11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Iyul 18, 2022Avgust 19, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 ga 4 fikr bildirilgan 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Yoyiq undalma qatnashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Darhaqiqat, vatangadolikdan og‘ir dard yo‘q, do‘stim. B) Kamtarlik qilma, Yigitali, buni o‘zingning halol mehnating tufayli olding C) Chimxo‘rsan-da, shirin qizim, shu ham osh yeyishmi? D) Mening uchun xo‘p deya qolgin, jon o‘rtoq 2 / 25 «Abdulla Qodiriy iste’dodli, qalbi butun va o‘ziga xos ravishdagi shaxs edi... Abdulla Qodiriyning prozasi, birinchi navbatda, g‘oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi», – degan fikrni kim aytgan? A) Abdulla Qodiriy. B) Oybek. C) Erkin Vohidov D) Abdulla Oripov 3 / 25 “So`z latofati” kitobining muallifi? A) E. Vohidov B) A. Hojiyev C) Sh. Rahmatullayev D) A. Rustamov. 4 / 25 Qaysi adib adabiyotda birinchilardan bo’lib chet eldagi o’zbeklar hayotini yoritgan? A) Rasul Hamzatov B) Asqad Muxtor C) Mirtemir D) Shuhrat 5 / 25 Ammo Saidiy hafta sayin jurnalning oxirgi sahifasida o`z ismini “bosilmaydi” bezagi bilan ko`ravergandan so`ng, yozuvchi bo`lish uchun o`zining tutgan yo`li to`gri ekaniga shubhalana boshlanadi. A) 2 ta ko`makchi, 1 ta bog`lovchi B) 3 ta ko`makchi, 1 ta bog`lovchi C) 4 ta ko`mak, bog`lovchi yo`q D) 4 ta ko`mak, 1ta bog`, 6 / 25 Sifatdosh va harakat nomi tarkibidagi egalik qo`shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini olgan shaxs bildiruvchi so`zning qo`llanishiga ko`pincha ehtiyoj bo`lmaydi. Ushbu qoida talabiga mos bo`lmaydigan gap qaysi qatorda berilgan? A) Bilganingni eldan ayama. B) Bo`zchi bilganin to`qir, Baxshi bilganin o`qir. C) Boqqaning ikki echki, o`shqirganing yer tebratar. D) Buzoqning yugurgani - bizning kutganimiz. 7 / 25 Mana menman, u isyonning o`lmas avlodi, Mana menman, u gullarning hech so`lmas yodi, Mana menman, falaklarga lov-lov o`t qo`yib, Otalarimning boshidan poydevor uyib. Kelajagim obidasin qurgan insonman. O`sha jonman, o`sha qonman va o`sha shonman. (U. N) Berilgan parchada qo`llangan olmoshlar haqidagi to`g`ri fikrni belgilang. A) Ko`rsatish olmoshlari kesim va ega vazifasida kelgan B) 3 o`rinda kishilik olmoshi, 8 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan C) Ko`rsatish olmoshlari aniqlovchi va to`ldirovchi vazifasida kelgan. D) 5 o`rinda kishilik olmoshi, 6 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan 8 / 25 Foydalanish, ishlatish so`zining ma’nodoshi tarkibidagi sirg`aluvchilar soni nechta? A) 5 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 3 ta 9 / 25 “Otello” tragediyasida Otelloning ko`z yoshlari nimaga qiyoslangan? A) Arabistondagi daraxtdan oqayotgan shiraga B) Arabistondagi yoqutlarga C) olmosga D) Tonggi shudringga 10 / 25 So`xtasi sovuq frazemasining antonimi haqidagi to`gri hukmni aniqlang. A) yasalishda tovush ortishi kuzatilgan xil-xususiyat sifati B) ta’m-ma’za sifati C) yasalishda tovush ortishi kuzatilgan shakl-hajm sifati D) shakl-shajm sifati bo`lib, tovush o`zgarishiga uchragan 11 / 25 O`xshash variant boshiga ko`tarmoq bo`lgan ibora qaysi gap tarkibida sifatlovchi aniqlovchi vazifasida qo`llangan? A) Saida ayvonning soyasiga ko`rpacha yozdi. B) Qurboy Tillayevning soyasiga ko`rpacha soladigan odamlar xilidan C) Soyasiga salom berishning kimga keragi bor o`zi? D) “Sizning soyangizga ko`rpacha to`shaydiganga nega ishonasiz o`zi”,- dedi Saidiy tutaqib 12 / 25 Ergashgan qo`shma gapning birinchi sodda gapi yakunida qavs ichida kiritma gap kelsa qo`shma gap qismlari orasiga qo`yiluvchi vergul qayerda joylashadi? A) kiritmadan so`ng, ikkinchi gapdan oldin B) kiritmadan oldin va keyin C) Bu holatda vergul ishlatilmaydi. D) Birinchi gapdan so`ng, kiritmadan oldin 13 / 25 Oshiq o`z ishqidan so`zlasa nuqul. Gapdagi ostiga chizilgan so`z haqida qaysi javobda mulohaza berilgan? A) Nutq jarayonida ushbu so`z turkumiga oid so`zlardan foydalanishda so`zlovchilarning yoshi, amali nuqtayi nazaridan ma’lum darajada farq qiladi. B) Bu so`zlarning ko`pchiligi qo`shimcha shaklida, ayrimlari esa so`z shaklida qo`llaniladi C) So`zlovchining o`zi bayon etayotgan fikriga ishonch, gumon, achinish kabi munosobatlarni ifodalaydi. D) Tarkibida ayrim egalik shakllari o`z vazifasini yo`qotadi. 14 / 25 Yiqilganga zo`rlik muruvvat emas, A’lo qush chumoli donini emas... Bayt muallifi va manbasi qaysi qatorda berilgan? A) Sa’diy „Guliston“ B) A. Navoiy „Hayrat ul-abror“ C) Ogahiy „Ogohnoma“ D) Sa’diy „Bo`ston“ 15 / 25 O`zbek adabiy tilida farqlanuvchi me’yorlarni aniqlang. 1. leksik me’yor 2. talaffuz me’yori 3. so`z yasalish me’yori 4. morfologik me’yor 5. sintaktik me’yor 6. uslubiy me’yor A) 1,2,4,5,6 B) 2,4,5,6 C) 1,3,5,6 D) 1,2,3,4,5,6 16 / 25 Agar tenglik hukm sursa, hech qachon sotqinlik, aldamchilik, g`am-g`ussa bo`lmaydi. Gapda qo`llangan gap bo`laklarining kesimga bog`lanishi yuzasidan berilgan to`g`ri fikrlarni aniqlang. 1) Barcha gap bo`laklari kesim bilan bevosita bog`langan 2) Barcha gap bo`laklari murakkab kesimga bog`langan 3) Ergash gap tarkibida uyushiq egalar kesim bilan yonma-yon kelgan. 4) uyushgan ega kesim bilan grammatik munosobatga kirishgan. A) 1.3 B) 1,2,3 C) 1.2 D) 1.4 17 / 25 U goho ichib kelib, hovlini boshiga ko`targudek o`kirib yig`laydi; akasining sirlarini bilishini, bir kunmas – bir kun uni fosh qilajagini aytadi, bo`ralab so`kadi. Ushbu gapda yordamchi so`z turkumiga mansub nechta birlik qo`llangan? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) Bunday birlik mavjud emas. 18 / 25 Oqil o`z so`zin o`rnida so`zlagay, Ham javobini munosib ko`zlagay. Bayt muallifi kim? A) S. Saroyi B) A. Navoiy C) S. Sheroziy D) Atoiy 19 / 25 Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarni aniqlang. 1. shevaga xos so`zlar 2. Varvarizmlar 3. Vulgarizmlar 4. Kanselyarizmlar 5. Parazit so`zlar 6. Ibora va grammatik shakllar 7. Urg`u va talaffuz A) 2,3,4,6,7 B) 1,3,5,6,7 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,2,4,7 20 / 25 Uning ijodida hayotdan umidsizlik, folklor adabiyotida qo`llaniladigan arvoh, tobut kabi tushunchalar qo`llansa-da, hayotga bo`lgan umid, ishonch tushunchalari barq urib turadi. Ushbu fikr qaysi ijodkor haqida? A) J. London B) H. Hayne C) A. Dode D) U. Shekspir 21 / 25 Ko`chirma gapli qo`shma gapni sodda gapga aylantirganimizda qaysi gap tarkibidagi bo`laklar o`zgaradi. A) faqat ko`chirma B) Har ikkala gap tarkibidagi bo`lak o`zgaradi C) ko`chirma D) muallif 22 / 25 Payini qirqmoq frazemasiga ma’nodosh bo`lga ibora qaysi bandda so`z irikmasiga teng kelgan? A) Haqiqatni anglaganda allaqachon ostiga suv quyishgan edi. B) Sening bu qilganing o`z oyog`ingga bolta urishingdan o`zga ish emas C) Shoikromov o`z oyog`iga o`zi bolta uradiganlar xilidan D) Mo`min chaqqon oyog`iga bolta urilishini hisobga olmagan edi. 23 / 25 O`. Umarbekovning milliy kinomotografiya taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko`rsatgan kinossenarilari? A) “Komissiya”, “Arizasiga ko`ra”, “Charos”, “Urush farzandi” B) “Yuksak qorliklardagi uchrashuv”, “Ikki soldat haqida qissa”, “Sevgi afsonasi”, “Changalzor qonuni”. C) “Qiyomat qarz”, “Shohma quyosh”, “Yer yonganda”, “Arizasiga ko`ra” D) “Oq qaldirg`och”, “Yigit va qiz”, “Sevgim, sevgilim”, “Sevgi afsonasi”. 24 / 25 Bolalikdan boshlangan do`stlik insonning keyingi ulg`aygan va kamolga erishgan davrda orttirgan barcha do`stlari orasida alohida ahamiyatga ega. Gapdagi yasama so`zlar qaysi turkumlarga oidligini aniqlang. 1) ot; 2) sifat 3) fe’l 4) ravish; A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4 25 / 25 Arab tilidan kirib kelgan qaysi so`z o`zbek tilida kamtarinlik ma’nosini ifodalab, asl ma’nosini tubdan o`zgartirgan? A) raiyat B) kamina C) fuqaro D) ojizingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring tomonidan Wordpress Quiz plugin Ona tili va adabiyot olimpiada, Tuman 2019-2020 o'quv yili