Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 3196 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 8 7 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Berilgan qaysi gapda murakkab ot kesim qatnashgan? A) Kun juda isib ketgan edi, shuning uchun eshiklarni ochib qo‘ydik. B) Aka, juda mohir ustasiz, sizdan o‘rnak olish bizga foyda keltiradi. C) Vazifamiz – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish. D) Mening dadam shifoxonada eng tajribali jarrohlardan biri sanaladi. 2 / 25 Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari to‘ldiruvchi, aniqlovchi, ega va kesim tartibida joylashgan? A) Xonaga sochlarining yarmi oqargan kishi kirib keldi. B) Hovlini qizlarning qahqahasi tutib ketdi. C) Yigitlarga ishning hammasini topshirib ketdi. D) Uning gapiga kim ham quloq solardi. 3 / 25 Kelishik qo'shimchalari bilan birikkan so’z birikmalari qatorini belgilang? A) Bog’da sayr,kitob uchun gilof B) Ijodiy uchrashuv,bahordagi shabada C) Diqqat bilan tinglash,kitobni o’qimoq D) Bulbul navosi,so’z sehri 4 / 25 Qaysi javobda o‘zaro sinonim iboralar qo‘llangan? A) Tepa sochi tikka bo‘ldi – kapalagi uchib ketdi B) Tegirmonga tushsa, butun chiqadi – tegganga tegib, tegmaganga kesak otadi C) Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – hafsalasi pir bo‘ldi D) O‘takasi yorildi – o‘pkasi o‘g‘ziga keldi 5 / 25 Qaysi gapda kelishik qo‘shimchalari uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan? A) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga, Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga. B) Tilda e’tiborsiz – elga e’tiborsiz. C) Har yerni qilma orzu, har yerga bor tosh-u tarozi. D) Ayrilganning ayiq yer, Bo‘linganning bo‘ri yer. 6 / 25 Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan? A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) ega D) hol 7 / 25 Kesimlaridan biri ot, ikkinchisi fe'l bilan ifodalangan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan. A) So‘z chertib olinishi, har yoqdan tanlanishi lozim. B) Bizning yurtimiz chaman, unda quvnab o‘saman. C) Navbahor ochildi gullar sabza bo‘ldi bog'lar. D) Halol yashamoq- xalqqa xizmat qilmoq. 8 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘ldiruvchi, kesim B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim C) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. D) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. 9 / 25 M.Shayxzoda qaysi mutafakkir ijodi va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlar olib borgan? A) Bobur B) Ganjaviy C) Ibn Sino D) A.Navoiy 10 / 25 Ushbu gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta qo‘yiladi? A) Mening bir jaydari falsafamdir shu// Hargiz iltimosga kuning qolmasin. B) Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi. C) Hamal keldi // amal keldi. D) Yana uvlar dahshat shamoli// Ko‘kni qora bulut quchadi. 11 / 25 Ko‘makchili qurilmalar yordamida bog’langan qo‘shma gaplar tarkibida bosh gapning o‘rni qanday bo‘ladi? A) ergash gapdan keyin keladi B) ergash gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin C) ko‘makchili qurilmalar bog’langan qo‘shma gap tarkibida keladi D) ergash gapdan oldin keladi 12 / 25 ”Sog’inish”she’rida “eng kichik zarradan Yupitergacha,o‘zing murabbiysan”deya nimaga nisbatan murojaat qilinadi? A) Sog’inch B) Alloh C) quyosh D) oy 13 / 25 Qaysi gapda -dir qo‘shimchasi gumon ma’nosini bildirib kelgan? A) Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. B) Taskin berib onam yig‘laydir, Qolganlari yolg‘on yig‘laydir. C) Nadir millat qudratining tamadduni, Amir Temur haykalidan so‘rang buni. D) Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir, Men uning uchun ham yashab yuribman. 14 / 25 Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat. “Xamsa”ning qaysi dostonida Navoiy asarini turkiy tilda bitganini aytgan? A) Hayrat ul-abror” B) ”Farhod va Shirin” C) C)Layli va Majnun” D) D)”Sabbayi sayyor” 15 / 25 XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha dostonlarning variantlari bilan qo‘shib hisoblaganda jami nechta doston yozib olingan? A) 100 dan ortiq B) 150 C) 200 D) 400 16 / 25 Qaysi qo‘shma gap qismlari nisbiy so‘z yordamida birikmagan? A) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi B) Kimning ko‘ngli to‘g’ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g’ri bo‘ladi C) Qalandarov yugurdagini “Eshon, hoy!”, deb chaqirganda Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo‘lsa, buni ko‘rib, ta’bi shunchalik tirriq bo‘ldi D) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning barchasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. 17 / 25 Bo‘lsa, esa so‘zlari qo‘shma gapning qaysi turini bog’lash uchun xizmat qiladi? A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap B) bog’lovchisiz qo‘shma gap C) bog’langan qo‘shma gap D) ergashgan qo‘shma gap 18 / 25 “Farhod va Shirin” dostonida Xusravning vaziri kim edi? A) Davron Xallos B) Buzrug Ummid C) Sheruya Parviz D) Shopur 19 / 25 Men dadil ayta olamanki ,halol mehnat qilishga odatlangan odam hech qayerda uyalib qolmaydi. Ushbu qo‘shma gap haqidagi to‘g'ri hukmlarni belgilang. 1)ergashgan gap bosh gap tarkibida ifodalanmagan to‘ldiruvchini izohlamoqda; 2) ergash gap bosh gapdan oldin joylashgan; 3)ergash gap bosh gapga bog'lovchi vazifasidagi vosita yordamida bog'langan; 4)bosh gap shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi; 5)qo‘shma gap tarkibida bitishuvli birikmalar soni 3ta A) 2.4 B) 1,2,3,4,5. C) 1,3,5. D) 1,2,4 20 / 25 Qo‘shma gap berilmagan qatorni toping A) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi B) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi C) Yigit-qizlarimiz O‘zbekistonning, insoniyatning bolasi bo‘lsa, hamma faxrlanadi D) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi 21 / 25 A’loxon o‘zining xatosini angladi va gapirolmay g’uldirab javob berdi: “Sizsiz menga dunyo tor”. Gapdagi yasama so‘zlar miqdori. A) 4ta B) 6ta C) 3ta D) 5ta 22 / 25 Vatanning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Ushbu gapda nechta otli birikma mavjud? A) 4ta B) 3ta C) 2ta D) 1ta 23 / 25 Hol ergash gapli qo‘shma gap berilmagan qatorni qaniqlang. A) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. B) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. C) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. D) Yutug’imiz shu darajada oshdiki, har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. 24 / 25 Qaysi gapdagi uyushgan aniqlovchilar orasida fonetik hodisaga uchragan yasama so‘z mavjud? A) Ko‘p o‘tmasdan sergo‘sht shavla tortildi B) Serchang ,sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib borar edi. C) Bu yerda xalqning, sizning, mening farzandlarimiz ta'lim olishadi. D) Chaqaloq kichkina,oppoq va dumaloq qo‘llarini cho‘zib menga talpindi. 25 / 25 Xoja qaysi mashhur avliyoning avlodlaridan hisoblanadi? A) Zangi Ota B) Xo‘ja Ahror Valiy C) Bahouddin Naqshband D) Abduxoliq G’ijduvoniy 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6