Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 792 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 3 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 “Nozik” g’azalida yor husnda qaysi payg’ambardan ham ustun qo‘yiladi? A) Yusuf B) Iso C) Muso D) Yaqub 2 / 25 Ahmad Yassaviyning ilk ustozi kim? A) Yusuf Hamadoniy B) Qorasoch momo C) Ibrohim D) Arslonbob 3 / 25 “Haq berilmas, olinur” fikri kimga tegishli? A) G‘. G‘ulom B) Fitrat C) Behbudiy D) A. Qodiriy 4 / 25 Polvonlar abjirlikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. Ushbu qo‘shma gapda sodda gap qismlari qanday bog‘lovchi vosita yordamida bog‘langan? A) ohang B) nisbiy so‘zlar C) ayiruv bog‘lovchisi D) ergashtiruvchi bog‘lovchi 5 / 25 Avval ular bizga yetib olishsin // keyin birga jo‘naymiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) nuqtali vergul B) vergul C) tire D) ikki nuqta 6 / 25 “Xoja Ahmad Yassaviy – Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur (suhbatdoshi)”. Ahmad Yassaviy haqidagi ushbu fikr kimning qaysi asaridan olingan? A) Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” B) Bobur “Boburnoma” C) Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” D) Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” 7 / 25 Ey yel, borib ahbobqa nomimni degil! Har kim meni bilsa, bu payomimni degil! Mendin demagil gar unutulg‘on bo‘lsam, Har kimki, meni so‘rsa, salomimni degil. (Bobur) Ushbu ruboiydagi raviyni aniqlang. A) i harfi B) n harfi C) m harfi D) l harfi 8 / 25 Quyidagi qaysi fikr Atoyi g‘azali haqida? A) Uning bir g‘azalida shoirni shaydo qiladigan ham, xor-u rasvo qiladigan ham ko‘ngil deya ta’riflanadi. B) Uning bir g‘azalida shoirning yuzi ishq o‘ti sababli oltinni yashiradigan darajada sarg‘ayib ketadi. C) Uning bir g‘azalida go‘zal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar ekan, oyog‘i og‘riydi, “yuzing buncha bo‘yradek dag‘al bo‘lmasa” deb nozlanadi. D) Uning bir g‘azalida shoir suhbatlashishni xohlaydigan insonlari u bilan suhbat qurishni xohlamasliklaridan shikoyat qiladi. 9 / 25 Qaysi gapda tirening qo‘yilish sababi boshqalaridan farq qiladi? A) Toshkent – O‘zbekiston Respublikasining poytaxti. B) Vaqting ketdi – baxting ketdi. C) Hosilning otasi – suv, onasi – mehnat. D) Qo‘l yugurigi – oshga, til yugurigi – boshga. 10 / 25 Matnning qaysi qismida hech qanday xatolik uchramaydi? Alisher Navoiy Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning sherlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi. Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarini shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: “Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi”. A) II qismida B) III qismida C) I qismida D) IV qismida 11 / 25 Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini toping. Sen do‘st emassan dedi Iskandar aka do‘st o‘rtog‘ini yengilning ostidan og‘irning ustidan yurishga o‘rgatmaydi A) “ , , , ”. B) “ ”, — : “ ”. C) “ , — , ”. D) “ , — , — , ” . 12 / 25 Qaysi so‘zlar ravish turkumiga mansub? A) beaql, mehmonxona B) minglarcha, mardlarcha C) ertalab, olg‘a D) do‘stona, to‘yona 13 / 25 Matndagi xatoliklar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang. Alisher Navoiy Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning sherlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi. Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarini shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin dalilidir. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: “Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi”. A) Matnning III qismida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. B) Matnning IV qismida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. C) Matnning II qismida qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud. D) Matnning I qismida imloviy xatolik mavjud. 14 / 25 Tarkibidagi barcha otlar shaxs otlari hisoblanadigan gapni toping. A) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek. B) Hulkar goh Avazga, goh Salimga qarab hayron turar edi. C) Aravakash mo‘mingina, muloyim, kamgap kishi. D) Shayxontohurdagi guzarda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. 15 / 25 Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. A) 1-b, d, f; 2-a, b, f, g B) 1-b, d, e, f; 2-a, d, f, g C) 1-a, b, e, f; 2-b, f, g D) 1-a, b, d, f; 2-a, b, f, g 16 / 25 bodparak, barak, shapati ushbu so‘zlar qanday so‘zlar hisoblanadi? A) shevaga xos so‘zlar B) tarixiy so‘zlar C) atamalar D) arxaik so‘zlar 17 / 25 Qaysi javobda tarkibidagi barcha undoshlari un paychalarining ishtirokiga ko‘ra o‘zaro bir xil tasnif qilinadigan sifatlar qatori berilgan? A) vafo, havo, suv B) go‘zal, zebo, baland C) yolg‘iz, vafosiz, yashil D) o‘rmon, dala, maydon 18 / 25 Qaysi gapda ikki xil nisbatdagi fe’l ishtirok etgan? A) So‘zning leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi. B) Tilning biz yo‘qotib ulgurgan boyligini tiklash, iste’moldan chiqarilgan so‘zlarni o‘rniga qaytarish zarur. C) So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur. D) Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. 19 / 25 … - tovushlar ohangdorligi, asosan, bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdorlikdir. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan atamani aniqlang. A) ishtiqoq B) alliteratsiya C) istiora D) so‘z takrori 20 / 25 Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas, anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman . Berilgan she’riy parcha haqidagi to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Sifatdosh, ravishdosh va sof fe’l ishtirok etgan. B) Ravish turkumiga mansub bitta so‘z qatnashgan. C) Ushbu she’riy parchada ikkita olmosh ishtirok etgan. D) Tuzilishiga ko‘ra sodda gap hisoblanadi. 21 / 25 “Do‘stim, biror narsaga muhtoj bo‘lsang, yashirma”, - dedi u. Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma qapning ko‘chirma gap qismidagi barcha fe’llar uchun umumiy bo‘lgan grammatik ma’nolarni aniqlang. A) mayli, zamon va shaxs-son B) mayl va zamon C) mayl va shaxs-son D) zamon va shaxs-son 22 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-h, 2-a, 3-e, 4-g, 5-b B) 1-h, 2-a, 3-f, 4-i, 5-b C) 1-h, 2-i, 3-e, 4-a, 5-d D) 1-h, 2-a, 3-f, 4-g, 5-d 23 / 25 Qaysi gapda chaqmoq so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) Mana chaqmoq chaqdi nogahon, zimiston tun choki so‘kilar. B) Abdushukur bodom-pista chaqib, achchiq choy ichib, yayrab o‘tirardi. C) Hindistonda ilon chaqishidan har yili minglab kishi halok bo‘ladi. D) Iboralarning ma’nosini chaqib olishga harakat qilish kerak. 24 / 25 Xalq dostonlari haqida berilgan hukmlardan qaysi biri noto‘g‘ri? A) Doston – xalq og‘zaki ijodining eng yirik janri bo‘lib, u qahramonlik, ishqiy-sarguzasht, fantastik mazmunga ega bo‘lgan voqealarni bayon qiluvchi asar. B) Odatda, dostonlarning birinchi ijodkori unutilib, ular nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tishi natijasida xalq mulkiga aylanadi. C) Qahramonlarning sarguzashtlari, o‘zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko‘lamda tasvirlovchi yirik hajmli she’riy asar xalq dostoni deyiladi. D) Dostonlar mavzu jihatidan rang-barang, mazmunan xilma-xil bo‘lganligi bois ularning qahramonlik, romantik, tarixiy dostonlar kabi turlari bor. 25 / 25 Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur. (Atoyi) Ushbu baytning vaznini aniqlang. A) ramali musammani mahzuf B) ramali musaddasi maqsur C) hazaji musammani maqsur D) hazaji musaddasi mahzuf 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6