyos an-Nil” inshooti va uning darajoti qayta tiklandi. 17 / 40 17. Quyidagi allomalarning qaysi biri turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asar yozib qoldirgan? A) Abu Bakr Roziy B) Al-Farg‘oniy C) Beruniy D) Mahmud Zamaxshariy 18 / 40 18. Qaysi sulola hukmronlik qilgan davrda o‘zbek xalqining shakllanishida yakunlovchi bosqich bo‘ldi? A) qoraxoniylar B) temuriylar C) mo‘g‘ullar D) afrig‘iylar 19 / 40 19. Burxonuddin al-Marg‘inoniy qayerda tavallud topgan? A) Axsida B) Rishtonda C) Quvada D) Qo‘qonda 20 / 40 20. Qur’oni Karimning sharhlari qanday nomlanadi? A) Hadis B) Kalom C) Haftiyak D) Tafsir 21 / 40 21. Al-Farg'oniy qaysi shahardagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o'rnini aniqlashda ishtirok etgan edi? A) Kufa B) Qohira C) Bag'dod D) Damashq 22 / 40 22. Al-Azxar diniy dorulfununi qaysi shaharda joylashgan? A) Sherozda B) Damashqda C) Qohirada D) Bag‘dodda 23 / 40 23. 797-865-yillarda yashagan allomani toping. A) Moturidiy B) Roziy C) Farg‘oniy D) Farobiy 24 / 40 24. Xalifa Ma'mun hukmronligi davrini aniqlang. A) 813-843 yillarda B) 813-830 yillarda C) 813-833 yillarda D) 813-823 yillarda 25 / 40 25. Ibn Sino qachon va qayerda vafot etdi? A) 1037 yil, Hamadonda B) 1037 yil, Damashqda1048 yil, G'aznada C) 1041 yil, Qohirada 26 / 40 26. Arxeologlar tadqiqodidan ma’lum bo‘lishicha, X-XI asrlarda shahar me’morchiligida qaysi xomashyolar asosiy o‘rinni egallagan? A) paxsa, xom g‘isht B) pishgan g‘isht, yog‘och C) sinchkori, pishgan g‘isht D) guvala, paxsa, yog‘och 27 / 40 27. Allomalarning asarlari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping? 1) Zamaxshariy; 2) Ahmad Yugnakiy; 3)Ahmad Yassaviy; 4) Forobiy a)”Hibat ul-haqoyiq” b) ”Musiqa kitobi” c) ”al-Kashshof” d) ”Hikmat” A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b 28 / 40 28. Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid nechta asar yozgan? A) 70 ga yaqin B) 50 ga yaqin C) 20 dan ortiq D) 10 dan ortiq 29 / 40 29. Buxoro nechanchi asrdan boshlab “Islom dinining gumbazi” nomi bilan shuhrat topadi? A) XII asr B) XI asr C) IX asr D) X asr 30 / 40 30. Abu Rayhon Beruniy qaysi shaharda tug‘ilgan? A) G‘azna B) Urganch C) Xiva D) Kat 31 / 40 31. Abu Mansur al-Moturudiy fanning qaysi sohasiga katta hissa qo’shgan? A) muhaddislik B) kalom ilmi C) adabiyot va aruz D) shariyat ilmi 32 / 40 32. Ibn Sino ustozi Abu Abdullohdan qaysi ilmlarni o‘rgangan? A) falsafa, metofizika, geodiziya, geografiya B) mantiq, falsafa, riyoziyot, fiqh C) tarix, musiqa, agabiyot, she’riyat D) matematika, handasa, astronomiya 33 / 40 33. Qachon Respublikamizda «Xorazm Ma‟mun akademiyasining» 1000 yilligi nishonlangan? A) 2005-yil kuzida B) 2004-yil baxorida C) 2006-yil kuzida D) 2003-yil yozida 34 / 40 34. Quyidagi asarlardan qay biri Beruniy qalamiga mansub emas? A) “Al Mufassal” B) “Geodeziya” C) “Minerologiya” D) “Hindiston” 35 / 40 35. Kimning nomi XVI asrda Yevropada oy kraterlaridan biriga berilgan? A) Abu Sahl Masihiy B) Ahmad al Marvaziy C) Al Abbos Javhariy D) Ahmad Al Farg’oniy 36 / 40 36. Yuqoridagi rasmda berilgan allomaga oid ma’lumotni belgilang. A) Falsafa, mantiq, matematika va boshqa bilimlarni mukammal egalladi. B) Yer aylanasi uzunligini o‘lchashda yangi – matematik usulni ishlab chiqdi. C) mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to‘playdi. D) 70 dan ortiq tilni bilgan. 37 / 40 37. Imom al Buxoriyga bag’ishlangan yodgorlik majmuasi qayerda bunyod etilgan? A) Samarqand viloyatida B) Toshkent shahrida C) Jizzax viloyatida D) Buxoro viloyatida 38 / 40 38. Quyidagi javoblarning qaysi birida Ibn Sinoning qancha asar yozganligi va qanchasi tibga oidligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) 160 dan ortiq asardan 20 tasi tibga oid B) 154 ta asardan 70 dan ortig‘i tibga oid C) 450 dan ortiq asardan 43 tasi tibga oid D) 350 ga yaqin asardan 50 tasi tibga oid 39 / 40 39. Muso Xorazmiyning “Al-jabr” asari XII asrda qayerda lotin tiliga tarjima qilingan. A) Ispaniyada B) Italiyada C) Fransiyada D) Vizantiyada 40 / 40 40. Imom al-Moturudiyga bag’ishlangan maqbara qaysi shaharda bunyod etilgan? A) Toshkent B) Samarqand C) Qarshi D) Buxoro Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz