Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 3101 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 8 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Darhaqiqat, buyuk bobomiz faqat turkey emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan. Ushbu gapda yordamchi so‘z turkumlariga mansub so‘zlar soni nechta? A) 3 B) 2 C) 5 D) 4 2 / 25 Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) tabassum - yig‘i B) tantiqlik – saxiylik C) husn - go‘zal D) sovg‘a – tuhfa 3 / 25 Asosi fe’l bo‘lgan ot turkumiga mansub yasama so‘zni belgilang. A) so‘lim, qo‘nim, tinim B) taroq, yo‘liq, bilim C) tiniq, terim, qochoq D) chiziq , chaqmoq, tilim 4 / 25 Yasama so‘z berilmagan javobni toping. A) Uzr, o‘rtoq, kitobimni Husnoraga berib yuborgan edim B) U ko‘chaning boshida turib dodlar edi C) Hamma vaqt ham biz istaganday bo‘lavermaydi D) Bizni ko‘rib Dildora xonada yozilib yotgan to‘shaklarni yig’ishtira ketdi 5 / 25 Qaysi gapda fonetik o‘zgarish lug’aviy shakl yasovchi ta’sirida paydo bo‘lgan so‘z qatnashgan? A) Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog’ing B) Qiynalib erishilgan har bir narsa aziz C) Yurtidan ayrilgan yetti yil yig’lar D) So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman 6 / 25 Behbudiy Arab tili grammatikasini qaysi tog‘asidan o‘rgangan? A) Mulla Odil B) Muhammad Sodiq C) Muhammad Solih D) Muhammad Siddiq 7 / 25 Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan? A) do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq B) ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq C) tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig'iday asramoq D) tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq 8 / 25 Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi, O‘z haddini bilib belidin o‘ltirur quyi. Qaysi san’at qo‘llangan? A) tardi aks B) tajnis C) tajohil orif D) husni ta’lil 9 / 25 Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan tub so‘z berilgan? A) kechikmoq B) oqizmoq C) changimoq D) tuzlamoq 10 / 25 Kelishik qo‘shimchalari bilan bog'langan so‘z birikmalarini toping? A) ota-onalar majlisi, tilla zanjir B) kuchli davlat , uydan chiqmoq C) vatanni sevmoq, mustaqil davlat D) mening vatanim, maktab bog‘i 11 / 25 Qaysi qatorda holat ravishi o‘timsiz fe’lga bog’langan? A) Kechga yaqin charchab, arang yetib kelishdi B) Uyiga kelib biroz toliqqanini his qildi C) U eshik oldida hech narsa bo‘lmaganday,gerdayib turardi D) Qaysidir voqea sabab Karimaga qasddan turxmat qildi 12 / 25 Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Sap-sariq qovunlarning xushbo‘y hidi anqib turardi. B) Bugun yumushlarim ko‘payib ketdi, siz aytkan joyga bora olmadim. C) O ‘g‘il bolalar ariqlarni tozaladilar, qizlar esa hovlini supurdilar. D) Onam qo‘y go‘shtini o‘z yog‘iga qovurib berdilar. 13 / 25 Quyida berilganlardan qaysilari modal so‘z hisoblanadi? 1) xullas; 2) faqat; 3) darhaqiqat; 4) xayriyat; 5) chunki; 6) biroq. A) С) 1, 3, 4 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 5 D) 2, 3, 6 14 / 25 “Ilohiy komediya” asarining muallifi kim? A) A.Oripov B) O.Balzak C) Shekspir D) Dante 15 / 25 Bobur tarjima qilgan asar qaysi? A) «Xatti Boburiy» B) «Risolayi volidiya» C) «Mubayyin» D) «Tarixi Rashidiy» 16 / 25 Shekspirning qaysi asari “Greyz Inn” tetrida sahnaga qo‘yilgan? A) Venera va Adonis B) Hamlet C) Romeo va Julyetta D) Xatolar komediyasi 17 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi B) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb C) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik D) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi 18 / 25 Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan o‘zagida tovush o‘zgarishi bo‘ladigan so‘zlar qatorini toping. A) qayir, qala B) past, qasd C) o‘rin, gurs D) so‘ra, ravnaq 19 / 25 «O‘tkan kunlar» romani asosida suratga olingan filmda Homid rolida qaysi artist o‘ynagan? A) Hamza Umarov B) O‘lmas Alixo‘jayev C) Yoqub Ahmedov. D) Abbos Bakirov 20 / 25 Buyruq-xitob undovi qatnashgan gapni aniqlang. A) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing tutdi olamni. B) Iya, sen mehmonga kelasan-u, ovoragarchiligi bormi? C) Voy, sen hali yalpiz nimaligini bilmaysanmi? D) Oh, qanday go‘zal bu olam! 21 / 25 She’riy parchada kesimlar qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalangan? Bulutlar haydar shamol Goh yog’ib o‘tar yomg’ir Barglar pokiza,zilol Goh quyosh to‘kadi nur. A) ot, sifat ,fe’l B) sifat ,fe’l C) ot, sifat, D) ot, fe’l 22 / 25 «Abdulla Qodiriy iste’dodli, qalbi butun va o‘ziga xos ravishdagi shaxs edi... Abdulla Qodiriyning prozasi, birinchi navbatda, g‘oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi», – degan fikrni kim aytgan? A) Oybek. B) Abdulla Qodiriy. C) Abdulla Oripov D) Erkin Vohidov 23 / 25 Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan? A) axloq, tirnoq, pishloq B) bilak, qovoq, chelak C) yurak, buyruq, kerak D) sovuq, sana, o‘yin 24 / 25 Ey inson, har bir so‘zni o‘ylab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, yoxud halokatga boshlaydi. So‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan yasalgan so‘zlardan nechtasining asosi bir bo‘g’indan iborat? A) 2 B) 1 C) 4 D) 3 25 / 25 Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan? A) tongi, yengildi, dengiz B) jarang, singil, bugungi C) tong, shtanga, ko‘rdingiz D) so‘nggi, kongress, tungi 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6