Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 9, 2022 367 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Diqqat! Testni 80% va undan yuqori natija bilan tugating va sertifikatga ega bo'ling! 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz Online olimpiada savollari! Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 1 / 25 1. Qaysi qatorda –siz qo`shimchasi sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasida qo`llangan? A) Odobni odobsizdan o`rgan B) Suvsiz hayot bo`lmaydi C) Siz bebaho insonsiz D) U bu gapdan xabarsiz edi 2 / 25 2. X.To`xtaboyevning “Sariq devni minib” romanidagi “Baxtim kulib boqqan edi” bobida Hojimjonnnig qaysi sarguzashtlari to`g`risida hikoya qilinadi? A) Hoshimjonning Soraxon folbin va uning o`g`lining nayranglarini fosh etishi B) Hoshimjonning qalpoqcha tufayli diplomli bo`lgani, Krupskaya maktab-internatidagi sarguzashtlari C) Hoshimjonning 1200 gektar paxta maydoni-yu, 12 ta brigadaga agronom bo`lib tayinlanganligi D) Hoshimjonning tashlandiq uydan sehrli qalpoqchani topib olishi va a`lo baholar olishi 3 / 25 3. Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe`lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe`llar berilgan qatorni toping. A) yuvmoq, yayramoq B) qochmoq, yonmoq C) kiymoq, taramoq D) quvonmoq,jilmaymoq 4 / 25 4. Ko`ksingda savoling bo`lmasa, dunyoga nega kelding, inson? Ushbu gapda fe`lning munosabat shakli necha o`rinda qo`llangan? A) 2 B) 4 C) 3 D) 5 5 / 25 5. ”Qutbdagi gunafsh” ertagida gunafshaning xushbo`y hididan hayratga tushgan shimolliklarga uning gul ekanligini, bunday gullar janubda millionlab o`sishini kim tushuntiradi? A) ayiq B) morj C) tyulen D) chayka 6 / 25 6. Ibroyim Yusupovning “Qadrdon so‘qmoqlar” she’ridan olingan qaysi misralarda lirik tuyg‘ular bilan birga ijtimoiy kayfiyat ham aks etgan bo‘lib, sho‘ro davri siyosatini eslatadi? A) Qizil kendir bilan shivirlashar tol, Turna uchib borar olis yoqlarga. B) Mosh paykalda gala chumchuq chug‘urlar. She’r o‘qishib turgan yosh shoirlarday. C) Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab, Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday. D) Biroq u bunda yo‘q, u yiroqlarda, Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor. 7 / 25 7. Eh o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi? Laqqa tushubsan-da lof ursa. Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda Yoningda tursa… Ushbu she’riy parchaga eng mos hikmatli so‘zni aniqlang. A) Yor uldurki, har nechakim o‘ziga Istamas, yorig‘a ham istamagay. O‘zi istarki, yor uchun o‘lgay, Ani munda sherik aylamagay. (Navoiy) B) Yomon do‘st – bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutula olmaysan, bulutli kunda izlasang ham topolmaysan. (Abay) C) Do‘sti yo‘q bilan sirlash, Do‘sti ko‘p bilan siylash. (Abay) D) Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham, Do‘st qadam qo‘ymas esa, vayronadir koshona ham. (E. Vohidov) 8 / 25 8. Quyidagi o‘tgan zamon shakllaridan qaysi biri ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi? A) Sinf rahbarimiz G‘anini uyga yuboribdilar. B) Mana bu shotutni bobosi ekkan. C) Mixlangan qulog‘idan, suv quyar oyog‘idan. D) Oq yer ochdim, qora bug‘doy sochdim. 9 / 25 9. Boychechakni tutdilar, Tut yog‘ochga osdilar.Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar. Ushbu parchadagi boychechak qanday ramz hisoblanadi? A) mehnatkash inson ramzi B) bahor ramzi C) yoshlik ramzi D) jo‘shqinlik ramzi 10 / 25 10. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik qaysi gapda mavjud? A) Olis-olislarda qolgan qishlog‘im… B) Ob-havo yomonlashganda tog‘ga chiqmaslikni maslahat berishdi. C) Sen chiqguncha kutib tura qolaman. D) Yuragimda mening bir dardim bor… 11 / 25 11. Qaysi asarda biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q tafsilotlar orqali bayon qilish usuli uchraydi? A) “Do‘nan” B) “Shum bola” C) “Muzqaymoq” D) “Urushning so‘nggi qurboni” 12 / 25 12. Sabab ravishdoshini toping. A) qo‘rqib kirmadi B) suvga tikilgancha o‘ylanib qoldi C) ko‘rgani bordi D) yig‘lay-yig‘lay uxladi 13 / 25 13. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l ishtirok etmagan? A) Dalaga suv chiqaraman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi. B) – Koyima, qizim, - dedi ona, o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmaymiz. C) Sen chala qoldirgan yerlaringni supura tur, kelib qolar. D) Ertaga mashina kelar, kelmasa, yo‘lga chiqmayman. 14 / 25 14. Qaysi gapda taqsim son ishtirok etgan? A) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi. B) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. C) Bekatda o‘n odam avtobus kutib turishardi. D) Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak. 15 / 25 15. Xirmon yanchishda kuylanadigan o‘zbek xalq qo‘shig‘ini aniqlang. A) “Maydagul” B) “Chittigul” C) “Turey-turey” D) “Xo‘sh-xo‘sh” 16 / 25 16. Tarkibidagi barcha otlar mavhum ot hisoblanadigan gapni toping. A) U o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularni qanday atashni bilmas edi. B) Hayo qalbning haqiqiy ko‘zgusidir. C) Oyog‘ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa, boshingizga falokat keltiradi. D) Yalqovlik muhtojlik eshigidir. 17 / 25 17. Xalq qo‘shiqlari haqidagi qaysi fikr xato? A) Xalq qo‘shiqlarida xalqning orzu-umidlari, zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan. B) Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. C) Xalq qo‘shiqlari to‘y-tomoshalar jarayonida paydo bo‘lgan. D) Xalq qo‘shiqlarida ko‘pchilikning his-tuyg‘ulari umumlashtirilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi. 18 / 25 18. Qaysi gapda sodda yasama va qo‘shma fe’llar ishtirok etgan? A) Komila bir chekkada g‘uj-g‘uj ochilgan atirgulni hidlab, Mastura bilan gaplashib o‘tirardi. B) Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim. C) Hakim bobo har bir niholga alohida e’tibor berib parvarish qilardi. D) Boshing egib ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni gulday erkalagan chaman uchun. 19 / 25 19. Tarkibidagi barcha sifatlar yasama bo‘lgan gapni aniqlang. A) Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. B) Nodon, kaltafahm odamdan ma’noli gap chiqmaydi. C) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, do‘mboq bo‘lsa, bu xushqad, xushsurat. D) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi. 20 / 25 20. Xalq (tabobat) qulupnay (mevterlatuvchi, bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. Qavs ichidagi so‘zlarga qo‘shilishi kerak bo‘lgan munosabat shakllari soni nechta? A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta 21 / 25 21. Sabab ravishi qatnashgan gapni aniqlang. A) U qah-qah urib yuborishdan o‘zini arang tiyib, ko‘zlarini yumdi. B) Mana shu mablag‘ behuda sarf etilmasligi uchun komissiya qat’iy bir qarorga kelishi kerak. C) Xayrullo bu shartga noiloj ko‘ndi. D) U esa hamon qo‘rqoqligi tufayli kechalari ko‘chaga chiqolmaydi. 22 / 25 22. Uch, qushcha, hur Qo‘shig‘im bo‘lib! – Shudir sendan so‘nggi tilagim. Tanim qolsin bunda (Tan nima?) Ona yurtga borsin yuragim. (Musa Jalil) Ushbu she’riy parchada kimning tuyg‘ulari ifodalanmoqda? A) Qamoqxonadagi mahbusning. B) Chet ellarda sargardon yurgan ishchilarning. C) Urushdagi askarlarning. D) Kasalxonada yotgan bemorning. 23 / 25 23. — Shiroq biz tomondan. O‘zi ertakchi, dostonchi dono chol. Butun umri cho‘ponlik bilan o‘tgan, — dedi Saksfar. Ushbu gapda nechta shaxs oti mavjud? A) 5 B) 3 C) 2 D) 4 24 / 25 24. Sallalari boshlarida oq savat, Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat. Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar, Birlaridur kunda pix-u gavda xar. “Tanobchilar” satirasidan olingan ushbu parchada qanday tasvir vositasidan foydalanilgan? A) sifatlash B) tazod C) mubolag‘a D) jonlantirish 25 / 25 25. Qaysi gapda fe’lning barcha vazifa shakllari ishtirok etgan? A) Orqa tomonda o‘tirgan Dilbar o‘zini tutolmay qiqirlab kula boshladi. B) - Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, shuning uchun sha’ningizga dog‘ tushiradigan ish qilmang, - dedi u kuyunib. C) Necha kundan beri qattiq esayotgan shamol tinavermagach, tog‘ga chiqishni qoldirdi. D) So‘ridagi ko‘rpachani yig‘ishtirib olib, mehmonlar kelguncha yakandoz to‘shab, joy soldi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6