Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 11-sinf Fizika olimpiada №2 Fizika olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 11-sinf Fizika olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 242 Ko'rishlar 203 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Fizika olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism harakatining oxirgi 4 sekunddida 120 m masofani bosib o’tdi. Jismning yerdan 45m balandlikdagi tezligi (m/s) topilsin. g=10 m/s^2 A) 40 B) 60 C) 10 D) 50 2 / 25 2. Chizmada ko’rsatilgan sxemada A va B nuqtalar orasidagi kuchlanish 180 V ga teng bo’lsa, V –voltmeter necha V ko’rsatishini aniqlang. A) 40 B) 30 C) 20 D) 25 3 / 25 3. 0,02 lm yorug’lik oqimi yuzi 5 sm2 bo’lgan sirtga perpendikular tushmoqda. Sirtning yoritilganligi qanday? A) 50 lx B) 45 lx C) 42 lx D) 40 lx 4 / 25 4. Shishadan fokus masofasi 20 sm bo‘lgan qavariqlinza tayyorlandi. Linzaning egrilik radiuslariteng. Shishaning nur sindirish ko‘rsatkichi 1,5ga teng bo‘lsa egrilik radiusini (sm) toping. A) 24 B) 20 C) 25 D) 22 5 / 25 5. Zaryadlangan shar sirtidan uning radiusiga teng masofaga uzoqlashilsa, elektr maydon potensiali qanday o’zgaradi? A) o’zgarmaydi B) 4 marta ortadi C) 2 marta ortadi D) 2 marta kamayadi 6 / 25 6. Oyning siderik davri qancha? A) 29,32 sutka. B) 27,32 sutka. C) 22,32 sutka. D) 21,32 sutka. 7 / 25 7. R radiusli metal shar bir jinsli hajmiy zaryadga ega. Quyidagi qaysi grafik sharning elektr maydon kuchlanganligining masofaga bog’liqligini ifodalaydi? A) III B) IV C) II D) I 8 / 25 8. Ikkita bir xil spiral 5 V li o’zgarmas kuchlanish tarmog’iga ketma-ket ulangan. Agar birinchi spiralning uzunligi 1,5 marta qisqartirilsa, uning uchlaridagi potensiallar farqi necha voltga teng bo’ladi? A) 6 B) 5 C) 3 D) 4 9 / 25 9. Mutlaq silliq stolda M=10 kg massali taxta, taxtada esa m=4 kg massali taxtacha yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti μ=0,2. Taxtachaga F=10 N gorizontal kuch qo‘yilgan. Taxta qanday tezlanish (m/s2) bilan harakatlanishini aniqlang. A) 0,8 B) 0,4 C) 0,2 D) 1,2 10 / 25 10. Tosh gorizontal yo'nalishda 10 m/sek tezlik bilan otilgandan 3 sek o'tgach, tosh trayektoriyasining egrilik radiusi topilsin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin. A) 30 B) 196 C) 58,6 D) 305 11 / 25 11. Kir yuvish mashinasining 40 sm diametrli bakiga sovunli suv quyilgan (σ=40 MN/m). Bu suv sirt qatlamining energiyasini aniqlang.(mJ) A) 1 B) 10 C) 50 D) 5 12 / 25 12. Idishdagi gazning hajmi o‘zgarmas temperaturada 5% ga kamayishi uchun gaz bosimini necha foizga orttirish kerak? A) 10 B) 5,3 C) 7 D) 4,9 13 / 25 13. Bir xil temperaturada turgan geliy (v₁), neon (v₂ ) va argon (v₃) gazlari atomlarining issiqlik harakati o‘rtacha kvadratik tezliklarini taqqoslang. Ularning nisbiy atom massalari quyidagicha: geliyniki - 4 m.a.b., neonniki - 20 m.a.b. va argonniki - 40 m.a.b. A) v₁=v₂=v₃ B) aniqlab bo’lmaydi C) v₁=v₂/√5=v₃/√10 D) v₁=√5v₂=√10v₃ 14 / 25 14. 5 sm radiusli va 104 V potensialgacha zaryadlangan shar radiusi 3 sm li zaryadsiz shar bilan sim orqali tutashtirilgandan keyin sharlar potensiallari hisoblab topilsin. A) 75 V B) 62,5 V C) 82 V D) 65 V 15 / 25 15. Aylanma harakat qilayotgan g’ildirak gardishi nuqtasining υ1 chiziqli tezligi gardishdan o’qqa 5 sm yaqin bo’lgan nuqtasining υ2 chiziqli tezligidan 2,5 marta katta bo’lsa, g’ildirakning radiusi topilsin. (cm) A) 5 B) 8,3 C) 6 D) 4,16 16 / 25 16. Quyidagi moddalardan qaysi birining elektr o’tkazuvchanligi eng kichik? A) dielektriklar B) elektrolitlar C) metallar D) yarim o’tkazgichlar 17 / 25 17. Metropoliten ikki stansiyasining oralig’i 1,5 km. Poyezd bu masofaning birinchi yarmida tekis tezlanuvchan, qolgan ikkinchi yarmida tekis sekinlanuvchan harakat qiladi. Poyezdning maksimal tezligi 50 km/soat ga teng. Bu tezlanuvchan va sekinlanuvchan harakatning tezlanishlarini modul jihatdan teng bo`lsa,poyezdning ikki stansiya orasidagi harakat vaqti topilsin.(min) A) 10,8 B) 1,8 C) 108 D) 3,6 18 / 25 18. Bir atomli 1 mol gaz izobarik kengayganda160 J ish bajaradi va temperaturasi 100C gaortadi. Gazga qancha issiqlik miqdori (J)berilgan? A) 284 B) 160 C) 124 D) 84 19 / 25 19. Gaz PV²=const tenglamaga muvofiq siqilmoqda. Bunda uning temperaturasi qanday o‘zgaradi? A) o‘zgarmaydi B) javob konstantaning qiymatiga bog‘liq C) pasayadi D) ko‘tariladi 20 / 25 20. Oydagi portlash yerda eshitlishi mumkinki? A) aniqlab bo’lmaydi B) eshitilmaydi C) portlash intensivligiga bog’lik D) eshitiladi 21 / 25 21. Bo`ylama to`lqinda muhit zarrachalari qanday yo`nalishda tebranadilar? A) To`lqin tarqalishiga burchak ostida. B) To`lqin tarqalishi yo`nalishida. C) To`lqin tarqalishiga perpendikulyar yo`nalishda. D) To`lqin tarqalishiga teskari. 22 / 25 22. O’zgarmas tok manbaiga ulangan yassi kondensator plastinkalari orasidagi masofa 2 marta kamaytirilsa, elektr maydon energiyasi o’zgaradimi? A) √2 marta kamaydi B) o’zgarmaydi C) 2 marda oshadi D) √2 marta ortadi 23 / 25 23. Tekis harakatlanib tushayotgan aerostat xuddi shunday tezlikda yuqoriga ko'tarila boshlashi uchun, aerostatdan qancha og’irlikdagi ballastni (yukni) tashlab yuborish kerak?(kg) Aerostatning ballast bilan birga og’irligi 16 kN, yuqoriga ko'rsatuvchi kuchi 12 kN. Yuqoriga ko'tarilishda va tushishida havoning qarshilik kuchi birday hisoblansin. A) 600 B) 800 C) 485 D) 350 24 / 25 24. υ=600 m/sek tezlik bilan uchayotgan m=4,65·10-26 kg massali molekula normalga nisbatan idish devoriga 600 burchakda uriladi va shunday burchakda tezligini o'zgartmay elastik qaytadi. Urilish vaqtida idish devoriga berilgan kuch impulsi topilsin A) 1,4∙ 10⁻²³ B) 10⁻²³ C) 0 D) 2,8∙ 10⁻²³ 25 / 25 25. A jism υ1 boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga otilgan vaqtda, h balandlikdan υ2=0 boshlang’ich tezlik bilan B jism pastga tushib keladi. Agar jismlar bir vaqtda harakatlangan bo’lsa, A va B jismlar orasidagi x masofaning t vaqtga bog’lanishi topilsin. A) l=h-(gt²)/2 B) l=v₀t-(gt²)/2 C) l=h-v₀t D) l=2v₀t-gt² 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada (viloyat 2025-2026) №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada №6