Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar InfoMaster Aprel 14, 2022 365 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 5 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar 49- mavzu.PARRANDACHILIK. 50- mavzu.ITNING TASHQI TUZILISHI,SKELETI VA MUSKULLARI. 51- mavzu.ITNING ICHKI TUZILISHI. 1 / 50 Berilgan hayvonlarni ularning nafas olish organlari bilan juftlang.1)kallima; 2) biy; 3) chupchik; 4) chayon; 5) tovusko’z; 6) midiya; 7) yonsuzar;a)jabra; b) o’pka; c) traxeya. A) 1, 3, 5-c; 2-b, c; 4-b; 6, 7-a B) 1, 2, 3-b, c; 4, 5-c; 6-a; 7-b, c C) 1-b; 2, 4-b, c; 3, 7-c; 5, 7-a D) 1, 4, 7-b; 2, 3-b, c; 5-c; 6-a 2 / 50 Rasmda ko’rsatilgan rivojlanissh turi qaysi hasharotlarda uchramaydi? A) chivin, bit, burga, qo`ng`iz, B) suvarak, ninachi, chigirtka C) qo`ng`izlar, kapalaklar, burga, chivin, pashsha, asalari, ari, chumolilar, D) chumoli, qandala, karam kapalagi, 3 / 50 Asalarining xartumi qanday hosil bo’ladi? A) pastki jag’I va oyoq paypaslagichlari qo’shilib B) yuqori lab va yuqori jag’lari qo’shilib C) pastki lab va jag’lari qo’shilishidan D) pastki labining kengayishidan 4 / 50 Lansetnik qon aylanish sistemasi to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang. A) qorin aortasi → Jabra kapillarlari → orqa aorta → to’qima va organ kapillarlari B) orqa aorta → Jabra kapillarlari → qorin aortasi → to’qima va organlar C) yurak → qorin aortasi → Jabra kapillarlari → orqa aorta → to’qima va organlar D) yurak qorinchasi → aorta → teri kapillarlari → to’qima va organlar → yurak bo’lmasi 5 / 50 Qaysi hayvonlarning burni havo o’tkazish vazifasini bajarmaydi? A) latimeriya, triton, salamandra B) losos, forel, akula C) kapcha ilon, qizilto’sh, zog’ora D) lansetnik, qurbaqa, timsoh 6 / 50 Suyakli baliqlar sinfiga kiruvchi turkumlarni ular uchun xos bo’lgan xususiyatlar bilan juftlang.1) boshining oldingi tomoni uzun tumshuqni hosil qiladi; 2) toq suzgichlari soni 4 ta;3)skeleti tuzilishi quruqlikda yashovchi umrtqalilarga o’xshaydi; 4) tana skeletisuyakdan iborat; 5) tana tuzilishi suv tubida yashashga moslashgan, dumi xivchinga aylangan;a)losossimonlar; b) karpsimonlar; c) bakra baliqlar; d) skatlar; e) panjaqanotlilar. A) a-4; b-4; c-1; e-5 B) a-2; b-4; c-1; d-5 C) a-2; b-4; c-1; d-5; e-3 D) a-2; b-4; c-1; e-3 7 / 50 Dumsiz suvda va quruqlikda yashovchilar ... kelib chiqqan. A) bosh skeletsizlardan B) o'pkali panja qanotlilardan C) qadimgi dumlilardan D) tog`ayli balqlardan 8 / 50 Qushlarning sudralib yuruvchilardan farqi ? A) tanasida muguz tangachalarining bo‘lishi B) tuxumlarining sariqlikka bo‘yligi C) bir marta olingan havodan ikki marta nafas olishida D) terida bezlarning deyarli bo‘lmasligi 9 / 50 Qushlar tinch holatda (I) va uchganida (II) necha marta nafas oladi va yuragiqisqaradi ? a) 26 b) 400 c) 165 d) 550 A) I- 400,165; II- 26, 550 B) I- 26, 400; II-165,550 C) I-26, 165; II- 400, 550 D) I-165,26; II- 550, 400 10 / 50 Qaysi qushda shartli reflekslar tez va oson hosil bo`ladi ? A) tuvaloqda B) qizilishtonda C) qorayaloqda D) kaklikda 11 / 50 Qaysi qushning tuxumdan chiqqan jo‘jasining quloq teshigi yopiq bo‘ladi? A) pingvin B) o‘rdak C) qarg‘a D) g‘oz 12 / 50 Yapaloqqushlar turkumiga kiruvchi qushlarni belgilang. A) ukki, oqqush, mayna B) boyo`g`li, ukki, yapaloqqush C) yapaloqqush, qizilishton, chil D) mayna, o`rdak, oqqush 13 / 50 Xonaki o`rdakning qanday zotlari ko`paytiriladi ? A) moskva, kuban B) suqsun C) pekin, moskva, ukraina D) churrak 14 / 50 Ikki oylik jo`jalari 1,6 kg (a), o`zini vazni 2,6 kg (b) va undan ortiq keladigan zotlar ?1) Nyugemshpir 2) lekgorn 3) Pervomayskiy 4) Plimutrok 5) Moskva 6)Ukraina 7) Kornuel 8) Pekin A) a-1,4,7 b-2,3,8 B) a-5,6,8 b-4,7 C) a-1,2 b-3,5,6 D) a-4,7 b-5,6,8 15 / 50 Parrandachilik fabrikalarida qanday sexlar bo`ladi ? A) tuxum yetishtiradigan B) nasl beruvchi, tuxum qo`yuvchi, jo`ja ochirish, chiqindilarga ishlov berish sexlari C) go`sht yetishtiradigan D) barcha javoblar to`g`ri 16 / 50 Sutemizuvchilarning terisidagi qillar nima vazifani bajaradi ? A) tuyg`u B) terini himoya qilish C) tuklar bilan terini himoya qiladi D) tana haroratini saqlash 17 / 50 Itning qaysi muskullari kuchli rivojlangan ? A) qo`l, oyoq kamari muskullari B) pastki jag`ini harakatga keltiruvchi muskullar C) ko`krak D) bo`yin 18 / 50 Itning og`zida qanday tishlar bo`ladi va ular qay tartibda joylashgan ? A) oldingi qismida ponasimon kurak, ulardan orqaroqda konussimon yirik qoziq tishlar, keyin yassi oziq tishlar. B) sudralib yuruvchilar singari 1 xilda tuzilgan tishlardan iborat C) 2 ta kurak, 2 ta qoziq, 3 ta kichik oziq, 3 ta katta oziq tishlari bor D) kurak tishlar, qoziq tishlar, jag` tishlari, yirtqich tishlar 19 / 50 Sutemizuvchilarning nafas olish sistemasi qanday organlardan tashkil topgan ? A) burun, og`iz, hiqildoq, traxeya, Bronx B) burun, halqum, hiqildoq, traxeya, bronx, o`pka C) burun bo`shlig`i, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, o`pkalar D) burun bo`shlig`i, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, o`pkalar,diafragma. 20 / 50 Itning oldingi oyoqlari qanday suyaklardan tashkil topgan ? A) yelka, bilak, tirsak, barmoq (panja) B) ko`krak tirgak, o`mrov, kurak, yelka bilan panja C) yelka kamari, yelka bilak, tirsak, panja D) yelka bilan tirsak, tovon, changal 21 / 50 Tuxum – go`sht maqsadida boqiladigan tovuq zotlari berilgan qatornitoping. 1) rus oq tovug`i 2) nyugempshir 3) kornuel 4) pervomayskiy 5)plimutrok 6) zagorsk 7) lekgorn A) 1,5,7 B) 1,6,3 C) 2,4,6 D) 3,5,6 22 / 50 Quyidagi nomlari ko`rsatilgan tovuq zotlari qanday maqsadlarda boqiladi ?1) rus oq tovug`i 2) lekgorn zot 3) zagorsk 4) kornuel 5) nyugempshir 6)pervomaysk 7) plimutrok a) tuxum, go`sht b) tuxum olish uchun c) go`shti uchun A) 1b, 2b, 3a, 4c, 5c, 6a, 7c B) 1b, 2b, 3a, 4c, 5a, 6a, 7c C) 1b,2a,3c,4a,5b,6a,7c D) 1b, 2b, 3a, 4c, 5a, 6b, 7a 23 / 50 Kurka dastlab qayerda xonakilashtirilgan ? A) Amerikada B) Indoneziyada C) Hindistonda D) Afrikada 24 / 50 Faqat jo`ja olish uchun boqiladigan, ikki oylik jo`jasining og`irligi 1,6 kg keladigan tovuq zotlari qaysi qatorda berilgan ? A) Zagorsk, lekgorn B) kornuel, plimutrok C) pervomaysk, Zagorsk D) lekgorn 25 / 50 Sutemizuvchilarning eshtish organi boshqa umurtqali hayvonlarning eshitish organidan qanday farqlanadi ? A) tashqi quloq va quloq suprasi bo`lishi B) kuchli rivojlangani bilan C) ichki quloqning taraqqiy etmagani D) faqat tashqi va o`rta quloqlarning mavjudligi 26 / 50 Itlarda qaysi suyak rivojlanmagan ? A) o`mrov B) kil C) chanoq D) ko`krak tirgak 27 / 50 Uchish qobiliyatini yo`qotgan qushlar nomi qaysi qatorda keltirilgan ? A) tuyaqush, o`rdak B) xonaki g`oz, tuyaqush, pingvin C) xonaki g`ozlar, jo`rchi D) pingvinlar, g`oz 28 / 50 Faqat sutemizuvchilarga xos belgilarni aniqlang.a) quloq suprasi rivojlangan b) bo'yinda 7 ta umurtqa bo'ladi c) gavdasi jun bilan qoplangan d) tishlari ixtisoslashgan e) diafragma rivojlangan f) ayirishorgani bitta loviyasimon buyrakdan iborat j) qon aylanish doirasi bitta k) junqoplami bir qavatdan iborat A) a, b, c, d, e, f, j, k B) a, b, c, f, k C) a, b, c, d, e D) d, e, f, j, k 29 / 50 Sutemizuvchilarda qaysi qovoq rivojlanmagan ? A) pastki qovoq B) ustki qovoq C) uchinchi qovoq D) qovoqlari yaxlit rivojlangan 30 / 50 Sutemizuvchilar umurtqa pog`onasi necha bo`limdan iborat ? A) 7 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta 31 / 50 ozirgi tovuqlar qachon qayerda xonakilashtirila boshlangan ? A) Birmada 3000 yil ilgari B) Hindistonda 4500 yil ilgari C) Xitoyda 4000 yil ilgari D) Yaponiyada 1500 yil ilgari 32 / 50 Sutemizuvchilarni ayirish sistemasini nima hosil qiladi ? A) 2 ta siydik yo`li qovuq chiqarish nayi B) 1 ta siydik yo`li qovuq chiqarish nayi C) qovuq chiqarish nayi D) buyraklar 2 ta siydik yo`li qovuq chiqarish nayi 33 / 50 Qaysi tovuq zoti tullash davrida tuxum qilmaydi ? A) Pekin B) Moskva C) Zagorsk D) Ukraina 34 / 50 Qaysi sutemizuvchilar hidni yaxshi sezmaydi ? A) kit, delfin B) kropatka C) sassiq qo`zan D) ko`rshapalak 35 / 50 Xonakilashtirilgan, vazni 16 kg gacha bo`ladigan qush hisoblanmish kurkaning vatani qayer ? A) Yevropa B) Hindiston C) Amerika D) Avstraliya 36 / 50 Tuxum-go'sht yo'nalishidagi tovuq zotlarini ko'rsating.1) Lekgorn 2) Pervomaysk 3) Zagorsk 4) Kornuel A) 3.4 B) 1.2 C) 2.3 D) 2,4 37 / 50 Sutemizuvchilarning yuragi necha kamerali ? A) 2 B) 3 C) 5 D) 4 38 / 50 Sutemizuvchilarning tuyg`u organi vazifasini nima bajaradi ? A) uzun va yo`g`on qillar B) quloq C) teri D) til 39 / 50 Rus oq tovug`i va lekgorn zotli tovuqlar bir yilda nechtagacha tuxumberadi, bir dona tuxumining og`irligi qancha bo`lishi mumkin ? A) 200,220 ta, 70-80 gr, B) 200, 300 ta, 50-65 gr, C) 150,200 ta, 40-45 gr, D) 150, 180 dona, 70-75 gr, 40 / 50 Itning orqa oyoqlari qanday suyaklardan tashkil topgan ? A) son, bilak, tirsak, tovon, panja B) son, kichik boldir, katta boldir, tovon barmoq suyaklari C) son, boldir, tirsak, changal D) son, boldir, ilik, panja 41 / 50 Go`shti uchun boqiladigan tovuq zotlari berilgan qatorni belgilang. A) rus oq tovug`i, lekgorn B) kornuel, plimutrok C) zagorsk, nyugempshir D) pervomaysk, lekgorn 42 / 50 It yurganda qayeriga tayanib yuradi ? A) skeletiga B) tovoniga C) oyoqlariga D) barmoqlariga 43 / 50 Issiq yoz vaqtida, yoki yugurganda it nega tez-tez nafas oladi ? A) tanasiga nisbatan o`pkasi kichik B) itlarning terisida ter bezlari bo`lmaganligi sababli tez-tez nafas olib tana haroratini pasaytiradi C) yurak muskullari kuchsiz D) tana harorati ko`tarilib ketadi 44 / 50 Itning tana harorati qancha bo`ladi ? A) 37 gradus B) 37-38 gradus C) 40-42 gradus D) 36,5-37 gradus 45 / 50 Itning bo`yin, ko`krak, bel, dumg`aza, dum umurtqalar soni qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan ?1) bo`yin 2) ko`krak 3) bel 4) dumg`aza 5] dum a) 3 b) 7 c) 12,15 d) 6 e) 3,4 j) 3,10 A) 1-b, 2-c, 3-e, 4-d, 5-j B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e C) 1-b,2-c,3-d,4-e, 5-j D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d, 5-e 46 / 50 Itlarning oldingi oyoqlar kamarini qaysi suyaklar tashkil qiladi ? A) kurak, ko`krak, tirgak, o`mrov B) 2 ta ko`krak tirgak, 2ta kurak C) oldingi oyoq kamari, 2 ta kurak suyagini ko`krak tirgak suyagi b-n qo`shilishidan va 2 ta o`mrov suyagidan hosil bo`ladi D) 2 ta kurak suyagi, ko`krak tirgak suyagi, 2 ta o`mrov 47 / 50 aysi tovuq zoti 5-6 oyda tuxumga kiradi ? A) Moskva B) Lekgorn C) Pekin D) Ukraina 48 / 50 Faqat tuxum olish uchun ko`paytiriladigan tovuq zotini belgilang. A) plimutrok B) zagorsk C) pervomaysk D) lekgorn 49 / 50 Odamlar yovvoyi o`rdakni qachon xonakilashtirgan ? A) bundan 3000 yil ilgari B) bundan 2000 yil ilgari C) bundan 200 yil ilgari D) bundan 300 yil oldin 50 / 50 tning hazm qilish organlariga qaysi organlar kiradi ? A) og`iz bo`shlig`i, halqum, qizilo`ngach, oshqozon, ingichka, yo`g`on, to`g`ri ichak B) og`iz, halqum, qizilo`ngach, kichik oshqozon, katta oshqozon, ichaklar C) og`iz bo`shlig`i, qizilo`ngach, halqum, oshqozon, ichak D) og`iz, halqum, qizilo`ngach, kichik oshqozon, bezli oshqozon, ichak 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 7-sinf Zoologiya 46-47-48-mavzular yuzasida testlar