Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 11-sinf Biologiya olimpiada №2 Biologiya olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 11-sinf Biologiya olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 200 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 11-sinf Biologiya olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Quyida keltirilgan organizmlar nechta sinf (a) va nechta turkum (b) ga tegishli ekanligini aniqlang. 1) temirchak; 2) podalariy; 3) zorka; 4) iskabtopar; 5) suluv ninachi; 6) trixogramma; 7) qoraqurt; 8) sariq kapalak; 9) sariq chayon; 10) faeton chumolisi A) a-2; b-7 B) a-7; b-2 C) a-5; b-7 D) a-2; b-3 2 / 25 2. Genlarning pleyotrop ta’sirida sichqon junining rangi qora bo‘lishi qanday holatdagi genotipga bog‘liq? A) aa B) AA C) Aa D) AA, aa 3 / 25 3. Noto‘g‘ri rivojlanuvchi umurtqasiz (a) va to‘g‘ri (b) rivojlanuvchi umurtqali organizmlarni aniqlang. 1) ildam kaltakesak; 2) karam kapalagi; 3) planariya; 4) ko‘l baqasi; 5) chuchuk suv gidrasi; 6) baqachanoq; 7) yashil qurbaqa; 8) chittak A) a-2, 6; b-1,8 B) a-4, 7; b-1, 8 C) a-2, 6; b-3,5 D) a-2, 5; b-1, 3 4 / 25 4. Qora kalamushning zigotasi 4 marata meridianal bo`lingandan so`ng uning blastulasidagi blastamerlarida jami xromasomalr soni 2688 taga yetgan bo`lsa, uning tuxum hujayrasidagi xromasomalar sonini aniqlang. A) 20 B) 18 C) 21 D) 19 5 / 25 5. Noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 1) 89 ta peptid bog‘iga ega oqsil sintezida qatnashgan i-RNK da 266 ta nukleotid bo‘ladi; 2) 210 ta nukleotiddan iborat i-RNK asosida sintezlangan oqsil molekulasida 70 ta aminokislota bo'ladi; 3) 120 ta dezoksiriboza molekulasi bo‘lgan i-RNK dan 39 ta peptid bog'li oqsil molekulasi hosil bo‘ladi; 4) 360 ta nukleotiddan iborat DNK dan 180 molekula ribozaga ega i-RNK hosil bo‘ladi A) 2, 4 B) 1, 4 C) 2 ,3 D) 1, 3 6 / 25 6. Quyidagi belgilardan qaysilarini genotipni fenotipga qarab aniqlab bo`ladi? 1.oddiy dukkali doni burishgan no`xat 2.qizil gulli nomozshom gul 3.gulsimon tojli xo`roz 4.qizil donli bug`doy 5.tovuq patini oq bo`lishi A) 2.4 B) 1.4 C) 1.3 D) 2.5 7 / 25 7. Oziq zanjirida vidra(yirtqich hayvon),baliq, qisqichbaqasimonla va suv o`tlari bor. 2-chi tartib konsumentlarining biomassasi 320kg bo`lsa, oziq zanjiridagi barcha komponentlari iste`mol qilgan oziqning umumiy biomassasini aniqlang. A) 35550kg B) 33552 kg C) 31155 kg D) 35552kg 8 / 25 8. Kakku (a) va salamandra (b) embrional rivojlanish davriga xos ma’lumotlarni aniqlang. 1) urug‘lanish ichki; 2) gastrulatsiya blastulaning qat-qat joylashuvi hisobiga bo‘ladi; 3) 2 marta ekvatorial bo'linishdan so‘ng 64 ta blastomer hosil bo'ladi; 4) urug‘lanish tashqi; 5) 3 marta meridinal bo'linishdan so'ng 16 ta hujayra hosil bo‘ladi; 6) maydalanish blastulaning hosil bo'lishi bilan tugallanadi A) a-1, 5; b-4, 6 B) a-1, 2; b-3, 6 C) a-1, 3; b-4, 5 D) a-3, 6; b-1, 4 9 / 25 9. Qizil va oq donli bug`doylar o`zaro chatishtirilganda F1 da pushti, F2 da esa qizil, och qizil, pushti, och pushti va oq donli bug`doylar olingan bo`lsa. F2 da olingan avlodlarning necha foizi taxliliy chatishtirilganda ajralish ro`y beradi? A) 75 B) 37.5 C) 62.5 D) 50 10 / 25 10. Barbadenze g‘o‘zasida urug'lanish natijasida bir nechta zigota hosil bo‘ldi. Zigotalardagi xromosomalarning umumiy soni 6240 ta bo'lsa,tuxum hujayrani urug'lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping. A) 120 B) 180 C) 240 D) 360 11 / 25 11. Gullari mayda,to`g`ri ikki jinsli yoki bir jinsli, rangsiz rovaksimon to`pgulga yig`ilgan oilani ko`rsating. A) tokdosh B) qovoqdosh C) ituzumdosh D) ra`nodosh 12 / 25 12. Shoxlanmagan(a) va shoxlangan(b) gulpoya ega o`simliklarni aniqlang. 1.yong`oq 2.o`sma 3.sholi 4.bug`doy 5.qamish 6.rediska 7.makkajo`xori A) a-2,3 b-1,7 B) a-2,6 b-3,5 C) a-3,4 b-1,2 D) a-4,5 b-6,7 13 / 25 13. Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 4kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,2kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan o`simliklar orasida ajralish ro`y beradigan mevasi eng og`ir o`simliklar sonini aniqlang. A) 6 B) 8 C) 2 D) 4 14 / 25 14. Fruktonuriyaàsiydik tarkibida qandning ortishi natijasida yuzaga keladigan retsissev kasallik bo`lib,2 xil tipda irsiylanadi. Birinchi tipi klinik belgilarsiz kechsa, ikkinchi tipi aqliy zaiflikni keltirib chiqaradi. Ota birinchi tipi bilan ona ikkinchi tipi bilan kasallangan bo`lsa, o`gil farzandlar 2 ta tip bo`yicha kasallanadi. Tug`ilgan farzandlarning necha foizi ikkila tip bo`yicha kasal bo`ladi? A) 100 B) 50 C) 25 D) 75 15 / 25 15. Selluloza qobig`iga ega bo`lgan organizmga zarar keltiruvchi eukariot(a) va prokariot(b) organizmni ko`rsating. 1.gommoz bakteriyasi 2.vertitsil qo`zg`atuvchisi 3.qorakuya zamburug`i 4.bo`rtma nemotoda 5.agrobakterium 6.zang kasalligini qo`zg`atuvchisi 7.temir bakteriyasi A) a-1,5 b-,2,6 B) a-1,7 b-2,4 C) a-3,4 b-1,5 D) a-5,7 b-3,6 16 / 25 16. Qaysi organizmlar postembrional davrda xordaga (a), nerv nayiga (b), jabra yoriqlariga (c) ega bo‘ladi? 1) bakra; 2) xumbosh; 3) lansetnik;4) kvaksha; 5) kashalot; 6) assidiya;7) beluga; 8) tikandum A) a - 1,3 ; b - 6; с - 5, 8 B) a - 3; b - 2,3 ; с - 4, 5 C) a - 4, 6; b - 3, 5;с – 2 D) a - 1, 7; b - 3; с -, 8 17 / 25 17. Odam organizmidagi gistologik(a) va anatomik(b) belgilarni ajrating. 1.yetilgan eritrositlar yadrosiz bo`lib, o`rtasi botiq, yumoloq shaklda bo`ladi. 2.yelkaning orqa qismida 3 boshli muskul joylashgan 3.trapedsiyasimon muskul gavdani orqa sohasida joylashagn 4.silliq tolali muskullar duksimon shaklda bo`lib hujayrasida bitta yadro bo`ladi. 5.nerv hujayrasi kalta dendrit va uzun akson iborat 6.neyrogliya bosh va orqa miya atrofida joylashgan A) a-1,4 b-2,6 B) a-1,3 b-4,6 C) a-4,5 b-2,3 D) a-3,4 b-1,6 18 / 25 18. Translatsiya va transkripsiya jarayoni sitoplazmada kechuvchi organizmlarni ko`rsating. 1.xrokok 2.usneya 3.nostok 4.temir bakteriyasi 5.klodoniya 6.amyoba 7.tripanasoma 8.ossilatoriya A) 1,4,8 B) 6,7,2 C) 2,3,4 D) 4,7,6 19 / 25 19. Duplikatsiya(a) va insersiya(b) ga xos xususiyatni aniqlang. 1.xromasomaning o`rta qismini ortishi 2.xromasomaning ayrim qismini ortishi 3.DNK bo`lagini ikki hissa ortishi 4.DNK genomining ma`lum joyga kiritish A) a-4 b-1 B) a-3 b-2 C) a-2 b-4 D) a-2 b-3 20 / 25 20. Gen mutatsiyasiga xos bo`lmagan xususiyatni ko`rsating. 1.nukleotid izchilligini o`zgarishi 2.xromasomaning bir qismini ortishi 3.gen izchilligini o`zgarishi 4.gen tarkibidagi nukleotidlarning ortishi yoki kamayishi 5.autosoma gen miqdorini ortishi 6.xromasomaning ayrim qismini ortishi A) 4.6 B) 1.5 C) 2.6 D) 1.4 21 / 25 21. Quyidagi belgilardan qaysilarini genotipni fenotipga qarab aniqlab bo`lmaydi? 1.oddiy dukkali doni burishgan no`xat 2.qizil gulli nomozshom gul 3.gulsimon tojli xo`roz 4.qizil donli bug`doy 5.tovuq patini oq bo`lishi A) 2.4 B) 1.4 C) 1.3 D) 2.5 22 / 25 22. Quyidagi hodisalarning qaysi biri tarixiy usulyordamida o‘rganiladi? 1) delfin va ixtiyozavrning tana shaklining o’xshashligi; 2)ko’k-yashil suvo’tlarini kelib chiqishi; 3) akula va ixtiyozavrning tana shaklini o’xshashligi; 4) xaltali va yo’ldoshli sutemizuvchilarning kelib chiqishi A) 2; 3 B) 1; 2 C) 3; 4 D) 2; 4 23 / 25 23. Komilning ovqat ratsionida oqsil, yog va uglevodning umumiy miqdori 350 g bo‘lib, oqsildan ajralgan energiya 205 kkal ni tashkil etadi. Agar ovqat tarkibidagi yog‘dan hosil bo‘lgan energiya oqsilning parchalanishidan hosil bo'lgan energiyadan 260 kkal ga ko‘p bo‘lsa, bir kecha-kunduzda hosil bo‘lgan jami energiyaning qanchasi (kkal) ertalabki ovqatlanishdan hosil bo'lgan? (Ratsional ovqatlanishning yuqori foiziga amal qilingan) A) 339 B) 678 C) 254.25 D) 508.5 24 / 25 24. Odam organizmidagi anatomik(a) va gistologik(b) belgilarni ajrating. 1.teri epiteliysi yassi shaklda bo`lib, ko`p qavatli bo`ladi 2.tukli epiteliy burun bo`shli`gida, kubsimon epiteliy buyraklarda joylashgan 3.tikuvchi skelet muskuli sonda joylashgan 4.suyakni 33% osseinlar tashkil qiladi 5.qalqon orqa bezi qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi 6.tiroksinning 65% dan ko`prog`I yod moddasidan iborat A) a-2,3,4 b-1,4,6 B) a-1,5,6 b-2,3,4 C) a-3,4,5 b-1,2,6 D) a-2,4,6 b-1,3,5 25 / 25 25. Ko‘lbuqada ovogenez jarayonida kuzatiladigan hodisalar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 1) ko‘payish davrida reduplikatsiya sodir bo‘ladi; 2) 4 ta gaploid to'plamga ega hujayra hosil bo‘ladi; 3) hujayralarning 50% i jinsiy Y xromosomaga ega; 4) o‘sish davrida hujayralarda translyatsiya kuzatilmaydi; 5) hujayralarning barchasi jinsiy X xromosomaga ega bo‘ladi; 6) ko‘payish davrida diploid to‘plamga ega hujayralar hosil bo’ladi A) 2, 4 B) 1, 5 C) 4, 5 D) 3.6 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz