Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 9-sinf Biologiya olimpiada №1 Biologiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Biologiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 2514 Ko'rishlar 217 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Biologiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Qaysi qon guruhli odamlar qonida agglyutinin alfa uchramaydi (a) va uchraydi (b)? A) a-II va IV; b-III va I B) a-IV va I; b-III va II C) a-III va IV; b-II va IV D) a-I va II; b-IV va III 2 / 25 2. Gullari qiyshiq, barglari murakkab tuzilgan ko‘p yillik o‘simliklarni aniqlang. 1) o‘tloq sebargasi; 2) yantoq; 3) yeryong‘oq; 4) beda; 5) burchoq; 6) partenotsissus A) 4, 6 B) 1, 2 C) 3, 5 D) 1, 4 3 / 25 3. Odamda uchraydigan virus kasalliklarini aniqlang. 1) tamaki mazaikasi; 2) oqsil; 3) quturish; 4) gepatit; 5) kuydirgi; 6) qizilcha; 7) o‘lat; 8) polimiyelit; 9) ensefalit A) 3, 6, 8, 9 B) 2, 4, 6, 7 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4, 6 4 / 25 4. Qaysi kasalliklar nafas olish organlari kasalliklari emas? 1) rinit; 2) faringit; 3) bronxit; 4) gepatit; 5) botulizm; 6) dizenteriya; 7) zotiljam; 8) laringit A) 4, 7, 8 B) 4, 5, 6 C) 4, 5, 7 D) 1, 2, 3 5 / 25 5. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4)katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi. A) 2, 3, 1, 4, 5 B) 3, 1, 4, 5, 2 C) 4, 5, 2, 3, 1 D) 1, 4, 5, 2, 3 6 / 25 6. Barglari umumiy barg bandining oxirgacha qarama – qarshi joylashgan o‘simlikning vatanini aniqlang. A) Kanada B) Xitoy C) Angliya D) Braziliya 7 / 25 7. Quyida ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz teshigi, halqum, qizilo‘ngach, ikki bo‘lmali oshqozon, ichak, jigar va anal teshigidan iborat bo‘lgan nechta hayvon turi berilgan. 1) midiya; 2) bitiniya; 3) krab; 4) tridakna; 5) omar; 6) krevetka; 7) dreysena; 8) langust; A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 7 ta 8 / 25 8. Havoda tarqalgan tovushlarni eshitmaydigan hayvonlar tog‘ri keltirilgan javobni aniqlang. A) gepard, boyo‘g‘li, kapcha ilon B) malla shomshapalak, taqaburun, kojan, korall aspidi C) gekkon, yo‘lbars, ukki D) charx ilon, shaqildoq ilon, qalqontumshuq 9 / 25 9. Gul formulasi Gk(5)Gt(5)Ch5U1 bo‘lgan oilaning nechta turi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan? A) 4 tur B) 3 tur C) 1 tur D) 2 tur 10 / 25 10. Nastarin qaysi jihatlari bilan tokdan farq qiladi? 1) urug‘lanishdan so‘ng meva hosil qilishi; 2) gullarining qiyshiqligi; 3) ro‘vak to‘pgul hosil qilishi; 4)barglarining novdada joylashuvi; 5) poyasining yog‘ochlashganligi A) 1, 2 B) 3, 5 C) 3, 4 D) 2, 4 11 / 25 11. Katta qon aylanish doirasi yurak qorinchasidan boshlanadigan organizmlarni aniqlang. a) itbaliq; b) salamandra; c) manta; d) qizilto‘sh; e) qurbaqa; f) gavial; g) turkiston agamasi A) a, c B) d, f C) a, b, e D) b, e, g 12 / 25 12. Barglari qarama-qarshi joylashgan buta (I) va ko‘p yillik o‘t (II)ni belgilang. a) kiyiko‘t; b) ligustrum; c) nastarin; d) chinnigul; e) yalpiz; f) rayxon; g) pomidor A) I-b, c, d; II-a, e, f B) I-c, d; II-e, f, g C) I-b, c; II-a, d, e D) I-a, e, f; II-b, c, d 13 / 25 13. Quyida tokdoshlar oilasiga mansub nechta o‘simlik turi keltirilgan? 1) madaniy tok; 2) shuvoq; 3) topinambur; 4) terakbargli liftok; 5) kattaqo‘rg‘on; 6) qorago‘zal A) 3 tur B) 1 tur C) 4 tur D) 2 tur 14 / 25 14. Katta yoshdagi odamlarda qalqonsimon bez faoliyati pasayib, tiroksin kam ishlab chiqarilishining kamayishi natijasida moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi. Kasallik nomini aniqlang. A) Ruhiy kasalliklar B) Koʻkyoʻtal C) Urgent xirurgiyasi D) Miksedema 15 / 25 15. Merinos zoti -…….. A) tarpanning avlodi B) juft tuyoqli hayvon C) toq quyoqli hayvon D) sersut qoramol zoti 16 / 25 16. Kartoshka o‘simligi qaysi oila (a) va turkum (b)ga mansub ekanligini aniqlang. A) a – ituzumdoshlar; b – ituzum B) a – ituzumdoshlar; b – kartoshka C) a – karamdoshlar; b – ituzum D) a – ituzumdoshlar; b – baqlajon 17 / 25 17. Rezus omil qonning qaysi qismida aniqlangan? A) plazma B) leykotsit C) trombotsit D) eritrotsit 18 / 25 18. O‘simlikxo‘r hayvonlarni aniqlang. 1) bronza qo‘ng‘izi; 2) suluv ninachi; 3) to‘shak qandalasi; 4) olma mevaxo‘ri; 5) maxaon lichinkasi A) 3, 5 B) 1, 4 C) 2, 4 D) 1, 2 19 / 25 19. Ayirish sistemasi bir uchi berk naychalardan iborat organizmlar qatorini aniqlang. A) midiya, bitiniya B) omar, langust C) exinokokk, planariya D) dengiz ko‘p tuklisi, nereida 20 / 25 20. Odam skeletidagi uzun g‘ovak suyaklarning nechtasi ko‘krak qafasida (a) va nechtasi qo‘l suyaklarida (b) joylashgan? A) a-25; b-2 B) a-36; b-4 C) a-24; b-4 D) a-37; b-2 21 / 25 21. Hujayra nazariyasiga asos solishda qaysi ilmiy-tadqiqot usulidan foydalanilgan? A) eksperimental B) taqqoslash C) kuzatish D) tarixiy 22 / 25 22. Daryo qisqichbaqasi butli o‘rgimchak kabi … A) zahar bezi va traxeyaga ega B) boshko‘krak va jag‘larga ega C) murakkab ko‘zlarga ega va pilla ichiga tuxum qo‘yadi D) pillaga tuxum qo‘yadi, ochiq qon aylanish sistemasiga ega 23 / 25 23. Quyida keltirilgan organizmlar nechta turkumga tegishli ekanligini aniqlang. 1) temirchak; 2) podalariy; 3) zorka; 4) iskabtopar; 5) suluv ninachi; 6) trixogramma; 7) qoraqurt; 8) sariq kapalak; 9) sariq chayon; 10) faeton chumolisi A) 2 turkum B) 4 turkum C) 6 turkum D) 7 turkum 24 / 25 24. Quyida nechta dengiz suvo‘tlari turi keltirilgan. 1) laminariya; 2) kladofora; 3) ulva; 4) spirogira; 5) nemalion; 6) xlamidomanada; 7) xlorella A) 2 tur B) 4 tur C) 1 tur D) 3 tur 25 / 25 25. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangning rivojlanish bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) parazitning finnaga aylanishi; 2) tuxumdan lichinkaning chiqishi; 3) parazitning ingichka ichakda voyaga yetishi; 4) lichinkaning ichakdan qonga o‘tishi; 5) cho‘chqaning paraziti bilan zararlanlanishi; 6) lichinkaning muskullariga o‘tishi; 7) parazitning odamga yuqishi A) 4, 6, 1, 7, 3, 5, 2 B) 3, 5, 2, 4, 6, 1, 7 C) 6, 1, 7, 3, 5, 2, 4 D) 5, 2, 4, 6, 1, 7, 3 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6