Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 185 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi, O‘z haddini bilib belidin o‘ltirur quyi. Qaysi san’at qo‘llangan? A) tajohil orif B) husni ta’lil C) tardi aks D) tajnis 2 / 25 Quyida berilganlardan qaysilari modal so‘z hisoblanadi? 1) xullas; 2) faqat; 3) darhaqiqat; 4) xayriyat; 5) chunki; 6) biroq. A) С) 1, 3, 4 B) 1, 2, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 3, 4, 5, 6 3 / 25 Arab tilidan kirib kelgan qaysi so`z o`zbek tilida kamtarinlik ma’nosini ifodalab, asl ma’nosini tubdan o`zgartirgan? A) kamina B) raiyat C) fuqaro D) ojizingiz 4 / 25 O`. Umarbekovning milliy kinomotografiya taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko`rsatgan kinossenarilari? A) “Qiyomat qarz”, “Shohma quyosh”, “Yer yonganda”, “Arizasiga ko`ra” B) “Yuksak qorliklardagi uchrashuv”, “Ikki soldat haqida qissa”, “Sevgi afsonasi”, “Changalzor qonuni”. C) “Oq qaldirg`och”, “Yigit va qiz”, “Sevgim, sevgilim”, “Sevgi afsonasi”. D) “Komissiya”, “Arizasiga ko`ra”, “Charos”, “Urush farzandi” 5 / 25 “So`z latofati” kitobining muallifi? A) A. Hojiyev B) E. Vohidov C) A. Rustamov. D) Sh. Rahmatullayev 6 / 25 Ergashgan qo`shma gapning birinchi sodda gapi yakunida qavs ichida kiritma gap kelsa qo`shma gap qismlari orasiga qo`yiluvchi vergul qayerda joylashadi? A) kiritmadan oldin va keyin B) kiritmadan so`ng, ikkinchi gapdan oldin C) Birinchi gapdan so`ng, kiritmadan oldin D) Bu holatda vergul ishlatilmaydi. 7 / 25 Foydalanish, ishlatish so`zining ma’nodoshi tarkibidagi sirg`aluvchilar soni nechta? A) 3 ta B) 1 ta C) 5 ta D) 2 ta 8 / 25 Mana menman, u isyonning o`lmas avlodi, Mana menman, u gullarning hech so`lmas yodi, Mana menman, falaklarga lov-lov o`t qo`yib, Otalarimning boshidan poydevor uyib. Kelajagim obidasin qurgan insonman. O`sha jonman, o`sha qonman va o`sha shonman. (U. N) Berilgan parchada qo`llangan olmoshlar haqidagi to`g`ri fikrni belgilang. A) 3 o`rinda kishilik olmoshi, 8 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan B) Ko`rsatish olmoshlari aniqlovchi va to`ldirovchi vazifasida kelgan. C) Ko`rsatish olmoshlari kesim va ega vazifasida kelgan D) 5 o`rinda kishilik olmoshi, 6 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan 9 / 25 Oshiq o`z ishqidan so`zlasa nuqul. Gapdagi ostiga chizilgan so`z haqida qaysi javobda mulohaza berilgan? A) So`zlovchining o`zi bayon etayotgan fikriga ishonch, gumon, achinish kabi munosobatlarni ifodalaydi. B) Bu so`zlarning ko`pchiligi qo`shimcha shaklida, ayrimlari esa so`z shaklida qo`llaniladi C) Tarkibida ayrim egalik shakllari o`z vazifasini yo`qotadi. D) Nutq jarayonida ushbu so`z turkumiga oid so`zlardan foydalanishda so`zlovchilarning yoshi, amali nuqtayi nazaridan ma’lum darajada farq qiladi. 10 / 25 Qaysi qo`shma gap tarkibida hokim so`zga faqat boshqaruv yo`li bilan tobelanadigan bo`lak izohlangan. A) Kim umidini yo`qotsa, yo`qotadigan boshqa narsasi qolmabdi. B) Bu haqda unga tezroq xabar beringki, ertaga barchamizdan o`pkalashi tayin. C) Kimki hayotdan ta’lim olmasa, boshqa narsalar ta’sir etishi mushkul. D) U shunchalik berilib o`qirdiki, atrofda o`zidan bohqa hech kimni payqamas edi. 11 / 25 Payini qirqmoq frazemasiga ma’nodosh bo`lga ibora qaysi bandda so`z irikmasiga teng kelgan? A) Sening bu qilganing o`z oyog`ingga bolta urishingdan o`zga ish emas B) Haqiqatni anglaganda allaqachon ostiga suv quyishgan edi. C) Shoikromov o`z oyog`iga o`zi bolta uradiganlar xilidan D) Mo`min chaqqon oyog`iga bolta urilishini hisobga olmagan edi. 12 / 25 U goho ichib kelib, hovlini boshiga ko`targudek o`kirib yig`laydi; akasining sirlarini bilishini, bir kunmas – bir kun uni fosh qilajagini aytadi, bo`ralab so`kadi. Ushbu gapda yordamchi so`z turkumiga mansub nechta birlik qo`llangan? A) 2 ta B) Bunday birlik mavjud emas. C) 3 ta D) 1 ta 13 / 25 Besh o`rinda yasama so`z ishtirok etgan, yasama so`zlardan birining asosi ikki yuqori tor unlilardan iborat bo`lgan gapni toping. A) Uning goh yig`lagisi, goh kulgisi, goh butun kechani ostun-ustun qilib qo`shiq aytgisi kelardi. B) Qo`zg`algan kasallikni yengish uchun tirik tanda”antitanachalar” hosil bo`ladi, ammo bu kasallikni yengish uchun har doim ham mikroorganizmlarning samaradorligi sezilarli bo`lmasligi mumkin. C) Ipak kiyim kechaklar dazmollanmasligi ma’qul, agar zarur bo`lsa, teskari tomonidan yoki ustiga zig`ir tolasidan to`qilgan mato qo`yib, qattiq qizimagan dazmol bilan dazmollanadi. D) Hamdardlik – bir odamning qayg`u hasratlariga achinib, o`zida ham qayg`u hosil qilishdir, lekin quruq hamdardlik foyda bermaydi. 14 / 25 Yiqilganga zo`rlik muruvvat emas, A’lo qush chumoli donini emas... Bayt muallifi va manbasi qaysi qatorda berilgan? A) A. Navoiy „Hayrat ul-abror“ B) Sa’diy „Bo`ston“ C) Ogahiy „Ogohnoma“ D) Sa’diy „Guliston“ 15 / 25 –chi yuklamasi qanday ma’nolarni bildirishi mumkin? 1) so`roq; 2) buyruq; 3) iltimos 4) xoxish 5) ta’kid (uqtirish) A) 1,2,3,4,5 B) faqat 2 C) 1,2,5 D) 2.3 16 / 25 Uning ijodida hayotdan umidsizlik, folklor adabiyotida qo`llaniladigan arvoh, tobut kabi tushunchalar qo`llansa-da, hayotga bo`lgan umid, ishonch tushunchalari barq urib turadi. Ushbu fikr qaysi ijodkor haqida? A) H. Hayne B) J. London C) U. Shekspir D) A. Dode 17 / 25 So`xtasi sovuq frazemasining antonimi haqidagi to`gri hukmni aniqlang. A) yasalishda tovush ortishi kuzatilgan xil-xususiyat sifati B) ta’m-ma’za sifati C) shakl-shajm sifati bo`lib, tovush o`zgarishiga uchragan D) yasalishda tovush ortishi kuzatilgan shakl-hajm sifati 18 / 25 Agar tenglik hukm sursa, hech qachon sotqinlik, aldamchilik, g`am-g`ussa bo`lmaydi. Gapda qo`llangan gap bo`laklarining kesimga bog`lanishi yuzasidan berilgan to`g`ri fikrlarni aniqlang. 1) Barcha gap bo`laklari kesim bilan bevosita bog`langan 2) Barcha gap bo`laklari murakkab kesimga bog`langan 3) Ergash gap tarkibida uyushiq egalar kesim bilan yonma-yon kelgan. 4) uyushgan ega kesim bilan grammatik munosobatga kirishgan. A) 1.2 B) 1.3 C) 1,2,3 D) 1.4 19 / 25 Qaysi shoir o’z she’rlarida biz yashab turgan dunyo haqiqati, inson umrining mazmuni, ezgulik va qabohat kabi azaliy muammolarni yangi davr kishisi nuqtai nazari bilan yoritishga harakat qildi? A) S. Zunnunova B) ) Rasul Hamzatov C) X. Saloh D) Asqad Muxtor 20 / 25 Bolalikdan boshlangan do`stlik insonning keyingi ulg`aygan va kamolga erishgan davrda orttirgan barcha do`stlari orasida alohida ahamiyatga ega. Gapdagi yasama so`zlar qaysi turkumlarga oidligini aniqlang. 1) ot; 2) sifat 3) fe’l 4) ravish; A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,3,4 21 / 25 Qaysi adib adabiyotda birinchilardan bo’lib chet eldagi o’zbeklar hayotini yoritgan? A) Shuhrat B) Asqad Muxtor C) Mirtemir D) Rasul Hamzatov 22 / 25 “Otello” tragediyasida Otelloning ko`z yoshlari nimaga qiyoslangan? A) olmosga B) Tonggi shudringga C) Arabistondagi yoqutlarga D) Arabistondagi daraxtdan oqayotgan shiraga 23 / 25 O`zbek adabiy tilida farqlanuvchi me’yorlarni aniqlang. 1. leksik me’yor 2. talaffuz me’yori 3. so`z yasalish me’yori 4. morfologik me’yor 5. sintaktik me’yor 6. uslubiy me’yor A) 2,4,5,6 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,2,4,5,6 D) 1,3,5,6 24 / 25 Ammo Saidiy hafta sayin jurnalning oxirgi sahifasida o`z ismini “bosilmaydi” bezagi bilan ko`ravergandan so`ng, yozuvchi bo`lish uchun o`zining tutgan yo`li to`gri ekaniga shubhalana boshlanadi. A) 2 ta ko`makchi, 1 ta bog`lovchi B) 4 ta ko`mak, bog`lovchi yo`q C) 3 ta ko`makchi, 1 ta bog`lovchi D) 4 ta ko`mak, 1ta bog`, 25 / 25 Sifatdosh va harakat nomi tarkibidagi egalik qo`shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini olgan shaxs bildiruvchi so`zning qo`llanishiga ko`pincha ehtiyoj bo`lmaydi. Ushbu qoida talabiga mos bo`lmaydigan gap qaysi qatorda berilgan? A) Boqqaning ikki echki, o`shqirganing yer tebratar. B) Bilganingni eldan ayama. C) Buzoqning yugurgani - bizning kutganimiz. D) Bo`zchi bilganin to`qir, Baxshi bilganin o`qir. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6