Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 90 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Tarix olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Turkistonda chorvachilik va chorva mahsulotlarining kamayishiga olib kelgan sababni aniqlang. A) chorva mollariga bo’lgan ehtiyojning pastligi B) chorvachilikdan kelgan foydaning kamligi C) Turkistonda tarqalgan vabo kasalligi D) paxta maydonlarining kengaytirilishi 2 / 25 d’E qal’asi joylashgan hudud uchun kimlar kurashgan edi? A) Vilgelm I va Ioann Sahiy B) Filipp IV va Ioann C) Filipp II va Ioann D) Filipp IV va Bonifatsiy VII 3 / 25 N.Ignatyev Xiva va Buxoroga kelgan vaqtda sodir bo’lgan voqeani toping. A) “Tarixi Shohruxiy” asarining muallifi tug’ilgan B) Eron Hirotni bosib olishi natijasida Buyuk Britaniya bilan urush kelib chiqdi C) Hindiston Buyuk Britaniya mulki deb e’lon qilindi D) Buyuk Britaniya bilan Afg’oniston o’rtasida harbiy shartnoma imzolandi 4 / 25 XVI – XVII asrlarda burjuaziyaning soni va jamiyatdagi nufuzini ortishiga…… sabab bo’lgan. A) usti yopiq bozorlarni vujudga kelgani B) savdo monopoliyalarining vujudga kelishi C) ichki va tashqi savdoda shaharlar mavqeyining yuksalishb borishi D) dehqonlar sonining oshib borishi 5 / 25 Olimxon hukmronligi davrida Farg’ona hokimi bo’lgan shaxsni aniqlang. A) Musulmonqul B) Umarxon C) Rahmonqulibiy D) Muhammad Ali 6 / 25 XIX asr o`rtalarida AQSHdan so’ng Yaponiyaga Yevropa davlatlari ham birin-ketin kirib kela boshlagan.Ularning maqsadlari …. A) Yaponiyani zamonaviy davlatga aylantirish edi B) Yaponiyani parchalab tashlash edi C) Yaponiya bozorlarini egallash edi D) Yaponiyani bosib olish edi 7 / 25 …………….Fransiyada huquqiy davlat yaratilishiga asos soldi. A) “Imtiyozlarni tugatish haqida dekret” B) 1791 –yilgi Konstitutsiya C) 1793 yilgi Konstitutsiya D) “Inson va fuqarolar huquqlari Deklaratsiyasi” 8 / 25 XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi va Xiva xonligi o’rtasida talash yerlarni toping. A) Marv va Hirotda B) Maymana va Andxud C) Kesh va Andxud D) Chorjo’y va Marv 9 / 25 1757- yilda o’z bandargohlarini tashqi savdo uchun yopib qo’ygan davlatda sodir bo’lgan voqeani to’g’ri toping. A) ‘’100 moddali Farmon’’ deb ataluvchi qonunlar to’plami joriy etildi B) 1517-yilda Qohira shahri bosib olindi C) 1757-yilda Jung’or xonligi butunlay bosib olindi D) 1850-yil dehqonlar mamlakat janubida qo’zg’alon ko’tardilar 10 / 25 XVII asrning II yarmida Germaniyaga dushmanlik kayfiyati bilan qarovchi davlatlarni toping. 1.Fransiya 2.Turkiya 3.Angliya 4Shvetsiya 5.Rossiya A) 1,2,4 B) 1,4,5 C) 1,2,5 D) 1,2,3 11 / 25 Qaysi Xuroson noibi davrida barcha musulmonlar huquq jihatidan tenglashtirilgan? A) Abu Muslim B) Nasr ibn Sayyor C) Ashros D) Qutayba ibn Muslim 12 / 25 Qadimda Efes shahri qayerda joylashgan edi? A) Peloponnesda B) Kichik Osiyoda C) Ispaniyada D) Attikada 13 / 25 Mexanik to’quv dastgohini yaratilishi mehnat unumdorligini necha martaga oshishiga imkon berdi? A) 40 marta B) 10 marta C) 20 marta D) 15-18 marta 14 / 25 Gananing katta boyligi … bo’lgan. A) oltin B) choy C) to`qimachilik D) g`alla 15 / 25 Muhammad Sharif Buxoriy 20 dan ortiq asar yozgan.Bu asarlar qaysi fanlarga bag’ishlangan? 1.falsafa 2.tasavvuf 3.tarix 4.geografiya 5.fiqh 6.musiqa 7.tilshunoslik 8.ilohiyot 9.astronomiya A) 1,3,4,5,7,9 B) 1,2,3,5,7,9 C) 1,3,5,7,8,9 D) 1,2,5,6,7,9 16 / 25 Eftallar alifbosi qaysi yozuv asosida shakllangan? A) so`g`d B) oromiy C) Baqtriya D) yunon 17 / 25 Tombuktu madrasasida qaysi fanlar o’qitilgan? 1 ilohiyot 2 tarix 3 fiqh 4 matematika 5 geografiya 6 tibbiyot 7 astronomiya A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4,5,7 C) 1,2,3,4,7 D) 1,2,3,4,6 18 / 25 Malik ush- shuaro” unvoniga sazovor bo’lgan shoir o’zining she’rlarida nimalarni ayovsiz fosh etgan? A) Yuqori tabaqa vakillarining adolatsizliklarini B) Jamiyatdagi jabr-zulm,mehnatkashlarning og’ir ahvolini C) Qirg’in – barot urushlarni D) Subhonqulixonning xalqni og’ir soliqlarga duchor etganligini 19 / 25 Butun dunyoga mashhur “Faust”asarini kim yozgan? A) J.Svift B) Motsart C) D.Defo D) I. Gyote 20 / 25 Kushon davlatida qaysi sohalar yuksak darajada taraqqiy etgan edi ? 1.me’morchilik 2.xattotlik 3.kulolchilik 4.binokorlik 5.musiqa san’ati A) 1.4 B) 1.2 C) 1,3,4 D) 2.5 21 / 25 1204-yili Vizantiya xarobalarida tashkil topgan davlatni toping. A) Romey B) Lotin imperiyasi C) Flandriya D) Konstantinopol qirolligi 22 / 25 Boliqbo`yi respublikalari qachon NATOga a`zo bo`ldi? A) 2004-yil B) 2001-yil C) 2000-yil D) 2007-yil 23 / 25 Mamalakatimizda qaysi yil “Ijtimoiy himoya yili” deb e`lon qilingan edi? A) 2007-yil B) 2010-yil C) 2005-yil D) 1999-yil 24 / 25 Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi nishonlangan yildan bir yil o’tib sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1.Burhonuddin al – Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi nishollandi 2.Imom al- Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishollandi 3.”Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi 4‘’Xorazm Ma’mun akademiyasi’’ni 1000 yilligi nishonlandi 5.Abu Mansur al- Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishollandi A) 1,3,5 B) 1,2,3 C) 3,4,5 D) 1,4,5 25 / 25 XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligida ekinzorlarning yarmidan ortig’ig’a…..yetishtirilgan. A) paxta B) g’alla C) poliz D) beda 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6