Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar InfoMaster Aprel 14, 2022 411 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar 55- mavzu.YIRTQICH SUTEMIZUVCHILAR TURKUMI. 56- mavzu.DENGIZ SUTEMIZUVCHILARI: KURAKOYOQLILAR VA KITSIMONLAR TURKUMLARI. 57- mavzu.TUYOQLI SUTEMIZUVCHILAR. 1 / 50 Chivinlarning qaysi vakillari o’simlik shirasi bilan oziqlanadi? A) lichinka B) urg’ochi C) erkak D) chivin faqat qon so’rib oziqlanadi 2 / 50 Halqumining ikki yonida juda ko’p tirqishsimon Jabra teshiklari bo’ladigan hayvonni ko’rsating. A) lansetnik B) yomg’ir chuvalchangi C) timsoh D) daryo qisqichbaqasi 3 / 50 Akula bilan odamning qaysi a`zosi o`xshash tuzilgan ? A) buyrak, B) yurak, C) tish D) ichak, 4 / 50 Suyakli baliqlar sinfiga kiruvchi turkumlarni ular uchun xos bo’lgan xususiyatlar bilan juftlang.1) boshining oldingi tomoni uzun tumshuqni hosil qiladi; 2) toq suzgichlari soni 4 ta;3)skeleti tuzilishi quruqlikda yashovchi umrtqalilarga o’xshaydi; 4) tana skeletisuyakdan iborat; 5) tana tuzilishi suv tubida yashashga moslashgan, dumi xivchinga aylangan;a)losossimonlar; b) karpsimonlar; c) bakra baliqlar; d) skatlar; e) panjaqanotlilar. A) a-4; b-4; c-1; e-5 B) a-2; b-4; c-1; e-3 C) a-2; b-4; c-1; d-5; e-3 D) a-2; b-4; c-1; d-5 5 / 50 O`zbekistonning qayerida kobra yashaydi ? A) Surxon, Sherobod vohalarida B) O`zbekistonning janubiy hududlarida C) O`zbekistonda uchramaydi D) Qarshi dashtida, Nurota tog` tizmalarining tog`oldi hududlarida 6 / 50 Embrionning tuxumda uzoqroq rivojlanishiga sabab nima ? A) qalin qobiq B) po'choqning mavjudligi C) sariqlikning ko'p bo'lishi D) nafas yo'llarining mavjudligi 7 / 50 Qushlarning qaysi xususiyati uchib ketish va uchib kelishida kataahamiyatga ega. A) havoda uzoq ucha olishi B) ko`rish qobiliyati yaxshi rivojlanganligi C) muskullarining charchamasligi D) havoda chamalay olishi 8 / 50 Chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi qushlar guruhini aniqlang.1) chug`urchuq 2) chil 3) hakka 4) tuvaloq 5) qizilishton 6) chittak 7) miqqiy A) 2,5,7 B) 2,4,6 C) 1,3,6 D) 1,7,4 9 / 50 Sutemizuvchilarning terisidagi qillar nima vazifani bajaradi ? A) terini himoya qilish B) tana haroratini saqlash C) tuklar bilan terini himoya qiladi D) tuyg`u 10 / 50 Ko`rshapalaklar o`ljasini qayerda tutadi ? A) daraxtda B) botqoqliklarda C) imoratlar kovagida D) havoda, og`zi bilan 11 / 50 Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarning oshqozoni necha bo`lmali ? A) oshqozoni bo`lmali emas B) 2 C) 4 D) 3 12 / 50 Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozoni necha bo`limdan iborat ? A) 3 B) 2 C) 1 D) 4 13 / 50 Kurakoyoqlilar quruqlikka nima uchun chiqadi ? A) o'ljasini ovlash uchun B) dam olish va ko'payish uchun C) oziqlanish va dushmanidan himoyalanish uchin D) faqat ko'payish uchun 14 / 50 Bir kecha -kunduzda kit qancha oziq yeydi ? A) 300 kg B) 500 kg C) 1 tonna D) 2-4 tonna 15 / 50 Suv ayg'irining qaysi tishlari kuchli rivojlangan ? A) kichik oziq B) kurak C) katta oziq D) qoziq 16 / 50 Delfinlarga xos bo'lgan xususiyatni aniqlang. A) yuqori jag'idan mo'ylovlari osilib turadi B) uzunligi 30 m, vazni 150 t C) tishlari bo'lmaydi D) o'ljani topish uchun ultratovushdan foydalanadi 17 / 50 Ko'k kitlarga xos bo'lmagan xususiyatni aniqlang. A) yuqori jag'idan mo'ylovlari osilib turadi B) tishlari bo'lmaydi C) uzunligi 30 m, vazni 150 t D) o'ljani topish uchun ultrabinafsha nurlardan foydalanadi 18 / 50 Tanasi yoriqlarga kirishga moslashgan hayvonlar ?1) ondatra 2) nutriya 3) sug`ur 4) norka5) qunduz 6) qashqaldoq A) 4,5,6 B) 1,3,5 C) 2,4,6 D) 1,2,3 19 / 50 Dengizda yashovchi sut emizuvchilarning tishlari bir xilda tuzilgan bo`lib, faqat oziqni tutib turish uchun xizmat qiladi ? A) delfinlar va kashalotlar B) tyulen C) ko`k kit D) morj 20 / 50 Kit suvda suzganda qaysi suzgichlar bilan suzadi ? A) dum suzgich va oldingi suzgichlar yordamida B) tog` suzgichlari va dum suzgichlari bilan C) dum suzgichlari bilan D) juft suzgichlari bilan 21 / 50 Qaysi hayvonlar faqat oldingi oyoqlar yordamida suzadi ?1) tyulen, 2) delfin, 3) morj, 4) kasadka,5) dengiz mushugi, 6) pingvin,7) kashalot, 8) ko`k kit A) 2,4 B) 1,3,5,6 C) 5,6 D) 2,4,7,8 22 / 50 Xongul qayerda boqilmoqda ? A) Qizilqum qo`riqxonasida, Payg`ambar orolida B) Payg`ambar orolida , Nurotada C) Buxoroda, Nurotada D) Ustyurt, Nurotada 23 / 50 Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar guruhi qaysi ? A) begemot, muflon, sayg`oq, jirafa, ot, eshak B) qo`y, echki, zubr, sayg`oq, bug`u, jayron, jirafa, muflon C) qo`y, echki, zubr, alqor, morxo`r, suv ayg`iri D) sigir, suv ayg`iri, eshak, begemot 24 / 50 Qashqaldoqqa xos bo`lmagan xususiyatlar ?1) ,,Qizil” kitobga kiritilgan 2) inlarini jarliklar va tepaliklar yon bag`ridaquradi 3) koloniya bo`lib inlarida yashaydi4) tog` o`rmonlari, to`qay va dashtlarda yashaydi 5) o`latni tarqatadi6) hasharotlar, kemiruvchilar, to`kilgan meva va o`simliklarni , yer osti tuganaklari bilan oziqlanadi A) 1,2,4 B) 1,3,5 C) 2,4,6 D) 3,5,6 25 / 50 Bug`u va loslarning shoxi har necha yilda alamshinib turadi ? A) har yili B) 3 yilda C) 2 yilda D) 4 yilda 26 / 50 Qashqaldoqqa xos bo`lgan belgilar ?1) ,,Qizil kitob” ga kiritilgan 2) inlarini jarlikka va tepaliklar yon bag`rida quradilar 3) koloniya bo`lib inlarida yashaydilar 4) tog` o`rmonlari, to`qay va dashtlarda yashaydi 5) o`latni tarqatadi 6) hasharotlar, kemiruvchilar, to`kilgan meva va o`simliklarni , yer osti tuganaklari bilan oziqlanadi A) 1,2,4 B) 2,4,6 C) 3,5,6 D) 1,3,5 27 / 50 Quyidagi hayvonlarni turkumlari bilan juftlab ko'rsating.1)kojan 2) korsak 3) kaputsin a)qo'lqanotlilar b) primatlar c) yirtqichlar A) 1a 2b 3c B) 1 c 2 a 3 b C) 1 a 2 c 3 b D) 1b 2c 3a 28 / 50 Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarga xos bo'lmagan belgilarni aniqlang. A) kurak tishi kuchli rivojlangan B) oshqozoni bo'limlarga bo'linmagan C) qoziq tishlari kuchli rivojlangan D) bo'yni, oyoqlari va dumi kalta 29 / 50 Suvda yashashga o'tgan, suvda bolalaydigan sutemizuvchini aniqlang. A) dengiz mushugi B) morj C) tyulen D) kasatka 30 / 50 Qaysi kurakoyoqlilarning quloq suprasi bo'lmaydi ? A) dengiz mushugi B) morj C) kasatka D) tyulen 31 / 50 Kavsh qaytaruvchilar oshqozonida kletchatkaning hazm bo'lishiga yordam beruvchi organizmlarni aniqlang. A) infuzoriya va nozema B) bakteriya va infuzoriya C) bakteriya va xivchinlilar D) sporalilar va soxta oyoqlilar 32 / 50 Kashalotlar va delfinlar qaysi turkumga kiradi ? A) dengiz sutemizuvchilariga B) kitsimonlarga C) mushuksimonlarga D) kurak oyoqlilarga 33 / 50 Mushuksimonlar oilasining qaysi vakillari O'zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan ? A) yo'lbars, olaqo'zan B) bo'rsiq, qoplon C) korsak, gepard D) ilvirs, silovsin 34 / 50 Suvsarsimonlar oilasiga mansub bo'lmagan hayvonlarni aniqlang. A) suvsar, qunduz B) olaqo'zan, norka C) ondatra, nutriya D) qashqaldoq, bo'rsiq 35 / 50 Mushuksimonlarning qaysi sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan ? A) hid bilish B) ko`rish C) eshitish D) ta`m bilish 36 / 50 Hidni yaxshi sezmaydigan hayvonlar ?1) yenotsimon it , 2) tulki, 3) kuyka, 4) ilvirs,5) korsak, 6) ko`rgalak,7) qizilto`sh,8) yaguar, 9) chiyabo`ri A) 3,4,6,7,8 B) 1,2,5,9 C) 1,2,6,9 D) 3,4,5,7 37 / 50 Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarga xos bo`lmagan xususiyatlar ?1) bo`yni kalta 2) qoziq tishi kuchli rivojlangan 3) kurak tishi kuchli rivojlangan 4) oshqozoni bo`lmalarga bo`lingan 5) dumi uzun 6) oshqozoni 1 kamerali A) 3,4,5 B) 3,5,1 C) 1,4,3 D) 1,2,6 38 / 50 Bo`risimonlar oilasiga kiruvchi hayvonlar qaysi qatorda berilgan ? A) bo`ri, tulki, chiya bo`ri, yenotsimon it B) bo`ri, tulki, bo`rsiq, shoqol C) suvsar, ilvirs, korsak D) korsak, bo`rsiq, suvsar 39 / 50 Mushuksimonlar oilasiga kiruvchi hayvonlar nomlari qaysi qatorda berilgan ? A) yo`lbars, silovsin, ilvirs, yovvoyi mushuk B) gepard, qoplon, sher, chita C) ilvirs, yenotsimon it, bo`rsiq D) arslon, qoplon, bo`rsiq 40 / 50 Ayiq qachon uyquga ketadi ? A) bahorda B) tunda C) kunduzi D) qishda 41 / 50 Yirtqich sutemizuvchilarning yirtqich tishlari qaysi tishning o'zgarishi hisoblanadi ? A) yuqori va pastki oziq tishlar B) faqat yuqori oziq tishlar C) kurak D) qoziq 42 / 50 Qaysi hayvonlar faqat orqa, oldingi va dum suzgichlarga ega ?1) tyulen 2) delfin 3) morj 4) kasatka5) dengiz mushugi 6) pingvin7) kashalot 8) ko`k kit A) 2,4 B) 5,6 C) 2,4,7,8 D) 1,3,5,6 43 / 50 Hidni yaxshi sezuvchi, o'ljasini ta'qib qilib tutib oluvchi hayvonni aniqlang. A) yaguar B) korsak C) silovsin D) gepard 44 / 50 O'zbekiston cho'llarida yakka holda, juft- juft yoki o'ttiztagacha poda bo'libyashagan, rangi qo'ng'ir tusda bo'lgan, faqat qo'riqxonalarda saqlanib qolgan hayvonni aniqlang. A) g'izol B) zebra C) zubr D) qulon 45 / 50 Suv ayg`iri qayerda yashaydi ? A) Avstraliyada B) Janubiy Amerikada. C) Antarktidada D) Tropik Afrikada 46 / 50 Latcha, olaqo`zan, norka, qunduz, bo`rsiq kabi hayvonlar qaysi oilaga kiradi ? A) kemiruvchilar B) yirtqichlar C) mushuksimonlar D) suvsarsimonlar 47 / 50 Tyulenlarning orqa va oldingi oyoqlari qanday vazifani bajaradi ? A) orqa oyoqlari suvda suzish uchun, oldingi oyoqlari quruqlikda yurish uchun B) ikkala oyoq 1 xil funksiyani bajaradi C) orqa oyoqlari faqat suvda suzish uchun, oldingisi quruqlikda yurish uchun D) orqa oyoqlari quruqlikda yurish uchun, oldingi oyoqlari suvda suzish uchun 48 / 50 Morjning qaysi tishlari qadrlanadi ? A) kurak B) barchasi C) qoziq D) oziq 49 / 50 Qaysi hayvonlar hidni yaxshi sezmaydi, lekin juda yaxshi eshitadi ?a) gepard b) silovsin c) chiyabo'ri d) kaptar e)qaldirg'och f) korsak A) c, d, e, f B) a, b, d, e C) a, b, c, d D) a, b, c, d, e, f 50 / 50 Kurakoyoqlilarga xos bo'lmagan belgilarni aniqlang. A) bo'yni kalta B) suvda bolalaydi C) ko'p vaqtini suvda o'tkazadi D) oldingi oyoqlari suzgich kurakka aylangan 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 7-sinf Zoologiya 46-47-48-mavzular yuzasida testlar