Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 22-23-24-mavzular yuzasida testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 22-23-24-mavzular yuzasida testlar InfoMaster Aprel 14, 2022 650 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Zoologiya 22-23-24-mavzular yuzasida testlar 22- mavzu.HASHAROTLARNING KO’PAYISHI VA RIVOJLANISHI. 23- mavzu.Chala o’zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar. 24- mavzu.TANGACHAQANOTLILAR TURKUMI. 1 / 50 Amyobali suv tomchisiga osh tuzi qo'shilsa nima kuzatiladi ?soxta oyoqlarini tortib oladi b) soxta oyoqlarini otib chiqaradi c) sharsimon shaklga kiradi d) tanasi cho'ziladi va ikkiga bo'linadi A) b,d B) b, c C) a, d D) a, c 2 / 50 Rasmda 1-raqam bilan bezgak parazitining qaysi xususiyati tasvirlangan? A) ] parazitning bo‘linib ko‘payishi B) qizil qon hujayrasiga kirayotgan parazit C) parazitlarning qon hujayrasidan qon plazmasiga chiqishi D) parazitning qizil qon hujayrasida o‘sishi 3 / 50 So’rg’ichli chuvalchanglarning tasmasimon chuvalchanglardan asosiy farqini ko’rsating. A) nerv sistemasining bo’lishi B) qon aylanish sistemasining bo’lishi C) oraliq xo’jayinining bo’lishi D) hazm qilish sistemasining bo’lishi 4 / 50 Yomg’ir chuvalchangi uchun tayanch vazifani bajaruvchi tuklar tananing qaysi qismida joylashgan A) har bir bo’g’imining qorin tomonlarida B) faqat ko’krak bo’limlariningyon va orqa tomonlarida C) har bir bo’g’imning orqa tomonida D) har bir bo’g’imining yon tomonlarida 5 / 50 Suv shillig’ining yuragi tanasining qaysi qismida joylashgan? A) tananing old tomonida B) ko’krak qismida C) tananing orqa tomonida D) qorin qismida 6 / 50 Qaysi umrtqasizlarning bosh miyasi kuchli rivojlangan? A) qushlar B) boshoyoqli molluskalar C) ikki palla chig’anoqli molluskalar D) o’rgimchaksimonlar 7 / 50 Go’shti uchun ovlanadiga qisqichbaqasimonlarni A) Kamchatka krabi, zaxkash, krab B) krevetka, langust, omar C) dafniya, siklop, daryo qisqichbaqasi D) langust, krab, daryo qisqichbaqasi 8 / 50 axkash nimalar bilan oziqlanadi A) o’simliklarning yosh novdalari B) o’simlik qoldiqlari C) o’simlik barglari D) mayda hayvonlar 9 / 50 Qo’ng’iz va boshqa hasharotlarning oyoqlari … bo’g’imli bo’lib, oxirgi bo’g’imi … bilan ta`minlangan. A) 6; tukchalar B) ko’p; paypaslagichlar C) 5-6; qisqichlar yoki tuklar D) 5, o’tkir tirnoqlar 10 / 50 Yirtqichlik bilan oziqlanadigan hayvonlarni aniqlang. A) sariq falanga, qoraqurt, zaxkash B) meduza, planariya, sariq falanga C) qoraqurt, tiriktug’ar shilliq D) biy, zaxkash, nereida 11 / 50 Tangachaqanotlilarni belgilang.1) podalariy; 2) kallima; 3) belyanka; 4) gelikonius; 5) odimchi; 6) repishka. A) 1, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 2, 3, 4, 5, 6 12 / 50 Keltirilgan hasharotlarning qaysi vakillarida voyaga yetgan organism va uning lichinkasi har xil og’iz apparatiga ega?1) podalariy; 2) temirchak; 3) ninachi;4) maxoan; 5) bronza qo’ng’izi. A) 1, 3 B) 2, 3, 5 C) 1, 4 D) 2, 4, 5 13 / 50 Poliksina, tut ipak qurti hasharotlar sinfining qaysi turkumiga mansub? A) tengqanotlilar B) tangachaqanotlilar C) to’g’ri qanotlilar D) parda qanotlilar 14 / 50 Quyidagi hasharotlarning qaysi biri to’la o’zgarish bilan rivojlanmaydi? A) qora chirildoq B) xona kuya kapalagi C) uy pashshasi D) ishchi asalari 15 / 50 Tok o’simligi bilan qaysi kapalak birga yashaydi? A) maxoan B) tovusko’z C) arvoh D) moviy 16 / 50 Tut ipak qurti va karam kapalagi qurtining umumiy jihatlari qaysi javobdato’g’ri ko’rsatilgan?1) so’lak bezlari kuchli rivojlangan; 2) pillada g’umbakka aylanadi; 3) sholg’om va achambiti bargi bilan oziqlanadi; 4) qorinqismida 5 juft soxta oyoqlari bo’ladi; 5) og’iz a`zosi kemiruvchi tipda; 6) soxta oyoqlari bo’g’imlarga bo’linmagan; 7) ko’krakqismida 5 juft soxta oyoqlari bo’ladi; 8) yon tomonida bir necha qator sariq va qora dog’lari bor; 9) haqiqiy oyoqlaribo’g’imlarga bo’linmagan; 10) orqa tomonida bir necha qator sariq va qora dog’lari bor. A) 5, 7, 9 B) 2, 4, 9, 10 C) 1, 2, 3, 8 D) 4, 5, 6 17 / 50 Mamlakatimizdagi donli ekinlarga ziyon yetkazuvchi hasharotlarga xos umumiy xususiyatni toping. A) oyoqlari bir xilda tuzilgan B) g’umbagi tuproqdagi maxsus ko’zachalarda rivojlanadi C) to’liqsiz o’zgarish bilan rivojlanadi D) og’iz apparati kemiruvchi tipda tuzilgan 18 / 50 Yetuk formasi va lichinkasi yirtqich bo’lgan hashrotni ko’rsating. A) qandala B) ninachi C) xonqizi D) asalari 19 / 50 Chala o`zgarish yo`li bilan rivojlanuvchi hasharot lichinkasi necha marta tullaydi va necha yoshda voyaga yetgan hasharotga aylanadi ? A) 3 marta tullaydi, 4 yoshdan o`tib, B) 4 marta tullaydi, 5 yoshdan o`tib, C) tullamaydi, 1 yoshdan o`tgach, D) 5 marta tullaydi, 5 yoshdan o`tib, 20 / 50 Rasmda ko’rsatilgan rivojlanissh turi qaysi hasharotlarda uchraydi? A) suvarak, ninachi, chigirtka B) qo`ng`izlar, kapalaklar, burga, chivin, pashsha, asalari, ari, chumolilar, C) chumoli, qandala, karam kapalagi, D) chivin, bit, burga, qo`ng`iz, 21 / 50 Quyidagilardan qaysi birining xartumi jag’lar va oyoq paypaslagichlarining qo’shilishidan hosil bo’lgan? A) kapalak B) kana C) chivin D) ari 22 / 50 Karam kapalagi qurtining tut ipak qurtidan farq qiluvchi belgilari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?1) so’lak bezlari kuchli rivojlangan; 2) pillada g’umbakka aylanadi; 3) sholg’om va achambiti bargi bilan oziqlanadi; 4) qorinqismida 5 juft soxta oyoqlari bo’ladi; 5) og’iz a`zosi kemiruvchi tipda; 6) soxta oyoqlari bo’g’imlarga bo’linmagan; 7) ko’krakqismida 5 juft soxta oyoqlari bo’ladi; 8) yon tomonida bir necha qator sariq va qora dog’lari bor; 9) haqiqiy oyoqlaribo’g’imlarga bo’linmagan; 10) orqa tomonida bir necha qator sariq va qora dog’lari bor; 11) oziqlanmaydi. A) 1, 2, 7 B) 3, 4, 5, 8 C) 3, 8, 10 D) 3, 4, 6, 9, 10, 11 23 / 50 Quyidagi chala rivojlanuvchi hasharotlardan qaysi birining rangi yashil tusga ega bo’ladi? A) temirchak B) suvarak C) chirildoq D) karan kapalagi 24 / 50 Qaysi hasharotlarning qurtlari daraxtlar yoki devorlarga chiqib olib, g’umbakka aylandi? A) tangachaqanotlilar B) qandalalar C) aslarilar D) uy pashshalari 25 / 50 Qurtlarining yirik boshi sarg’ish-qo’ng’ir rangli qalin xitin bilan qoplangan, tanasining qolgan qismida xitin qoplag’ichi yupqa va yumshoq bo’ladi. Ushbu ta`rif qaysi hasharotga tegishli? A) chigirtka B) pashsha C) ninachi D) yashil bronza qo’ng’izi 26 / 50 Lichinkalari ham yirtqich bo’lib, mayda suv hayvonlari bilan oziqlanadigan hasharotni belgilang. A) shohsimon dumlilar B) ninachi C) arrakash D) inkarziya 27 / 50 Oldingi qanotlarining chetki qismida kata qora dog’I bo’ladigan hasharotni ko’rsating. A) tut ipak qurti kapalagi B) xona kuya kapalagi C) tok arvoh kapalagi D) karam kapalagi 28 / 50 To`la o`zgarish bilan rivojlanish bu …? A) tuxum-lichinka-voyaga yetgan hasharot, B) yetuk hasharot hosil bo`lishi, C) tuxum-g`umbak-voyaga yetgan bosqich, D) tuxum-lichinka-g`umbak-voyaga yetgan hasharot bosqichlarini o`tab rivojanish, 29 / 50 Satir qaysi turkum vakili? A) pardaqanotlilar B) tangachaqanotlilar C) ikki qanotlilar D) qattiqqanotlilar 30 / 50 Belyanka va gelikoniuslar qanday organizmlar hisoblanadi? A) qushlar B) xonqizilar C) kapalaklar D) sudralib yuruvchilar 31 / 50 Qo’ng’izlar (a) va kapalaklar (b) vakillarini juftlab ko’rsating.1) mita; 2) xonqizi; 3) kallima; 4) belyanka;5) podoliya. A) a-1, 2, 3, 5; b-4 B) a-2, 4; b-1, 3, 5 C) a-1, 2, 5; b-3, 4 D) a-1, 2; b-3, 4, 5 32 / 50 Chala o`zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar guruhi berilgan qatorni aniqlang. A) suvaraklar, chigirtkalar, ninachi, qandala, yashil temirchak, qora chirildoq B) chivin, pashsha, suvarak, C) may qo`ng`izi, karam kapalagi, qandala, D) suvarak, ninachi, asalari, 33 / 50 Quyidagi bo'g'imoyoqlilarni lichinkali (I) va lichinkasiz (II)rivojlanuvchilarga ajrating.1) iskabtopar 2) xasva qandalasi 3) biy4) kana 5)chayon A) I-2,3,4; II-1,5 B) I- 1,2,; II-3,4,5 C) I- 1,2,3; II-4,5 D) I - 3, 4,5; II-1,2 34 / 50 Qaysi hasharotlarning lichinkasi suvda rivojlanadi? A) suv qandalasi, to’shak qandalasi B) ninachi chigirtka C) ninachi, chivin D) so’na, bo’ka 35 / 50 Lichinkasining 8 juft oyog’I bo’ladigan hasharotlar qaysi turkum vakillari hisoblanadi? A) to’g’ri qanotlilar B) qisqichbaqasimonlar C) ikki qanotlilar D) tangachaqanotlilar 36 / 50 Karam kapalagi qurtining ko’krak oyoqlari …, qorin oyoqlari … vazifani bajaradi. A) yurish; pilla o’rash B) o’ljani tutish; yurish C) yurish; oziqni ushlash D) oziqni ushlash; yurish 37 / 50 To’g’ri qanotlilar nima bilan oziqlanadi? A) qon so’ruvchi va zararkunanda hasharotlar bilan B) o’simlik shirasi C) o’simliklar D) qon 38 / 50 Kulrang satir qaysi sinfga mansub? A) qisqichbaqasimonlar B) hasharotlar C) tangaqanotlilar D) o’rgimchaksimonlar 39 / 50 Bronza qo'ng'izning g'umbakdan chiqishi qaysi vaqtga to'g'ri keladi ? A) kuzda B) yozda C) erta bahorda D) bahor o'rtalarida 40 / 50 Hasva uchun xos bo’lmagan xususiyatni aniqlang. A) donli ekinlar bargini so’rib oziqlanadi B) ayirish organi yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasiga o’xshash C) donli ekinlar donini so’rib oziqlanadi D) qanotlarining oldingi qismi qalin 41 / 50 Qaysi hayvonning lichinkasi kunliklar, chivinlarning lichinkalari bilan oziqlanadi? A) uy pashshasi B) oq planariya C) ninachi D) xonqizi 42 / 50 Xasva qaysi turkum vakili hisoblanadi? A) chala qattiqqanotlilar B) tangachaqanotlilar C) qattiqqnotlilar D) to’g’riqanotlilar 43 / 50 Eng qadimgi hasharotlar vakilini belgilang.1) xon qizi; 2) kolorado; 3) suluv ninachi; 4) karam kapalagi; 5) tut ipak qurti; 6) moviy ninachi; 7) halqali ninachi; 8) mita; 9) katta sadafdor. A) 4, 5, 9 B) 2, 3, 5 C) 3, 6, 7 D) 1, 2, 8 44 / 50 Qaysi hasharotlar tukumining 150000 ga yaqin, O’rta Osiyoda bir necha mingga yaqin turlari uchraydi? A) ikki qanotlilar B) to’g’ri qanotlilar C) tangachaqanotlilar D) pardaqanotlilar 45 / 50 Qoni nafas olishda ishtirok etmaydigan organzimlarni ko’rsating. A) yomg’ir chuvalchangi, baqachanoq B) asalari, eshakqurt C) zog’ora baliq, bacra D) chigirtka, kapalak 46 / 50 Rasmda ko’rsatilgan rivojlanissh turi qaysi hasharotlarda uchramaydi? A) suvarak, ninachi, chigirtka B) chivin, bit, burga, qo`ng`iz, C) chumoli, qandala, karam kapalagi, D) qo`ng`izlar, kapalaklar, burga, chivin, pashsha, asalari, ari, chumolilar, 47 / 50 Hasva qandalasi … ga mansub hasharot bo’lib, … larda tarqalgan. A) tangachaqanotlilar; poliz ekinlari va bog’ B) to’g’ri qanotlilar; donli ekin C) ikki qanotlilar; dala maydon D) yarim qattiqqanotlilar; cho’l va dasht 48 / 50 Belyankaga xos belgilarni aniqlang.1) traxeyalar orqali nafas oladi; 2) jabralar orqali nafas oladi; 3) umrtqalilar tipigamansub; 4) umrtqasiz hayvon; 5) to’liqo’zgarish bilan rivojlanadi; 6) chala o’zgarish bilan rivojlanadi. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6 49 / 50 Hasharotlarning individual rivojlanishining qaysi davri qora chirildoqda bo’lmaydi? A) g’umbak B) voyaga yetgan organism C) lichinka D) tuxum 50 / 50 Hasharotlarning g`umbaklik davrida qanday o`zgarishlar sodir bo`ladi? A) voyaga yetgan hasharotlarga xos yangi belgilar hosil bo`ladi B) tuxum biologik o`zgarishlarga uchraydi, C) g`umbak bu lichinka hasharotning tinim davri, D) qurtning to`qima va organlari yemirilib voyaga yetgan hasharotlarga xosyangi organlari hosil bo`ladi, 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar