Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №2 Geografiya olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 710 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Geografiya olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Vujudga kelishiga ko‘ra quruqlik bilan bog‘liq yotqiziqlar nima deb ataladi? A) Jigarrang okean loyqasi B) Terrigen yotqiziqlar C) Qizil tusli okean gili D) Akkumulyativ yotqiziqlar 2 / 25 2. Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining necha foizini tashkil etadi? A) 30% B) 50% C) 80% D) 70% 3 / 25 3. Yer po‘stining kontinental tipi Pomir va Hindikushda necha km qalinlikka teng? A) 60-70 km B) 50-60 km C) 70-80 km D) 35-40 km 4 / 25 4. Qaysi daryo Chotqol va Piskom daryolarining Chorvoq botig‘ida qo‘shilishidan vujudga keladi? A) Zarafshon B) Sirdaryo C) Piskom D) Chirchiq 5 / 25 5. Quyida ko‘rsatilgan B nuqtadagi havo haroratini toping? A) 27,6°C B) 26,4°C C) 26°C D) 27°C 6 / 25 6. Ushbu rasmda tasvirlangan tepalikning qaysi yonbag‘ri qiya? A) G‘arbiy B) Sharqiy C) Shimoliy D) Janubiy 7 / 25 7. Pachkamar suv ombori qaysi daryoning oqimini tartibga solish maqsadida qurilgan? A) Tanxozdaryo B) Oqsuvdaryo C) Qashqadaryo D) G‘uzordaryo 8 / 25 8. Gazni quvurar orqali yuborishdan maqsad nima? A) Quruqlik transportida tashib bo’lmasligidan B) Isrof bo’lmasligini oldini olish C) Masofa qisqa bo’lishi uchun D) Transport xarajatini tejash 9 / 25 9. Neftni qazib chiqarish xarajati ko’mir qazib chiqarishdan o’rta hisobda qancha kam? A) 2 barobar B) 10 barobar C) 3 barobar D) 4 barobar 10 / 25 10. O‘zbekiton aholisining jinsiy tarkibida erkaklar va ayollarning ulushi qancha % ni tashkil etadi? A) Erkaklar 50% ni ayollar 50 % ni B) Erkaklar 48% ni ayollar 52 % ni C) Erkaklar 52% ni ayollar 48 % ni D) Erkaklar 53% ni ayollar 47 % ni 11 / 25 11. Quydagilardan mamlakatimizdagi mehnatda band aholining 10,9 va 13,4 %i qaysi tarmoqlarda band ekanligini ajrating? 1. Sanoat; 2. Qishloq xo‘jaligi; 3. Savdo va umumiy ovqatlanish; 4. Qurilish; 5. Sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya; 6. Transport va aloqa; 7. Fan, ta`lim, madaniyat va san`at; 8. Boshqaruv tashkilotlari. A) 1.5 B) 4.8 C) 3.7 D) 2.6 12 / 25 12. Alp-Karpat tog’lari qaysi kichik o’lkaga tegishli? A) Sharqiy Yevropa B) Janubiy Yevropa C) O’rta Yevropa D) Shimoliy Yevropa 13 / 25 13. Mamlakatimizdagi 1)furon birikmalari, 2) biokimyo, 3) gidroliz zavodlari joylashgan shaharlarni belgilang? A) Farg‘ona, Yangiyo‘l, Andijon B) Yangiyo‘l, Farg‘ona, Namangan C) Farg‘ona, Andijon, Namangan D) Farg‘ona, Muborak, Navoiy 14 / 25 14. Quyida berilgan variantlarni qaysi birida yurtimizdagi silikat bloklar ishlab chiqariladigan viloyatlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlari B) Toshkent, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari C) Xorazm, Buxoro, Farg‘ona viloyatlari D) Xorazm, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari 15 / 25 15. Turli xildagi elektr stansiyalarning yuqori voltli elektr uzatish liniyalari bilan birlashtirib, bir markazdan boshqarib turishi nima deyiladi? A) Energetika tarmog’i B) Energiya tizimi C) Energetika manbai D) Energetika tizimi 16 / 25 16. Antraktidada muzning o’rtacha qalinligi qancha. A) 2000 m ga yaqin B) 2555 m C) 3000 m ga yaqin D) 2500 m dan ortiq 17 / 25 17. . Quyidagilardan texnika ekinlari ko‘rsatilgan variantni belgilang ? 1.kanop; 2. bug‘doy; 3. sholi; 4. qovun; 5. paxta; 6. arpa; 7. karam; 8. tamaki; 9.pomidor;, 10. tarvuz; 11. suli; 12. beda. A) 4,8,12 B) 2,7,10 C) 3,9,11 D) 1,5,8 18 / 25 18. Organizmlar faol bo’lib, yer yuzini egallay boshlaganiga qancha vaqt bo’ldi? A) 450-500 mln yil B) 350-400 mln yil C) 650-700 mln yil D) 550-600 mln yil 19 / 25 19. Quydagilardan Respublikamizda dengiz sathidan 850 metr balanddan o‘tuvchi temir yo‘l o‘zaro bog‘lagan shaharlarni toping.1. Toshkent; 2. Qo‘qon; 3. Boysun; 4. Jizzax; 5. G‘uzor; 6. Namangan; 7. Sherobod; 8. Samarqand. A) 3.7 B) 2.6 C) 4.8 D) 1.5 20 / 25 20. Afrikada tropic cho’llar materikning necha foizini egallaydi? A) 20 B) 40 C) 30 D) 50 21 / 25 21. Iliq oqimlarni aniqlang. A) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Antil, Kanar B) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Antil, Gvineya C) Shimoliy Atlantika, Peru, Antil, Gvineya D) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Labrador, Gvineya 22 / 25 22. Bir tonna gaz kondensatidan qancha kg - 1) motor yoqilgisi; 2) sun`iy tola; 3) sun`iy kauchuk olish mumkun? A) 350, 120, 40 kg B) 400, 150, 50 kg C) 300, 100, 30 kg D) 500, 200 60 kg 23 / 25 23. Quydagilardan og‘ir rangli metallar ko‘rsatilgan variantni toping? A) Oltin, kumush, platina, uran. B) Mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel. C) Volfram, germaniy, rux, magniy. D) Platina, molibden, nikel, aluminiy. 24 / 25 24. Zona so’zining ma’nosini aniqlang. A) Yunoncha so’z bo’lib , uzun, cho’zilgan , ensiz yer B) Nemischa so’z bo’lib, uzun, cho’zilgan, ensiz yer C) Lotincha so’z bo’lib, uzun, cho’zilgan , ensiz yer D) Lotincha so’z bo’lib, uzun cho’zilmagan, enli yer 25 / 25 25. Mamlakatimizda 11 000 ta ….…, 119 ta……va 1065ta …..… aholi manzillari bor. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlar qo‘yilgan variantni toping? A) Qishloq, shahar, shaharcha B) Qishloq, shaharcha, shahar C) Shaharcha, shahar, qishloq D) Shahar, qishloq, shaharcha 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6