Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 11-sinf Fizika olimpiada №4 Fizika olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Fizika olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 186 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Fizika olimpiada №4 2022-yil 14-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 32 1. Vertikal silindrdagi erkin ko`cha oladigan porshen ostida 1 mol bir atomli ideal gaz bor. Gazning bosimi 200 kPa. Agar gazga 6 kJ issiqlik miqdori berilsa, uning hajmi necha litrga ortadi? A) 12 B) 48 C) 10 D) 24 2 / 32 2. Bir atomli 1 mol gaz izobarik kengayganda160 J ish bajaradi va temperaturasi 100C gaortadi. Gazga qancha issiqlik miqdori (J)berilgan? A) 160 B) 84 C) 284 D) 124 3 / 32 3. Velosipedchi doimiy 20 km/h bilan yo’l bo’ylab harakatlanmoqda. Yo’lga parallel bo’lgan relslar bo’ylab harakatlanuvchi poyezd velosipedchini 10 s da quvib o’tdi. Agar poyezdning harakat yo’nalishi teskari bo’lib qolganida, velosipedchining oldidan 6 sekundda o’tsa, uning tezligini (km/h) aniqlang. A) 120 B) 80 C) 100 D) 40 4 / 32 4. Yer atrofida uchib yurgan kosmik kemaning to’liq mexanik energiyasi -60MJ ga teng bo’lsa, shu kemaning potesial energiyasi necha MJ ga teng? A) 120 B) -60 C) -120 D) 60 5 / 32 5. Chizmada ko’rsatilgan sistemaning aylana markazida hosil qilgan natijaviy magnit maydon induksiya vektorini toping. ?0?/2?= ? deb oling. A) 7B/3 B) 2B C) B D) B/2 6 / 32 6. Harorati 27°C bo'lgan 2mol ideal gaz molekulalarning ilgarilanma harakatidagi to'liq kinetik energiyasini (J) aniqlang. Universal gaz doimiysi 8,31 J/(mol·K) . A) 6878 B) 7846 C) 6878 D) 7479 7 / 32 7. Ipak ipga osilgan kichkina sharcha 49 nC zaryadga ega. Sharcha kuchlanganligi 100 kN/m bo'lgan gorizontal elektr maydonda tangensi 0,125 ga teng bo'lgan burchakka og'gan. Sharcha massasini (g) toping? g=9.8m/s². A) 4 B) 5 C) 3 D) 2 8 / 32 8. Yo’lovchidan vago'n eshigigacha 25 m qolganda, poyezd joyidan 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanishni boshladi. Buni ko’rgan yo’lovchi o’zgarmas tezlik bilan yugurishni boshladi. Qanday eng kichik tezlik bilan yugurganda yo’lovchi vago'n eshigini quvib yetadi ? 9 / 32 9. Daryoning oqim tezligi 5 m/s, eni 32 m. Suvga nisbatan 4 m/s tezlik bilan suza oladigan qayiqni qayiqchi shunday boshqarmoqdaki bunda qayiq narigi qirgoqga o’tganda daryo bo’ylab eng kichik masofaga ko’chadi. Bu ko’chishni toping. A) 24 m B) 28 m C) 34 m D) 14 m 10 / 32 10. Zaryadi 10nC bo'lgan nuqtaviy zaryadni cheksizlikdan to radiusi 4sm bo'lgan tekis zaryadlangan shar sirtidan 20 sm uzoqlikdagi nuqtagacha olib kelish uchun 0,5 µJ ish bajarish kerak. Shar sirtidagi potensialni toping. A) 200 B) 150 C) 300 D) 250 11 / 32 11. 64 km/soat tezlik bilan ketayotgan poyezdning 1/5 qismi ajralib ketdi. Qandaydir vaqtdan keyin poyezdning ajralib ketgan qismining tezligi ikki marta kamaydi. Ajralishdan so’ng poyezdning tortish kuchi o’zgarmadi deb hisoblab, o’sha vaqt momentida poyezdning asosiy qismining tezligini aniqlang (km/soat). Ishqalanish kuchini ogirlikga proportsional deb hisoblang. A) 75 B) 69 C) 66 D) 72 12 / 32 12. 600 va 300 W quvvat istemol qiluvchi elektr kastryulya va choynak elektr tarmoqga parallel ulanganda ulardagi suv bir hil vaqtda 20 minutdan song qaynaydi. Ularni tarmoqga ketma-ket ulaganda kastryulyadagi suv choynakdagi suvdan necha minut keyin qaynaydi? Asboblarning qarshiligi ish sharoitiga bogliq emas. A) 145 min B) 35 min C) 135 min D) 139 min 13 / 32 13. 1,3 m/s² tezlanish bilan tushayotgan lift shiftiga maxkamlangan prujinaga yuk osilgan. Prujinaning bikirligi 595 N/m. Agar harakat davomida prujina 1 sm ga cho’zilgan bo’lsa, yukning massasini (g da) toping. g =9.8m/s² . A) 600 B) 700 C) 500 D) 400 14 / 32 14. Massasi 3 kg bo’lgan jism deformatsiyalanmagan prujina yordamida vertikal devorga mahkamlangan. Prujinaning bikirligi 54N/m ga teng va prujinaning o’qi gorizontal yo’nalgan. Sirt va jism orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,3 ga teng. Jismga qanday minimal tezlik berilganda u o’zining dastlabki holatiga qaytib keladi? g=10m/s² A) 5 m/s B) 2 m/s C) 12 m/s D) 3 m/s 15 / 32 15. Modda miqdori 1mol bo'lgan gazni izobarik jarayonda qizdirilganda uning ichki energiyasi 747 J ga oshgani va o'zgarmas bosimda gaz solishtirma issiqlik sig'imi universal gaz doimiysiga qaraganda 20,75 J/(mol·K) ga ko'pligi malum bo'lsa, bu jarayonda gaz harorati nech gradusga ko'tarilganini toping. A) 39 K B) 66 K C) 36 K D) 136 K 16 / 32 16. Yassi kondensator qoplamalari orasidagi elektr maydon kuchlanganligi 30kV/m. Kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish 300V. Kondensator qoplamalari orasidagi masofa (mm da) qanday? A) 11 B) 8 C) 9 D) 10 17 / 32 17. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakatlanib, 5- sekundning oxirida 36 km/h tezlikka Avtomobil harakatining 3-sekundida bosib o’tgan yo’lini toping. A) 6 B) 4 C) 5 D) 3 18 / 32 18. Nuqtaviy yoruglik manbai fo’kus masofasi 6 sm bo’lgan yiguvchi linzaning bosh o’ptic o’qida linzadan 8 sm masofada joylashgan. Linzani uning bosh o’ptic o’qiga perpendikyular yo’nalishda 3 mm/s tezlik bilan siljita boshlashdi. Manbaning tasviri qanday tezlik bilan harakatlana boshlaydi. A) 12 mm/s B) 2 mm/s C) 32 mm/s D) 22 mm/s 19 / 32 19. Gorizontga nisbatan qiyaligi 300 burchak tashkil qilgan tog’ qiyaligiga nisbatan perpendikulyar holatda 6m/s tezlik bilan koptok otildi. Koptok qiyalik bo’ylab otilish nuqtasidan qanday masofaga (sm da) borib tushadi? A) 4800 m B) 480 m C) 48 m D) 4,8 m 20 / 32 20. Sigimlari 3 va 1 µF bo’lgan kondensato’rlar ketma–ket holda EYK si 200 V bo’lgan to’k manbaiga ulangan. Kichik sigimli kondensato’r ishdan chiqib to’k o’tkaza boshlasa zanjirda qancha issiqlik (mJ da) ajralib chiqadi? A) 45 mJ B) 35 mJ C) 85 mJ D) 55 mJ 21 / 32 21. Qiyalik burchagi 30° ga teng bo’lgan qiya tekislikda 5 kg massali kub shaklidagi taxtacha yotibdi. Qiya tekislik, 2m/s² tezlanish bilan ko’tarilayotgan liftda o’rnatilgan. Taxtachaning qiya tekislikga ko’rsatyotgan normal bosim kuchini aniqlang. g =10m/s². √3=1,7. A) 48 B) 51 C) 57 D) 54 22 / 32 22. Shamolning tezligi 10 m/s bo’lgan paytda yomg’ir tomchilari vertikalga 30°burchak tashkil qilib tushadi. Shamolning tezligi (m/s) qanday bo’lganda yomg’ir tomchilari vertikalga 60° burchak ostida tushadi? A) 25 B) 30 C) 40 D) 35 23 / 32 23. Vertikal silindirni og'ir ishqalanishsiz harakatlana oladigan porshen ikki qismga bo'lib turadi. Porshen ostidagi gazning massasi porshen ustidagi gazning massasiga qaraganda 3 marta katta. Harorat 300K bo'lganda porshen silindirni teng ikki bo'lakga bo'ladi. Harorat 800K bo'lganda porshen ostidagi gazning hajmi porshen ustidagi gazning hajmidan necha marta katta bo'ladi? A) 6 marta B) 2 marta C) 1 marta D) 9 marta 24 / 32 24. Sig'imi 1nF bo'lgan zaryadlanmagan yassi kondensatorning qoplamalaridan biri yerga, ikkinchisi esa ingichka uzun o'tkazgich yordamida radiusi 20sm, zaryadi 92µC bo'lgan sharchaga ulandi. Sharda qanday zaryad (µC da) qoldi? k=9·109 m/F A) 2 B) 3 C) 4 D) 1 25 / 32 25. Sindirish korsatkichi 1,5 bolgan shishaning ichida radiusi 9 sm bolgan sferik kovak bor. Kovak sindirish korsatkichi 4/3 bolgan suv bilan toldirilgan. Kovakga parallel yoruglik nurlari tushmoqda. Kovak ichiga otuvchi yoruglik dastasining radiusini (sm da) aniqlang. A) 8 B) 5 C) 6 D) 7 26 / 32 26. Prujinada garmonik tebranayotgan nuqta muvozanat vaziyatidan 4sm siljigandagi tezligii 6sm/s, 3 sm siljigandagi tezligi 8sm/s. Uning siklik chastotasini toping. A) 4 rad/s B) 12 rad/s C) 5 rad/s D) 2 rad/s 27 / 32 27. Ikkita nuqtaviy zaryad vakuumda 10sm masofada turganda, suyuq dielektrik ichida 5sm masofada turgandagidek kuch bilan tasirlashmoqda. Dielektrikning dielektrik singdiruvchanligini aniqlang. A) 3 B) 5 C) 4 D) 2 28 / 32 28. Kubning har bir qirrasi 6 Om qarshilikka ega. Kub katta dioganali bo'ylab qarama-qarshi uchlari orasidagi umumiy qarshilikni hisoblang. A) 3 B) 5 C) 4 D) 2 29 / 32 29. Harorati 20°C bo'lgan 1kg massali suvga nam qor (tarkibida 0°C haroratdagi suvi bor) bo'lagi tashlandi. Qor bo'lagining massasi 250g. Issiqlik muvozanati holatida suvning harorati 5°C ga teng bo'lsa, qor bo'lagidagi suvning miqdorini toping(g). Muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg , suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200 J/(K·kg) . A) 75 B) 70 C) 72 D) 77 30 / 32 30. Ikkita idish krani bor ingichka trubkacha yordamida ulangan. Birinchi hajmi 3 l bo'lgan idish bosimi 10kPa bo'lgan gaz bilan to'ldirilgan, ikkinchi hajmi 6 l bo'lgan idishdagi bosim hisobga olmasa bo'ladigan darajada kichik. Birinchi idishdagi gazning harorati 27°C. Agar kranni ochib gazning harorati 177°C gacha ko'tarilsa, idishlarda qanday bosim (kPa da) qaror topadi? A) 7 B) 5 C) 8 D) 6 31 / 32 31. Bir mol gaz izoxorik ravishda shunday sovutildiki bunda uning bosimi 5 marta kamaydi. Shundan so'ng izobarik ravishda dastlabki 400K haroratgacha qizdirildi. Gaz qanday ish bajargan? Universal gaz doimiysi 8,3 J/(mol·K). A) 2635 B) 2500 C) 2576 D) 2656 32 / 32 32. Radiusi 6sm ga teng bo'lgan ingichka halqa bo'ylab 40nC zaryad tekis taqsimlangan. Halqa markaziga massasi 9mg, zaryadi 12nC bo'lgan zarracha joylashtirildi va qo'yib yuborildi. Halqadan katta masofada zarrachaning tezligini toping. k=9·109 m/F . A) 4 B) 5 C) 6 D) 3 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz