Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 10-sinf Geografiya olimpiada №5 Geografiya olimpiadaTuman 2024-2025 o'quv yili 10-sinf Geografiya olimpiada №5 InfoMaster Noyabr 22, 2024 895 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 13 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o’quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. /30 9 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Geografiya olimpiada №5 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Parrandalar soniga ko‘ra respublikamizda eng so‘nggi o‘rinlarda turuvchi viloyatlarni aniqlang. A) Toshkent, Samarqand, Andijon B) Jizzax, Namangan, Navoiy C) Sirdaryo, Navoiy, Jizzax D) Samarqand, Buxoro, Surxondaryo 2 / 30 2. Aholi tabiiy ko‘payishining manfiy holati nima deb ataladi? A) Depopulyatsiya B) Demografik portlash C) Urbanizatsiya D) Mexanik ko‘payish 3 / 30 3. Quyidagi qaysi rasm Avstraliya materigi (iyul oyida) uchun xos? A) A B) D C) B D) C 4 / 30 4. O‘rta Osiyo daryolari va ularga qurilgan suv omborlar mos ravishda ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) 1-c, 2-b, 3-f, 4-e, 5-a, 6-d B) 1-c, 2- b, 3-d, 4-e, 5-a, 6-f C) 1-c, 2-e, 3-f, 4-b, 5-a, 6-d D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-c, 6-f 5 / 30 5. Quyidagi rasmda harf bilan ko‘rsatilgan chiziqlarning qaysilari daryoni ifodalamaydi? A) C, A, B B) B, D, C C) A, D, C D) A, B, D 6 / 30 6. Quruqlikda tabiat zonalarining hosil bo‘lishi quyidagilarning qaysi biriga bog‘liq emas? A) Albedoga B) Yog‘in miqdoriga C) Relyefga D) Havo haroratiga 7 / 30 7. Berilgan ma’lumotlar asosida bir biriga to‘g‘ri keladigan javobni belgilang. A) 2, 3, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 4 8 / 30 8. Quyidagi xarita-sxemada Balear va Ioniya dengizlari qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 8 va 2 B) 1 va 4 C) 3 va 5 D) 3 va 7 9 / 30 9. Tog‘ tizmasi ........... ga yaqin vabo‘lsa, unda balandlik mintaqalari soni shunchalik ko‘p bo‘ladi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni qo‘ying. A) qutblar, qadimgi B) ekvator, baland C) yonbag‘irlari nishab, shamolga ro‘para D) bosh meridian, tik yonbag‘irli 10 / 30 10. Quyidagi ma’lumotlar asosida Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan to‘g‘ri javobni toping. I. AQSH, II. Kanada, III. Braziliya a) Shahar aholisining ulushi 80% dan yuqori.b)Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi.c)Yalpi sanoat mahsulotlarining hajmi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinda turadi. d)Jahondagi eng baland teleminora joylashgan. f)Chuchuk suv bilan yaxshi taminlangan davlatlar qatoriga kiradi. e)Yirik neft, temir, uran, nikel konlari mavjud. g)Go‘sht ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha jahondagi yetakchi davlatlardan biri. A) D B) A C) B D) C 11 / 30 11. Samolyot bosh meridiandan ekvator bo‘ylab g‘arbga qarab uchdi va 520 km masofani bosib o‘tdi. U quyidagi rasmda ko‘rsatilgan qaysi zonaga yetganligini aniqlang. A) B zonaga B) A zonaga C) C zonaga D) D zonaga 12 / 30 12. Baffin Yeri oroli va Labrador yarimoroli oralig‘idagi bo‘g‘iz nomini aniqlang. A) Deyvis bo‘g‘izi B) Gudzon bo‘g‘izi C) Elsmir bo‘g‘izi D) Labrador bo‘g‘izi 13 / 30 13. Quyidagi ma’lumotlar asosida Eyler-Venn diagrammasiga mos tushadigan to‘g‘ri javobni toping. A) D B) C C) A D) B 14 / 30 14. Qoratov tog‘lari quyidagi qaysi tabiiy geografik okrugning shimolida joylashgan? A) O‘rta Zarafshon B) Qashqadaryo C) Qizilqum D) Mirzacho‘l 15 / 30 15. Quyidagi qaysi geografik obyekt Oybo‘g‘ir do‘ngligidan shimolda joylashgan? A) Asakaovdon B) Qoplonqir C) Borsakelmas D) Dovutko‘l 16 / 30 16. G‘alaba cho‘qqisi qaysi mamlakatlar chegarasida joylashgan? A) Mongoliya va Xitoy B) Qozog‘iston va Xitoy C) Xitoy va Qirg‘iziston D) Tojikiston va Qirg‘iziston 17 / 30 17. Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlarining havosi qaysi gazlar va zararli birikmalar bilan ifloslangan? A) oltingugurt, azot oksidlari, ammiak, vodorod ftorid B) vodorod ftorid, ammiak, azot oksidi, qattiq brikmalar C) uglerod, azod oksidlari, uglevodorod va qattiq birikmalar D) oltingugurt qo‘sh oksidi, uglerod oksidi, uglevodorod 18 / 30 18. Shimoliy Afrikadagi qaysi mamlakatlar neft-gaz zaxiralariga ko‘ra dunyoda yetakchi o‘rinda turadi? A) Jazoir va Liviya B) Marokash va Misr C) Chad va Jazoir D) Misr va Tunis 19 / 30 19. 13. Quyidagi rasmda alohida rang bilan belgilangan hududlar qaysi tabiat zonasida joylashgan? A) Chalacho‘l va cho‘llar B) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar C) Balandlik mintaqalari D) Savanna va siyrak o‘rmonlar 20 / 30 20. Quyidagilar orasidan Farg‘ona tizmasidan boshlanuvchi daryolar to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang. 1) Kosonsoy; 2) Ko‘gart; 3) Isfara; 4) Norin; 5) Yassi; 6) Aravansoy; 7) Moylisuv; 8) Qorao‘ngur; 9) Oqbura; 10) Chodaksoy. A) 2, 5, 7, 8 B) 1, 4, 6, 8 C) 3, 5, 6, 9 D) 1, 2, 7, 8 21 / 30 21. Tropik Afrikada quyidagi qaysi primitiv dinga e’tiqod qiluvchilar ko‘p yashaydi? A) shamanizm B) feteshizm C) buddizm D) totemizm 22 / 30 22. Amudaryo va Ili daryolarining deltalarida qanday tuproq turi tarqalgan? A) taqirli tuproq B) sur-qo‘ng‘ir tuproq C) o‘tloq-allyuvial tuproq D) bo‘z tuproq 23 / 30 23. Quyidagi qaysi shahar Andijon viloyatining Qirg‘izistonga chegara qismida joylashmagan? A) Qorasuv sh. B) Paxtaobod sh. C) Xonobod sh. D) Bo‘z sh. 24 / 30 24. Quyidagi xarita-sxemada 2 raqami bilan ko‘rsatilgan davlatning hududini relyef jihatdan qaysi daryolar ikkiga ajratadi? A) Niger va Benue B) Zambezi va Oranj C) Senegal va Volta D) Shari va Limpopo 25 / 30 25. Quyidagilar orasidan ham yirik shoxli qoramollar soniga, ham qo‘y va echkilar soniga ko‘ra respublikamizda bir xil o‘rinda turuvchi viloyatlarni ajrating. 1. Andijon; 2. Buxoro; 3. Qoraqalpog‘iston; 4. Toshkent; 5. Namangan; 6. Navoiy; 7. Qashqadaryo. 8. Surxondaryo; 9. Jizzax; 10. Sirdaryo; 11. Xorazm; 12. Farg‘ona; 13. Samarqand. A) 5, 10 B) 2, 4 C) 7, 9 D) 8, 12 26 / 30 26. Quyidagi xarita-sxemada 1 va 2 raqamlari bilan ko‘rsatilgan daryolar oralig‘idagi tekislikda aholi zichligi qancha? A) 1000-1500 kishi/kv.km B) 100-200 kishi/kv.km C) 800-1000 kishi/kv.km D) 545-750 kishi/kv.km 27 / 30 27. Quyidagi xarita fragmentida strelkalar bilan ko‘rsatilgan sayohatni amalga oshirgan dengizchi va u o‘rgangan okean nomini aniqlang. A) A.Chirikov, Tinch okean B) V.Bering, Atlantika okeani C) G.Shelixov, Shimoliy Muz okeani D) J.Kuk, Tinch okean 28 / 30 28. Sangzor-Nurota tog‘ oraliq botig‘ini qaysi tog‘lar o‘rab turadi? A) shimolda Morguzar va Nurota, sharqda Chumqor, janubda Janubiy Nurota B) shimolda Shimoliy Nurota, shimoli-g‘arbda Morguzar, janubda Janubiy Nurota va Chumqor C) shimolda Nurota, shimoli-sharqda Morguzar, janubda Janubiy Nurota va Chumqor D) shimoli-g‘arbda Nurota, shimoli-sharqda Morguzar, sharqda Chumqor, janubda Janubiy Nurota 29 / 30 29. Mamlakatimizdagi mehnatda band aholining 11%i quyidagi qaysi sohada faoliyat yuritadi? A) Qurilishda B) Sanoatda C) Savdoda D) Sog‘liqni saqlashda 30 / 30 30. Sharqiy Yevropa platformasi bilan yosh Turon platformasi chegarasi O‘rta Osiyoning qaysi qismiga to‘g‘ri keladi? A) shimoli-g‘arbiga B) shimoli-sharqiga C) shimoliga D) g‘arbiga 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6