Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 237 Ko'rishlar 4 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Bobur tarjima qilgan asar qaysi? A) «Risolayi volidiya» B) «Tarixi Rashidiy» C) «Xatti Boburiy» D) «Mubayyin» 2 / 25 Qaysi ijodkor o`zini sho`x bulbulga qiyoslagan? A) A. Oripov B) A. Pushkin C) H. Hayne D) X. Saloh 3 / 25 Ey Navoiy, eldan bir chaqa ham tama qilma, aksincha, o‘zing elga bersang, buni “karam” deydilar. Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan so‘zlarni aniqlang. A) ey Navoiy, karam B) ey, aksincha, karam C) ey Navoiy, aksincha D) tama qilma, deydilar 4 / 25 Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy) Ushbu baytda qanday she’riy san’atlar qo‘llangan? A) talmeh, tashbeh, tajnis B) tazod, talmeh, tanosub C) tajnis, tashbeh, tanosub D) tazod, tajnis, tanosub 5 / 25 Qaysi gapda ergash gap bosh gapdan oldin kelgan? A) Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon kishining gapi ko‘p bo‘ladi. B) Kitob mening do‘stim, chunki u – bilim manbayi. C) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning. D) Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon. 6 / 25 Bahor vasfiga bag‘ishlangan birinchi o‘zbek g‘azali muallifini aniqlang. A) Alisher Navoiy B) Yusuf Xos Hojib C) Mahmud Qoshg‘ariy D) Nosiruddin Rabg‘uziy 7 / 25 Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda, Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi. Ushbu ruboiydagi raviyni aniqlang. A) t harfi B) a harfi C) i harfi D) s harfi 8 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) asqotmoq, o‘g‘irlamoq, ta’ma qilmoq B) muolija, mobodo, tamoman C) mutaxasis, qutulmoq, tomosha D) taqiqlamoq, xayol, qat’i nazar 9 / 25 oshig‘i olchi iborasiga antonim iborani toping. A) kosasi oqarmagan B) suv tekin C) dili pora D) do‘ppisi yarimta 10 / 25 “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va xalq manfaati yo‘lida qahramonlik ko‘rsatishida chiltanlar va Xizr alayhissalom katta o‘rin tutadi. B) Go‘ro‘g‘lining ota-onasi – Ravshan va Bibi Hilol bolaligida Zargar eliga borib qolib, musofirchilikda voyaga yetishadi. C) Parokanda bo‘layozgan Taka Yovmit elida Ravshanbekning kelishi bilan tub burilishlar sodir bo‘ladi. U el-yurt sha’nini, shavkatini, or-nomusini tiklaydi. D) Shohdorxon boshqalarning maslahatiga quloq solmay, o‘ylamay qaror qabul qiladigan, uzoqni ko‘ra olmasligi natijasida ko‘plab insonlarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan shoh. 11 / 25 Qaysi gapda ko‘makchi fe’l ish-harakatning davomiyligini bildirib kelgan? A) Yodgor o‘z yonimda. Ba’zan Mehrixonlar oilasiga ham borib-kelib turadi. B) Indamay g‘ishtlarni ustma-ust taxlay boshladi. C) Mo‘ysafid gullarni shiyponga qo‘yib, mehmonlar bilan ko‘risha ketdi. D) Qo‘qonga nonushta mahalida kirib keldik. 12 / 25 Qaysi javobdagi gaplarda tire tinish belgisi o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? A) Yurting tinch – sen tinch. Turnalar arg‘imchog‘i g‘ira-shira osmon ortiga – bulutlar bag‘riga singiydi. B) Mehnati halol baholansa, yerning sohibi – dehqonning hech kimdan kami bo‘lmaydi. Xalqaro savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo‘lgan. C) Yaxshi o‘g‘il – el obro‘si, yaxshi qiz – uy obro‘si. Qor yog‘di – don yog‘di. D) Nabiram – Sayyora shu yerda tarbiyalanyapti. Gullar, daraxtlar, bog‘lar – barchasi bahor nafasini his qilmoqda. 13 / 25 Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yozib qoldirilgan qaysi maqol turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan boshlab faol iste’molda bo‘lib, har qanday fazilatning boshlanishi bilimdir degan ma’noni anglatadi? A) Uma kelsa, qut kelur. B) Qut belgusi – bilig. C) Kim kur bo‘lsa, kuvaz bo‘lur. D) Erdam boshi – til. 14 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-i, 2-a, 3-g, 4-b, 5-h B) 1-i, 2-a, 3-e, 4-f, 5-b C) 1-g, 2-d, 3-e, 4-b, 5-f D) 1-e, 2-d, 3-g, 4-f, 5-d 15 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-a, b, d, e, f, g; 2-a, b, f B) 1-a, d, e, g; 2-a, f, g C) 1-b, d, e, f, g; 2-b, g, f D) 1-a, d, e, f, g; 2-a, b, f, g 16 / 25 Bu yo‘llardan borurman, qadim Bitiktoshlar chiqar qoshimga. Ular so‘zin ko‘chiraman jim Yuragimning bujur toshiga, Ey, dardimga darmonim, Vatan! Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘zning sintaktik vazifasini aniqlang. A) payt holi B) sifatlovchi aniqlovchi C) o`rin holi D) vositali to‘ldiruvchi 17 / 25 Navoiyning qaysi asarida insonni ulug‘laydigan imon, karam, adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon qilingan? A) “Saddi Iskandariy” B) “Lison ut-tayr” C) “Hayrat ul-abror” D) “Muhokamat ul-lug‘atayn” 18 / 25 Qaysi asarda jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi? A) “Hayotga muhabbat” B) “O‘tkan kunlar” C) “Qorako‘z Majnun” D) “Padarkush” 19 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni aniqlang. U ilonni aldagani uchun, … unga dunyodagi eng tansiq taom insonniki emas, qurbaqaning go‘shti ekanini aytgani uchun ta’qibga uchragan emish. A) ya’ni B) balki C) chunki D) agar 20 / 25 G‘irot oti qaysi doston qahramonining doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi? A) Alpomish B) Ravshan C) Kuntug‘mish D) Go‘ro‘g‘li 21 / 25 “Alp Er To‘nga” marsiyasi qaysi asar orqali bizgacha yetib kelgan? A) “Devonu lug‘ot it-turk” B) “Hayrat ul-abror” C) “Qutadg‘u bilik” D) “Qissasi Rabg‘uziy” 22 / 25 Berilgan birliklarning qaysi birida ko‘chma ma’noli so‘z mavjud emas? A) varrakning dumi B) tog‘ cho‘qqisi C) daryo yoqasi D) g‘orning og‘zi 23 / 25 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini bevosita tobelantirgan hol ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Shuni esingdan chiqarma: aql dilning oltin kalitidir. B) Bir kishi umrining so‘ngiga qadar, Yig‘di mol-u dunyo, yig‘di siym-u zar. C) Bir yo‘l chekkasida yotibman nolon, Chorasiz bo‘lsam-da, men ham tirik jon. D) Yolg‘izlikning rutubatli ko‘chalarida, Ne-ne oltin fasllarim o‘tdi junjikib. 24 / 25 Quyidagi gaplardan qaysi birida yordamchi so‘z turkumining barcha turi ishtirok etgan? A) Polvonning qo‘li kuch bilan o‘ziga tortar, ammo bir qarich ham oldinga siljitolmasdi. B) Ma’naviyat insonga ona suti va ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singadi. C) Mehmonlar osh-suv taraddudiga yo‘l qo‘ymasdan, sut-qatiq bilan quruq choy ichib, darhol o‘tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar. D) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l. 25 / 25 Bizning qarorimiz shu // hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) vergul B) nuqtali vergul C) ikki nuqta D) tire 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6