Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 11-sinf Kimyo olimpiada №2 Kimyo olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 11-sinf Kimyo olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 262 Ko'rishlar 32 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Kimyo olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. HClO-HClO2-HClO3-HClO4 kislotalar qatorida kislotaning kuchi (1) va oksidlovchilik qobiliyati (2) qanday o‘zgaradi?(a) ortadi; (b) kamayadi; (c) o‘zgarmaydi A) 1-a, 2-a B) 1-a, 2-b C) 1-c, 2-b D) 1-b, 2-a 2 / 25 2. Kaliy xromat va kaliy dixromat tuzlari aralashmasida xromning massa ulushi 30,0% bo‘lsa, undagi xromat/dixromat mol nisbatini aniqlang. A) 5/2 B) 1/1 C) 7/2 D) 3/2 3 / 25 3. 89,1 g ikki asosli karbon kislotaning kalsiyli tuzi pirolizga uchratilib olingan siklik keton qaytarilganda 37,8 g sikloalkan olindi. Qanday sikloalkan olinganligini aniqlang . A) siklopentan B) siklopropan C) Siklogeksan D) siklobutan 4 / 25 4. Orbital kvant soni 2 ga teng bo‘lgan pog‘onachaga eng ko‘pi bilan nechta elektron sig‘adi . A) 11 B) 10 C) 9 D) 8 5 / 25 5. 250 g 8,94% li KCl eritmasidan 3 A tok kuchi 9650 sekund davomida o‘tkazilganda hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) toping. A) 7% B) 6% C) 5,5% D) 6,5% 6 / 25 6. HСl + О2 = Сl2 + Н2О reaksiya hajmi 8 litr bo‘lgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [HCl]=0,7, [O2]=0,6 va [Н2О]=0,4 mol/l ni tashkil qildi. Boshlang’ich moddalar miqdorini (mol) aniqlang. A) 1,5; 0,8; B) 12; 6,4; C) 6,4; 1,6. D) 0,8; 0,2; 7 / 25 7. 100 oC dagi KBr ning 408 g to‘yingan eritmasi 25oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? (S (25 oC)=66; S (100 oC)=104) A) 66 B) 56 C) 46 D) 76 8 / 25 8. Quyidagi reaksiyaning o‘ng tomonidagi moddalar koeffitsiyentlar yig‘indisi nechaga teng? As2S3 + HNO3= H3AsO4 + SO2 + NO2 + H2O A) 35 B) 49 C) 23 D) 58 9 / 25 9. 2A + B↔ C reaksiya muvozanat holatida boshlang‘ich moddalar konsentratsiyalari [A]=0,5 mol/l; [B]=0,2 mol/l ga teng bo‘lsa muvozanat holatidagi C moddaning konsentratsiyasini (mol/ l) toping (KM=1). A) 0,5 mol/l B) 0,125 mol/l C) 0,05 mol/l D) 0,25 mol/l 10 / 25 10. N2(g)+3H2(g) ↔ 2NH3(g) ushbu reaksiya bo‘yicha azotning sarflanish tezligi 3 mol/l∙min. 8 litrli idishda shu reaksiya o‘tkazilganda, azotning miqdori 104 moldan 8 molgacha kamaydi. Reaksiya necha minut davom etganligini aniqlang. A) 6 B) 4 C) 5 D) 7 11 / 25 11. Geksan molekulasida nechta sp³-gibrid orbitallar mavjud? A) 23 B) 26 C) 25 D) 24 12 / 25 12. Alizaringa xrom (III) gidroksid qo'shilsa, qanday rang hosil bo'ladi? A) qora B) oq C) yashil D) zarg’aldoq 13 / 25 13. 5,2 g atsetilendan necha gramm akril kislota olish mumkin? A) 1,44 B) 0,144 C) 144 D) 14,4 14 / 25 14. 2CO(g) + O2(g) ↔ 2CO2(g) ushbu reaksiya bo‘yicha kislorodning sarflanish tezligi 4 mol/litr∙min. 2 litrli idishda shu reaksiya olib borilganda, kislorodning konsentratsiyasi 7 mol/litrdan 2 mol/litrgacha kamaydi. Reaksiyaning sekundlardagi davomiyligini aniqlang. A) 55 B) 75 C) 45 D) 60 15 / 25 15. KClning 20oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 34 ga teng. 350 g suvda 70 g KCl eritildi. Shu eritmani to‘yintirish uchun yana necha gramm KCl qo‘shish kerak? A) 59 B) 29 C) 49 D) 39 16 / 25 16. A+2B=C+D reaksiya bo‘yicha muvozanat qaror topgandan so‘ng moddalarning muvozanat konsentratsiyalari quyidagicha: [A]=0,4 mol/l, [B]=0,5 mol/l, [C]=0,25 mol/l, [D]=0,8 mol/l bo‘lsa, muvozanat konstantasini aniqlang. A) 4 B) 2 C) 1 D) 3 17 / 25 17. SO2 + NO2 = SO3 + NO reaksiyada SO2 va NO2 ning dastlabki konsentratsiyasi 6 va 7 mol/litr bo‘lsa, SO2 ning muvozanat konsentratsiyasini (mol/litr) hisoblang (Км=1). A) 10,77 B) 2,77 C) 8,73 D) 3,27 18 / 25 18. Qaysi birikmalar suvda eritilganda kislotali muhit hosil bo‘ladi? 1) natriy peroksid; 2) alyuminiy nitrat; 3) magniy xlorid; 4) kaliy gidrid; 5) natriy gidrokarbonat; 6) rux sulfat. A) 1, 5 B) 1, 4, 5 C) 2 ,3 D) 2, 3, 6 19 / 25 19. Qaysi birikmalar suvda eritilganda ishqoriy muhit hosil qiladi? 1) natriy; 2) natriy nitrat; 3) kaliy peroksid; 4) litiy xlorid; 5) kaliy sulfat; 6) natriy gidrokarbonat. A) 1, 3, 6 B) 1, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 2, 4, 5 20 / 25 20. Qaysi birikmalar suvda eritilganda neytral muhit hosil bo‘ladi? 1) kaliy peroksid; 2) natriy nitrat; 3) kalsiy xlorid; 4) litiy sulfat; 5) natriy gidrokarbonat; 6) natriy gidrid. A) 1, 3, 5; B) 2, 3, 4; C) 1, 5, 6; D) 2,4,6. 21 / 25 21. Noma'lum to'yingan aldegidning 1 moli oksidlanishidan olingan karbon kislota massasi shu aldegidning 0,75 moli yonishidan hosil bo'lgan karbonat angidrid massasidan 1,1 marta kichik bo'lsa, aldegidni aniqlang. A) metanal B) butanal C) etanal D) propanal 22 / 25 22. Quyidagi birikmalardan ham kation, ham anion bo‘yicha gidrolizga uchraydiganlarini aniqlang. 1) natriy sulfat; 2) ammoniy atsetat; 3)litiy nitrat; 4) ammoniy karbonat; 5) kaliy xlorid. A) 1, 3, 5; B) 1, 2, 5; C) 4, 5; D) 2, 4. 23 / 25 23. Kaliy nitratning 30°C da to'yingan 150 g eritmasi 10 A tok bilan 71410 sekund davomida elektroliz qilinadi. Agar kaliy nitrat 30°C da 26% tuz saqlasa, cho'kmaga tushgan tuz massasini (g) aniqlang. A) 234 B) 0,234 C) 2,34 D) 23,4 24 / 25 24. Mol nisbatlari 5:2 bo'lgan CD4 va H2O tarkibidagi neytronlar soni ayirmasi 8,5 ga teng bo'lsa, aralashmaning mol yig'indisini toping. A) 1,75 B) 17,5 C) 175 D) 0,175 25 / 25 25. 100oC dagi Ba(NO3)2 ning 336 g to‘yingan eritmasi 25 oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? S(250C)=10,5; S(1000C) =34,4) A) 59,75 B) 59 C) 23,9 D) 59,25 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 9-10-11 sinflar Kimyo olimpiada №6