Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 3570 Ko'rishlar 8 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 36 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim C) to‘ldiruvchi, kesim D) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. 2 / 25 Pir yoki eshonga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs qanday ataladi? A) eshon B) murid C) shayx D) murshid 3 / 25 Ko‘chirma gap qaysi qatorda to‘g'ri yozilgan? A) "Eng buyuk jasorat- deydi yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat ". B) "Eng buyuk jasorat- deydi Yurtboshimiz- bu ma'naviy jasorat " C) "Eng buyuk jasorat, deydi yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " D) "Eng buyuk jasorat, -deydi Yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat " 4 / 25 «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga mansublik belgisi qaday bo‘yoqni yuzaga chiqaradi? A) salbiy bo‘yoq B) uslubiy bo‘yoq C) emotsional-ekspressiv bo‘yoq D) funksional bo‘yoq 5 / 25 Bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir B) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q C) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi D) Chiroylidir go‘yo yosh kelin 6 / 25 To‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gapni toping A) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. B) Yutug’imiz shundaki,har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. C) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. D) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. 7 / 25 “Al-jome as-sahih” asarining birinchi va ikkincghi boblari qanday mavzuda? A) iymon va ilm B) adolat va ilm C) tavoze va hayo D) odob va iymon 8 / 25 Suhbatning oqibati shu bo‘ldiki, Qalandarov tumanga qaytdi. Qo‘shma gap turini toping A) kesim ergash gap B) aniqlovchi ergash gap C) ega ergash gap D) to‘ldiruvchi ergash gap 9 / 25 Qaysi javobda sifat turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) tantiq – saxiy B) husn - go‘zal C) ozodlik – mustaqillik D) chiroyli – suluv 10 / 25 Qaysi qatorda ergash gapdan oldin kelgan bosh gap egasi yasama so‘z bilan ifodalangan? A) Giyohvandlik insoniyat kushandasi, shuning uchun unga qarshi ommaviy kurash olib borilmoqda. B) O‘quvchilar musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritsin deb, maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda C) Kimki birovga qasd qilsa, o‘sha pushaymonlik to‘nini kiyadi. D) Bu o‘zgarishlar hammaga yoqdi, chunkibarchaningko‘nglidagiishlarbo‘lganedi. 11 / 25 Ogahiy “Taviz ul-oshiqin” da she’riyatning nechta janrida ijod qilgan? A) 30dan ortiq B) 30ga yaqin C) 16 dan ortiq D) 20 dan ortiq 12 / 25 Qiyoslash ma’nosini bildiruvchi bog’langan qo‘shma gapni aniqlang. A) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir B) Soni ko‘p, lekin salmog’i yo‘q C) To‘g’ri til toshni yoradi, egri til esa boshni yoradi D) Chiroylidir go‘yo yosh kelin 13 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi B) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik C) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi D) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb 14 / 25 Bulbul gulzorni izlar, boyo‘g’li esa hamisha vayronani ko‘zlardi. Berilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi turkumlarga mansub? A) ot, sifat B) ot, sifat, fe’l C) sifat, fe’l D) ot, fe’l 15 / 25 Qaysi gapda mustaqil va nomustaqil vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan? A) Zardushtiylik dini zohiriy udum va marosimlarni ko‘r-ko‘rona bajarmaslikdan, mavhumlik va xurofotdan xabar beradi B) Shu vajdanki har kun singlimdan so‘roqlaysan ahvolimni san C) Rayxongullar terib katta bo‘lgan bu qadimiy ko‘chalar unga nimalarnidir eslatar edi. D) Doshqozonga olov yoqilgan, kabobpaz sixlarini ko‘raga tergan, qassob esa allaqachon qo‘yni tinchitgan edi. 16 / 25 Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog’ing qanda bo‘lsa, boshim anda. Misralardagi badiiy san’atni aniqlang? A) tazod, tashbeh B) ishtiqoq, tadrij C) ishtiqoq, tazod D) mubolag’a, tazod 17 / 25 “Osiy banda” asarining janri? A) qissa B) drama C) roman D) hikoya 18 / 25 Sen mangusan, baqosan, Men esam o‘tkinchi zot. Sen hamisha bahorsan, Men – lahzalik xotirot.. Nechta sodda gap bor? A) 2 B) 5 C) 4 D) 6 19 / 25 “Nozik” g’azalida yor husnda qaysi payg’ambardan ham ustun qo‘yiladi? A) Yusuf B) Iso C) Yaqub D) Muso 20 / 25 Ovoz so‘zining ma’nodoshlaridan qaysi biri shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi? A) un B) sado C) tovush D) sas 21 / 25 “Rustamxon” dostonida Sultonxonning nechta zaifasi (xotini ) bor edi? A) 2ta B) 7ta C) 4ta D) 3ta 22 / 25 Sening har bir ishing boshqalarga doimo ibrat bo‘lishini unutma! Ushbu gapda nechta so‘z hokim bo‘lak vazifasini bajara olmaydi? A) 2 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta 23 / 25 Yunon tarixchisi Polien kim haqidagi afsona mazmunini yozib qoldirgan? A) A.Temur B) Sarbadorlar C) To‘maris D) Shiroq 24 / 25 Ey oy, agar samoda porloq nursen, Yorim yuzicha ravshan emas, benursen. Ushbu gapdagi kesimlar sonini aniqlang. A) 4ta B) 3ta C) 2ta D) 1ta 25 / 25 Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, irodasini baquvvat qiladigan, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuchdir.Ushbu gapdagi so‘z yasovchilar sonini toping. A) 6 ta B) 5 ta C) 7 ta D) 4 ta 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6