Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf O'zbekiston tarix » 7-sinf O’zbekiston tarix №4 7-sinf O'zbekiston tarix 7-sinf O’zbekiston tarix №4 InfoMaster Aprel 20, 2023 200 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf O'zbekiston tarix №4 12-15-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. G’arbiy Rim imperiyasi qulashidan 20 yil oldin O’zbekiston tarixida qanday voqea sodir bo’lganini aniqlang. 1)Turk xoqonligi tashkil topdi 2)Eftaliylar Xitoyga o’z elchilarini yubordilar 3)Sosoniylar bilan bo’lgan jangda Kidariylar qaqshatqich zarbaga uchradi 4)Turk xoqnligi ikki qismga bo’linib ketdi 5)Eftaliylar bilan Sosoniylar o’rtasida hal qiluvchi jang bo’lib o’tdi A) 2.3 B) 1.5 C) 2.4 D) 1.3 2 / 40 2. Qaysi xorazmshoh o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko’chiradi? A) Farasman B) Afrig’ C) Kayxusrav D) Saksafar 3 / 40 3. Quyidagi rasmda berilgan devoriy tasvir qaysi yodgorlikdan topilgan? A) Afrosiyob B) Panjikent C) Quva D) Varaxsha 4 / 40 4. O‘rta Osiyoda ko‘k turk xati ham qo‘llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan ... harfdan iborat bo‘lgan. A) 48-50 ta B) 27-30 ta C) 20-25 ta D) 38-40 ta 5 / 40 5. Divashtich qayеrning hоkimi bo`lgan? A) Banokat B) Yangikеnt C) Sug`d D) Panjikеnt 6 / 40 6. 57 ’’Oq kiyimlilar’’ yengilgach, mahalliy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera boshlaydi? A) Narshax va Samarqandda B) Buxoro vohasida C) Qashqadaryo vohasida D) Choch va Eloqda 7 / 40 7. O‘rta Osiyoda qachondan boshlab “iqto” va “muqto” atamasi paydo bo‘ldi? A) VIII asr B) X asr C) IX asr D) XII asr 8 / 40 8. Quyidagi qaysi hukmdor turkiy, fors, arab, pahlaviy tillarini bilgan va she’rlar yozgan? A) Mahmud G‘aznaviy B) Ismoil Somoniy C) Mas’ud G‘aznaviy D) Muhammad Takash 9 / 40 9. Ismoil Somoniy 893 yil qaysi shaharni bosib olib dashtliklarga qattiq zarba bergan edi? A) Shosh B) Yangikent C) O’tror D) Taroz 10 / 40 10. Ma’lumki, xalifa Ma’munga bergan yordami uchun Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar ... A) Movarounnahrning har yilgi xirojidan xazinasiga yuborib turadilar juda katta mablag‘ni tohiriylar orqali xalifa B) Xurosonni idora etishda Ma’munga ko‘maklashadilar C) Bog‘dod bilan aloqani yanada mustahkamlaydilar D) Tohiriylar davlatini mustaqil idora qila boshlaydilar 11 / 40 11. Tohiriylar davlati asoschisi Tohir ibn Husayn … viloyatining zodagonlaridan bo‘lgan. A) Nishopur B) Hirot C) Qandahor D) Marv 12 / 40 12. O‘rta asrlarda qaysi hudud o‘zining ko‘nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan mashhur bo‘lgan? A) Farg‘ona B) Shosh C) Xorazm D) Eloq 13 / 40 13. Somoniylar davlati ravnaq topgan davrda unga qaysi hududlar kirgan? 1.Xuroson 2.Movaraunnahr 3.Sharqiy Turkiston 4.Shimoliy va Sharqiy Eron 5.Hindistonning bir qismi 6.Yettisuv A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5 14 / 40 14. Qarluq savdogarlari chetga asosan qanday mahsulotlarni chiqarar edi? A) jun mahsulotlari B) chorva mollari C) dehqonchilik mahsulotlari D) temir va qo‘rg‘oshin mahsulotlari 15 / 40 15. Qorluqlar hozirgi davrda mavjud bo’lgan xalqlardan kimlarning etnogeneziga ta‟sir qilganlar? A) qozoq va o’zbek B) turkman va ozarbayjon C) qoraqalpoq va turk D) tojik va o’zbek 16 / 40 16. O’g’uzlar davlati quyidagi qaysi hududda qaror topadi ? A) Sirdaryo havzasi, Orol bo’yida B) Zarafshon havzasi, Qorako’lda C) Amudaryo havzasi, Yettisuvda D) Surxondaryo va Qashqadaryoda 17 / 40 17. X-XI asrlarda qaysi viloyat o’zining kumush vaqo’rg’oshin konlari va kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi? A) Samarqand B) Buxoro C) Shosh D) Eloq 18 / 40 18. G‘aznaviylar hukmronligi davrida viloyatda boshqaruv ishlari ... shaharlarda esa ... tomonidan amalga oshirilgan. A) rais, voliy B) amid, kutvol C) dorug‘a, kutvol D) rais, a’lam 19 / 40 19. Qaysi tarixiy jarayondan so‘ng o‘g‘uzlar Sirdaryo havzasi va Orol dengizi bo‘ylariga muqim o‘rnashib oldilar? A) Turk xoqonligi yemirilgandan so‘ng B) xunnlar hujumiga uchragandan so‘ng C) Sharqiy turk xoqonligi o‘g‘uzlar yerlarini egallaganidan keyin D) Arab xalifaligida inqiroz boshlanganidan keyin 20 / 40 20. Quyidagi qaysi davlatning poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan? A) O‘g‘uzlar davlati B) Qoraxitoylar davlati C) Qorluqlar davlati D) Qoraxoniylar davlati 21 / 40 21. 830-844-yillarda hukmronlik qilgan davlat arbobini aniqlang. A) Mu’tazid B) Talxa C) Abul Abbos Abdulloh D) Ma’mun 22 / 40 22. Quyidagi qaysi o‘rta asr davlati hududida Jol, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar mavjud bo‘lgan? A) O‘g‘izlar davlati B) G‘aznaviylar davlati C) Somoniylar davlati D) Qarluqlar davlati 23 / 40 23. Haq din uchun kurashuvchi jangchi qanday nomlanadi? A) g'oziy B) mamluk C) bahodir D) botir 24 / 40 24. Somoniylar davlatining markaziy boshqaruvi dastlab ... dan iborat edi. A) saroy a’yonlari va harbiy boshliqlar B) amir va noiblar C) vazir devoni va 10 ta mahkama D) amir dargohi va devonlar 25 / 40 25. Tohir ibn Husayn xalifa nomini xutbadan chiqarib tashlaganidan 70 yil o‘tib bo‘lgan voqeani aniqlang? A) Safforiylar Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar B) Xalifa Mu’tazid hukmronligi boshlandi C) Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni birlashtirdi D) Butun Xuroson somoniylar qo‘l ostiga o‘tdi 26 / 40 26. 997-1030-yillarda hukmronlik qilgan davlat rahbarini aniqlang. A) Mahmud G‘aznaviy B) Sobuqtegin C) Ibrohim Bo‘ritakin D) Mas’ud G‘aznaviy 27 / 40 27. G‘aznaviylar saroyida ijod qilgan allomalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. A) Beruniy, Bayhaqiy, Narshaxiy, Ibn Sino B) Beruniy, Bayhaqiy, Gardiziy, Nosir Xusrav C) Bayxaqiy, Gardiziy, Firdavsiy, Rashiduddin D) Firdavsiy, Beruniy, Nosir Xusrav, Juvayniy 28 / 40 28. Quyidagi ko’rsatilgan qaysi sabablar tohiriylar hokimiyatiga qarshi xalq qo’zg’oloni ko’tarilishiga olib keldi? A) mulkdor dehqonlarning jabr zulmi va davlatning og’ir soliqlari B) “g’oziylar”ning xalqqa qarshi qilgan xunrezliklari C) muvaffaqiyatsiz o’tkazilgan pul islohoti D) xutbadan xalifaning nomini chiqarib tashlanishi 29 / 40 29. Somoniylar davlatida kimning hukmronligi davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi? A) Nasr B) Nasr II C) Nuh D) Nuh II 30 / 40 30. Somoniylar davlatida mahkama xizmatchilari kimlardan tanlab olingan? A) arab, fors tillari va Qur’on hamda shariat qoidalarini yaxshi bilgan, turli fanlardan oz bo‘lsada xabardor bo‘lgan savodli aslzodalardan B) turkiy xalqlarga mansub, harbiy san’at va siyosatni yaxshi o‘zlashtirgan harbiylardan C) aniq va tabiiy fanlardan xabardor bo‘lgan, ilgari savdo yoki boshqa yumushlar bilan bir qancha mamlakatlarda bo‘lgan kishilardan D) madrasa mudarrisi bo‘lib xizmat qilgan, fors tilini yaxshi biladigan hukmdor xonadoniga mansub kishilardan 31 / 40 31. Somoniylar davrida qanday omil O‘rta Osiyo aholisining mustaqil xalq bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. A) Arab xalifaligi hukmronligining barham topganligi B) etnik jarayonlarning kuchayishi C) markazlashgan davlatning tashkil etilishi D) islom dini ravnaqi 32 / 40 32. Somoniylar davlatida qaysi yo'l orqali Janubiy Sibir va Mo'g'ulistonga Movarounnahrning qishloq va shaharlaridan kerakli mahsulotlar etkazib berilgan? A) Shimoliy yo'l orqali B) Sibir yo'li orqali C) Janubiy yo'l orqali D) Yettisuv yo'li orqali 33 / 40 33. G’aznaviylar davlatining poytaxti saroyida qanchadan ortiq olim, shoir va san’atkorlar ijod qilgan? A) 300 B) 100 C) 400 D) 200 34 / 40 34. “Tarixi Mas’udiy” asarining muallifl qaysi javobdato‘g ‘ri berilgan. A) Narshaxiy B) Firdavsiy C) Abu Rayhon Beruniy D) Bayhaqiy 35 / 40 35. Qarluqlar dastlab qaysi hududlarda yashashgan? A) Oltoyning g'arbida, keyin Irtish daryosining o'rtaoqimida B) Janubiy Sibir va Oltoyda C) Yettisuvda D) Chu daryosidan shimolroqda 36 / 40 36. Qaysi voqea Xuroson va Movarounnahrda bir asrdan oshiqroq hukm surgan xalifalik hukmrohgining tugaganligini bildirardi? A) Abul Abbos Abdulloh noibligi davrida tohiriylarning poytaxti Marvdan Nishopur shahriga ko’chirilishi B) Ma’mun bilan Amin o’rtasidagi taxt uchun kurashi C) Movarounnahrda somoniylarning noibligi tohiriylar tomonidan tan olinishi va somoniylarning tohiriylarga tobe sifatida Movarounnahrni idora etishi D) Somonxudot nabiralarining ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanishi 37 / 40 37. Arab xalifasining Ismoil Somoniyga hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur qilgan omilni aniqlang. A) Ismoil Somoniy tomonidan butun Movarounnahrning birlashtirilishi B) xalifa Mu’tazid qo‘shinlarining somoniylardan yengilishi C) Ismoil Somoniy tomonidan Taroz shahrining egallanishi D) Ismoil Somoniyning Xurosonni egallab olishi 38 / 40 38. Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirganidan keyin Somonxudot nabiralarining qaysi hududlarga noib qilib tayinlanganini to‘g‘ri ko‘rsating. Ilyos; 2) Yahyo; 3) Ahmad; 4) Nuh. a)Samarqand; b) Farg‘ona; c) Shosh va Ustrushona; d) Hirot. A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c 39 / 40 39. Qaysi sulola davriga kelib Movarounnahr va Xorazm shaharlari o’ndan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylangan? A) G’aznaviylar B) Arab xalifaligi C) Qoraxoniylar D) Somoniylar 40 / 40 40. VIII-IX asrlarda mustaqil davlatlarning paydo bo’lish sababini ko’rsating. A) Turk xoqonligining barham topishi B) Arab xalifaligi hokimiyatining zaiflashuvi C) o’zbek xalqining shakllanishi D) Movarounnahrda hokimiyatni mahalliy mulkdorlar boshqanrviga o’tishi Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz