11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Oktabr 14, 2022Avgust 19, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 ga 1 fikr bildirilgan 1 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan? A) tong, shtanga, ko‘rdingiz B) jarang, singil, bugungi C) so‘nggi, kongress, tungi D) tongi, yengildi, dengiz 2 / 25 Mana menman, u isyonning o`lmas avlodi, Mana menman, u gullarning hech so`lmas yodi, Mana menman, falaklarga lov-lov o`t qo`yib, Otalarimning boshidan poydevor uyib. Kelajagim obidasin qurgan insonman. O`sha jonman, o`sha qonman va o`sha shonman. (U. N) Berilgan parchada qo`llangan olmoshlar haqidagi to`g`ri fikrni belgilang. A) Ko`rsatish olmoshlari aniqlovchi va to`ldirovchi vazifasida kelgan. B) 5 o`rinda kishilik olmoshi, 6 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan C) Ko`rsatish olmoshlari kesim va ega vazifasida kelgan D) 3 o`rinda kishilik olmoshi, 8 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan 3 / 25 G‘irot oti qaysi doston qahramonining doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi? A) Alpomish B) Go‘ro‘g‘li C) Kuntug‘mish D) Ravshan 4 / 25 Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham inshootlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) Sodda va qo‘shma kesimlar mavjud. B) Barcha uyushiq bo‘laklarning sifatlovchi aniqlovchisi mavjud. C) Qaratqich aniqlovchilarning barchasi to‘ldiruvchiga tobelangan. D) Ega va qaratqich aniqlovchining uyushib kelishi kuzatiladi. 5 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) muolija, mobodo, tamoman B) taqiqlamoq, xayol, qat’i nazar C) asqotmoq, o‘g‘irlamoq, ta’ma qilmoq D) mutaxasis, qutulmoq, tomosha 6 / 25 “Alp Er To‘nga” marsiyasi qaysi asar orqali bizgacha yetib kelgan? A) “Hayrat ul-abror” B) “Qissasi Rabg‘uziy” C) “Qutadg‘u bilik” D) “Devonu lug‘ot it-turk” 7 / 25 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini bevosita tobelantirgan hol ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Bir kishi umrining so‘ngiga qadar, Yig‘di mol-u dunyo, yig‘di siym-u zar. B) Yolg‘izlikning rutubatli ko‘chalarida, Ne-ne oltin fasllarim o‘tdi junjikib. C) Shuni esingdan chiqarma: aql dilning oltin kalitidir. D) Bir yo‘l chekkasida yotibman nolon, Chorasiz bo‘lsam-da, men ham tirik jon. 8 / 25 Qaysi gapda hol vazifasida kelgan qaralmish ishtirok etgan? A) Mustaqil O‘zbekiston davlati erkinlikning dastlabki yillaridanoq o‘zbek tilining muhofazasi uchun barcha qonuniy asoslarni yaratdi. B) Til tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. C) Meni katta hayotga olib chiqib qo‘ygan ustozlarimning zahmatini oqlay oldimmikin? D) Tilning birinchi ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashadi. 9 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni aniqlang. U ilonni aldagani uchun, … unga dunyodagi eng tansiq taom insonniki emas, qurbaqaning go‘shti ekanini aytgani uchun ta’qibga uchragan emish. A) balki B) ya’ni C) agar D) chunki 10 / 25 Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy) Ushbu baytda qanday she’riy san’atlar qo‘llangan? A) tajnis, tashbeh, tanosub B) talmeh, tashbeh, tajnis C) tazod, tajnis, tanosub D) tazod, talmeh, tanosub 11 / 25 Qaysi gapda nisbat qo‘shimchasini olgan fe’l yasama otga tobelangan? A) Uzoqdan ko‘ringan qumloqlar sahro bag‘rida yastanib yotar edi. B) Kechaga taklif etilgan shoirlar orasidan uni qidirdi, ammo topolmadi. C) Bu kishi o‘sha tunda o‘zi bilan suhbatlashgan odam ekan. D) O‘g‘lining muvaffaqiyatidan faxrlangan otaning shodligi cheksiz edi. 12 / 25 Ilgari salbiylik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar davr taqozosiga ko‘ra ijobiy bo‘yoq kasb etayotgan so‘zlarni aniqlang. A) kapital, kolxoz B) viloyat, tuman C) biznesmen, fermer D) dasturchi, vazir 13 / 25 Har bir pok axloqli, ilohsevar shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba olishi mumkin. Yuqoridagi gapda qaysi gap bo‘lak(lar)i uyushgan? A) ega, aniqlovchi B) ega, kesim C) aniqlovchi D) aniqlovchi, kesim 14 / 25 Ey Navoiy, eldan bir chaqa ham tama qilma, aksincha, o‘zing elga bersang, buni “karam” deydilar. Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan so‘zlarni aniqlang. A) ey Navoiy, karam B) ey, aksincha, karam C) ey Navoiy, aksincha D) tama qilma, deydilar 15 / 25 Qaysi gapda ergash gap bosh gapdan oldin kelgan? A) Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon. B) Kitob mening do‘stim, chunki u – bilim manbayi. C) Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon kishining gapi ko‘p bo‘ladi. D) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning. 16 / 25 Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda, Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi. Ushbu ruboiydagi raviyni aniqlang. A) t harfi B) s harfi C) i harfi D) a harfi 17 / 25 Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yozib qoldirilgan qaysi maqol turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan boshlab faol iste’molda bo‘lib, har qanday fazilatning boshlanishi bilimdir degan ma’noni anglatadi? A) Uma kelsa, qut kelur. B) Erdam boshi – til. C) Kim kur bo‘lsa, kuvaz bo‘lur. D) Qut belgusi – bilig. 18 / 25 Qaysi javobdagi gaplarda tire tinish belgisi o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? A) Yurting tinch – sen tinch. Turnalar arg‘imchog‘i g‘ira-shira osmon ortiga – bulutlar bag‘riga singiydi. B) Yaxshi o‘g‘il – el obro‘si, yaxshi qiz – uy obro‘si. Qor yog‘di – don yog‘di. C) Mehnati halol baholansa, yerning sohibi – dehqonning hech kimdan kami bo‘lmaydi. Xalqaro savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo‘lgan. D) Nabiram – Sayyora shu yerda tarbiyalanyapti. Gullar, daraxtlar, bog‘lar – barchasi bahor nafasini his qilmoqda. 19 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-i, 2-a, 3-g, 4-b, 5-h B) 1-e, 2-d, 3-g, 4-f, 5-d C) 1-g, 2-d, 3-e, 4-b, 5-f D) 1-i, 2-a, 3-e, 4-f, 5-b 20 / 25 Quyidagi gaplardan qaysi birida yordamchi so‘z turkumining barcha turi ishtirok etgan? A) Polvonning qo‘li kuch bilan o‘ziga tortar, ammo bir qarich ham oldinga siljitolmasdi. B) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l. C) Ma’naviyat insonga ona suti va ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singadi. D) Mehmonlar osh-suv taraddudiga yo‘l qo‘ymasdan, sut-qatiq bilan quruq choy ichib, darhol o‘tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar. 21 / 25 Bizning qarorimiz shu // hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) ikki nuqta B) tire C) nuqtali vergul D) vergul 22 / 25 Berilgan birliklarning qaysi birida ko‘chma ma’noli so‘z mavjud emas? A) g‘orning og‘zi B) varrakning dumi C) daryo yoqasi D) tog‘ cho‘qqisi 23 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-b, d, e, f, g; 2-b, g, f B) 1-a, b, d, e, f, g; 2-a, b, f C) 1-a, d, e, g; 2-a, f, g D) 1-a, d, e, f, g; 2-a, b, f, g 24 / 25 oshig‘i olchi iborasiga antonim iborani toping. A) suv tekin B) kosasi oqarmagan C) dili pora D) do‘ppisi yarimta 25 / 25 Bahor vasfiga bag‘ishlangan birinchi o‘zbek g‘azali muallifini aniqlang. A) Mahmud Qoshg‘ariy B) Nosiruddin Rabg‘uziy C) Alisher Navoiy D) Yusuf Xos Hojib 0% Fikr-mulohaza yuboring tomonidan Wordpress Quiz plugin Ona tili va adabiyot olimpiada, Tuman 2022-2023 o'quv yili