7-sinf Zoologiya 19-20-21-mavzular yuzasida testlar

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

7-sinf Zoologiya 19-20-21-mavzular yuzasida testlar

19- mavzu.O’RGIMCHAKSIMONLARNING XILMA-XILLIGI.

20- mavzu.YASHIL BRONZA QO’NG’IZINING TASHQI TUZILISHI.

21- mavzu.YASHIL BRONZA QO’NG’IZINING ICHKI TUZILISHI.

1 / 50

Qaysi olimlar umurtqasiz hayvonlarni o‘rganish asosida katta tadqiqotlar olib borishgan?

2 / 50

Rasmda 1-raqam bilan bezgak parazitining qaysi xususiyati tasvirlangan?

3 / 50

Oq planariyaning ovqat hazm qilish sistemasi nimalardan iborat bo’ladi?1) og’iz; 2) qizilo’ngach; 3) halqum; 4) oshqozon; 5) ichak; 6) anal teshigi; 7) klaoka.

4 / 50

  Odam ichagida hazm bo’la boshlagan oziqni tana yuzasi orqali shimib oladigan hayvonlar qaysi sinf vakillari hisoblanadi?

5 / 50

Askarida odamga nima orqali yuqadi?

6 / 50

To’garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan farqlarini aniqlang.1) tana bo’shlig’ining bo’lishi; 2) analteshigining bo’lishi; 3) klaokaning bo’lishi;4)ichki a`zolarning murakkab tuzilganligi;5)oshqozonning bo’lishi.

7 / 50

Rasmda1-raqamda tasvirlangan hayvonning nomi va sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.

8 / 50

Quyidagi organizmlardan qaysi birlari Jabra bilan nafas oladi?1) krab; 2) butli o’rgimchak; 3) chayon; 4) yomg’ir chuvalchangi; 5) dreysena; 6) oq planariya.

9 / 50

Quydagi hayvonlarning oziqlarini juftlab ko’rsatining a)amyoba b)tufelka c)meduza d)oq pilanariya e)yomg’ir chuvalchangi f) qisqichbaqa 1)bakteriya 2)qisqichbaqasimonlar 3)chuvalchaninglar 4)hashoratlar lichinkasi 5)suv o’tlari 6)baliq chovoqlari 7)kasal hayvonlar 8)o’simlik qoldiqlari 9)organik qoldiqlar 10)mayda suv hayvonlari 11) hayvolar murdasi 12)moluskalar

10 / 50

Langustga xos xususiyatlar 1.go’shti uchun ovlanadi 2.nervi halqum usti halqum osti halqum atrofi qorin nerv zanjiridan iborat 3.plankton hisoblanadi 4.yuragida 3 juft teshigi bor 5.yuragi oqish 6.muskullari to’p to’p bo’lib joylashgan 7.ko’zlari mozaik ko’radi 8.ozig’ ichak va jigar naylarida hazm bo’ladi 9.tuklari tam va hid bilish organi hisoblanadi

11 / 50

Yirtqichlik bilan oziqlanadigan hayvonlarni aniqlang.

12 / 50

Oyoqlari 4 juft bo’lgan hayvonlarni ajrating.1) butli o’rgimchak; 2) falanga; 3) chigirtka;4)krevetka; 5) chayon; 6) sakkizoyoq; 7) uy pashshasi.

13 / 50

Quyida berilgan hasharotlarning og’iz organlari qanday tuzilgan?a)so’na; b) uy pashshasi; c) chirildoq; d) to’shak qandalasi; e) iskaptopar; f) kolorado qo’ng’izi; g) kapalak lichinkasi;1)kemiruvchi; 2) so’ruvchi; 3) yalovchi.

14 / 50

9-raqamda hasharotlarning qaysi organi tasvirlangan?

15 / 50

   Yashil bronza qo’ng’izi qayerlarda uchraydi?1) yevropa; 2) Osiyo; 3) shimoliy America; 4) janubiy America; 5) Misr; 6) Africa.

16 / 50

  Chayonning qaysi organlari soni ko’zlari soniga teng?

17 / 50

Zahar bezi bo’lmaydigan o’rgimchaksimonni aniqlang.

18 / 50

  60 sm gacha bo’lgan tik inda yashaydigan, tutqich to’r to’qimaydigan hayvonni ko’rsating.

19 / 50

  Nerv sistemasi yuksak darajada rivojlangan hayvonlar guruhini ko’rsating.1) Kalmar; 2) lansetnik; 3) asalari; 4) yomg’ir chuvalchangi; 5) assidiya; 6) chumoli.

20 / 50

  Falanga haqida qaysi ma’lumot noto’g’ri?

21 / 50

  Ayirish sistemasi malpigi naychasidan iborat bo’ladigan hayvonlarni ko’rsating.1) yashil temirchak; 2) pashsha; 3) zaxkash;4) sariq kapalak; 5) yaydoqchi; 6) qoramol so’nasi; 7) koala; 8) mita; 9) tut ipak qurti;10) osminog; 11) krevetka.

22 / 50

Qaysi hayvonning qoni kislorod tashishda qatnashmaydi?

23 / 50

   Boshida bir juft ko’zi joylashgan, kechasi ovga chiqadi, zaharli emas, turli hasharotlar va mayda sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi.Ushbu ta`rif qaysi hayvonga tegishli?

24 / 50

  Kanalar uchun xos bo’lmagan javobni toping.

25 / 50

  O’rgimchaksimonlar uchun xos bo’lmagan javobni toping.

26 / 50

  Keltirilgan o’rgimchaksimonlarni ko’zlarining soni bilan juftlab ko’rsatilgan to’g’ri javobni toping.1) butli o’rgimchak; 2) falanga; 3) chayon; a) 8; b) 12; c) 2.

27 / 50

  Sariq falangaga xos bo’lgan xususiyat?

28 / 50

Hasharotlarning ayirish tizimi qanday tuzilishga ega?

29 / 50

  Ikki xil usulda nafas oluvchi hayvonni toping.

30 / 50

  Tungi hayvonlarni toping.1) qisqichbaqa; 2) biy; 3) falanga; 4) qoraqurt; 5) chayon; 6) dafniya; 7) butli o’rgimchak.

31 / 50

  Chayonlarga xos bo’lmagan javoblarni toping.a)o’pkasi bilan nafas oladi; b) yuragi ikki kamerali; c) tuxumlarini uzun tizimchaga qo’yadi; d) o’pka va traxeyalar bilan nafas oladi; e) oldingi oyoqlari o’zgarib qisqichga aylangan; f) tirik tug’ib ko’payadi; j) oyoqlari 4 juft; h) 12 ta ko’zi bor; i) 1 juft ko’zi bor; j) zahar bezi bo’ladigan o’rgimchak; k) ochiq qon aylanish sistemasiga ega.

32 / 50

Hasharotlarga xos bo’lgan xususiyatni toping.

33 / 50

  Chumoli, suvarak va ko’pchilik qo’ng’izlarning oyoqlari qanday tuzilishga ega?

34 / 50

Entomologiya fani obyekti ...

35 / 50

Qo’ng’iz va boshqa hasharotlarning oyoqlari … bo’g’imli bo’lib, oxirgi bo’g’imi … bilan ta`minlangan.

36 / 50

Berilgan hayvonlarni ularning nafas olish organlari bilan juftlang.1)kallima; 2) biy; 3) chupchik; 4) chayon; 5) tovusko’z; 6) midiya; 7) yonsuzar;a)jabra; b) o’pka; c) traxeya.

37 / 50

   Nafas olishi xaltachasimon o’pka va traxeya orqali bo’ladigan hayvonlar guruhini ko’rsating.1)biy; 2) dafniya; 3) eshakqurt; 4) chayon; 5) butli o’rgimchak; 6) tilla qo’ng’iz.

38 / 50

  Ham hayvon, ham odam qonini so’radigan o’rgimchaksimonni ko’rsating.

39 / 50

Hasharotlarning qorin bo’limi necha bo’g’imdan iborat?

40 / 50

  Qo’ng’izning og’iz teshigini ustki tomondan … , pastdan … o’rab turadi.

41 / 50

O’rgimchaklarning tuyg’u a`zosi ... hisoblanadi.

42 / 50

1-raqamda ko’rsatilgan hayvonning nomi va sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.

43 / 50

Hasharotlarning ko’krak bo’limi necha bo’g’imdan iborat?

44 / 50

Rasmda ko’rsatilgan hayvonning nomi va sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.

45 / 50

Hasharotlarning hamma oyoqlaridagi bo’g’imlar yig’indisi qancha bo’ladi?

46 / 50

  Qaysi hayvonlarda ayirish organlarining bir uchi berk bo’ladi?1) olma mevaxo’ri; 2) krab; 3) xasva qandalasi; 4) suv shillig’i; 5) baqachanoq; 6) katta sadafdor; 7) lansetnik; 8) belyanka; 9) qayin odimchisi; 10) gelikonius.

47 / 50

  Quyidagi hayvonlar o’rtasida 2 juft (a) va 3 juft (b) jag’larga ega bo’lganlarini belgilang.1) omar; 2) tillako’z; 3) chirildoq; 4) temirchak; 5) langust; 6) krab; 7) xonqizi; 8) krevetka.

48 / 50

Nafas olishi traxeyalar orqali bo’lgan hayvonlarni ko’rsating.

49 / 50

Tanasi boshko’krak va qorin qismlaridan iborat bo’lgan hayvonlarni ko’rsating.

50 / 50

Qaysi hasharotlarning uchishida ust qanotlar ishtirok etmaydi?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0